Bugun Milliy matbuot markazida “Yoqilg‘i-energetika sohasida amaliy ishlar, erishilgan natijalar va mavsumiy vazifalar muhokamasi” mavzusida matbuot anjumani bo‘lib o‘tdi.
Anjumanda OAV vakillariga joriy yilning o‘tgan davriga qadar amalga oshirilgan ishlar va yil yakunigacha belgilangan rejalar hamda istiqboldagi vazifalar haqida ma’lumotlar berildi.
Xususan, joriy yilning o‘tgan davrida mamlakatimiz bo‘ylab uzunligi 7 ming 455 km bo‘lgan elektr uzatish tarmoqlari va 1 ming 748 ta transformator punkti yangilandi.
Buning natijasida 954 ta mahalladagi 800 mingdan ortiq xonadonlarning elektr ta’minoti yaxshilandi.
Shuningdek, 553,8 km uzunlikdagi yuqori va o‘rta bosimli gaz tarmoqlari hamda 971 ta gaz taqsimlash punktlari yangilandi, modernizatsiya va rekonstruksiya ishlari amalga oshirildi.
Joriy yil boshidan 512,7 ming tonna suyultirilgan gaz yetkazib berildi. Shuningdek, yil yakuniga qadar yana 142,4 ming tonna suyultirilgan gaz yetkazib beriladi.
Batafsil
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
ELEKTR TA’MINOTI KUZ-QISH MAVSUMIGA TAYYORMI
“Hududiy elektr tarmoqlari” AJ Toshkent hududiy filiali tomonidan aholini barqaror elektr energiyasi bilan ta’minlash, kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik ko‘rish borasidagi ishlar izchillik bilan olib borilmoqda.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Bektemir tumanida elektr tarmoqlarini yangilash va modernizatsiya qilish ishlari davom etmoqda
Yurtimizda har yili kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik ishlarini keng kо‘lamda tashkil etish davlat siyosatidagi ustuvor yо‘nalishlardan biriga aylangan.
Bu jarayonda ayniqsa, elektr ta’minotida uzluksizlik va xavfsizlikni ta’minlash aholi turmush darajasi uchun muhim ahamiyatga ega.
Shu ma’noda, Bektemir tumanida ham kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik ishlari jadal sur’atlarda olib borilib, elektr tarmoqlari, transformator punktlari va infratuzilmalar bosqichma-bosqich yangilanmoqda.
👉 https://uza.uz/posts/776390
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
SAMARQANDDA YUNESKO BOSH KONFERENSIYASINING 43-SESSIYASI BO‘LIB O‘TADI!
Joriy yilning 30-oktabridan 13-noyabrigacha O‘zbekistonning qadimiy va navqiron Samarqand shahri YUNESKO Bosh konferensiyasining 43-sessiyasiga mezbonlik qiladi.
Mazkur yirik xalqaro anjumanga tayyorgarlik jarayonida shahar infratuzilmasini, ayniqsa, elektr ta’minot tizimini ishonchli holatga keltirish bo‘yicha amaliy ishlar olib borildi.
Bu borada “Hududiy elektr tarmoqlari” aksiyadorlik jamiyati va uning Samarqand hududiy filiali mutaxassislari tomonidan elektr uzatish tarmoqlari to‘liq texnik ko‘rikdan o‘tkazilib, zarur joylarda joriy ta’mirlash ishlari bajarildi. Shuningdek, teplovizor nazorati orqali aniqlangan kamchiliklar bartaraf etilib, tizimning ishonchliligi yanada mustahkamlandi.
Xorijiy mehmonlar tashrif buyuradigan konferensiya majmualari, tarixiy obidalar va mehmonxonalarni uzluksiz energiya bilan ta’minlash maqsadida 20 ta UPS hamda 6 ta dizel generator qurilmasi o‘rnatildi.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM