"Hududiy elektr tarmoqlari" AJ bilan muloqot
74K subscribers
15.9K photos
2.62K videos
14 files
6.61K links
"HUDUDIY ELЕKTR TARMOQLARI" AJ
Toshkent sh, Osiyo kо‘chasi, 8
Ishonch telefoni: 71 207 23 76
E-mail: info@het.uz
Murojaat uchun
@HET_admin
Call center: 1154
Facebook: facebook.com/hududiyelektrtarmoqlari
instagram.com/hududiyelektrtarmoqlari
Sayt: het.uz
Download Telegram
"Hududiy elektr tarmoqlar" AJ Qoraqalpog‘iston hududiy filialida joriy etilgan Elektr energiyasini hisobga olish va avtomatlashtirilgan tizimining (ASKUE) barqaror ishlashini ta'minlash bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlarga bag‘ishlangan yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.

Jonli muloqot shaklida o‘tgan yig‘ilishda elektr energiyasini hisobga olish va avtomatlashtirilgan tizimi bilan bog‘liq ayrim masalalar yuzasidan fikrlar o‘rtaga tashlanib, ishtirokchilar o‘z savollariga mutaxassislardan javob oldilar.

"Hududiy elektr tarmoqlari" AJ
Qoraqalpog‘iston hududiy filiali мatbuot xizmati

Rasmiy kanallarimiz
👇👇👇

Facebook | Telegram | YouTube | Instagram | Twitter
#LIVE

"Hududiy elektr tarmoqlari" AJ jamoasi nosozlik vujudga kelgan transformator punktini ta’mirlash uchun ish joyini tayyorlash shartida muvaffaqiyatli ishtirok etdilar.

"Hududiy elektr tarmoqlari" AJ Matbuot xizmati

Rasmiy kanallarimiz
👇👇👇

Facebook | Telegram | YouTube | Instagram | Twitter
OLIS MANZILLARDALARDA SIFATLI ELEKTR ENERGIYASI YETKAZILMOQDA

“Hududiy elektr tarmoqlari" AJ Navoiy hududiy filiali tomonidan ham kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik ishlari davom etmoqda. Ayni vaqt Konimex tumanining olis Boymurod OFYga qarashli "Xolmurod" ovulida muddatini o'tagan tayanchlar, qo'l bola simyog'ochlar 175 ta yangi temir-beton ustunlarga almashtirildi.

Konimex tuman elektr taʼminoti xodimlari qisqa vaqt ichida tinimsiz mehnat qilib, 4.4 km havo elektr uzatish tarmogʻi tortilib, mavjud transformatorlar rekonstruksiya qilindi, 1 dona yangi transformator punkti oʻrnatildi. Qisqa muddat ichida aholi xonadonlarini ushbu yangi tarmoqqa oʻtkazish ishlari yakunlanadi.

“Hududiy elektr tarmoqlari” AJ
Navoiy hududiy filiali matbuot xizmati

Rasmiy kanallarimiz
👇👇👇

Facebook | Telegram | YouTube | Instagram | Twitter
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
21-oktabr – Ozbek tiliga davlat tili maqomi berilgan kun!

O‘zbek tili xalqimiz uchun milliy o‘zlik va mustaqil davlatchilik timsoli, bebaho ma’naviy boylik, mamlakatimizning siyosiy-ijtimoiy, ma’naviy-ma’rifiy taraqqiyotida g‘oyat muhim o‘rin egallab kelayotgan buyuk qadriyatdir.

Qadring baland bо‘lsin, Ona tilim!

Rasmiy kanallarimiz👇👇👇

Facebook | Telegram | YouTube | Instagram | Twitter
OQDARYO TUMANIGA PRESS-TUR UYUSHTIRILDI

“Hududiy elektr tarmoqlari” AJ Samarqand hududiy filiali tomonidan jurnalist va blogerlar uchun Oqdaryo tumaniga press-tur uyushtirildi.

Dastlab press-tur ishtirokchilariga tuman elektr ta’minoti tomonidan joriy yilning o‘tgan 9 oy davomida tumanda elektr ta’minotini yanada yaxshilash borasida bajarilgan ishlar yuzasidan ma’lumot berib o‘tildi.

Ta’kidlandiki, joriy yilda tumandagi og‘ir hududlar deb beliglangan 14 ta mahallada 23,7 km elektr uzatish tarmog‘i tortilib, 20 dona transformator punkti o‘rnatildi.
Shuningdek, kuz-qish mavsumi oldidan 339,9 km elektr uzatish tarmoqlari, 124 ta transformator punktlari joriy hamda mukammal ta’mirlandi.

Shundan so‘ng ishtirokchilar tumandagi Zarafshon, Avazali hamda Yangiqo‘rg‘on mahallalarida tegishli dasturlar doirasida amalga oshirilayotgan loyihalar bilan yaqindan tanishilib, o‘zlarini qiziqtirgan savollarga mutaxassislardan javob olishdi.

“Hududiy elektr tarmoqlari” AJ
Samarqand hududiy filiali matbuot xizmati