"Hududiy elektr tarmoqlari" AJ bilan muloqot
73.9K subscribers
15.8K photos
2.61K videos
14 files
6.6K links
"HUDUDIY ELЕKTR TARMOQLARI" AJ
Toshkent sh, Osiyo kо‘chasi, 8
Ishonch telefoni: 71 207 23 76
E-mail: info@het.uz
Murojaat uchun
@HET_admin
Call center: 1154
Facebook: facebook.com/hududiyelektrtarmoqlari
instagram.com/hududiyelektrtarmoqlari
Sayt: het.uz
Download Telegram
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
SAMARQAND TUMANIDA AMALIY ISHLAR DAVOM ETMOQDA

Shu kunlarda Samarqand tuman elektr ta’minoti tomonidan elektr uzatish tarmoqlarini yangilash va rekonstruksiya ishlari amalga oshirilmoqda.

Xususan, tumandagi Motrid, Nayman, Shirinobod, Yangiariq, O‘zbekkenti, Yangiobod, Urganji, Sho‘rboyi, Talibarzu poyon hamda O‘rtashiq mahallalarida 11 ta transformator punkti va 455 ta tayanch ustunlari o‘rnatilib, 15 km dan ziyod tarmoq tortish ishlari bajarildi.

Bundan tashqari, elektr ta’minoti og‘ir bo‘lgan 13 ta mahallada 81 ta temir-beton ustuni, 2 dona transformator punkti o‘rnatish, 1815 metr yopiq tipdagi SIP kabelari, 2100 metr yuqori kuchlanishli AS-50 simlari tortish ishlari amalga oshirilmoqda.

“Hududiy elektr tarmoqlari” AJ
Samarqand hududiy filiali matbuot xizmati

Rasmiy kanallarimiz
👇👇👇

Facebook | Telegram | YouTube | Instagram | Twitter
YUQORI KUCHLANISHLI ELEKTR UZATISH TARMOG'IDA YUZAGA KELGAN NOSOZLIK BARTARAF ETILMOQDA

Yashnobod tumanining: "Yangiobod" va "Aviasozlar" mavzelarining "Birlashgan", "Mahmur", "Ko'ksaroy", "Nodira", "Yangiobod", "Donishmand", "Barkamol", "Navro'zobod", "Aviasozlar" MFYlari hamda 58-sonli Harbiylar shaharchasi hududidagi iste'molchilarini elektr energiyasi bilan ta'minlovchi 110/35/10 kVli “Hosilot” podstantsiyasidan ta'minlanuvchi 110 kV bo'lgan yuqori kuchlanishli elektr uzatish tarmog'ida favqulodda avariya holatida elektr ta'minotida uzilish sodir bo‘ldi.

Ayni vaqtda, «Hududiy elektr tarmoqlari» AJ Toshkent shahar filialining tezkor chiqish brigadalari zarur elektr qurilmalar hamda maxsus avtotransport vositalari bilan mazkur nosozlikni bartaraf etishga jalb etilgan.

Tez orada mazkur nosozlik to‘liq bartaraf etilib, tarmoq orqali elektr energiyasi yetkazib berilishi to‘liq tiklanadi.

Rasmiy kanallarimiz👇👇👇

Facebook | Telegram | YouTube | Instagram | Twitter
"Hududiy elektr tarmoqlari" AJ bilan muloqot
YUQORI KUCHLANISHLI ELEKTR UZATISH TARMOG'IDA YUZAGA KELGAN NOSOZLIK BARTARAF ETILMOQDA Yashnobod tumanining: "Yangiobod" va "Aviasozlar" mavzelarining "Birlashgan", "Mahmur", "Ko'ksaroy", "Nodira", "Yangiobod", "Donishmand", "Barkamol", "Navro'zobod", "Aviasozlar"…
YUQORI KUCHLANISHLI ELEKTR UZATISH TARMOG'IDA YUZAGA KELGAN NOSOZLIK TО‘LIQ BARTARAF ETILDI

Yashnobod tumanining ayrim hududidagi iste'molchilarni elektr energiyasi bilan ta'minlovchi 110/35/10 kVli “Hosilot” podstantsiyasidan ta'minlanuvchi 110 kV bo'lgan yuqori kuchlanishli elektr uzatish tarmog'ida favqulodda avariya holati bartaraf etildi.

Ayni paytda tarmoq orqali elektr energiyasi yetkazib berilishi to‘liq tiklanadi.

Yuzaga kelgan favqulodda avariyali uzilish vaqti keltirilgan noqulayliklar uchun iste'molchilardan uzr so‘raymiz.

Rasmiy kanallarimiz👇👇👇

Facebook | Telegram | YouTube | Instagram | Twitter
OLIS HUDUDLARDA ELEKTR TA’MINOTINI YANGILASH ISHLARI DAVOM ETTIRILMOQDA

Joylarda ayniqsa, qishloqlarda ijtimoiy-iqtisodiy soha obyektlari va aholi xonadonlariga barqaror elektr energiyasini yetkazib berish bo‘yicha "Hududiy elektr tarmoqlari" AJ Sirdaryo hududiy filiali tomonidan qator chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda. Guliston tumani “Ahillik” mahallasida loyiha asosida yangi tarmoqlarga almashtirilmoqda.

Bu haqida “O‘zbekiston 24” telekanali "Maxsus reportaj" yangiliklar dasturi orqali efirga uzatilgan mazkur lavha orqali tanishishingiz mumkin.
KUZ-QISH MAVSUMIGA PUXTA TAYYORGARLIK KO‘RISH MAQSADIDA POYTAXTIMIZNING AYRIM TUMANLARIDAGI MFYLARNING QATOR KO'CHALARIDA ELEKTR TA’MINOTI VAQTINCHA TO‘XTATILADI

Isteʼmolchilarga sifatli va barqaror elektr energiyasi yetkazib berilishini taʼminlash va elektr tarmoqlaridagi avariyaviy holatlarni oldini olish, kuz-qish mavsumiga puxta tayyorgarlik ko‘rish maqsadida ertaga, 22-iyul kuni poytaxtimizning ayrim tumanlarida elektr taʼminoti vaqtincha o'chiriladi.

Xususan, Yashnobod tumani hududida yangi qurilgan 110 kVli «Olmos» podstansiyasining tarmoqqa ulash ishlari olib borilishi sababli Bektemir tumani hududidagi 110/35/10 kVli «Bektemir», 35/10 kVli «Zips» va 110/10 kV bo`lgan «Levoberejnaya» podstansiyasining elektr tarmoqlarida sodir boʻlishi mumkin boʻlgan avariya holatlarini oldini olish hamda ushbu ishlarni xavfsiz bajarish maqsadida Bektemir tumanidagi «Bektemir», «H. Bayqaro», «Oltintopgan» hamda «Abay» MFYlarining qisman ko‘chalari va «Quyoshcha» MCHJ soat 00:00 dan 07:00 gaha;

Uchtepa tumani: «Diydor» MFYning ayrim ko'chalarida soat 09:00 dan 15:00 gacha;

Mirzo Ulugbek tumani: «Alpomish» MFYning ayrim ko'chalarida soat 10:00 dan 15:00 gacha.

O‘z navbatida, yuqoridagi hududlarda ta’mirlash ishlari belgilangan vaqtdan avvalroq yakunlanishi mumkinligini bildirib o‘tamiz.

«Hududiy elektr tarmoqlari» AJ Toshkent shahar filiali mazkur taʼmirlash ishlari tufayli elektr taʼminotidagi vaqtincha uzilishlar sababli yetkazilayotgan noqulayliklar uchun ushbu hududlarda yashovchi isteʼmolchilardan uzr soʻraydi.

Rasmiy kanallarimiz👇👇👇

Facebook | Telegram | YouTube | Instagram | Twitter
#ayni_paytda

Energetiklar tunu kun xizmatda

00:10


Shayxontohur tumani "Qoratosh" MFYda yuklama oshishi natijasida shikastlangan kabel yangisiga almashtirilmoqda.

Rasmiy kanallarimiz👇👇👇

Facebook | Telegram | YouTube | Instagram | Twitter