"Hududiy elektr tarmoqlari" AJ bilan muloqot
55.6K subscribers
12.7K photos
2.09K videos
14 files
5.33K links
"HUDUDIY ELЕKTR TARMOQLARI" AJ
Toshkent sh, Osiyo kо‘chasi, 8
Ishonch telefoni: 71 207 23 76
E-mail: info@het.uz
Murojaat uchun
@HET_admin
Call center: 1154
Facebook: facebook.com/hududiyelektrtarmoqlari
Instagram: @hududiyelektrtarmoqlari
Sayt: het.uz
Download Telegram
Payariq tumanidagi To‘polos hamda Bobur mahallalarida elektr energiyasi ta’minotini yanada yaxshilash maqsadida 614 dona temir-beton ustunlari, 5 ta turli quvvatdagi transformator punkti o‘rnatish hamda 30 km uzunlikda yopiq tipdagi zamonaviy SIP kabellari hamda 1600 metr yuqori kuchlanishli tarmoq tortish ishlari olib borilishi belgilangan.

Ayni kunda ushbu hududlarga temir-beton ustunlari olib borilib, qurilish va rekonstruksiya ishlari amalga oshirilmoqda. Tez orada belgilangan ishlar yakunlanib, aholi xonadonlarida elektr energiyasi sifati yanada yaxshilanishiga erishiladi.

“Hududiy elektr tarmoqlari” AJ Samarqand hududiy filiali matbuot xizmati

Rasmiy kanallarimiz
👇👇👇

Facebook | Telegram | YouTube | Instagram | Twitter
“Hududiy elektr tarmoqlari” AJ Toshkent shahar filiali tomonidan poytaxt iste’molchilarining elektr ta’minotini yaxshilash maqsadida olib borilayotgan yangilash va modernizatsiya ishlari sababli elektr ta’minotidagi rejaviy о‘chishlar yuzasidan “Mening yurtim ” telekanali “Hudud” informatsion dasturi lavha tayyorlab efirga uzatdi.
ELEKTR ENERGIYA TA’MINOTIDA NIMA UCHUN TEZ-TEZ UZILISHLAR KUZATILMOQDA?

O‘zA muxbirining “Hududiy elektr tarmoqlari” aksiyadorlik jamiyati boshqaruvi raisining matbuot kotibi – axborot siyosati masalalari bo‘yicha maslahatchisi Faxriddin NURALIYEV bilan suhbati aynan shu haqda bo‘ldi.

Batafsil

“Hududiy elektr tarmoqlari” AJ Matbuot xizmati

Facebook | Telegram | YouTube | Instagram | Twitter
POYTAXTIMIZDAGI QATOR TUMANLARNING AYRIM HUDUDLARIDA ELEKTR QURILMALARINI REKONSTRUKSIYA VA MODERNIZATSIYA QILISH ISHLARI SABAB ELEKTR TA’MINOTI VAQTINCHA TO'XTATILDI

Bugun, 16-iyun kuni quyidagi manzillarda elektr taʼminoti vaqtincha o'chirildi:

Yashnobod tumani:
«Arg'in» hamda «Bahor» MFYlarining ayrim hududlarida soat 17:00 gacha;

Yunusobod tumani: Markaz 6-dahasi, «Registon» va «Qo'shchinor» MFYlarining ayrim hududlarida soat 15:00 gacha;

Chilonzor tumani: «Dilxush» hamda «Qatortol» MFYlarining ayrim hududlarida soat 17:00 gacha.

O‘z navbatida, yuqoridagi hududlarda ta’mirlash ishlari belgilangan vaqtdan avvalroq yakunlanishi mumkinligini bildirib o‘tamiz.

Elektr energiyasi taʼminotidagi vaqtincha uzilishlar sababli yetkazilayotgan noqulayliklar uchun ushbu hududlarda yashovchi isteʼmolchilardan uzr soʻraymiz.

«Hududiy elektr tarmoqlari» AJ Toshkent shahar filiali matbuot xizmati

Rasmiy kanallarimiz
👇👇👇

Facebook | Telegram | YouTube | Instagram | Twitter
Qonunchilikda yangiliklar: Endilikda elektr energiyasini ishlab chiqaruvchi o'zi foydalanishi uchun hosil qilingan elektr energiyasini boshqa jismoniy va yuridik shahslarga o'z elektr tarmoqlari orqali sotishi mumkin.

Bu tо‘g‘risida Hukumat qarori (247-son, 14.06.2023 y.) bilan “Jismoniy shaxslar va tadbirkorlik subyektlari tomonidan qayta tiklanuvchi energiya manbalaridan foydalangan holda ishlab chiqarilgan elektr energiyasining o'z ehtiyojidan ortiqcha qismini sotish tartibi to'g'risida”gi nizom tasdiqlandi.

Nizomga ko'ra, elektr oldi-sotdi shartnomasi asosida sotiladi.

☑️ Bunda:

🔹 jismoniy va yuridik shaxslar o'z ehtiyojlari uchun o'rnatgan quvvati 1 MVtgacha quyosh, shamol va biogaz elektr stansiyalarida ishlab chiqarilgan elektrning o'z ehtiyojidan ortiqchasi “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ tomonidan sotib olinadi;

🔹 elektr energiyasini ishlab chikaruvchi o'zi foydalanishi uchun hosil qilingan elektr energiyasini boshqa jismoniy va yuridik shahslarga o'z elektr tarmoqlari orqali sotishi mumkin;

🔹 elektr energiyasini ishlab chiqaruvchining o'z elektr tarmoqlari mavjud bo'lmagan holatlarda “Xududiy elektr tarmoqlari” AJ tarmog'idan tranzit xizmatlari uchun idoralararo tarif komissiyasi hujjatlarida belgilangan tarif asosida to'lovlarni amalga oshirgan holda boshqa jismoniy va yuridik shaxslarga yetkazib beriladi.

🗓 Yetkazib berilgan elektr energiyasi uchun to'lovlar hisob-kitob oyidan keyingi oyning 25-sanasiga kadar:

🔸 “Quyoshli xonadon” dasturi doirasida jismoniy shaxslarga tegishli obyektlarda o'rnatilgan quyosh panellarida ishlab chiqarilgan va o'z iste'molidan orttirib yagona elektr energetika tizimiga uzatilgan elektr energiyasining har bir kilovatt-soatiga (ijobiy tafovut) Davlat byudjetidan 1 000 sumdan subsidiya ajratiladi (“Soliq” mobil ilovasi orkali);

🔸 jismoniy va yuridik shaxslar tomonidan o'z extiyojlari uchun o'rnatiladigan quvvati 1 MVtgacha bo'lgan quyosh, shamol va biogaz elektr stansiyalarida ishlab chiqarilgan va o'z iste'molidan orttirib yagona elektr energetika tizimiga uzatilgan elektr energiyasining har bir kilovatt-soatiga (kafolatlangan tarzda II tarif guruhi iste'molchilari uchun belgilangan tarifning 80 foizi miqdorida) “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ tomonidan to'lab beriladi.

▶️ Elektr energiyasini sotib oluvchi ishlab chiqaruvchi tomonidan yetkazib berilgan elektr energiyasi miqdori uchun elektr energiyasini uzatish va iste'molini hisobga olish uskunasi (pribor)ning ma'lumotlariga ko'ra tomonlar o'rtasida imzolangan ko'rsatkichlarni solishtirish dalolatnomasi va hisob-fakturani olgan kundan boshlab 10 ish kuni ichida to'lovlarni amalga oshiradi.

Rasmiy kanallarimiz👇👇👇

Facebook | Telegram | YouTube | Instagram | Twitter
#OAV_biz_haqimizda

“Hududiy elektr tarmoqlari” AJ hududiy filiallari tomonidan hududlarda kuz-qish mavsumiga puxta hozirlik kо‘rish, elektr tarmoqlarida belgilangan dastur asosida mukammal ta’mirlash ishlari bajarilishi yuzasidan samarali ishlar olib borilmoqda.

Bu haqda 👉«O‘zbekiston bunyodkori» gazetasining 2023 yil 16 iyun kungi 49-soni orqali batafsil tanishish mumkin.

“Hududiy elektr tarmoqlari” AJ Sirdaryo hududiy filiali matbuot xizmati

Rasmiy kanallarimiz
👇👇👇

Facebook | Telegram | YouTube | Instagram | Twitter
OLIS HUDUDLARDA AHOLI MUROJAATLARI IJOBIY ECHIM TOPMOQDA

Aholi murojaatlari bilan ishlash, ularning qiynayotgan muammolarini bartaraf etishga ko'maklashish bugun har bir soha xodimlari oldida turgan muhim vazifa sanaladi. Shu bois filiali mas’ul xodimlari tomonidan joylarda muntazam ravishda aholi murojaatlari o’rganilib, bartaraf etish choralari ko’rilmoqda.

Xususan, Nurota tumanining Sentob mahallasi “Sob” qishlog’i aholisi tomonidan yo’llangan murojaat o’rganilib, ijobiy echim topildi. Hududdagi eskirgan yog’och ustunlarni temir-beton tayanchlarga almashtirilib, quvvati 160 kVAli yangi transformator punkti o’rnatildi. Ayni damda 8 km ziyod zamonaviy SIP kabellari tortish ishlari olib borilmoqda.

"Hududiy elektr tarmoqlari" АJ Navoiy hududiy filiali matbuot xizmati

Rasmiy kanallarimiz
👇👇👇

Facebook | Telegram | YouTube | Instagram | Twitter
“Hududiy elektr tarmoqlari” AJ Surxondaryo hududiy filiali tomonidan viloyatda aholi murojaatlari asosida chekka tumanlarda elektr tarmoqlaridagi mavjud muammolar yechim topmoqda.
«SERGELI» PODSTANSIYASINING QUVVATI OSHIRILMOQDA

Poytaxt isteʼmolchilariga hamda tadbirkorlik sub'ektlariga elektr energiyasini barqaror yetkazib berish, podstansiyalardagi qurilmalarini soz holatda ishlashini ta’minlash maqsadida, yuqori kuchlanishli podstansiyalarda rekonstruksiya va modernizatsiya ishlari olib borilishi belgilangan.

Ayni vaqtda, Sergeli tumani hududlarini elektr energiyasi bilan ta`minlovchi 35/6 kVli «Sergeli» podstansiyasidagi mavjud 4000 kVAli kuch transformatorini 16000 kVA bo'lgan yuqori quvvatlisiga almashtirish ishlari o‘z yakuniga etkazlmoqda.

Mazkur jarayon murakkabligi hamda ma'lum vaqt olishini hisobga olgan holda tun yarmisiga qaramasdan istemolchilarga barqaror elektr energiyasi etkazib berish maqsadida energetiklarimiz belgilangan vazifalarni bajarishmoqda.

Rasmiy kanallarimiz👇👇👇

Facebook | Telegram | YouTube | Instagram | Twitter