"Hududiy elektr tarmoqlari" AJ Andijon hududiy filiali
2.26K subscribers
23.3K photos
1.65K videos
48 files
9.58K links
"Hududiy elektr tarmoqlari” AJ Andijon hududiy filialining telegram tarmog'idagi rasmiy sahifasi

Veb-sayt: www.andijonhetk.uz
Facebook: www.fb.com/hetandijon
Instagram: www.instagram.com/hetandijon
Youtube: www.youtube.com/@hetandijon
Download Telegram
MEHNAT MUHOFAZASI VAKILLARI UCHUN O’QUV SEMINAR BO’LIB O’TDI

“Andijon HETK” AJ tarkibidagi har bir shahar va tuman elektr ta’minoti korxonasida ekspluatatsiya bo’limlari mavjud bo’lib, huddi shu bo’limlardan alohida “Mehnat muhofazasi” vakillari saylangan.
Ushbu vakillar tomonidan ishlayotgan brigadalar va ularning ish joylarini tekshirib boriladi.

Ana shu “Mehnat muhofazasi” vakillarini malakasini yanada oshirish maqsadida jamiyatda o’quv seminari bo’lib o’tdi. Unda O’zbekiston kasaba uyushmalari federatsiyasi, Andijon viloyat kengashi mehnatni muhofaza qilish bo’yicha mutaxasis Qayumov Dilshodbek Maripovich, vakillarga joylardagi xavfsizlik tehnikasi qoidalariga rioya qilishda ularning o’rni qay darajadaligi, huquq va majburiyatlari qandayligi to’g’risida ma’lumot va tavsiyalar berib o’tdi.

Shuningdek, mehnatni muhofaza qilish vakillariga turli jarohatlarda birinchi tibbiy yordam ko’rsatish qoidalari va usullari hamda “Yong’in havfsizligi” qoidalariga qanday amal qilish kerakligi to’g’risida ma’lumot berildi. Seminar so’ngida ishtirokchilar o’zlarining qiziqtirgan savollarga batafsil javob oldilar.

"Andijon HETK" AJ Matbuot xizmati

Andijonhetk.uz | Facebook | Instagram | Telegram | YouTube
“MIROBOD” YANADA OBOD BO’LMOQDA

“Аndijon hududiy elektr tarmoqlari korxonasi” АJ tarkibidagi tuman va shahar elektr taʼminoti korxonalari xodimlari jamoasi hamisha doimiy kun tartibi asosida mehnat qiladi. Hech bir soniya yoʼqki, isteʼmolchi manfaatiga xizmat qilmasa... Ortda qolayotgan bugungi kun ham shunday yakunlandi. Misol uchun, jamiyatning Аndijon tuman ETK Kuyganyor boʼlimi tomonidan aholiga xizmat koʼrsatish samaradorligini oshirishga xizmat qiluvchi saʼy-harakatlar amalga oshirildi. Jumladan, Аndijon tumanida joylashgan “Mirobod” MFY Bunyodkor koʼchasiga jami 28 dona temir beton tayanch olib kelinib hozirda oʼrnatish ishlari olib borilmoqda.

Shuningdek, aholiga yetkazib berilayotgan elektr energiyasini sifatini yanada yaxshilash maqsadida quvvati 100 kVА boʼlgan transformator punkti olib kelib oʼrnatildi. Hozirda ushbu transformator punktini ishga tushirish uchun zaruriy choralar koʼrilmoqda.

"Andijon HETK" AJ Matbuot xizmati

Andijonhetk.uz | Facebook | Instagram | Telegram | YouTube
“HUDUDIY ELEKTR TARMOQLARI” AJDA XOTIN-QIZLARNI YANADA QО‘LLAB-QUVVATLASH BО‘YICHA MANZILLI DASTUR ISHLAB CHIQILADI

Bugun, 14 iyul kuni “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ Xotin-qizlar kengashi tomonidan О‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022 yil 1 martdagi “Oila va xotin-qizlar bilan ishlash, mahalla va nuroniylarni qо‘llab-quvvatlash tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari tо‘g‘risida”gi PF-81-son farmoni ijrosini ta’minlash yuzasidan Jamiyatda olib borilayotgan amaliy ishlarga bag‘ishlangan yig‘ilish о‘tkazildi.

Batafsil

“Hududiy elektr tarmoqlari” AJ Matbuot xizmati

Rasmiy kanallarimiz
👇👇👇

Facebook | Telegram | YouTube | Instagram