"Hududiy elektr tarmoqlari" AJ Andijon hududiy filiali
2.39K subscribers
23.6K photos
1.67K videos
48 files
9.7K links
"Hududiy elektr tarmoqlari” AJ Andijon hududiy filialining telegram tarmog'idagi rasmiy sahifasi

Veb-sayt: www.andijonhetk.uz
Facebook: www.fb.com/hetandijon
Instagram: www.instagram.com/hetandijon
Youtube: www.youtube.com/@hetandijon
Download Telegram
#MUROJAATGA_MUNOSABAT

Ijtimoiy tarmoqlarda Asaka tumani “Mustahkam” MFY Oqbo’yra mahallasi hududida elektr energiyasi ta’minotida uzilishlar bo’lyapti deya murojaat kelib tushdi. Ushbu murojaatni Asaka tuman elektr ta’minoti korxonasi mutaxasislari bilan birgalikda o’rganib quyidagilarni ma’lum qilamiz:

Ushbu hududni elektr taʼminoti bilan taʼminlovchi PS.Yangi Hayot tarmogʻidagi 10 kVA li F.Tuvadoq tarmogʻida qisqa tutashuv sodir bo’lgan. Shundan so’ng Asaka TETK tezkor chiqish brigadasi tomonidan favqulotda holatni bartaraf qilish uchun elektr tarmogʻida ta’mirlash ishlari olib borilgan. Shu sababli elektr ta’minotida qisqa muddatli oʻchish yuzaga kelgan. Brigada tomonidan kamchilik tezkorlik bilan bartaraf etilib elektr tarmogʻi soz holatga keltirilgan. Hozirgi vaqtda ushbu hududdagi aholi honadonlari barqaror elektr energiyasi bilan taʼminlanmoqda.

"Andijon HETK" AJ Matbuot xizmati

Andijonhetk.uz | Facebook | Instagram | Telegram | YouTube
#MUROJAATGA_MUNOSABAT

Ijtimoiy tarmoqlardan Izboskan tumani “Zarbdor” MFY Yoshlar koʼchasining aholi xonadonlaridan beton tayanchlar olib kelingan lekin oʼrnatilmagan hamda aholidan 20 ming soʼmdan yigʼib olinganligi toʼgʼrisida murojaat kelib tushdi. Ushbu murojaat “Аndijon HETK” АJ ning masʼullari tomonidan oʼrganilganda quyidagilar maʼlum boʼldi:

Haqiqatdan ham joriy yilning iyul oyida Zarbdor MFY Yoshlar ko’chasiga temir - beton tayanchlar olib kelingan. Ushbu hududga loyixa xujjatlariga asosan tayanchlar oʼrnatish hamda 2,5 km 10/04, kV kuchlanishli yangi tarmoq qurish bundan tashqari 1 dona transformator punkti qurish ishlari joriy yilning 3-choragi yakuniga qadar bajarilishi rejalashtirilgan, hozirgi kunga qadar ushbu MFYga jami 30 dona temir - beton tayanchlar oʼrnatish ishlari bajarilgan. Rejadagi ishlar bosqichma – bosqich bajarilayotganligini va Izboskan tuman elektr taʼminoti korxonasi xodimlari tomonidan tayanchlarni olib kelish uchun transport xarajatlariga fuqarolardan hech qanday 20 ming so’mdan pul yigʼilmaganligini maʼlum qilamiz.

"Andijon HETK" AJ Matbuot xizmati

Andijonhetk.uz | Facebook | Instagram | Telegram | YouTube
JALAQUDUQ TUMANIDA MAS’ULIYATI CHEKLANGAN JAMIYATLARNING YUQORI QARZDORLIKLARI ANIQLANDI

“Andijon HETK” AJ tomonidan tuzilgan ishchi gurux viloyatdagi har bir hududni sinchkovlik bilan ko’zdan kechirmoqda. O’rganishlar davomida transformator punktlariga o’rnatilgan aloqaga chiqmayotgan konsentrator qurilmalarini hamda elektr hisoblagichlarni aloqaga chiqarish, kunlik ma’lumotlarni uzatish foizi kam bo’lgan konsentratorlarni to’g’rilash, aloqaga chiqib kunlik ma’lumot bermayotgan hisoblagichlarni joyiga borib o’rganish ishlari olib borilmoqda.

Shuningdek,elektr energiyasidan qarzdor hamda to’g’ridan - to’g’ri ulanib olgan aholi va yuridik iste’molchilarga nisbatan qoidabuzarlik dalolatnomalari rasmiylashtirilib, elektr ta’minotidan ajratilmoqda va yetkazilgan zarar miqdori qayta hisob - kitob qilinmoqda.

Navbatdagi reyd tadbirlari Jalaquduq tumanida bo’lib o’tdi. O’rganishlar davomida bir nechta ulgurji iste’molchilar aniqlandi.
Xususan, “Dostonobod” MFY hududida faoliyat yuritib keluvchi “Orom shifo sihatgohi” MCHJning elektr energiyasidan 79 mln so’mdan ortiq qarzdorliklari aniqlandi.
Bundan tashqari “Xamzaobod” MFY hududidagi “Ikromjon Mega Invest” MCHJ ning elektr energiyasidan 204 mln so’mdan ortiq qarzdorliklari aniqlandi.

O’rganishlar davomida yana bir holat “Janubiy Olamushuk” MFY o’ramidagi “Oltin vodiy tabiati” MCHJga o’rnatilgan elektr hisoblagich ko’zdan kechirilganda hisoblagichga ulangan toka – transformatorining “A” fazasi nosozligi aniqlandi. Yuqoridagi holatlarning bariga qoida buzarlik dalolatnomalari rasmiylashtirildi va tarmoqdan ajratildi. Hududlarda reyd tadbirlari davom etmoqda.

"Andijon HETK" AJ Matbuot xizmati

Andijonhetk.uz | Facebook | Instagram | Telegram | YouTube
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
JALAQUDUQ TUMANIDA MAS’ULIYATI CHEKLANGAN JAMIYATLARNING YUQORI QARZDORLIKLARI ANIQLANDI

"Andijon HETK" AJ Matbuot xizmati

Andijonhetk.uz | Facebook | Instagram | Telegram | YouTube
MANZILLI DASTURLAR DOIRASIDAGI ISHLAR DAVOM ETADI

Barchaga ma’lumki hozirda “Andijon HETK” AJ tomonidan aholini elektr energiyasi sifatini yaxshilash maqsadida hududlarda tizimli ishlar amalga oshirilmoqda.

Jumladan Xo’jaobod tumanining “Mustahkam” MFY Chalaka ko’chasini 40 dan ortiq aholi xonadonlariga barqaror elektr energiyasi yetkazib berish uchun manzilli dastur doirasida temir - beton tayanchlar o’rnatilmoqda.

Bundan tashqari elektr tarmoqlarini daraxt shohlaridan tozalash ishlari olib borilmoqda.

"Andijon HETK" AJ Matbuot xizmati

Andijonhetk.uz | Facebook | Instagram | Telegram | YouTube