Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
4❤275
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
+ on my wishlist:
being there with you one day, amiin
being there with you one day, amiin
8❤375
Hozirgi kitoblarning muqovasiga siz ham e’tibor beryapsizmi?
Bilmadim, balki menga shunday tuyulgandir, lekin oldingidek kitoblarning muqovasi o‘ziga tortmayotgandek…
Ilgari kitob do‘koniga kirganimda, hali ichini ochmasdan turib ham biror kitobga ko‘zim tushib qolardi va muqovasini uzoqroq tomosha qilardim. Ranglari, rasmi, yozuvi… nimadir o‘sha kitobni boshqalaridan ajratib turardi. Go‘yo muqovasining o‘zida ham kitobning qandaydir ruhi bo‘lardi. Hozir esa ko‘p kitoblarning muqovasi bir-biriga o‘xshab ketadi. Ayniqsa, sun’iy intellektda tayyorlangan rasmlar ko‘payib ketganidan beri. Chiroyli, albatta, lekin baribir o‘sha sun’iylik, unda qandaydir alohida mehnat yo‘qligi, o‘sha "ruh" yetishmayotgani sezilib turadida.
Avvallari bir kitobning dizayni ustida kimdir ancha vaqt o‘tirgandek tuyulardi. Kitobning o‘zidan kelib chiqib rang, shrift, syujetni ifodalovchi obrazlar gavdalantirilardi. Hozirchi?..
"Muqovasini nima qilasan, kitobning o‘zi yaxshi yozilgan bo‘lsa bo‘ldi", dersiz. To‘g‘ri, asosiysi, albatta, kitobning ichidagilari, lekin o'sha asarga nisbatan muhabbat qo'yilishida kitob muqovasining ham o'rni bor. Uni qo‘lga olamiz, o'zimiz bilan olib yuramiz, ba’zan bir necha kun, ba’zan oylar davomida o'qiymiz. Keyin esa kitob tugaydi va oradan vaqt o‘tib, o‘sha kitobning muqovasiga ko‘zimiz tushsa, yana o‘sha asar ichida yurgandek bo‘lamiz. Qahramonlari, voqealari, o‘sha paytdagi kayfiyatimiz, kitobni o‘qib o‘tirgan kunlarimiz… Mehr paydo bo'ladi o'sha kitobga nisbatan.
Xullas, kitob muqovasi shaxsan men uchun shunchaki oddiy "kitob usti" emasda... Hozir ham chiroyli muqovali kitoblar juda ko‘p, lekin negadir kitob nomini eshitganimizda ko'z oldimizga keladigan o'sha "legenda" kitob muqovalaridan deyarli yo'q...

4❤249
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
2❤183