her new era.
9.6K subscribers
1.16K photos
105 videos
17 files
26 links
🛋️☕️📖

для рекламы: https://t.me/hernewera_ad
Download Telegram
Derazamdan Oy ko'rinyapti. Unga qarab yotibman. Va u menga qachonlardir bo'lgan suhbatlarni eslatdi... ajiyb, Oy hali ham men bilan gaplasha olarkan...
2495
Sanani bilmasangiz ham, ob-havo o'zi aytib turibdi ertaga kuzligini
2438
Mustaqillik muborak!
her new era
Oydan tushgan emas,
Ko’kdan tushgan emas!
Ozodlik ham, obodlik ham o’zi kelmas!
2216
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
278
Bu joylar bizga allaqachon qadrli bo'lib qoldi 🍃
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
2416
Doim uxlagan vaqtimda uni ko'raman. Sizni ham ko'raman. Ba'zan sevimli insonlarimiz yonimizda bo'lmagani uchun, Parvardigor ularni sog'inganimizni bilganidan, shu tarzda ko'rishimizga imkon beradi. Tush ko'ramiz, shu sabab chehralarini unutmaymiz...

"Faryod" kitobidan
28443
but...what about me?
3299
...
21488
Kecha bir ko'rsatuvni ko'rgandim. Juda chiroyli suhbat bo'ldi:
"Amerikada shunaqa bir qonun bor ekan. Jinoyatchining sudida unga imkoniyat berilar ekan, ya'ni ma'lum miqdorda summa qo'yilarkan, juda katta pul ekan. Agar haligi jinoyatchi shuni to'lay olsa, unga 1yil ozodlikda yurishiga ruxsat berisharkan. 1yildan keyin esa qamoqxonaga qaytib, jazo muddatini o'tarkan. Endi o'ylab ko'ring, shu insonning 1yili qanday o'tadi? Qanday yasharkin? Na yeyishida, na ichishida halovati bo'ladi. Ignaning ustida yashagandek yashaydi. Maksimal darajada harakat qiladi mana shu 1yildan foydalanib olishga. Chunki bir kun yana o'sha qamoqqa qaytishini, jazosini albatta o'tashini biladi. Halovatsiz bo'lib qoladi. Endi o'zimiz bilan solishtiraylik haligi jinoyatchini. Biz ham bilamiz o'lim haqligini, Oxirat kelishini, Qiyomat albatta bo'lishini. Lekin u darajada halovatsiz emasmiz. Jinoyatchidaku qachon jazosini o'tashi aniq, 365 kundan keyin boradi o'sha qamoqqa. Lekin bizda-chi? Biz bilamizmi qachon o'lishimizni? Balki ozodlikda yurgan jinoyatchichalik 1 yil ham vaqtimiz qolmagandir?! 1yilni qo'ying, 1 daqiqadan keyin nafas olishingizga kafolat bormi? Shu darajada berilib ketganmizki dunyoga, haligi insonchalik ham halovatsiz emasmiz. Vaholanki, vaqtimiz tugay deb qolgan bo'lishi mumkin..."
4369
and suddenly, it's my lovely fall 🍁
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
342
2363
304
Inson uchun eng qo‘rqinchli jazolardan biri bu jazolanayotganini o‘zi sezmay qolishidir. Chunki ba’zi jazolar azob bilan emas, ne’matning olib qo‘yilishi bilan kelgan bo‘ladi…

Har bir musulmon kishi namozni ilk boshlagan paytlarini eslasa kerak. O‘sha paytdagi hayajon, sakinat, xushu… Sajdaga ilk bor bosh qo‘yilganda qalbda paydo bo‘lgan o‘sha ta’riflab bo‘lmaydigan yoqimli hislar… Alloh huzurida turish ulkan ne’matdek his qilingan, namoz vaqti intiqlik bilan kutilgan kunlar…
Ammo vaqt o‘tib, nimadir bo‘ldi-yu, namozlarni o‘z vaqtida ado etish ayrimlarimiz uchun nafslariga og‘ir kela boshladi. Bir paytlar intiqib kutilgan namozlar kechiktirildi, ba’zilari hatto qoldirildi. Avval bir mahal namozning qazo qilinishi ko'ngilni g'ijil qilgan bo‘lsa, keyinchalik bir necha kunlarning namozsiz o‘tishi ham hech qanday bezovtalik tug‘dirmay qo‘ydi... Va ayrimlar sezmayaptiki, ular faqat namozni tashlab qo‘yayotgani yo‘q. Ular sajdaga bo‘lgan ehtiyojidan ham ayrilib boryapti… Vaholanki, namozning tark qilinishi bu Alloh huzurida turish ne’matidan mahrum bo‘lishdir. Uning oqibati esa shunchalar og‘irki... Qur’onda Jahannam ahlidan “Sizlarni Saqarga (Jahannamga) nima kiritdi?” deb so‘ralganda, ularning ilk javoblaridan biri shunday bo‘ladi:

مَا سَلَكَكُمْ فِي سَقَرَ ۝ قَالُوا لَمْ نَكُ مِنَ الْمُصَلِّينَ

«‘Sizlarni Saqarga nima kiritdi?’ Ular: ‘Biz namoz o‘qiydiganlardan emas edik’, dedilar.»
(Mudassir, 42–43)


Allohning jazosi har doim ham inson kutgandek kelmaydi. Mol-dunyosidan ayrilmaydi, sog‘ligi yomonlashmaydi, hayoti ham ag‘dar-to‘ntar bo‘lib ketmaydi. Aksincha, unga gunoh bilan yashash osonlashib boradi. Namozni tark etish ham ana shunday inson o'zi sezmay qoladigan og'ir jazolardan biridir!
Lekin hali yurak urib turgan ekan, tavba eshiklari ochiq:
قُلْ يَا عِبَادِيَ الَّذِينَ أَسْرَفُوا عَلَىٰ أَنْفُسِهِمْ لَا تَقْنَطُوا مِنْ رَحْمَةِ اللَّهِ ۚ إِنَّ اللَّهَ يَغْفِرُ الذُّنُوبَ جَمِيعًا

«Ayting: “Ey o‘z jonlariga haddan oshib zulm qilgan bandalarim! Allohning rahmatidan noumid bo‘lmanglar. Albatta, Alloh barcha gunohlarni mag‘firat qiladi”». (Zumar, 53)
6258