her new era.
9.61K subscribers
1.16K photos
105 videos
17 files
26 links
🛋️☕️📖

для рекламы: https://t.me/hernewera_ad
Download Telegram
может быть, Аллаh подарил нам животных, чтобы показать настоящая любовь проявляется не только в словах, но и в заботе, поступках и доброте...
6284
🦌
al-Musovvir
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
4387
Qiziq-a? Avval o'zimiz jon-jahdimiz bilan hammadan qochamiz. Lekin ich-ichimizdan kimdir bizni quvib yetishini istaymiz...
Nargis
11498
Islom ummatining bor-u yo'g'i Qur'on. Agar uni musulmonlardan olib qo'ysangiz, ularning hech narsasi qolmaydi.

- Husaynxon qori Yahyo Abdulmajid (podcastdan)
2324
Ba’zida hech kimga hech nimani tushuntirmasdan, dalda ham, yupanch ham kutmasdan, bir chetga borib yig‘lab olish kerak. Bir xonaga kirib, eshikni yopib, bir burchakka o‘tirib, hech kimga bildirmay yig‘lash… Ko‘zdagi yoshni darrov artishga shoshilmay, duv-duv yuzdan oqishiga qo‘yib, ko‘z yoshining ta’mini sezib yig‘lash...
Gohida insonning ich-ichida shunchalik ko‘p narsa yig‘ilib qoladiki, bularning birortasini kimdir bilan bo'lishgisi kelmay, shunchaki yig‘lagisi keladi. Men aynan shu holatni nazarda tutyapman.
Hech kim ko‘rmasin. Hech kim "nima bo‘ldi?" deb so‘ramasin. Hech kim yupatishga urinmasin. O‘sha bir necha daqiqada insonga o'zidan boshqa hech kim kerak bo'lmaydi...
Til aytolmaganni ko‘zlar aytib turadi. Qalbda qolganlarini esa ko'zyoshlar tashqariga olib chiqadi. Balki hech kim bilmas, balki hech kim sezmas… Ammo o‘sha yig‘idan keyin ko‘ngilning bir cheti bo‘lsa ham bo‘shab qoladi...
Va bugun bizga kulib turgan shu inson kecha bir burchakda qancha yig‘laganini biz shunchaki payqamay ham qolamiz...
7512
11440
и я официально достигла того возраста, когда меня раздражает включенный свет,открытые двери, громкие звуки и люди...
7235
so'ngra sen chiqding qarshimga...
her new era
bir izhor shunchalar go'zal bo'lishi mumkinmi?!
5231
Feminizm

Bugun ayrim tushunchalar o‘zining asl ma’nosidan ko‘ra, ijtimoiy tarmoqlardagi turli talqinlari bilan tanilib boryapti. Ko‘pchilik biror terminni birinchi marta eshitganda, uning asl ma’nosini o‘rganishdan ko‘ra, atrofidagilar qanday tushunsa, o‘sha talqinni qabul qilib qo‘ya qoladi. Aytaylik, feminizm.
Kim uchundir feminizm bu qaysidir ma'noda erkaklarga qarshi chiqish, har qanday vaziyatda faqat erkakni ayblash. Yana kim uchundir ayolning oiladagi an’anaviy qadriyatlardan voz kechishi, “ozod qushcha” bo‘lib, hech qanday mas’uliyatni tan olmasligi. Vaholanki, feminizmni faqat bu tasavvurlar bilan tavsiflab bo‘lmaydi.
Feminizmning asosiy g‘oyalaridan biri ayolning inson sifatidagi huquq va qadr-qimmatini tan olish, uning ta’lim olishi, o‘z fikrini bildira olishi, zo‘ravonlik va kamsitishdan himoyalanishi kabi masalalarda huquqlarini himoya qilinishi hisoblanadi. Va bundan kelib chiqadiki, ayolning o‘z haq-huquqini bilishi erkaklardan alamzadaligidan emas. Ayolning o‘z fikriga ega bo‘lishi erkaklarga qarshi chiqishi degani emas. Ayolning ta’lim olishi oila mas'uliyatini olmaydi degani emas. Ayolning hurmat talab qilishi o‘zini boshqalardan ustun qo‘yishi degani emas...
Islom ham erkak va ayolning insoniy qadrini jinsiga qarab belgilamaydi. Alloh huzuridagi ustunlik jins bilan emas, taqvo bilan o‘lchanadi. Biroq erkak va ayolning vazifalari, huquqlari va mas’uliyatlari har doim ham bir xil bo'lavermaydi. Ayniqsa oilada erkakka rahbarlik va ta'minlash degan qo'shimcha mas’uliyatlar yuklangan. Ammo bu “erkak inson sifatida ayoldan qadrliroq” degani emas, balki oiladagi vazifalar va mas’uliyatlarning turlicha ekanidan dalolat. Shuning uchun teng qadrli bo‘lish hamma narsada aynan bir xil bo‘lish degani deb qabul qilib olmasligimiz kerak. Chunki birining zimmasiga ko‘proq mas’uliyat yuklanishi uni ikkinchisidan insoniy jihatdan ustun yoki past qilib qo‘ymaydi! Shu sababli feminizmni ham “erkaklarga qarshi bo‘lish” yoki “ayol har qanday holatda haq” degan ikki qarash orasida tushunib qolmaslik kerak. Ayolning qadrini tan olish uni erkakdan ustun qo‘yishni talab qilmaydi, huddi erkakning mas’uliyatini e’tirof etish ayolning qadrini pasaytirmagani kabi.
8412
her new era.
Feminizm Bugun ayrim tushunchalar o‘zining asl ma’nosidan ko‘ra, ijtimoiy tarmoqlardagi turli talqinlari bilan tanilib boryapti. Ko‘pchilik biror terminni birinchi marta eshitganda, uning asl ma’nosini o‘rganishdan ko‘ra, atrofidagilar qanday tushunsa, o‘sha…
Hurmatli ayrim "feministka"lar, feminizmni vaziyatingizga moslab olmasdan bu tomonlarini ham inobatga oling va to'g'ri talqin qiling. Ko'p holatlarda ikki jins vakillarini bir-biriga qarshi bo'lib qolishiga sabab bo'lyapsiz.
292
Tan olaman, onam doim haq bo'lgan ekanlar. "Shu dugonang menga negadir yoqmayapti, uzoqroq yur" deganlarida, "Bu qaroring unchalik ham to'g'ri emas" deb meni qaytarmoqchi bo'lganlarida, "Hamma ham sening yaxshiligingni o'ylab gapirmaydi" deb qayg'urganlarida, "Odamlarni o'zingga juda yaqin olma" deganlarida... ilgari bularni shunchaki ortiqcha xavotir deb o'ylardim, aytgan hamma gaplari, sezgan har bir voqealiklari yuz berganidan keyin bildimki, ha, har doim haq bo'lgan ekanlar... Onam mendan oldin hammasini sezgan ekanlar. Lekin biror marta "men aytgandim-a?!" demaganlar, shunchaki ma'noli qarab qo'yadilar har safar...
Va hozir hayot menga asta-sekin ko'rsatayotgan haqiqatlardan keyin ichimda bitta gap aylanadigan bo'ldi: "Ha, onam… yana haq bo‘lib chiqdingiz..."
4525
1364
📍«Mushtum»
+1 локация для занятий
оказывается, около 11:30 тут почти никого не бывает.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
3272