Ilgari yozgi ta'til tugashini yomon ko'rardim, chunki maktabga borish mashmashasi yana boshlanardi. Lekin avgust oyining so'nggi kunlarini boshqacha kutardim. Maktab bozor qilishni boshlardikda. Maktabni unchalik xushlamasam ham, ungacha bo'lgan tayyorgarlikni yoqtirardim. Yangi forma va o'quv qurollarini olish boshqacha zavqli edi...
Hamma narsani olib kelganimizdan keyin uyga kelib, bir boshdan hammasini ko‘zdan kechirardim. Formamni yana kiyib ko‘rardim, yechardim, yana kiyib ko‘rardim. Yangi daftarlarni varaqlab, qalamdonimga qalam-ruchkalarimni joylab chiqardim. Go‘yo ertagayoq maktabga ketadigandek.
Sentabrga hali 1-2 hafta bo'lsa ham, har kuni kechqurun erinmay huddi maktabga ketadiganday kiyinib tayyorlanib olardim papkamni taqib...
Hozir o‘ylab qarasam, o‘sha paytdagi quvonchlar naqadar oddiy bo'lgan ekan. Yangi daftar, chiroyli qalamdon yoki yangi forma butun bir kunlik kayfiyatimni ko'targan. Ulg‘aygan sari esa inson ba’zan aynan shu oddiy quvonchlarni sog‘inar ekan...

7❤503
in your 21's, you're told to enjoy life.
enjoy it but without losing Jannah!
enjoy it but without losing Jannah!
1❤349
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
8❤368
Kim sizga salom berishidan qat’i nazar, uning salomiga doim alik oling. Yoshingiz salom beruvchidan kichik bo'lsa ham, agar u sizga «Assalamu alaykum» desa, «Assalamu alaykum» deb javob qaytarishdan ko‘ra, «Va alaykum assalam» deb alik olish to‘g‘ri bo‘ladi.
Lekin bizda, ya'ni o'zbekchilikda ba’zan buni boshqacha qabul qilishlari mumkin. Shaxsan o‘zim ham shunday holatlarga duch kelganman. Mendan yoshi katta insonlar hurmat yuzasidan «Assalamu alaykum» deb salom berishganida, men «Va alaykum assalam» deb javob berganman. Ammo ayrim hollarda ular mendan ham «Assalamu alaykum» deb javob berishimni kutishgan ekan va faqat alik olganimni hurmatsizlik yoki kibrlanish deb tushunib qolishgan.
Aslida esa «Assalamu alaykum» bu «Sizga tinchlik va omonlik bo‘lsin», «Va alaykum assalam» esa «Sizga ham tinchlik va omonlik bo‘lsin» degan ma’noni anglatadi. Ya’ni «va» bog'lovchisi bilan salomga javob ma’nosi hosil bo‘ladi. Shunday ekan yoshidan va mansabidan qat'i nazar, kimdir sizga «Assalamu alaykum» desa, «Va alaykum assalam» deb javob bering. Bu hurmatsizlik ham, kibrlanish ham emas, aksincha, salomga beriladigan to‘g‘ri javob hisoblanadi.
Agar atrofingizdagi odamlar buni boshqacha tushunishi mumkinligidan xavotir olsangiz va ayniqsa ular yoshi kattaroq o'zbek bo'lishsa, «Va alaykum assalam» deb alik olib, keyin «Assalamu alaykum» deb o‘zingiz ham salom berishingiz mumkin. Muhimi, salomni chiroyli tarzda qaytarish kerak.

12❤380
O'qishga kirganlarni tabriklayman. Talabalik muborak bo'lsin. Siz buni uddaladingiz va endi hayotingizning yangi bosqichidasiz. Xayrli bo'lsin!
Bu yil talabalik maqomi nasib etmaganlar, boshingizni egmang! Siz hech kimdan ortda qolganingiz yo'q. Birgina imtihon sizni qobilyatingizni, kelajagingizni yoki hayotingizni belgilab bermaydi. Shunchaki bu safar o'xshamadi, xolos. To'g'ri, boshqalarni ko'rib, ko'nglingiz xira bo'layotgandir, o'zingizni aybdor his qilayotgandirsiz. Lekin hammaning nasibasi har xil, buni unutmang. Allohning rejalarida xatolik yo'q. Biz hozir tushunmagan narsalarimizning hikmatini keyinroq anglashimiz mumkin. Balki bugun “nega?” deb turgan savolingizga bir yil o‘tib javob topib, “yaxshiyam shunday bo‘lgan ekan”, dersiz?! Hammasi o'z vaqtida go'zal tarzda bo'ladi. Sizda hali bir yil bor. Bu bir yilni yo‘qotilgan vaqt deb emas, o‘zingizni yanada kuchliroq qilish uchun berilgan imkoniyat deb qabul qiling va to'xtab qolmang, gazini bosing! Hammasi yaxshi bo'ladi!🫂 🤍
Bu yil talabalik maqomi nasib etmaganlar, boshingizni egmang! Siz hech kimdan ortda qolganingiz yo'q. Birgina imtihon sizni qobilyatingizni, kelajagingizni yoki hayotingizni belgilab bermaydi. Shunchaki bu safar o'xshamadi, xolos. To'g'ri, boshqalarni ko'rib, ko'nglingiz xira bo'layotgandir, o'zingizni aybdor his qilayotgandirsiz. Lekin hammaning nasibasi har xil, buni unutmang. Allohning rejalarida xatolik yo'q. Biz hozir tushunmagan narsalarimizning hikmatini keyinroq anglashimiz mumkin. Balki bugun “nega?” deb turgan savolingizga bir yil o‘tib javob topib, “yaxshiyam shunday bo‘lgan ekan”, dersiz?! Hammasi o'z vaqtida go'zal tarzda bo'ladi. Sizda hali bir yil bor. Bu bir yilni yo‘qotilgan vaqt deb emas, o‘zingizni yanada kuchliroq qilish uchun berilgan imkoniyat deb qabul qiling va to'xtab qolmang, gazini bosing! Hammasi yaxshi bo'ladi!
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
12❤408
her new era.
Video message
new cute members of our family 🐇 🤍
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤229
может быть, Аллаh подарил нам животных, чтобы показать настоящая любовь проявляется не только в словах, но и в заботе, поступках и доброте...
6❤284
Qiziq-a? Avval o'zimiz jon-jahdimiz bilan hammadan qochamiz. Lekin ich-ichimizdan kimdir bizni quvib yetishini istaymiz...
Nargis
11❤498
Islom ummatining bor-u yo'g'i Qur'on. Agar uni musulmonlardan olib qo'ysangiz, ularning hech narsasi qolmaydi.
- Husaynxon qori Yahyo Abdulmajid (podcastdan)
2❤324
Ba’zida hech kimga hech nimani tushuntirmasdan, dalda ham, yupanch ham kutmasdan, bir chetga borib yig‘lab olish kerak. Bir xonaga kirib, eshikni yopib, bir burchakka o‘tirib, hech kimga bildirmay yig‘lash… Ko‘zdagi yoshni darrov artishga shoshilmay, duv-duv yuzdan oqishiga qo‘yib, ko‘z yoshining ta’mini sezib yig‘lash...
Gohida insonning ich-ichida shunchalik ko‘p narsa yig‘ilib qoladiki, bularning birortasini kimdir bilan bo'lishgisi kelmay, shunchaki yig‘lagisi keladi. Men aynan shu holatni nazarda tutyapman.
Hech kim ko‘rmasin. Hech kim "nima bo‘ldi?" deb so‘ramasin. Hech kim yupatishga urinmasin. O‘sha bir necha daqiqada insonga o'zidan boshqa hech kim kerak bo'lmaydi...
Til aytolmaganni ko‘zlar aytib turadi. Qalbda qolganlarini esa ko'zyoshlar tashqariga olib chiqadi. Balki hech kim bilmas, balki hech kim sezmas… Ammo o‘sha yig‘idan keyin ko‘ngilning bir cheti bo‘lsa ham bo‘shab qoladi...
Va bugun bizga kulib turgan shu inson kecha bir burchakda qancha yig‘laganini biz shunchaki payqamay ham qolamiz...

7❤512