NavDPI O'QUV: MUAMMO va TAKLIFLAR
34 subscribers
6 photos
1 file
5 links
🏫 Ushbu kanal Navoiy davlat pedagogika instituti hamda boshqa Oliy ta'lim muassasa talabalarining qiziqtirgan savollariga javob beradi.
Download Telegram
Channel name was changed to «NavDPI O'QUV: MUAMMO va TAKLIFLAR»
🔰🔰🔰 Assalomu alaykum, hurmatli kanalimiz obunachilari, qadrli yoshlar, hurmatli ustozlar, aziz talabalar, bitiruvchilar! Yangi tashkil etilgan kanalimizga xush kelibsiz!!!😎

Hurmatli obunachilar,
https://t.me/help_student_problems jamoasi yangi kuch bilan sahifani tashkil etdi.

⭕️⭕️⭕️ Global axborot asrida yosh avlodni mafkuraviy tahdidlardan saqlash, ularning mediaimmunitetini shakllantirish va rivojlantirish, tahdidbardosh jamiyat barpo etishda media vositalarining ahamiyati baholab bo‘lmas darajada oshib bormoqda. Bizning jamoa õz oldiga muhim yangiliklar, qiziqarli xabarlar, kerakli ma'lumotlar, grantlar, stipendiyalar bilan bir qatorda talabalar hayotini tezkor yoritishda bel bog'lagan. Bu ishlar institut yoshlarimizning qiziqishlaridan kelib chiqib hamda yoshlarning ilmiy saviyasini oshirish, dunyoqarashini kengaytirishga, ularning ruhiy olamini boyitishga yo‘naltirilgan tarzda olib borilishiga harakat qilamiz.

Bizni kuzatishda davom eting. Barchasi hali oldinda. O'ylaymizki ishonchingizni oqlaymiz!
😎
#Bilasizmi

Talaba (arab.— izlovchi, oʻrganuvchi), student (lot. studens — qunt bilan ishlovchi, shugʻullanuvchi) — Oʻzbekistonda oliy oʻquv yurti, AQSH, Buyuk Britaniya va boshqa ayrim mamlakatlarda oliy va oʻrta maxsus oʻquv yurti oʻquvchisi.
Turkistonda islom dini yoyilgach (VII— VIII a.), boshlangʻich maktabdan soʻng bilim olish bilan mashgʻul boʻlgan har bir kishi talaba hisoblangan. Madrasalar paydo boʻlgan X asrlardan ularda tahsil olayotgan kishilargina talaba deyila boshlagan. Yevropada XI—XIII asrlarda universitetlar tashkil topgandan soʻng , ularda faoliyat koʻrsatadigan har bir odam, yaʼni saboq beruvchi ham, saboq oluvchi ham student deb atalgan. Keyinchalik universitetlarda uqituvchilar uchun magistr, professor va boshqa ilmiy unvonlar joriy etilgach, faqat saboq oladigan kishilargina student deb yuritiladigan bo'lgan.

👨🏻‍🎓 Talaba har bir mamlakatning ijtimoiy jihatdan eng faol, harakatchan, jonkuyar qismi hisoblanadi. Bevosita ilm-fanni o'zlashtirish bilan mashgʻulliklari uchun talabalar jamiyatning intellektual ilgʻor qatlami sanaladi. Shuning uchun ham talabalarning chuqur kasbiy hamda maʼnaviy axloqiy tayyorgarlikka ega boʻlishiga katta eʼtibor qilinadi.

https://t.me/help_student_problems
NAVDPI TO'PLAM.pdf
916.7 KB
⭕️⭕️⭕️ ⭕️⭕️⭕️⭕️
🇺🇿 Oliy ta'lim muassasalari talabalari uchun oliy ta'lim bilan bog'liq jarayonlarni qamrab oluvchi maxsus qo'llanma (me'yoriy-huquqiy hujjatlar to'plami)

Ushbu qo'llanma yordamida:

Oliy ta’lim muassasalari talabalariga stipendiyalar tayinlash va to‘lash tartibi;
O‘qitishning to‘lov-kontrakt shakli va undan tushgan mablag‘larni taqsimlash tartibi;
Ta’lim kreditlarini olish tartibi;
Talabalar turar joyida yashashning umumiy qoidalari;
Oliy ta’lim muassasalari talabalari o‘qishini ko‘chirish, qayta tiklash va o‘qishdan chetlashtirish tartibi;
Oliy ta’lim muassasalari talabalariga akademik ta’til berish tartibi;
Oliy ta’lim muassasalarida o‘quv jarayoniga kredit-modul tizimini joriy etish tartibi haqida bilib olishingiz mumkin.

Hurmatli talabalar ushbu qo'llanma bilan tanishib chiqib, o'z huquq va majburiyatlaringizni bilib oling!
“Yoshlar daftari”ga kiritilgan yoshlarga bir martalik moddiy yordam ko‘rsatiladi

“Yoshlarni ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi Hukumat qarori (132-son, 11.03.2021 y.) qabul qilindi.

📋 Qaror bilan “Yoshlar daftari”ga kiritilgan yoshlarni qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi to‘g‘risidagi namunaviy nizom tasdiqlandi.

🔰 Nizomga ko‘ra, “Yoshlar daftari” jamg‘armasi mablag‘lari, jumladan, quyidagilarga yo‘naltiriladi:

“Yoshlar daftari”ga kiritilgan moddiy ahvoli qiyin yoshlarga BHMning 4 baravarigacha miqdorda bir martalik moddiy yordam ko‘rsatishga;
yoshlarni tadbirkorlik va kasb-hunarga o‘qitish bo‘yicha nodavlat ta’lim tashkilotlariga sarflanadigan xarajatlarning 75 foizigacha qismini qoplashga;
“Yoshlar daftari”ga kiritilgan yoshlarga tadbirkorlik faoliyati hamda o‘zini o‘zi band qilish maqsadida noturar joyning 12 oygacha ijara xarajatlarini ko‘pi bilan bir yilda BHMning 25 baravarigacha miqdorda qoplashga;
“Yoshlar daftari”ga kiritilgan yoshlarga tadbirkorlik faoliyatini boshlash va o‘zini o‘zi band qilishga zarur bo‘lgan asbob-uskunalar va mehnat qurollarini xarid qilish uchun BHMning 40 baravarigacha miqdorda subsidiya ajratishga;
mamlakatimizdagi OTMda o‘qiyotgan “Temir daftar”ga kiritilgan oilalar farzandlari to‘lov-kontrakt summasining 50 foizigacha, ammo BHMning 50 baravaridan oshmagan miqdorda to‘lab berishga;
“Temir daftar”ga kiritilgan oilalarning ahvoli og‘ir bo‘lgan bemor farzandlariga mamlakatda yoki xorijiy davlatda davolanish bilan bog‘liq xarajatlarni BHMning 50 baravaridan oshmagan miqdorda qoplashga.

📝 Jamg‘arma mablag‘larini shakllantirish, boshqarish va ulardan foydalanish maqsadida manfaatdor muassasalar rahbarlari va jamoatchilik vakillaridan iborat tarkibda Vasiylik kengashi tuziladi.

➡️ Vasiylik kengashi raisi har chorakda Jamg‘arma daromadlari va xarajatlari ijrosi to‘g‘risida xalq deputatlari tuman (shahar) Kengashiga hisobot beradi.

🏢 Yoshlar ishlari agentligining tuman (shahar) bo‘limi Jamg‘armaning ishchi organi hisoblanadi.

🚫 Jamg‘armaning joriy yilda foydalanilmay qolgan mablag‘lari keyingi yilga o‘tadi va tuman (shahar) mahalliy byudjetiga olib qo‘yilmaydi.
Ўзбекистон олий таълимига кредит модуль тизими керакми? (+видео)

📍
https://uza.uz/posts/420165

🔻Ўзбекистоннинг ягона расмий ахборот агентлиги

Тelegram | Facebook | Instagram | You Tube
#Seminar_2022

Pedagog kadrlar tayyorlaydigan OTM o‘quv jarayonlari muvofiqlashtiriladi

Bugun Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi tashabbusi bilan Toshkent davlat pedagogika universitetida o‘tkazilgan seminarda yangi tashkil etilgan pedagogika institutlari ta’lim jarayonini kredit-modul tizimi asosida yo‘lga qo‘yish masalalari muhokama qilindi. Ularda uchrayotgan qiyinchilik va muammolar yechimi bo‘yicha tavsiyalar berildi.

👉Batafsil ushbu havolada

Telegram | Instagram | Facebook| You Tube
O'quv jarayonini tashkil etish bo'yicha online seminar soat nechchida tashkil etilsa siz uchun qulay?
Anonymous Poll
22%
11.00
18%
15.00
13%
19.00
47%
20.00
⚡️Тўлов-контракт маблағларини тўлаш муддати 10 декабрга қадар узайтирилди

Давлат қабул комиссиясининг тегишли қарорига мувофиқ, 2022/2023 ўқув йилида ОТМларнинг бакалавриат таълим йўналишлари, магистратура мутахассисликларига тўлов-контракт асосида талабаликка тавсия этилган абитуриентлар ҳамда ўқишини кўчираётган ва тиклаётган талабалар учун белгиланган контракт тўловларини тўлашнинг сўнгги муддати жорий йилнинг 10 декабрига қадар (шу куни ҳам) узайтирилди.

Шунингдек, табақалаштирилган тўлов-контракт асосида ўқиш истагини билдирган абитуриентлар, хорижий (филиаллар) ва нодавлат олий таълим ташкилотларидан ўқишини кўчириётган талабалар учун бир йиллик ўқитиш қийматининг 50 фоизини тўлаш ва талабалар сафига қабул қилишнинг сўнгги муддати ҳам 10 декабрь (шу куни ҳам) этиб белгиланди.
📌Talaba almashinuvi yoki akademik mobillik

⚡️ Akademik mobillik – talaba yoki o'qituvchilarning mamlakatidagi yoki xorijdagi OTMlarda kelishuv asosida ma'lum muddat o'qish yoki dars berishini anglatadi.

🎓 Mobil talabalar, asosan, 2 guruhga bo‘linadi:
🟢erkin harakatlanuvchilar – bunday turdagi talabalar o'z xohish va tashabbuslari bilan ta'lim olish uchun boshqa hududlarga borishadi;
🟢dastur doirasidagi talabalar – bunda OTMning o'zi yoki uning biror fakulteti boshqa OTM bilan kelishgan holda talabalar uchun o'zaro almashinuv dasturlarini amalga oshiradi. Dasturlar milliy va xalqaro darajada ham bo'lishi mumkin.

🔅 Talabalar ma'lum muddat boshqa bir OTMda o'qishi uchun eng katta imkoniyat – talaba almashinuv dasturlari hisoblanadi.

✔️ Bunda talaba o'zi o'qiyotgan OTM bilan hamkor bo'lgan xorij yoki boshqa viloyatdagi OTMlaridan birida ma'lum muddat o'qib qaytishi mumkin.

Almashinuv dasturlari qisqa – 1 haftadan 3 oygacha, uzoq – 6 oydan bir yilgacha bo'lishi mumkin.

📃 Talabalarni o'zaro almashtirish dasturi – bu turli ta'lim muassalari o'rtasida talabalarni o'zaro ma'lum muddatga almashtirish bo'yicha tuziladigan kelishuvdur. Bu kabi dasturlar oliygoh talabalarini 1 yoki 2 o'quv semestri davomida xorijda o'qish imkonini beradi. Talabalar almashinuvi oliygohlar orasida tuzilgan hamkorlik shartnomalari asosida amalga oshiriladi.

Bu orqali talaba boshqa viloyat yoki xorijiy OTMda bilim almashish imkoniyatiga ega bo'ladi.

Do'stlaringizga ulashing
@YQQUZB_KANAL
👍1