Hazrati Kursdosh | X
8.9K subscribers
1.86K photos
483 videos
23 files
1.94K links
⚡️Talaba har qanday sharoitda tirik qolish xususiyatiga ega.

⚡️Hammasini ochiq-oydin gaplashamiz!

⚡️Tabiiy yozamiz, tabiiy kuling!

⚡️ LIVE — @hazratikursdoshlive

📍Murojaat: @jonikuyarbot
Download Telegram
Rahmat, azizlarim g‘alaba qozondik. Endi uyga kirolaman. Ishqilib, g‘alaba torti shunga arzisinda. 😁

@hazratikursdosh
#shunchaki
Bir noshud o'g'ri aytgan ekan:
— Men o'g'rilik qilgan kecha oylar oydin bo'ldi...

@hazratikursdosh
#shunchaki
U shunday "irodali" odamki, puli tugab, ovqatga ham, yo'lkiraga ham, hatto telefon raqamiga tashlashga bir chaqasi qolmasa ham, hargiz yig'ib qo'ygan dollarini maydalamaydi.

@hazratikursdosh
Bir qaynovi ichida

— Bilasizmi, sizni quyoshga o‘xshataman.
— Nimaga endi quyoshga?
— Sizga qarasa, quyoshga qaraganda aft qanday bujmaysa, shunday bujmayadi odam.

@hazratikursdosh
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Alhamdulillah. Kecha jiyanlarimning soni yana bittaga ko‘paydi. Ismini Muhammadamin deb qo‘yishibdi. Uzoq kutilgandi o‘g‘il farzand. Umri uzoq, risqi butun bo‘lsin. Tog‘ang shotta, jiyan, gaziga bos! 2024 larni sindirish bandasigamas! 💪😁

@hazratikursdosh
Men 5 yildan beri bu kanalni yuritib, kuzatuvchilarim bilan aka-uka-yu, aka-singildek yaqin boʻlib, biror marta donat qilinglar, deb karta raqamimni tashlamabman. Bashara chidamaydi bunga, ochigʻi.

Hozir kuzatuvchilaridan qoʻllab-quvvatlashlarini soʻrab, pul yigʻish modaga kirdimi, deyman. Koʻplari donatlab qolgan. 🤦‍♂️

@hazratikursdosh
Qashqadaryo boshqa daryo, deb Qarshiga qarab navbatdagi safarimizga otlandik. Nima deysilar, qarshiliklar yoʻqmi)

@hazratikursdosh
Jizzaxda 5 daqiqa toʻxtab oʻtib ketdik. Samarqandda 15 minutlar toʻxtadik va bu toʻxtalish xatolik boʻldi. Qorin ozroq surnay chalgandi, ul-bul olaylik degandik sotuvchilar ogʻziga kelgan narxni aytib yuboryapti, deng. Samarqandlik boʻlganimga sheriklarimdan ozroq hijolat ham boʻldim. Shuning uchun boy ekansilar-da, degandek hammasi menga bir-bir qarab qoʻydi, sotuvchiga pul uzatayotib. Bittasi Toshkentda 3 minglik somsani 8 mingga olgandi, ushogʻiniyam qoldirmay yeb ketyapti. 😂

Alqissa, poyezdingiz Samarqandga toʻxtaganda oʻzingizni uxlaganga solvoling. Boʻlmasa, baribir uxlatvorishadi.

@hazratikursdosh
Qarshilik taksist bilan suhbat:
— Aka, qolganlar qayda?
— Toshkentda.

@hazratikursdosh
Toʻgʻrisini aytsam, Qarshi Buxorochalik taassurot uygʻotmayapti. Xuddiki men bu yerda begonadek. Birinchi marta boʻlsa-da, avval ham boʻlganimdek tuyilyapti. Jaydari shahar, hammasi oddiy. Yangilik koʻrmayapman oʻzim uchun. Hech qanday hissiyot yoki hayrat yoʻq, biror nima qoralay desam.

Shunday boʻlsa-da, mehmonxonalariga baho berib ketishim kerak. 5 ballik tizimda 2 ball bilan baholayman. Xizmat koʻrsatish yaxshi emas, joylari ham haminqadar. Boʻlmasa oddiysini band qilmadik. Yana yozaman, maqtaydigan joylarimiz ham chiqib qolar.

@hazratikursdosh
Men Qarshi yomon shahar demadim, ogʻaynilar. Shunchaki oʻzim uchun yangilik koʻrmadim hali, deyapman. Bu ikkisining farqi bor-ku, axir. Ishlarimizni tugatib, odamga oʻxshab aylanishga vaqt topamiz, Xudo xohlasa. Shundan keyin yakuniy xulosani (shaxsiy) beramiz, achchiqmi yoki shirin, boricha. Albatta, ruxsat bersangiz!

P.s: Yaxshiyam turgan mehmonxonam nomini aytib qoʻymabman. 😂🤦‍♂️

@hazratikursdosh
Qarshida hasib haqiqiy goʻshtdan tayyorlanishini nega aytmagansiz? Bir havas ketib, hasibxoʻrlik qilaman, degandim. Bir porsiyadan aytvoribmiz, katta ketib. Umuman boshqa narsa keldi-ku! Yaxshiyam ofitsiantni gapiga kirib, kilogramdan aytvormabmiz. Or baland kelib, sezdirmaslikka harakat qildik lekin. Bu or qimmatga tushmasaydi, deb turibman endi. 😁

@hazratikursdosh
Alhamdulillah, rasmiy ishlarimizni a'lo darajada yakunlab oldik. Endi xotirjam dam olsak yarashaveradi. Balki jamoa bilan kelishgan holda kechki Qarshini aylangani chiqarmiz. Chunki kunduz kuni bu yerda quyosh boshqacha boqyapti. Poytaxtdan farqi shuki, issiq yuzni kuydirayotgandek xuddi. Yoki o‘zi shunday yoki menga shunday tuyilyapti. Lekin havosi toza ekan.

@hazratikursdosh
Shu yerliklarning aytishicha, “Moscow”ni bilgan bilarkan)

@hazratikursdosh
Qarshi, bergan non-tuzing uchun rahmat.

@hazratikursdosh
Toshkentga kevoldim. Endi barini boricha boshidan yozaverayin a, bemalol. Taaak😁

@hazratikursdosh
#shunchaki
Ayol kishi oʻqilishi qiyin boʻlgan kitob. Shu bilan birga, uning mutolaasi oʻquvchiga zavq bagʻishlaydi. Uni qancha koʻp varaqlasang, qayta-qayta oʻqisang, shuncha koʻp tushunasan.

Yana shuni yodda tutish kerakki, bu kitobni qancha oʻqima, hech qachon tugamaydi. Oʻqishda qancha tajribang ortib bormasin, hammasini tushuna boshlamasingdan, yangi misralari qoʻshilaveradi.

Qiynalsangiz ham oʻqishda davom eting. Bu foyda boʻlsa boʻladiki, zinhor ziyon qilmaydi. Yoqimli mutolaa tilayman! )

@hazratikursdosh