Hazrati Kursdosh | X
10.1K subscribers
1.85K photos
482 videos
23 files
1.94K links
⚡️Talaba har qanday sharoitda tirik qolish xususiyatiga ega.

⚡️Hammasini ochiq-oydin gaplashamiz!

⚡️Tabiiy yozamiz, tabiiy kuling!

⚡️ LIVE — @hazratikursdoshlive

📍Murojaat: @jonikuyarbot
Download Telegram
Shunday qilib iPhone nechchi trendda endi? 😁

@hazratikursdosh
Bolaligida bu multikni koʻrganlar hozir nechchi yoshdamiz, izohda yozib ketamiz?..

@hazratikursdosh
Bugun, 10-may — Do‘stlar bilan yig‘ilish kuni ekan. Hozir shuni kursdoshlarimga tashlasam, baribir "Do‘stlar kuni ekan, kursdoshlarmas" deb bahona qilishadi. Onasini emsin, tashkilotchi bor, joy aniq, kelsang bo‘ldi-ku, deydigan odam yo‘q. Obbo, biz-e!

@hazratikursdosh
Nasib bo‘lsa, yozda to‘y. Endi uylanishga qiz topsam bo‘ldi, deyapti "To‘y qachon?" degan savol jonidan o‘tib ketgan bir bo‘ydoq ukamiz. To‘y bo‘lishi aniq, kuni ham belgilanganmish. Ammo nomzod yo‘q, topilmayapti emish. Kelinsiz to‘yga bormasak bo‘ldiydi. 😁

@hazratikursdosh
Menga qaranglar, navoyilik 11 ta tilni biladigan Sarvinoz Sarvarovna degan poliglot qizimiz bor ekan. Shu paytgacha bilmagan ekanman.

Mana bu hikoyasi biroz ta'sirlantirdi odamni. Bu yerda esa yanada ko'proq ma'lumotlarga ega bo‘lasiz.

Umuman olganda vaqt topib ko‘rishni tavsiya qilaman.

@hazratikursdosh
Samarqand, Tayloq nima bo‘lyapti uyoqlarda?

Ijtimoiy tarmoqda tarqalgan, shuningdek, Bolalar ombudsmani tasdiqlagan ma'lumotga ko‘ra, 8-sinfda o‘qiydigan qizcha farzandli bo‘libdi. 2009-yilda tug‘ilgan qiz 2006-yilda tug‘ilgan bola bilan o‘tgan yili avgust oyida "juda yaqin sevishgan" (tavba qildim, shunaqasiyam bo‘larkan-da). Shu yil 6-may kuni 8-sinf qizimiz (otasi aniq) farzand dunyoga keltirgan!

Qizning onasi chet elga ishlashga ketgan ekan. Singilchamiz (tarbiyasi qanday bo‘lishidan qat'iy nazar) yolg‘iz, qarovsiz qolgan ko‘rinadi-da, esiz... Men doim aytganman qizlar o'zidan-o'zi buzilmaydi, ularni buzishadi, aldashadi, yo‘ldan urishadi, ojizaligidan foydalanishadi.

Hozirda holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilganmish. Juda g‘alati... birinchi marta bunaqa hodisaga tuzukroq munosabat bildirolmadim. Men hayron.

@hazratikursdosh
Dunyo tan olayotgan davlatimiz, erkimiz bor. Ammo oxirgi bir-biridan oʻtadigan voqea va hodisalarni eshitib, koʻrmaganimizni koʻrib, millat borasida koʻp narsani boy berdikmi, deb qoʻrqamanda…

@hazratikursdosh
Botir Qodirov Sherali Jo‘rayevni o‘g‘limi yoki o‘g‘limasmi? Nega qiziq bu sizga? Nega buncha aylantirdingiz bu mavzuni? Uyingizga ikkita non olib kiradimi shular? Ertalabdan kechgacha muhokama qilasiz! Nima ishingiz bor birovning hayoti, shaxsiy masalasi bilan? Nega bunchalar mayda ishlar bilan shug‘ullanyapsiz? Nega bu axborot bilan chalg‘ib qolyapsiz? Hoy, fikr qiling ozroq, deb hali hech kim chiqmadimi?

Voy, biz o‘zbeklarga shunaqa ishlar bo‘lsa boplaymiz! Shu e'tibor bermayman, dedim, lekin qayoqqa qarama tiqilib kelaverdi, zbl. Shunchalar kaltafahm, tafakkuri o‘lik, bekorchi, g‘iybatga o‘ch odamlarmizmi-ya. O‘lganni ustiga tepgan qilib, oddiy xalq mayli, OAV vakillari ko‘targani ko‘targan mavzuni. Holimizga achinaman... Iltimos!

@hazratikursdosh
Mavjlanadi atrofda dengiz,
Qutiradi bo‘ron tinimsiz.
Boshqaradi kemani a'lo,
Bizning jasur kapitan Leo!

Quvnoq daydi paroxodining kema jurnali, 11-may.

@hazratikursdosh
Afsuski hamyurtimiz Nursulton Ro'ziboyev UFC doirasida oʻtkazilgan turnerda Xoakin Bakli tomonidan mag'lub etildi.

Oʻsha yerlarga chiqib, oʻzbek bayrogʻini koʻtarish, or talashish biz ekranda koʻrgandek osonmas. Hozir hammamizda “Yutganda edi…” degan ichqizish bor. Nimayam deymiz, har holda judayam xunuk magʻlubiyat boʻlmadi, Nursultonga omad.

@hazratikursdosh
Quvnoq daydi paroxodining kema jurnali, 13-may. Post yo‘q.

@hazratikursdosh
Bu yil maktablarda "So‘nggi qo‘ng‘iroq" tadbirlari faqat 1 soat davom etishi qat'iy belgilanibdi. Shu bilan birga, restoran, kafelar, xonadonlarda bitiruv oqshomini o‘tkazish taqiqlanibdi.

Bu yil maktabni tamomlaydigan uka-singillarimizga yig‘lash ham mumkinmas, desam. 😁

@hazratikursdosh
Shuncha taqiqdan keyin yig‘lamay bo‘ladimi, deydigan odam yo‘q. Bu yil nasib bo‘lsa ikki ming nechchilarni sindirish bandasigamas, shunday qilib? 💪😎

@hazratikursdosh
Kanalimga aytgan gapim:

— Atrofda alal oqibat qusvorishgacha olib boradigan xabarlar oqimi shunaqangi ko‘payib ketdiki, seni hali kelajaging bor. Kuyinma, jon jigarim, ukamdek bo‘lib qolgan kanalim! Odamlar ulardan baribir kun kelib charchaydi, miyasi qisadi, qayd qiladi, dardiga shifo izlab qoladi. Shunda barcha yo‘llar ularni sen tomonga olib keladi.

@hazratikursdosh
Kecha kursdoshimiz (o'zi jimjiloqdek, kenja singlimiz edi, hozir hammamizga otinoyilik qiladi) universitetda o‘tgan kunlardan retro rasm va videolarni guruhga tashlagan ekan. Ozroq qornim chiqqanini aytmasa, hozir ham talabalikda qanday bo‘lsam shunday ekanman. Sport hammasini qutqaryapti, lekin qoringa kelganda eplolmayapti-da. 😂

Qizlarimiz ham avval rosa chiroyli bo‘lgan ekan. Bilmayman, ko‘z qayda bo‘lgan o‘shanda, desam. 😆

Hazil. Ular hozir ham go‘zal. Faqat maqomi ortgan — go‘zal onalar. Umri uzoq, baxti butun bo‘lgurlar. Barchasini yaxshi ko‘raman. 🙏

@hazratikursdosh
#shunchaki
Men ijodkor bo‘lishim mumkin edi. Biror shoirmi sarmast yoki qalbgo‘y yozuvchi, tanqidchi jurnalist bo‘lardim, balki. Ammo menga pul kerak edi. Oilamga, o'zimga yetadigan katta bir maosh.

Yanayam jiddiyoq kasbni tanladim. Va bu to‘g‘ri bo‘lgandi o‘shanda. Bugun qarorimdan nolib qo‘yaman har zamon. Yuqoridagilardan birini tanlasam bo‘lardi-ku! Ularda... zo‘ri bo‘lmasang foydasiz ko‘ringandi. Mendan-da zo‘rlari bor edi o‘shanda.

Moddiy zarurat qichab kelib, voz kechganman shunday olamdan. Sabr qilsam bo‘larmidim Muhammad Yusufdek shoir, yuragi katta yozuvchi Tog‘ay Murod usulidan ketardim, qaydam Abdulla Qodiriyga o‘xshardim, sozlardim achchiq so‘zlarni. Yo‘q, soyalari bo‘lsam ham katta gap edi ulug‘larni.

...Erkakka avvalo sog‘liq va pul kerak. Chunki unga qaraydigan ko‘zlar, cho‘ziladigan qo‘llar bo‘ladi. Buning mas'uliyati katta. Qolganini o‘rganib oladi.

@hazratikursdosh
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Mana bunday propaganda axborotlarga qarshi ishlash kerak, og‘aynilar. Bugunimiz mayli, ertamizni ham barbod qilamiz indamay o‘tiraversak.

Ruschani tushunsangiz, videoni tomosha qiling va g‘oyasi qayoqqa qarab ketayotganini o‘ylab ko‘ring. Bular bola bo‘lsa, fitnachilarning chirkin maqsadlarini qayoqdanam bilsin. Xulosani o‘zingizga qoldiraman.

P.s: farzandni rus bog‘cha va maktabga berishga qarshiligim yo‘q. Qayda bo‘lmasin, o‘zbek oilami, demak uydagi tarbiya g‘irt o‘zbekcha bo‘lishi kerak.

Nazorat, nazorat, nazorat!

@hazratikursdosh
Shu kunlarda bookblogerlikka da'vogar ikkita qizimizni kanalini uchratib qoldim. Biri @boqiy_darbadarr bo‘lsa, ikkinchisi @quyoshtaraflarda yasharkan.

O‘qishli kanallar istab qolganimdan xabaringiz bor. Shu sabab aylanib, har zamon ularni saralab chiqyapman. Shu bilan birga, umumiy tahlil ham. Pichoqqa ilinadigan, ko‘ngilga o‘tiradigan, miyani silaydigani bo‘lsa, bir-ikki kun shular bilan qolyapman.

Yuqoridagi qizlarimizning kanallarini sal tepaga qarab varaqlab chiqdim. Ikkisi ham fikrga qizg‘onchiqdek ko‘rindi, dastlab. Yo ko‘p kitob o‘qib, yozishga vaqt topmas, qaydam. Bir-ikki kunda "tashxis" qo‘yib bo‘lmaydi-da.

Yana bir singlimiz borki, siz u @qushch_a'ni g‘alati sayrashlari bilan taniysiz. Umumiy xulosam o‘zi pozitiv, keyin fransuz qizlariga o‘xshaydi. Seni joying Parijda, degim keladi.

Baraka topishsin. Bir tanishim, o‘qigan qizlar bor davralarda maqtanchoqlik qilib qo‘yma, suhbatlashganda ehtiyotkor bo‘l, ular sendan ko‘ra yaxshiroq fikrlab qolishlari mumkin, degandi. O‘qigan, o‘qishni istaydigan qizlarimiz ko‘payaversin. Najot — ulardan!

@hazratikursdosh
"Ota-ona boʻlib yanayam yaxshi tushunyapmiz. Oliy maʼlumotli boʻlaturib, reja bilan ish qilmasak, hozirda oydan-oyga pul yetmay qolishi mumkin. Oddiy ishchi boʻlgan ota-onamiz 4 ta kontraktni qanday toʻlagan ekan?" — deb qoldi bir kursdoshim. O‘ylanib qoldim...

@hazratikursdosh
200 dollar berib turoladigan do‘st qidiryapman. Hamma do‘stlarim qidiryapti...

@hazratikursdosh