Hazrati Kursdosh | X
8.9K subscribers
1.86K photos
483 videos
23 files
1.94K links
⚡️Talaba har qanday sharoitda tirik qolish xususiyatiga ega.

⚡️Hammasini ochiq-oydin gaplashamiz!

⚡️Tabiiy yozamiz, tabiiy kuling!

⚡️ LIVE — @hazratikursdoshlive

📍Murojaat: @jonikuyarbot
Download Telegram
Qarshilik taksist bilan suhbat:
— Aka, qolganlar qayda?
— Toshkentda.

@hazratikursdosh
Toʻgʻrisini aytsam, Qarshi Buxorochalik taassurot uygʻotmayapti. Xuddiki men bu yerda begonadek. Birinchi marta boʻlsa-da, avval ham boʻlganimdek tuyilyapti. Jaydari shahar, hammasi oddiy. Yangilik koʻrmayapman oʻzim uchun. Hech qanday hissiyot yoki hayrat yoʻq, biror nima qoralay desam.

Shunday boʻlsa-da, mehmonxonalariga baho berib ketishim kerak. 5 ballik tizimda 2 ball bilan baholayman. Xizmat koʻrsatish yaxshi emas, joylari ham haminqadar. Boʻlmasa oddiysini band qilmadik. Yana yozaman, maqtaydigan joylarimiz ham chiqib qolar.

@hazratikursdosh
Men Qarshi yomon shahar demadim, ogʻaynilar. Shunchaki oʻzim uchun yangilik koʻrmadim hali, deyapman. Bu ikkisining farqi bor-ku, axir. Ishlarimizni tugatib, odamga oʻxshab aylanishga vaqt topamiz, Xudo xohlasa. Shundan keyin yakuniy xulosani (shaxsiy) beramiz, achchiqmi yoki shirin, boricha. Albatta, ruxsat bersangiz!

P.s: Yaxshiyam turgan mehmonxonam nomini aytib qoʻymabman. 😂🤦‍♂️

@hazratikursdosh
Qarshida hasib haqiqiy goʻshtdan tayyorlanishini nega aytmagansiz? Bir havas ketib, hasibxoʻrlik qilaman, degandim. Bir porsiyadan aytvoribmiz, katta ketib. Umuman boshqa narsa keldi-ku! Yaxshiyam ofitsiantni gapiga kirib, kilogramdan aytvormabmiz. Or baland kelib, sezdirmaslikka harakat qildik lekin. Bu or qimmatga tushmasaydi, deb turibman endi. 😁

@hazratikursdosh
Alhamdulillah, rasmiy ishlarimizni a'lo darajada yakunlab oldik. Endi xotirjam dam olsak yarashaveradi. Balki jamoa bilan kelishgan holda kechki Qarshini aylangani chiqarmiz. Chunki kunduz kuni bu yerda quyosh boshqacha boqyapti. Poytaxtdan farqi shuki, issiq yuzni kuydirayotgandek xuddi. Yoki o‘zi shunday yoki menga shunday tuyilyapti. Lekin havosi toza ekan.

@hazratikursdosh
Shu yerliklarning aytishicha, “Moscow”ni bilgan bilarkan)

@hazratikursdosh
Qarshi, bergan non-tuzing uchun rahmat.

@hazratikursdosh
Toshkentga kevoldim. Endi barini boricha boshidan yozaverayin a, bemalol. Taaak😁

@hazratikursdosh
#shunchaki
Ayol kishi oʻqilishi qiyin boʻlgan kitob. Shu bilan birga, uning mutolaasi oʻquvchiga zavq bagʻishlaydi. Uni qancha koʻp varaqlasang, qayta-qayta oʻqisang, shuncha koʻp tushunasan.

Yana shuni yodda tutish kerakki, bu kitobni qancha oʻqima, hech qachon tugamaydi. Oʻqishda qancha tajribang ortib bormasin, hammasini tushuna boshlamasingdan, yangi misralari qoʻshilaveradi.

Qiynalsangiz ham oʻqishda davom eting. Bu foyda boʻlsa boʻladiki, zinhor ziyon qilmaydi. Yoqimli mutolaa tilayman! )

@hazratikursdosh
Tushimda 10 km masofaga yugurish musobaqasida qatnashib, g‘olib bo‘libman. Sovringa 50 mln olibman. Oy oxirida o‘zi shunday: pulli tushlar ko‘rib qolaman, xayolimda ko‘chadan bir pochka dollar topib olaman, ertalab tursam yostig‘imning tagiga qo‘limni tiqaman xuddi ming dollar paydo bo‘lib qolgandek va hk. Yana kimda qanday? 😂 🤦🏻‍♂️

@hazratikursdosh
Turmush qurishni bahorga qiyoslasak bo‘ladi. Odam bolasining turmush qurgandan keyin miyasining hali umuman ishlamay turgan qismlari faollashib, kreativ fikrlashga o‘tadi. Har jihatdan rivojlana boshlaydi, hayotiga, ishiga baraka kiradi. Yangiliklar qilishga o‘zida motivatsiya topadi. Hayotga qaytadan ochiladi.

Exxx, shu joyiga haligi qo‘shiq:
Bir bahor boʻlgandi
beqaror edi
Dilga ishq qurgandi
begʻubor edi
Ul goʻzal kulgandi
betakror edi
U olis oʻn sakkiz yoshimda edi…


P.s: Gap isboti bilan degandek, qolganini ana @qushch_a davom ettiradi. 😉

@hazratikursdosh
Tushingga qizlar kirib qo‘rqityaptimi, demak uylanishing kerak. Qara, o‘ttizni uray deb qolibsan, buyog‘iga bahonalar o‘tmaydi. O‘zingga bo‘lmasayam, ...rahming kelsin-e, uka! Nima bu beshavqatlik!

@hazratikursdosh
— Hazrati Kursdosh, bo‘ydoqlikda tushga kiradigan qizlar, uylangandan keyin ham kirishadimi?
— Ha, faqat unda xotining bosh rolni ijro etadi.

@hazratikursdosh
Shunday bir xayolingiz buzuq kuzatuvchi chiqdingizda-viiiy. Bir post qilishga odam hayiqib qoldi. Yigitlari-ku mayli, qizlarini aytmaysizmi qitmirligini. Xayrli kun! 🤦🏻‍♂️

@hazratikursdosh
#shunchaki
Men qanday yashashni bilaman, Hayot. Biroq pulim yetmaydi. )

@hazratikursdosh
Toshkentga nima boʻlyapti? Konditsionerni tagidayam odam terlab ketyapti-viiiy. Yolgʻondan boʻlsayam shabada boʻlsaydi. 😰

@hazratikursdosh
Shunday issiq kunlarda yomonam ketadi-ku! Buni yaxshi bilaman, lekin haqqim yo‘q. Qasam ichganman, qasam! Mashrab aka, pivo bokalingiz bormi, bo‘lsa olib chiqing, kola quyib ichamiz! 😅

@hazratikursdosh
Bugun yomgʻir yogʻaman deb rosa aylandi. Yozdan hijolat boʻlyapti shekilli, yogʻolmay turibdi. 😁

@hazratikursdosh
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Prezident bilan qo‘l berishib, yonida ishonch bilan yelkama-yelka turish, men sizga aytsam, katta narsa. Davlat mukofotlarini qo‘lga kiritgan yoshlarni havas bilan tabriklayman.

@hazratikursdosh
Men doim atrofimdagilarni turmush qurishga chaqirib kelaman. Shu bilan birga, bunda shoshma-shosharlikka qarshiman.

Taqdirdosh tanlashda adashmang. Muhimi shoshiling, lekin shoshilmang. Ya'ni o‘ta darajada lanchlanmang, demoqchiman.

Tanlaganingiz yoki tanlayotganingiz kelajakda siz bilan birma-bir tura olishiga, hayot sinovlaridan qo‘l ushlashib o‘ta olishiga, doim qo‘llab-quvvatlashiga, oilani birgalikda tortib ketishiga ishonch hosil qiling. Shundagina hech ikkilanmay gaziga bosing. Bil'aks, shubha qildingizmi, boshida o‘ylab ko‘rishga sizda vaqt bo‘ladi.

Muammoingiz ustiga muammo yaratadigan, doim sizga osiladigan, qo‘llab-quvvatlash tugul bir motivatsiya berolmaydigan, sizni hamma narsada orqaga tirtadigan, loaqal o‘zini eplolmaydigan shaxs bilan turmush qurmaganingiz ma'qul. Bu shaxsiy rivojlanish va hayotdagi erishish mumkin bo‘lgan muvaffaqiyatlarning chippakka chiqishidan dalolat beradi.

Alqissa, har ikki tomon ham taqdirdoshisiz bir nimaga erisholmaydi. Ular bir tan-u, bir jondir.

P.s: erkak kishi ayolining ishongan tog'i, suyanchig'i bo‘ladi-ku, ayol istasa-istamasa erkak kishiga tayanadi-ku, deb va hokazolarni gapirishingiz mumkin. Oldindan aytib qo‘yay, bular boshqa masala. Men bulardan kattaroq bo‘lgan narsalar haqida yozg‘irdim.

@hazratikursdosh