Hazrati Kursdosh | X
8.64K subscribers
1.86K photos
483 videos
23 files
1.94K links
⚡️Talaba har qanday sharoitda tirik qolish xususiyatiga ega.

⚡️Hammasini ochiq-oydin gaplashamiz!

⚡️Tabiiy yozamiz, tabiiy kuling!

⚡️ LIVE — @hazratikursdoshlive

📍Murojaat: @jonikuyarbot
Download Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Bu qizning taqdiri nima bo‘ladi? Taxmin qilib ko‘ramiz.

1. Aniq intizomiy chora oladi.
2. Uzr so‘rab chiqishi tayin.
3. Kuni kelib samosud bo‘ladi. Hammasidan ham shunisi aniq.
4. Yana chiqib farqi yo‘q, degani bilan hozir ichi o‘tib yotibdi, o‘zidan o‘tganini o‘zi biladi.
5. Afsuski, bu hayotdan shundayligicha o‘tib ketadi. O‘zgarmaydi.

P.s: buni ertalab yozib qoʻygandim. Joylash esdan chiqibdi. Uji u qamagʻda ekan-ku)

@hazratikursdosh
Shu toza toshkentlik birodarlargayam rahmat, viloyatdan kevolib shevasini buzib-buzib gapirib tashlayapmiz, g‘ing demayapti.

To‘g‘risiyam, bunaqa narsalarda seniki-meniki ketmaydi. Bir ming bir yuz kilometr uzoqdagi Xorazm shevasiyam bizniki, tosh shahar Toshkent shevasiyam o‘z-o‘zimizniki. Qo‘lingdan kelsa andijoncha gapir, eplasang namangancha so‘zla, bari o‘zbekniki.

Uni buni qo‘ying, 2003 lar, hammasi joyidami? 😁

@hazratikursdosh
❗️Bakalavr, magistratura yoki doktoranturaga kirish maqsadida milliy yoxud xorijiy til sertifikatini tezkor olmoqchi boʻlgan jigarlarim, men bilan onlayn turk tili darslari kursida qatnashing.

Darslarni xalqaro toifadagi sertifikat sohibi Dilmurod Boymurod o‘g‘li o‘tyapti. Birinchi, ikkinchi, uchinchi darslar g‘irt tekin ekan. Uch darsdan keyin oylik toʻlov atigi 200 ming soʻmdan. Men bilan kursdosh bo‘layotganingiz uchun chegirma bu, desam.

Ayni paytda iyun oyi uchun yangi "Başarılı öğrenciler" (dushanba , chorshanba, juma) guruhi ochilyapti ekan. Darslar haftada 3 kun va kechki 21:30 da boshlanadi. Birinchi dars barcha uchun 7- iyun juma kuni 21:30 da boʻlib o‘tadi.

Bor yo‘g‘i 600 ming so‘m sarflab, 3 oyda turk tilini B2 va C1 darajada o‘rganish imkonini qo‘ldan boy bermaymiz. Hade, arkadaşım!

📌Batafsil maʼlumot va guruhga yozilish uchun:
Telefon: +998970336870
Telegram: @Dilmurod_Boymurod_ogli_6_02_2000

@hazratikursdosh
Muhammad Yusufning ushbu misralarini ayni yoshimda ko‘proq tushungan, yanayam his qilgan bo‘ldim.

Yomon kunlar bir kun
Yaxshi bo‘lar-u,
Yomon odam yaxshi
Bo‘lmas hech qachon…

Shunchaki, qoyil.

@hazratikursdosh
Kimni imzosi qanaqa?

Bugun 20 tadan ortiq ikki nusxadagi hujjatga imzo qo‘ydim. Agar kun kelib shunday imzolar chekishimni bilganimda pasport olishda oson va qisqa variantni tanlagan bo‘lardim. 🤦🏻‍♂️

O‘ziyam imzomisan imzo-da, odamlar uni to‘rtga bo‘lib qo‘yadi. Biroq, ming uringani bilan qalbakilashtira olishmaydi, o‘rnimga imzo qo‘yolmaydi. Bu tarafi yaxshi.

@hazratikursdosh
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
— Talabalaringiz orasida alohida belgilari bilan boshqalardan yaqqol ajralib turadiganlari bori?
— Bor. Haliyam "Ingichka zaryatka" so'raydiganlari bor. Bo‘ladimi?

@hazratikursdosh
Qabul boshlandi, sayt ishlamadi!

Ana, jigarlarim, bugundan safimiz kengayishi uchun talabgorlar saytga ma'lumot joylashga oshiqmoqda. Lekin sayt ishlamayapti.

Vaholanki, prezident farmoniga ko‘ra, bugun, 5-iyundan boshlab abituriyentlar my.uzbmb.uz sayti orqali onlayn ro'yxatdan o'tishlari mumkin, deya xabar berilgan edi.

Yana bir yangilik, saytga xususiy OTMlarning ma'lumotlari ham yuklanyapti, bunda maqsad nima ekanini hozircha bilmaymiz.

Ammo katta ehtimol kelgusida xususiy OTMlarga kirish ham DTM (BMB) orqali amalga oshirilishi mumkin.

@hazratikursdosh
Yangi turmush qurgan kelin-kuyovlarga havas bilan qaray boshladingmi, demak bo‘ydoqlik joningga tekkan. Chindan ham havas qilgulik-da, bay-bay-bay. Eng zo‘r davr, voh-e, voh-voh-e!

@hazratikursdosh
Bugun, 06.06.2024 sanasi bilan ID-karta oldim. Bu safar avvalgi pasportimdan ko‘ra chiroyliroq rasmga tushdim. Imzo esa yanada mukammallashdi. Ancha ulg‘ayibman)

Davlat xizmatlari markazlari juda yaxshi faoliyat olib boryapti. Navbat kutishni emas, jarayon boshlanishini hisobga olsak, ko‘pam vaqtimni olgani yo‘q. Baraka topishsin.

@hazratikursdosh
Birinchi xonim sindirdi. U ID-kartasini 11.11.2022 sanasi bilan olgan ekan. Telegramda yozganimni ko‘rib, shaxsiyga tashlabdi basharamga shapataq etib otib yuborgandek. Nimayam deyman, qo‘limizni 🙆🏻‍♂️

@hazratikursdosh
Hamma tanish singilchalarni turmushga chiqarib, unashtirib boʻldim. Bitta tabi nozik ukam qolgan, hech unamayapti-da.

Uka, buyogʻiga odamlar shubhalanishni boshlaydi. Aytib qoʻyay, akalik burchim. Keyin mendan o‘pkalab yurmagin. Yana bir gap, keyin yoshrogʻini umid qilma. Vijdoning boʻlsa, albatta. Zero ular ham yoshrogʻiga munosibdir.

@hazratikursdosh
Shartta davlat ishini yig‘ishtirib, videokontent va loyihalar bilan ishlashni boshlavorsammi, deb qolaman ba'zida. Boshlanishiga biroz moddiy ko‘mak zaruratini aytmasa, bu borada tajriba va bilim yetarli. Imkoniyatlar 99 foizni tashkil qiladi. Internet bilan muomala, veb-sayt va ijtimoiy tarmoqlarning har qanday turidan mukammal foydalana olamiz. Har birining tilini yaxshi tushunamiz, boshqacha aytganda. Jamoa to‘plash, idea qilish esa muammo bo‘lmaydi, Xudo xohlasa. Qolganini bang‘illatvorardu.

Ishimni yaxshi ko‘raman-da, bo‘lmasa...

@hazratikursdosh
Termizda 800 ming so‘mga Notkoin sotgan talaba 10 sutkaga qamalibdi. Qo‘ymanglar shu bechora talabalarni. Nima bo‘lsa, nima qilinsa bittada shularni olib bosasilar. Qilgan ishi noqonuniydir, amma uni faqat talabalar qilmayotgandir?.. Balki talabalarimiz ataylabdan qonunlar ishlayotganini tekshirib ko‘rmoqchi bo‘lishayotgandir. Qaydam, yaxshi gumonda bo‘laveramiz. 😁

@hazratikursdosh
Rahmat, azizlarim g‘alaba qozondik. Endi uyga kirolaman. Ishqilib, g‘alaba torti shunga arzisinda. 😁

@hazratikursdosh
#shunchaki
Bir noshud o'g'ri aytgan ekan:
— Men o'g'rilik qilgan kecha oylar oydin bo'ldi...

@hazratikursdosh
#shunchaki
U shunday "irodali" odamki, puli tugab, ovqatga ham, yo'lkiraga ham, hatto telefon raqamiga tashlashga bir chaqasi qolmasa ham, hargiz yig'ib qo'ygan dollarini maydalamaydi.

@hazratikursdosh
Bir qaynovi ichida

— Bilasizmi, sizni quyoshga o‘xshataman.
— Nimaga endi quyoshga?
— Sizga qarasa, quyoshga qaraganda aft qanday bujmaysa, shunday bujmayadi odam.

@hazratikursdosh
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM