Hazrati Kursdosh | X
8.64K subscribers
1.86K photos
483 videos
23 files
1.94K links
⚡️Talaba har qanday sharoitda tirik qolish xususiyatiga ega.

⚡️Hammasini ochiq-oydin gaplashamiz!

⚡️Tabiiy yozamiz, tabiiy kuling!

⚡️ LIVE — @hazratikursdoshlive

📍Murojaat: @jonikuyarbot
Download Telegram
Yaxshilab qulog‘ingga quyib ol, jigarim: agar azbaroyi o‘sha ayolni deb, astoydil bir narsa qilayotgan bo‘lsang, hech qachon kulgili ahvolga tushmaysan. Xohlaganingni qil: xohla – umbaloq osh, xohla – aravani quruq obqoch, xohla – derazasining tagida ashula ayt, faqat o‘zingni jiddiy va aqlli qilib ko‘rsatishga urinma!

Remark, "Uch og‘ayni"

@hazratikursdosh
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Mudofaa vazirligi Oʻzbekiston harbiy-havo kuchlarini o‘zgacha rakursda namoyish qilibdi. Bir maza qilinglar.

@hazratikursdosh
Hamma maktabni tugatganiga nechchi yil bo‘lganini eslab, post qilyapti ekan. Men 4 ta maktabni tomomlaganman, turli yillarda. Qaysinisini yozsam ekan? Qaysini yozishimning ahamiyati yo‘q, aslida. Haqiqat bitta, endi u davrlar qaytib kelmaydi. Orqaga qarashga esa yurak betlamaydi. Faqat hozir va men bor. Tamom.

Katta hayotga qadam qo‘yayotgan (hozirgilar katta hayotga 5-sinfdan chiqyaptiku-ya) uka-singillarimizga yuksak zafarlar tilayman. Siz ozodsiz!

@hazratikursdosh
Maktabni bitiruvchi uka-singillarga

Shu kunlarda ko'p eshitib yurganimiz "Xayr maktabim" qo'shig'ini to'xtatib turib, karantin davrida "So'ngi qo'ng'iroq"ni uyida o'tkazib yuborgan 2002 lar uchun bir daqiqa sukut saqlaymiz.

@hazratikursdosh
#birqaynoviichida
Hozirgi bolalarga tushunmayman. Nima istayotganini o‘zi bilmaydi. Mana, masalan, qo‘shnimning o‘g‘li mashinam oynasiga "Meni yaxshilab cho‘miltir" deb yozgan ekan. Bolaning ko‘ngli qolmasin deb aytganini qildim. U bo‘lsa, vannaga kirmayman, deb rosa to‘polon qildi.🤦🏻‍♂️

@hazratikursdosh
Davlat tashkilotlarining hech birida hozir ish osonmas. Hammasi-ku, mayli shu Vatan uchun. Lekin tizimda bir maraz odat borki, buni tag tugi bilan yo‘q qilish kerak. U bora-bora bizni sindiradi.

Yarim kechagacha qolib ishlash va boshliqning ketishini kutish. U ketganidan keyin ketish. Shu qatori, ertaga qilsa bo‘ladigan ishni kechasi davom ettirish va hk. Qolganlarga nisbatan muhimroq lavozimda o‘tirganlarni ko‘proq nazarda tutyapman.

Boshlig‘ing biror muhim ishni bajarib turgan bo‘lsa-ku mayli, ammo qahva ichib, kino ko‘rib shunchaki yotgan bo‘lsa, orqang shunaqangi yonib ketadi, asti chidolmaysan.

Natijadorlik o‘z yo‘liga. Bunaqa usulda biror nimaga erishib bo‘lmaydi, baribir. Lekin... Uyda dadasini kutib, uxlamay o‘tirgan bolalar-u, eri kelmagunicha ovqatlanmay turgan ayollar uchun ham buni tuzatish kerak!

@hazratikursdosh
To‘g‘risini aytinglar, kim yuqoridagi postni boshlig‘imga pereslat qilgandi? Oramizda sotqin bor.🤦🏻‍♂️

@hazratikursdosh
Men 1998-yil qizlarni haliyam kichkina deb yuraman. 2002 larni-ku, vopshim. Bunday kuzatsam aksariyatining 3-4 tadan bolasi bor ekan, uji. Men qoyil qoldim. 🙆🏻‍♂️

@hazratikursdosh
30 ga kirvolib, 18 yoshlisini qidirib yurgan bo‘ydoqlar yuqoridagi ma'lumotdan keyin sochini kalga oldirvorsayam bo‘ladi. 😂

@hazratikursdosh
Abdulla Qodiriyni "Diyori bakr", Remarkni "Uch og‘ayni" va Murod Muhammad Do‘stni "Lolazor" kitoblarini bir vaqtda o‘qib ketyapman. "Diyori Bakr" va "Uch og‘ayni"ni uchinchi marta, "Lolazor"ni birinchi marta o‘qiyapman.

Uchta kitobni bir vaqtda o‘qishning yaxshi tomoni — bittasidan zerikib qolganingda ikkinchisini, ikkinchisidan zerikib qolganingda uchinchisini kelgan joyidan davom ettirib ketaverasan. Muhimi o‘qishdan to‘xtab qolmaysan.

Yaxshi usul, tavsiya qilaman. Eplolsangiz, albatta.

@hazratikursdosh
Toshkent yana bir chinoridan “judo” boʻldi

“Selxoz” chorrahada yoʻl qurilishi ishlari olib borilayotgani sababli katta Chinor daraxti kechasi kesib tashlandi.

Bizda qurilish yoki ta’mirlash ishlari boʻlsa, bas, oʻylamay daraxt kesamiz. Yoʻlimizga chiqqan, halaqit qilgan narsa borki, barini yoʻq qilamiz. Chunki qurishdan buzish oson-da. Nima qilamiz miyani ortiqcha qiynab!?

Kattagina chinor ekan, esizgina. Ruxsati bormikin kesgani? Boʻlgandachi!? Hoy, haloyiq daraxtlar najot! Bittagina kesilsa nima qilibdi, deb boʻlmaydi. Necha mingtasi shunday kesilib ketyapti, axir.

Men bu bilan kimnidir so‘kmoqchi emasman. Shunchaki bo‘lar-bo‘lmasga daraxt kesavermaylik. Achinasan-da, kishi...

Foto: Obunachimizdan

@hazratikursdosh
Uning ifori dimog‘imdan bir necha kun ketmay yurdi. Nimani hidlasam uning nafasi bilan qo‘shilib ichimga kirardi. Xuddiki, dunyoda boshqa hid qolmagandek, go‘yo.

U shunday ifor ediki, ozginasiyam mast qilmasdan qolmasdi. Agar o‘sha kuni metro silkinib, u menga bir zum suyanib qolmaganida va men uni ushlab o‘nglab qo‘ymaganimda shunday ifordan, aql-hushingni yo‘qotib yuboradigan latofatdan mosuva bo‘lardim.

Taftining iliqligi tanimni isitib, qalbimni eritgan bo‘lsa, oppoq va nozik bilaklari es-hushimdan ayirgandi. Dunyo lazzatlarining chin ma'nodagisi shu bo‘lsa kerak, deb o‘ylagandim. Yo‘q, yo‘q, xayolingiz buzilmasin. Bu judayam toza hissiyotlar edi.

Shu paytda hushim oshganidan, voqeani tuzuk-quruq eslolmayapman. Qanday hid ediya?.. Tong saharda shudring bilan o‘pishgan qizil atrgulni hidlab ko‘rganmisiz? Sal sovuqroq bo‘ladi, ammo juda go‘zal va top-tozza. Vohki, endi shu go‘zallik va toza hidga ilmiq nafas, oppoq va nozik, ayni damda, qaynoq va titroq tanni qo‘shing, harorat o‘zgarishini his qilib ko‘ring.

Bir zumga ertaklar olamiga tushib qolgandim. U malika, men shahzoda. Xalq saroy to‘rida bizni olqishlashar, yosh-yalang havas bilan boqishardi. Ular bir vagon edi.

Davomi👈😁

@hazratikursdosh
Men uchun ijtimoiy tarmoqning sinonimi — bu yolg‘on. Hamma o‘zini va atrofidagilarni aldagan, yasama chehralar, zo‘rma-zo‘raki tabassumlar, orqasi noma'lum tasvirlar va hokazo yolg‘on hayot urchib ketgan. Undan ko‘ra kitobdagi yolg‘onlarni, to‘qima obrazlarni ma'qul ko‘raman. Chunki ularni badiiy to‘qima ekanini bilib turib o‘qiysan. Shu joyi yolg‘on emas.

Bu gapim bilan nima demoqchiman, yuqoridagi post ham badiiy to‘qima edi. Shunchaki, reaksiyangizni bilgim keldi. Qolaversa, balkon men uchun emas)

@hazratikursdosh
1-iyun — Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni

Bolalar hayotimiz mazmuni. Ular og‘risa og‘rinamiz, quvonsa quvonamiz. Ularni asrab-avaylash, himoya qilish har birimizning eng katta vazifamiz hisoblanadi. Farzandlarimiz nigohida sevinch arimasin. Jonlari omon bo‘lgurlar, borlariga shukr!

@hazratikursdosh
Bugun bolalar kuni. O‘g‘lim bilan telefonda gaplashayotib, bir zumga xayol qochdi. Agar u Falastinda och, Ukrainada boshpanasiz qolayotgan tengdoshlarini, ularning qo‘rquvdan katta-katta bo‘lib ketgan ko‘zlarini, titroq tanalarini ko‘rganida yoki dunyoda nimalar sodir bo‘layotganini tushunganida "Dada, menga bu bayram kerakmas, uyda o‘tiraman" deb xonasiga qamalib olardi. Tatimaydi-da. Unda mening xarakterim bor. Aniq shunday bo‘lardi. Yaxshiyamki hali bunday narslarga aqli yetmaydi.

Zamonamiz doim tinch bo‘lsin, dunyo quvonchingizga to‘lsin, nigohingizda faqat sevinch porlab tursin. Biz sizlarni yaxshi ko‘ramiz, aziz bolajonlar!

@hazratikursdosh
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Koʻrib turinglar, sal turib izoh yozaman, albatta. 🤦‍♂️

@hazratikursdosh
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM