Hazrati Kursdosh | X
8.74K subscribers
1.86K photos
483 videos
23 files
1.94K links
⚡️Talaba har qanday sharoitda tirik qolish xususiyatiga ega.

⚡️Hammasini ochiq-oydin gaplashamiz!

⚡️Tabiiy yozamiz, tabiiy kuling!

⚡️ LIVE — @hazratikursdoshlive

📍Murojaat: @jonikuyarbot
Download Telegram
Botir Qodirov Sherali Jo‘rayevni o‘g‘limi yoki o‘g‘limasmi? Nega qiziq bu sizga? Nega buncha aylantirdingiz bu mavzuni? Uyingizga ikkita non olib kiradimi shular? Ertalabdan kechgacha muhokama qilasiz! Nima ishingiz bor birovning hayoti, shaxsiy masalasi bilan? Nega bunchalar mayda ishlar bilan shug‘ullanyapsiz? Nega bu axborot bilan chalg‘ib qolyapsiz? Hoy, fikr qiling ozroq, deb hali hech kim chiqmadimi?

Voy, biz o‘zbeklarga shunaqa ishlar bo‘lsa boplaymiz! Shu e'tibor bermayman, dedim, lekin qayoqqa qarama tiqilib kelaverdi, zbl. Shunchalar kaltafahm, tafakkuri o‘lik, bekorchi, g‘iybatga o‘ch odamlarmizmi-ya. O‘lganni ustiga tepgan qilib, oddiy xalq mayli, OAV vakillari ko‘targani ko‘targan mavzuni. Holimizga achinaman... Iltimos!

@hazratikursdosh
Mavjlanadi atrofda dengiz,
Qutiradi bo‘ron tinimsiz.
Boshqaradi kemani a'lo,
Bizning jasur kapitan Leo!

Quvnoq daydi paroxodining kema jurnali, 11-may.

@hazratikursdosh
Afsuski hamyurtimiz Nursulton Ro'ziboyev UFC doirasida oʻtkazilgan turnerda Xoakin Bakli tomonidan mag'lub etildi.

Oʻsha yerlarga chiqib, oʻzbek bayrogʻini koʻtarish, or talashish biz ekranda koʻrgandek osonmas. Hozir hammamizda “Yutganda edi…” degan ichqizish bor. Nimayam deymiz, har holda judayam xunuk magʻlubiyat boʻlmadi, Nursultonga omad.

@hazratikursdosh
Quvnoq daydi paroxodining kema jurnali, 13-may. Post yo‘q.

@hazratikursdosh
Bu yil maktablarda "So‘nggi qo‘ng‘iroq" tadbirlari faqat 1 soat davom etishi qat'iy belgilanibdi. Shu bilan birga, restoran, kafelar, xonadonlarda bitiruv oqshomini o‘tkazish taqiqlanibdi.

Bu yil maktabni tamomlaydigan uka-singillarimizga yig‘lash ham mumkinmas, desam. 😁

@hazratikursdosh
Shuncha taqiqdan keyin yig‘lamay bo‘ladimi, deydigan odam yo‘q. Bu yil nasib bo‘lsa ikki ming nechchilarni sindirish bandasigamas, shunday qilib? 💪😎

@hazratikursdosh
Kanalimga aytgan gapim:

— Atrofda alal oqibat qusvorishgacha olib boradigan xabarlar oqimi shunaqangi ko‘payib ketdiki, seni hali kelajaging bor. Kuyinma, jon jigarim, ukamdek bo‘lib qolgan kanalim! Odamlar ulardan baribir kun kelib charchaydi, miyasi qisadi, qayd qiladi, dardiga shifo izlab qoladi. Shunda barcha yo‘llar ularni sen tomonga olib keladi.

@hazratikursdosh
Kecha kursdoshimiz (o'zi jimjiloqdek, kenja singlimiz edi, hozir hammamizga otinoyilik qiladi) universitetda o‘tgan kunlardan retro rasm va videolarni guruhga tashlagan ekan. Ozroq qornim chiqqanini aytmasa, hozir ham talabalikda qanday bo‘lsam shunday ekanman. Sport hammasini qutqaryapti, lekin qoringa kelganda eplolmayapti-da. 😂

Qizlarimiz ham avval rosa chiroyli bo‘lgan ekan. Bilmayman, ko‘z qayda bo‘lgan o‘shanda, desam. 😆

Hazil. Ular hozir ham go‘zal. Faqat maqomi ortgan — go‘zal onalar. Umri uzoq, baxti butun bo‘lgurlar. Barchasini yaxshi ko‘raman. 🙏

@hazratikursdosh
#shunchaki
Men ijodkor bo‘lishim mumkin edi. Biror shoirmi sarmast yoki qalbgo‘y yozuvchi, tanqidchi jurnalist bo‘lardim, balki. Ammo menga pul kerak edi. Oilamga, o'zimga yetadigan katta bir maosh.

Yanayam jiddiyoq kasbni tanladim. Va bu to‘g‘ri bo‘lgandi o‘shanda. Bugun qarorimdan nolib qo‘yaman har zamon. Yuqoridagilardan birini tanlasam bo‘lardi-ku! Ularda... zo‘ri bo‘lmasang foydasiz ko‘ringandi. Mendan-da zo‘rlari bor edi o‘shanda.

Moddiy zarurat qichab kelib, voz kechganman shunday olamdan. Sabr qilsam bo‘larmidim Muhammad Yusufdek shoir, yuragi katta yozuvchi Tog‘ay Murod usulidan ketardim, qaydam Abdulla Qodiriyga o‘xshardim, sozlardim achchiq so‘zlarni. Yo‘q, soyalari bo‘lsam ham katta gap edi ulug‘larni.

...Erkakka avvalo sog‘liq va pul kerak. Chunki unga qaraydigan ko‘zlar, cho‘ziladigan qo‘llar bo‘ladi. Buning mas'uliyati katta. Qolganini o‘rganib oladi.

@hazratikursdosh
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Mana bunday propaganda axborotlarga qarshi ishlash kerak, og‘aynilar. Bugunimiz mayli, ertamizni ham barbod qilamiz indamay o‘tiraversak.

Ruschani tushunsangiz, videoni tomosha qiling va g‘oyasi qayoqqa qarab ketayotganini o‘ylab ko‘ring. Bular bola bo‘lsa, fitnachilarning chirkin maqsadlarini qayoqdanam bilsin. Xulosani o‘zingizga qoldiraman.

P.s: farzandni rus bog‘cha va maktabga berishga qarshiligim yo‘q. Qayda bo‘lmasin, o‘zbek oilami, demak uydagi tarbiya g‘irt o‘zbekcha bo‘lishi kerak.

Nazorat, nazorat, nazorat!

@hazratikursdosh
Shu kunlarda bookblogerlikka da'vogar ikkita qizimizni kanalini uchratib qoldim. Biri @boqiy_darbadarr bo‘lsa, ikkinchisi @quyoshtaraflarda yasharkan.

O‘qishli kanallar istab qolganimdan xabaringiz bor. Shu sabab aylanib, har zamon ularni saralab chiqyapman. Shu bilan birga, umumiy tahlil ham. Pichoqqa ilinadigan, ko‘ngilga o‘tiradigan, miyani silaydigani bo‘lsa, bir-ikki kun shular bilan qolyapman.

Yuqoridagi qizlarimizning kanallarini sal tepaga qarab varaqlab chiqdim. Ikkisi ham fikrga qizg‘onchiqdek ko‘rindi, dastlab. Yo ko‘p kitob o‘qib, yozishga vaqt topmas, qaydam. Bir-ikki kunda "tashxis" qo‘yib bo‘lmaydi-da.

Yana bir singlimiz borki, siz u @qushch_a'ni g‘alati sayrashlari bilan taniysiz. Umumiy xulosam o‘zi pozitiv, keyin fransuz qizlariga o‘xshaydi. Seni joying Parijda, degim keladi.

Baraka topishsin. Bir tanishim, o‘qigan qizlar bor davralarda maqtanchoqlik qilib qo‘yma, suhbatlashganda ehtiyotkor bo‘l, ular sendan ko‘ra yaxshiroq fikrlab qolishlari mumkin, degandi. O‘qigan, o‘qishni istaydigan qizlarimiz ko‘payaversin. Najot — ulardan!

@hazratikursdosh
"Ota-ona boʻlib yanayam yaxshi tushunyapmiz. Oliy maʼlumotli boʻlaturib, reja bilan ish qilmasak, hozirda oydan-oyga pul yetmay qolishi mumkin. Oddiy ishchi boʻlgan ota-onamiz 4 ta kontraktni qanday toʻlagan ekan?" — deb qoldi bir kursdoshim. O‘ylanib qoldim...

@hazratikursdosh
200 dollar berib turoladigan do‘st qidiryapman. Hamma do‘stlarim qidiryapti...

@hazratikursdosh
O'z muallifligimda bir kitob chop ettirishni niyat qilib qo‘yganman. U biror asar, qissa yoki roman bo‘lar, balki hikoyalar daftari. Lekin bir nima aniqki, o‘zligimdan nari voqealar yozilmaydi. Mening tarix kitobim bo‘ladi u.

Voqealar bolaligimdan boshlanishi aniq. Agar hammasini eslay olsam. O‘quvchi bir kuladi, bir yig‘laydi. Ko‘z yoshlarini farqiga bormay qoladi, quvonchdanmi yo boshqa. U shunday kitob bo‘ladi.

Maqsad qo‘ldan qo‘yilmay o‘qiladigan asar yaratish. Ta'sir doirasi keng, turfa xil qalblar bilan birdek do‘st bo‘ladigan. O‘quvchi men bilan voyaga yetishi kerak.

Xudo umrimizni ziyoda qilib, tanga kuch-quvvat va sog‘liq, boshga aql va ziyo, ijodiy barkamollik, qalbga mehr berib tursa, Insha'Alloh bitarmiz.

@hazratikursdosh
Yomg‘ir yog‘ib, momaqaldiroq gumburlaganida qo‘ziqorin qidirgani chiqqanlar, boshqacha edi-ya. Bolaligimiz momaqaldiroq kabi shunday bir gumburladi-yu o‘tib ketdi. Yo‘q, qo‘ziqorinlarni hozir ham tersang bo‘ladi. Lekin endi o‘sha zavqni topolmaysan, amaki!

@hazratikursdosh
Hatto Qovoqvoy dissertatsiya yozayapti. Sen bo‘lsang haliyam bitta sessiyani yopolmay, qiynalib yuribsan. Qovoqday bo‘lolmagan, uyat senga! 😂

@hazratikursdosh
— Hazrati Kursdosh, hamma narsa bo‘lishi mumkin bo‘lgan joyni aytingchi?
— Qizlarning sumkasi.

P.s: Abbos, rozi bo‘lasan.

@hazratikursdosh
Uylanish, turmushga chiqish, umuman olganda oila qurish borasida bo‘ydoq uka-singillarimda savollar paydo bo‘lyapti ekan. Ayrimlari tanlov jarayonida qiynalayotgan bo‘lsa, boshqasi hali topolmay yuribdi emish.

Qo‘ymadingiz-qo‘ymadingiz-da, vaqt topib yana bir katta post qilishga harakat qilaman. Ungacha shoshib to‘y qivorish yo‘q, desam. Bosinglar-ey, yor-yorlarga yetganga kelmaydi.

Hozircha eskartish, qalblar bir-birini o'zlari topmasa, bittasini tanlab, shartta oila qurvorish juda qiyin masala. Katta ehtimol bilan post mavzusi nima haqda bo‘lishini anglab oldingiz. Gaplashamiz!

@hazratikursdosh
Bugun Telegram yaratilgan kun ekan. Tugʻilgan kun munosabati bilan 1 mln qidiryapman. Bir muddatga berib turoladigan nomzod bo‘lsa, @hazrati_kursdosh ga yozib yuborsin.

@hazratikursdosh
— Hazrati Kursdosh, sarkazmlar yozmay qo‘ydingiz?
— U senga suv emaski, qultillatib ichib yuborsang. Bundan tashqari, hayotimizning o‘zi sarkazm bo‘lib yotibdi, qo‘ysangchi, uka...

@hazratikursdosh