Hazorasp tumani ✅
Hazorasp tumani - Xorazm viloyatidagi tuman. 1926 yil 29 sentabrda tashkil etilgan. Janubidan Turkmaniston, janubi-sharqdan Buxoro viloyati, shimolidan Qoraqalpogʻiston Respublikasi, gʻarbdan Bogʻot tumani bilan chegaradosh. Maydoni 2,06 ming km2. Aholisi 188,5 ming kishi (2005). Tumanda 1 shahar (Pitnak), 1 shaharcha (Hazo-rasp), 11 qishloq fuqarolari yigʻini (Beshta, Boʻston, Karvak, Ov-shar, Pichoqchi, Sanoat, Yuqori muhamon, Pitnak, Sarimoy, Tuproqqalʼa, Yangibozor). Markazi — Hazorasp shaharchasi.
Tabiati. Hazorasp tumani Xorazm vohasining janubi-sharqi va Qizilqum choʻlida joylashgan. Yer yuzasi pasttekislik, sharqdan gʻarbga bir oz qiya. Urtacha balandligi 150–200 m. Tuman gʻarbiy qismining shimoliy chekkasi va sharqiy qismining janubi Amudaryo terrasalaridan iborat. Janubiy chegarasi Qoraqum choʻliga tutash. Bu yerlarda choʻl relyefiga xos qum tepalari, qoldiq koʻllar (Hajjalikoʻl, Shoʻrkoʻl, Kepak, Uzunkoʻl, Qurvanak va boshqalar) bor. Pitnak atrofida qirlar joylashgan. Tumanning sharqiy qismini Qizilqum choʻli egallagan. Iqlimi keskin kontinental, yanvar
ning oʻrtacha temperaturasi — 4,1°, eng past temperatura —32°. iyulniki 27°, eng yuqori temperatura 44°. Yillik yogʻin 100–110 mm. Vegetatsiya davri taxminan 200—210kun. Tumanning shimoliy va janubiy dan Amudaryo oqib oʻtadi. Tuman ekinzorlari Amudaryodan suv oladigan Toshsoqa, Hazorasp kanallari va bu kanallardan chiqarilgan Pit-nakarna, Yangiyop, Hassayop, Kartibi-char, Ovsharyop, Muhamonyop va boshqa ariqlardan sugʻoriladi. Tuproqlari allyuvial oʻtloqi, botqoq va shoʻrxoklardan iborat. Sizot suvlari 1–3 m chuqurlik-da, qish va bahorda yer yuzasiga koʻtariladi va natijada tuproq yuza qatlamida tuz toʻplanadi. Qish va bahorda tuproq yuvilib oqava suvlar tumanning janlan oʻtgan Kattakoʻl kollekto-riga borib tushadi. Tuman janubida Amudaryoda Oʻzbekistonda eng yirik Tuyamoʻ-yin suv ombori qurilgan. Yovvoyi oʻsimliklardan saksovul, roʻvak, turangʻil, tol, terak, jiyda, bugʻdoyiq, ajriq, shuvoq, semizoʻt, shoʻra, oqbosh, yulgʻun, yantoq, qamish, qoʻgʻa, yakan va boshqa oʻsadi. Yovvoyi hayvonlardan chiyaboʻri, quyon, tulki, boʻrsiq, nutriya, yumronqoziq, ondatra, kaltakesaklar, ilonlar; qushlardan tustovuq, birqozon, oʻrdak, gʻoz va boshqa uchraydi. Tumanning eng janubiy da, Amudaryo boʻyida Qizilqum davlat qoʻriqxonasi tashkil etilgan.
Aholisi, asosan, oʻzbeklar, shuningdek, tatar, qozoq, koreys, rus, turkman va boshqa millat vakillari ham yashaydi. Oʻrgacha aholi zichligi 1 km2ga 91,5 kishi. Shahar aholisi 32,9 ming kishi, qishloq aholisi 155,6 ming kishi.
Xoʻjaligi. Tuman iqtisodiyotida qishloq xoʻjaligi yetakchi oʻrinda. Paxtachilik, gʻal-lachilik (shu jumladan, sholichilik) rivojlangan. Chorvachilik, pil-lachilik, bogʻdorchilik, polizchilik ham muhim oʻrin tutadi. Hazorasp tumanida dehqon, fermer xoʻjaliklari faoliyat koʻrsatadi. Tumanda jami ekin maydoni 26,3 ming gektarga yaqin, shundan, 11,3 ming ga yerga paxta, 11,7 ming ga yerga don, 71 ga yerga kartoshka, 752 ga yerga sabzavot, shuningdek, ozuqa ekinlari ham ekiladi (2004). Tumandagi jamoa va shaxsiy xoʻjaliklarida 51,2 mingdan ziyod qoramol (shu jumladan, 23,8 mingdan ziyod sigir), 39,5 mingga yaqin qoʻy va echki, 100,8 ming parranda boqiladi. Paxta tozalash, gʻisht zavodlari, MTP, avtokorxona, qurilish tashkilotlari, taʼmirlash ustaxonalari, mahalliy sanoat korxonalari, toʻqimachilik, palos fabrikalari va boshqa bor. Butun Xorazm vohasi va undan tashqarida Hazorasp shaharchasidagi "Qozoqbozor" mashhurdir. Tumandagi faoliyat koʻrsatayotgan jami 1200 dan ziyol korxona va tashkilotdan 105 tasi yirik, 14 tasi oʻrta, 76 tasi kichik korxona, 1034 tasi mikrofirmadir. Qoʻshma korxonalardan Oʻzbekiston — Germaniya "Unixo", Oʻzbekiston — Turkiya "Xo-razmshakar" korxonalari faoliyat koʻrsatadi. Tuman hududida Amudaryo ustiga xalqaro ahamiyatdagi koʻprik qurilgan. Koʻprikdan sutkasiga 14 poyezd, 1000 ta avtomobil oʻtishi moʻljallangan.

49 umumiy taʼlim, bolalar musiqa va sport maktablari, Hazorasp tibbiyot, qishloq xoʻjaligi, iqtiso-diyot, ped. kasb-hunar kollejlari, tuman markaziy kutubxonasi va uning 47 ta tarmogʻi, 35 klub muassasasi, madaniyat uylari, madaniyat va istirohat bogʻi, 2 stadion, sport zallari va boshqa sport inshootlari faoliyat koʻrsatadi. 660 oʻrinli 4 kasalxona (shu jumladan, tuman markaziy kasalxonasi), poliklinika, dorixonalar, 1 uchastka kasalxonasi, 5 qishloq ambulatoriyasi, 12 qishloq vrachlik, 16 feld-sher-akusherlik punktlari, 14 tish davolash poliklinika punkti va boshqa tibbiy muassasalarda 421 vrach (har 10 ming kishiga 22.6 vrach), shuningdek, 1850 oʻrta tibbiy xodim aholiga xizmat koʻrsatadi. Hazorasp tumani hududidan Urganch — Toshkent temir yoʻl va avtomagistraturali oʻtadi. Tuman markazidan Toshkent, Buxoro, Samarqand, Qarshi, Denov va boshqa shaharlarga, Urganch shahri va Xorazm viloyatining barcha shahar va tumanlariga hamda Qoraqalpogʻiston Respublikasining Toʻrtkoʻl, Beruniy shaharlariga avtobus va marshrutli taksilar qatnaydi. Tarixiy va meʼmoriy yodgorliklardan Hazorasp qalʼasi (miloddan avvalgi 7—6- a.lar), Xumbuzte-pa, "Sartarosh", Uchoʻchoq, Doshqalʼa, Juma masjidi (18-asr), Shayx Husay-in bobo maqbarasi (19-asr) va boshqa saqlangan. 1935 yil 21 maydan "Hazorasp-noma" gazeta chop etiladi.
Komil Nurjonov.
Manba: https://uz.wikipedia.org/wiki/Hazorasp_tumani

Hazorasp
Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Hazorasp — Hazorasp tumanidagi shaharcha, tuman markazi. Xorazm viloyatining sharqida, Toshkent — Urganch avtomagistrali va temir yoʻl yoqasida joylashgan. transport yoʻli stansiyasi. Viloyat markazi (Urganch shahri) dan 56 km janubi-sharqda. Aholisi 16,7 ming kishi (2005). H. hududidan oʻtgan Hazorasp, Hassayop, Otaliq, Sipoi kanal va ariqlaridan suv oladi.
H. Xiva bilan birga Xorazm vohasining eng qad. qalʼa va aholi manzillaridan biridir. H. nomining kelib chiqishi toʻgʻrisida turlicha qarashlar mavjud. Tarixchi, tilshunos va toponimist olimlar (Ya. Gʻulomov, S.P.Tolstov, F.Abdullayev, O. Madrahimov va boshqalar)ning taʼkidlashicha, "Hazorasp" qad. xorazmiy tilida ming ot (hazor — ming , asp — ot) yoki ming otliq diyori maʼnosini bildiradi. Oʻtmishda muarrixlar uni "Qalʼai Sulaymon" deb ham ataganlar. Tarixchi olim M. Isxoqov taxminiga koʻra, "Hazorasp" atamasi "Aturaspend" — "Muqaddas olov manzili", "Otashgoh" maʼnosini bildiradi. Shahar toponimiyasi haqida mahalliy rivoyat va afsonalar ham mavjud. Baʼzi tarixiy maʼlumotlardan maʼlum boʻlishicha, H. Xorazmning chekkasidagi himoya isteh-komi boʻlib, bu yerda mingga yaqin otliq qoʻshin Xorazmni sharqdan kelishi ehtimol tutilgan dushmandan muhofaza etgan. Shaharda Rashiduddin Vatvot, Minglisuluvxonim, Javxariy, Sakkokiy, Husayn Xorazmiy, Jaʼfar Hazoraspiy, Xayoliy, Umi-diy, Iskandar Mahmud kabi buyuk siy-molar, shoir, olim va tabiblar yetishib chiqqan.
Arxeologik qazishmalar natijasida H.ning vu-judga kelishi ilk antik davrlarga oidligi aniqlandi.
Keyingi davrda Oʻzbekiston Fanlar akademiyasining Samarqand, Nukus va Xorazm regional arxeologiya boʻlimlarining 1996— 2005 yillarda oʻtqazgan qazish ishlari natijasida shaharning 2700 yil avval bunyod boʻlganligi toʻgʻrisida materiallartopildi. Shahar toʻgʻrisida ilk yozma maʼlumotlar 9—10-asr Eron tarixchisi va filologi Tabariy, 10-asr tarixchi va geograflari Istaxriy va Muqadda-siylarning asarlarida uchraydi. Sayyoh geograf, adib va tarixchi Yoqut Hamaviyning yozishicha, H. mustahkam qalʼ-ali katta shahar boʻlgan. Shahar yer yuzasiga chiqib qolgan tabiiy grunt suvi halqasi bilan oʻralgan. Qalʼaga faqat birgina gʻarb tomondagi maxsus yoʻl olib borgan. Xondamir va Mirxond, Abulgʻoziy Bahodirxon, Munis, Oga-hiylar asarlarida H.ning tarixiga oid koʻp maʼlumotlar berilgan. H. toʻgʻrisida sayyoh, sharqshunos A.Vamberi ham qiziqarli maʼlumotlar yozib qoldirgan. 19-asr oxirida shaharda 8 masjid, madrasa, maktabxonalar faoliyat koʻrsatgan.
H.da 50 dan ziyod korxona va tashkilot, shu jumladan, paxta tozalash, gʻisht zavodlari, MTP, qurilish tashkilotlari, avtokorxona, taʼmirlash ustaxonalari, mahalliy sanoat korxonalari, toʻqimachilik, palos fabrikalari bor. Oʻzbekiston — Germaniya "Unixo" qoʻshma korxonasi faoliyat koʻrsatadi. Butun Quyi Amudaryo regionida mashhur boʻlgan "Qo-zoqbozor" deb ataluvchi bozor mavjud. Kichik va oʻrta biznes korxonalari, mikrofirmalar ishlab turibdi. Shuningdek, savdo, madaniy va mai-shiy xizmat koʻrsatish shoxobchalari, dehqon bozori bor. 4 umumiy taʼlim maktabi, iqtidorli bolalar litseyi,ixtisoslashtirilgan ijtimoiy fanlar gimnaziyasi, qishloq xoʻjalik, iqtisodiyot, ped. kasb-hunar kollejlari,akademik litsey va boshqa oʻquv muassa-salari faoliyat koʻrsatadi. Tuman markaziy kutubxonasi vauning tarmoqlari, madaniyat uyi, klub muassasalari, xiyobonlar, madaniyat va istirohat bogʻi, "Istiqlol" stadioni, sport zallari, futbol maydonlari va boshqa sport inshootlari mavjud. Karate va taekvondo sport klublari faoliyat koʻrsatadi.
Tuman markaziy kasalxonasi, kattalar va bolalar poliklinikalari, shoshilinch tibbiy yordam boʻlimi, tugʻruqxona, xususiy poliklinika, kasalxona, dorixonalar va boshqa tibbiy muassasalar aholiga xizmat koʻrsatadi.

H.dan Toshkent, Samarqand, Buxoro, Qarshi, Denov va boshqa shaharlarga, Xorazmning boshqa tumanlariga, qoraqalpogʻistonning Toʻrtkoʻl, Beruniy shaharlariga avtobus va marshrutli taksilar qatnovi yoʻlga qoʻyilgan. shaharda tarixiy va meʼmoriy yodgorliklardan qalʼa qoldiqlari (miloddan avvalgi 7—6-asrlar), Juma masjidi (18-asr) va boshqa saqlanib qolgan.
J.Mankovskaya L., Bulatova V. Pamyatniki zodchestva Xorezma, T., 1978 Qurbonniyozov R., Xorazm geografiyasi Urganch, 1996; Nurja nov K . va boshqalar, Hazorasp tarixi, Urganch, 1998; "Drevnosti Yujnogo Xorezma" (XAEE-XU1), M., 1992.
Manba: https://uz.wikipedia.org/wiki/Hazorasp

Mamlakatimizda soğliqni saqlaş tizimini rivojlantiriş, tibbiy xizmatlar sifati va samaradorligini oşiriş, sohadagi islohotlar ijrosini ta’minlaş borasidagi köp yillik samarali mehnati, kasbiga bölgan yuksak sadoqati, boy tajribasi, mas’uliyatli va fidokorona faoliyati, bemorlarga malakali tibbiy yordam körsatiş, aholi salomatligini mustahkamlaş hamda soha taraqqiyotiga qöşgan munosib hissasi uçun bolalar bölimi navbatçi kiçik tibbiyot xodimi Qiliçeva Gavhar Rajabovna Tuproqqal’a tumani hokimligi tomonidan taşakkurnoma bilan taqdirlanadi.