Hozir odamlarning uyida barcha zamonaviy texnika va sharoitlar muhayyo boʻlsa-da, soʻnggi oʻttiz yil ichida stressga aloqador kasalliklar, xavotirli nevroz va tushkunlikka oid muammolar misli koʻrilmagan darajada koʻpayib ketdi. Bizning tanazzulimiz bundan buyon moddiy narsalarga bogʻliq emas. Uning asosiy sababi ruhiyatdadir.
Soʻnggi paytda axborotning nihoyatda koʻpayib ketishi natijasida biz koʻp narsa bilishga (kerakli va keraksiz maʼlumotlar) va koʻrishga ulgurdik. Ongostida oʻzimizni boshqalar bilan solishtirishni, boshqalardagi maqom va boylikka intilishni boshladik. Doimiy havas va hasad tuygʻusi esa bizni aqldan ozdirmoqda.

🔥56👍24❤🔥21
Iste’dod kamdan-kam hollarda g‘alabani kafolatlaydi va omadsizlik ham kamdan-kam hollarda mag‘lubiyatgs sabab bo'ladi.
Ular natijaga ta’sir qiladimi? Albatta. Lekin yakuniy holatni eng ko‘p Sizning munosabatingiz o‘zgartiradi.

👍38🔥16❤🔥13
Farzandlaringizga eng yaxshi narsalarni olib berishingiz mumkin.
- Eng yaxshi kiyim.
- Eng yaxshi telefon.
- Eng yaxshi maktab.
- Eng yaxshi sharoit.
Lekin bularning hech biri ularga Sizning eng yaxshi holatingizni bera olmaydi.
Chunki bola:
- Siz nima sotib olganingizni emas, uyga qanday kayfiyat bilan kirganingizni eslaydi.
Unga qancha pul sarflaganingizni emas, unga qancha e’tibor berganingizni his qiladi.
Farzand uchun eng katta ne’mat:
- e'tiborli ota,
- mehribon ona,
- va muhabbat bor uy.
Ko‘p ota-onalar farzandiga hamma narsani berishga harakat qiladi. Lekin eng keraklisini unutib qo‘yadi: vaqtini, mehrini va yaxshi holatini.
Farzandingiz Sizning boyligingizni emas, Siz bilan bo‘lgan bolaligini eslab ulg‘ayadi.

❤🔥54🔥17👍12
Compound effect
O‘zgarishlar ko‘rinmayotgani, ular bo‘lmayapti degani emas. Har safar sport zalga borganingizda tanangiz darrov o‘zgarmaydi. Har safar kitob o‘qiganingizda ham fikringiz birdan chuqurlashmaydi. Har safar farzandingiz bilan sifatli vaqt o‘tkazganingizda ham natija o‘sha kun ko‘rinmaydi. Lekin bular yig‘ilib boradi.
Dastlabki g‘alabalar ko‘pincha tez keladi. Ular motivatsiya beradi. Aslida uzoq davom etadigan g‘alabalar motivatsiya bilan emas, hayot tarzi bilan quriladii. Kichik harakatlar darhol emas, vaqt o‘tib katta farq beradi.

👍46❤🔥19🔥7🥰6
Pareto prinsipi
Pareto prinsipini hayotga joriy qilish oddiy. Hamma narsa bir xil ta’sir qilmaydi. Ko‘pincha ozgina inson eng katta ta’sir beradi. Ozgina odat eng katta natija beradi. Ozgina muammo esa eng katta stressni beradi.
Lekin ko‘p odamlar hamma narsaga bir xil energiya beradi. Hamma xabarga javob beradi, hamma ishni teng muhim deb o‘ylaydi, hamma muammoni bir xil darajada ko‘radi. Natijada diqqat tarqaladi va hayot chalkashib ketadi.
Eng muhim ish “20%”ni topish. Qaysi odat Sizning energiyangizni eng ko‘p o‘zgartiryapti
Qaysi insonlar hayotingizga eng katta ta’sir qilyapti. Qaysi ish haqiqiy natija olib kelmoqda
Shuni topgan inson kamroq harakat bilan ko‘proq natija oladi.
Muhammad s.a.v. ham muhim narsani ustuvor qo‘yishni o‘rgatganlar. Bir sahoba nasihat so‘raganda, u zot uzun ro‘yxat emas, eng ta’sirli bitta narsani aytganlar:
“G‘azablanma.” Chunki ba’zan bitta odat o‘zgarsa, ko‘p narsa o‘zgaradi.
Hamma narsani boshqarishga urinmang. Eng katta ta’sir beradigan narsani toping.

👍34🔥24❤🔥11
🌎 Xalqaro diplom (BNTU).
🧑🎓 Bakalavriatga
🧑🎓 Magistraturaga
📄 Kontrakt narxi 10 750 000 so‘mdan boshlanadi
(har shanba kuni)
O‘rinlar soni cheklangan. Hujjatlaringizni bugunoq topshirishga shoshiling!
+998 55 500 99 77
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍6
Ikki xil motivatsiya bor:
- qochish
- intilish
Qochish motivatsiyasi:
- stressdan qochish
- kambag‘allikdan qochish
- muvaffaqiyatsizlikdan qochish
Bu ishlashi mumkin. Lekin uzoq davom ettirish qiyin
Intilish motivatsiyasi esa:
- mazmun tomon yurish
- orzu tomon yurish
- qiziqish tomon yurish
Bu ko‘proq energiya beradi

👍49🔥30🎉4❤🔥2🥰1
Sodiq School maktablari ishga taklif qiladi!
Sodiq Schoolning ajoyib jamoasiga qoʻshiling va biz bilan birgalikda rivojlaning!
Sodiq Schoolning, Labzak, Aeroport hamda yangi Istirohat filiallarida boʻsh ish oʻrinlari bor. Botimiz orqali murojaat qiling va oʻz ma’lumotlaringizni qoldiring.
Botni ishga tushirgach ariza topshirish tugmasini bosing. Ma’lumotlarni kiritish jarayonida filialni tanlash yodingizdan chiqmasin. Shundagina mavjud boʻsh ish oʻrinlari koʻrinadi.
Bot manzili: @SS_recruit_bot
Jamoamizga qo’shilish imkoniyatini o’tkazib yubormang!
Eslatma: biz maktabda faoliyat yuritadigan barcha turdagi xodimlarni izlayapmiz.

👍19🔥9❤🔥6
Forwarded from Sodiq School
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Bugun o’quvchilarimizning uyida osh! 😎
AP imtihon natijalari e’lon qilindi.
⚡️ AP nima? Maktab davridayoq universitet darajasidagi fanlarni o’rganish, dunyoning nufuzli universitetlariga hujjat topshirishda ustunlik beradigan dastur.
🔥 Bu natija o’quvchilarimizning minglab soatlik mehnati, uyqusiz tunlari va katta maqsadlar sari qo’yilgan navbatdagi qadamlarining mevasi.
❤️ Mana shu unutilmas, tabiiy lahzalarni siz bilan ulashdik, reaksiyalar qoldiring-a!
🚀 Sodiq School — biz ilmga sodiqmiz, biz sizga sodiqmiz!
Bog’lanish uchun: ☎️ 788888080
Bizni tarmoqlarda kuzatib boring
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube

🔥35❤🔥7🤩4👍1
QADR-QIYMAT
Lev Tolstoy o‘zining "Masallar" nomli kitobida aytadi:
" Ikkita yuk tashiydigan ot bo‘lgan ekan. Oldinda yuradigan ot faolroq ekan. Orqada yuradigani esa dangasa ekan. Keyingi ot susaygani uchun otlarning sohibi keyingi otdan yukni olib oldingi otga yuklay boshladi. Yukning hammasini yuklab bo‘lgach keyingi ot tin oldi. So‘ngra keyingi ot oldingi otga masxaraomuz dedi:
- Sen ishlayver, terga botaver! Yuking ziyoda bo‘lgani sari mashaqqating ortib boraveradi. Men esa endi dam olaman!
Otlarning sohibi shaharga yetib borgach o‘ziga-o‘zi dedi:
"Nega endi ikkita otga yemish berishim kerak?! Axir yukni ularning bittasi ko‘tarib keldi-ku! Hamma yemishni yukni ko‘tarib kelgan otga berishim kerak. Menga yuk bo‘lgan narigi otni esa so‘yaman. Hech bo‘lmaganida go‘shti va terisidan foyda qilaman!".
U shunday ham qildi!".
Insonning hayotdagi o‘rni uning qiladigan ishiga qarab bo‘ladi. Ish deganda faqatgina daromad keltiradigan ishni nazarda tutmayapman. Aksincha, insonning ta'siri va qiymati haqida gapirmoqchiman.
Masalan uy bekalari maosh olmaydigan ishchilardir. Ayniqsa ularning gardanida eng muhim, muqaddas va eng mashaqqatli vazifa bo‘lmish farzand tarbiyasi bor. Shuni bilishimiz lozimki, farzand tug‘ish boshqa ish, inson binosi esa boshqa.
Birinchisi biologik vazifa. Bunda inson boshqa maxluqlar bilan sherik.
Ammo avlodlarni bino qilish, bu go‘daklarni tarbiya yo‘li bilan haqiqiy insonga aylantirish insonni inson qiladi.
Haqiqiy insonning qiymati yelkasidagi burchini uloqtirganiga qarab emas, gardaniga olgan vazifasini qanchalik ado qilayotganiga qarab bo‘ladi.
Tarixni o‘zgartirib yuborganlarning bari mas'uliyatini iqtidor va shijoat bilan ko‘tarishgan. O‘zi uchun yashaganlar esa kichik bo‘lib yashab, kichik bo‘lib o‘lishgan.
Bizning barchamiz tarixni o‘zgartirishimiz shart emas.
Aytmoqchi bo‘lganim, ishingiz qanchalar oddiy bo‘lmasin uni e'tibor bilan bajaring. Mansabingiz qanchalar oddiy bo‘lmasin mas'uliyatni his qiling. Har kim o‘z chegarasini mukammal suratda qo‘riqlasin.
Oilasini boqayotgan, ularga go‘zal tarbiya berayotgan ota qahramondir.
Uy-ro‘zg‘or ishlarini chiroyli olib borayotgan ayol qahramondir.
Ishonchli amaldor qahramondir.
O‘z ishiga sodiq farrosh qahramondir.
Men hamma insonda tarix o‘z zarvaraqlarida yozib qo‘yadigan qahramonlik bo‘lsin, demoqchi emasman. Demoqchi bo‘lganim, qiladigan ishimizni ixlos va vijdonan qilaylik

🔥44❤🔥27👍11🥰3🎉2
Shohzod Polatov | ScaleUp
Hozirgi xususiy maktablardagi qabul jarayoni menga nimani eslatyapti, aytaymi?
Og’riq sotuvni keltiradi, esda qolish esa tanlovni hal qiladi.
Sababi mavsumni kutgan yutadi, mavsumgacha tanilgan g’olib bo’ladi.

🔥19❤🔥10
Xotirjam bo'lish - beparvolik emas.
Tashvishlanish - g'amxo'rlik emas.
Ko'p tashvishlanish sizni ko'proq mas'ul qilmaydi.
- Uxlamay tashvishlanish - ishni oldinga bermaydi
- Doim xavotirda yurish - natijani yaxshilamaydi
- Ich-ichdan kuyish - g'amxo'rlikning isboti emas
Siz xotirjam bo'lib ham, sodiq bo'lishingiz mumkin.
Tinch bo'lib ham, mas'uliyatli bo'lishingiz mumkin.
Tashvish - his-tuyg'u.
Sodiqlik - harakat.
Ularni aralashtirmang.

❤🔥35👍18🔥11
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Farzandingiz qaysi tilda o'ylaydi?
Bir savol bering o'zingizga. Farzandim qaysi tilda kitob o'qiydi? Qaysi tilda tush ko'radi? Qaysi tilda fikrlaydi?
Ko'p ota-onalar farzandini rus tilida o'qitadigan maktabga beradi.
Odatda men ko'rgan sababi ikkita bo'ladi:
1️⃣ Rus tilini o'rganib olsin.
2️⃣ Rus tilida ta'lim sifati yaxshiroq.
Ikkala sabab ham asossiz. ❌
Til uchun butun ta'limni berish shart emas
Rus tili - bitta fan. Uni kuchli qo'shimcha darslar orqali bemalol o'rganish mumkin. Buning uchun matematikani, tarixni, adabiyotni - butun dunyoqarashni boshqa tilga topshirish kerak emas.
Ta'lim sifatini til belgilamaydi. Sifatni dastur, ustoz va tizim belgilaydi. Bugungi kuchli o'zbek maktablarida ta'lim rus tilidagi maktablardan kam emas, kerak bo'lsa ustun.
Ilmiy tadqiqotlar ham buni tasdiqlaydi. Ona tilida o'qigan bola bilimni chuqurroq o'zlashtiradi va tanqidiy fikrlash (critical thinking) qobiliyati kuchliroq rivojlanadi.
(Bu haqida pastda manbalar berilgan)
Asosiy xavf boshqa yerda ⚠️
17 yillik tajribamizda bir holatni ko'p kuzatdik. Ta'limi faqat rus tilida bo'lgan bola sekin-asta boshqa muhitga ko'chib o'tadi.
O'qiydigan kitoblari rus tilida. Ko'radigan ko'rsatuvlari rus tilida. O'rnak oladigan insonlari rus tilida so'zlaydiganlar. Do'stlari ham shu muhitdan.
Natija nima bo'ladi?
Bola o'zbek tili bor joydan qocha boshlaydi. O'z tilida gapirishdan uyaladi. Eng og'riqlisi - qadriyatli, tarbiyali insonlar suhbatidan ham uzoqlashadi. Chunki u muhit unga begona tuyulib qoladi.
Til shunchaki muloqot vositasi emas. Til bolaning kayfiyatini, fikrlash tarzini, qadriyatlarini shakllantiradi. Bola qaysi muhitda yashasa, o'sha muhitning ahloqini oladi.
"Endi kech" demang
Ba'zi ota-onalar aytadi: "Boshlab qo'yidik, endi shu tilda tugatsin".
Bu xato yondashuv.
Qancha erta o'zgartirsangiz, moslashish shuncha oson kechadi. Eng qulay davr - 5-6-sinf. Bu yoshda bola yangi muhitga tez kirishadi va o'qishda yo'qotishsiz davom etadi. Fanlardagi fundamental terminlar ham aynan shu sinflarda boshlanadi
Xavotir olmang. Dastlabki 3-4 oy moslashish davri bo'ladi. Shundan keyin bola umuman qiynalmaydi. Bu bizning ko'p yillik amaliyotimizda yuzlab o'quvchi sinovdan o'tgan.
Bu shunchaki bizning fikrimiz emas. UNESCO (2025) va Jahon banki (2021) tadqiqotlari buni tasdiqlaydi: bola ona tilida o'qiganda bilimni chuqurroq o'zlashtiradi, hatto ikkinchi tilni ham tezroq o'rganadi.
Manba 1
Ona tilidagi ta'lim savodxonlik poydevorini yaratadi, boshqa tillarni o'rganishga yordam beradi va matematika, fan kabi fanlarda natijalarni yaxshilaydi. Tanish tilda o'qigan bolalar tushunib o'qish bo'yicha 30% yuqori natija ko'rsatgan.
Manba 2
Ona tilidagi ta'lim sifatli o'qish uchun kalit omil. Akademik natijalarni yaxshilaydi va boshlang'ich sinflarda bilim bo'shliqlarini oldini oladi.
Manba 3
Bola tushunadigan tilda o'qisa ko'proq o'rganadi va maktabda qolish ehtimoli yuqori bo'ladi. Tavsiya: kamida dastlabki 6 yil ta'lim ona tilida bo'lsin, ikkinchi til esa avval fan sifatida o'rgatilsin.
Manba 4
Ona tilida chuqur o'zlashtirilgan bilim ikkinchi tilga ko'chadi. Ona tilida kuchli o'qigan bola ikkinchi tilni ham tezroq va chuqurroq egallaydi.
Xulosa 🎯
Rus tilini bering - lekin qo'shimcha dars sifatida.
Ta'limni, tarbiyani va qadriyatni ona tilida bering.
Farzandingiz hozir qaysi muhitda ulg'aymoqda - bir kuzatib ko'ring.

❤🔥20👍6
Ajoyib statistika o'qib qoldim:
AQSH Markaziy banki maʼlumotlariga koʻra, oliy taʼlim bitiruvchilarining atigi 27 foizi oʻz sohalari boʻyicha faoliyat yuritishar ekan. Uyda qolib bola parvarishi bilan band boʻlganlarning 29 foizini oliy maʼlumotlilar tashkil etar ekan. Ularning deyarli hech biri oʻqiganliklaridan afsuslanishmaydi, albatta. Ammo shuni ham aytib oʻtish kerakki, 30 yoshlardagi endigina ota yoki ona boʻlish sharafiga muyassar boʻlgan kishi kelajakdagi rejalari haqida uning oʻzi oʻn sakkiz yoshida boʻlganida hatto tasavvur qilolmaydigan turfa yoʻsinda fikr yuritar ekan.

👍25❤🔥12