Hasankhoja Muhammad Sodiq
6.06K subscribers
492 photos
375 videos
9 files
734 links
O'zimga eslatmalarim, shikoyatlarim va tavsiyalarim.

P.s. Professional xatokor.
Download Telegram
Forwarded from Qadriyatim
Hozirgi ortiqcha bo'sh vaqtni - siz kelajakdagi vaqtingizdan qarzga olyapsiz...
❤‍🔥20👍4
Bitiruvdan keyin faqat 20–30% yaqin do‘stlar bilan aloqa saqlanadi (Berkeley, 2019).

Sabablar:
- Hayot yo‘nalishlari, mas’uliyatlar, masofa o‘zgaradi.

- Oila, ish, bolalar, shaxsiy rivojlanish kabi omillar do‘stlikni ikkinchi darajaga suradi.

- Har ikki tomon harakat qilmasa, aloqa uziladi.

Tavsiyalar:
- Do‘stlikni saqlash mehnat talab qiladi – yozing, uchrashing, eslang.

- Sifatli do‘stlik kam bo‘ladi

- Yangi do‘stliklarni qurishga ochiq bo‘ling.

Savol:
Oxirgi 1 oyda yaqin do‘stlaringizdan qanchasidan xabar oldingiz?

Ustozingizdanchi?
👍18❤‍🔥3
Forwarded from Qadriyatim
Dialog:
-- Drabl ayt.
- Ulgurmadi.
-- Ayanchliroq bo'lsin!
- Tavba qilishga...
👍9❤‍🔥6
Forwarded from Qadriyatim
- Orzuingizdagi xususiy maktab qanday?
- O’quvchilari avtobusda, ustozlari shaxsiy avtomobilda keladigan…
🥰27🔥24👍9🤩6
Hozir, yonimda birga ishlaydigan, ishonadigan, maslahatlashadigan birorta sinfdoshim yo’q. Lekin institudagi do’stlarim juda ko’p. Bu albatta ongli qarordir. Sabablari quyidagidek:

Maktabdagi do‘stliklar: Ko‘pincha tashqi sabablar (sinf, mahalla) bilan bog‘liq.

Mustaqil tanlov emas. Ko’pi tasodiflarga bog’liq holat bo’ladi.
Shuning uchun vaqt o‘tib Do’stlik susayadi.

Universitetdagi do‘stliklar:
– Qiziqishlar o‘xshash

– Muammolar bir xil (masalan, imtihonlar, moliyaviy bosim);

– Yotoqxonada birga yashash;

– Birga ishlash, pul topish, xarajatlarni bo‘lishish;

– Safarlarga chiqish, hayotiy tajriba orttirish;

– Oldi-berdi, yordam, maslahatlar;

Bular do‘stlikni chuqurlashtiradi va uzoq muddatli qiladi.

Xulosa:
Universitet do‘stligi — hayotiy, ongli, va sinovdan o‘tgan munosabardir.

Maktab do‘stlari unutilmas bo‘lishi mumkin, lekin ular bilan aloqa ko‘pincha uziladi.

Tavsiya:
Universitetda birga yurgan, yordam bergan, muammolarni bo‘lishgan insonlarga e’tiborsiz bo’lmang

Bunday do‘stliklar hayot davomida kuchli ijtimoiy va kasbiy tarmoq bo‘lib qoladi.
🔥53❤‍🔥8👍4
Forwarded from Sodiq School
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🎓 Sodiq School | 2024–2025 YIL YAKUNI
📢 Natijalarni e’lon qilish — biz uchun katta faxr!

Yil davomida har bir o‘quvchimiz o‘z salohiyatini to‘liq namoyon etdi. Ushbu natijalar — yuksalish, mehnat va intilishning yorqin isbotidir!

🔹 IELTS natijalari
75 nafar o‘quvchi IELTS imtihonini topshirdi.
Ulardan 44 nafari — 7.0 va undan yuqori ball oldi.
🎯 5 nafar o‘quvchimiz esa — IELTS 8.0 ball bilan yuksak natijaga erishdi!

🔹 SAT
28 nafar o‘quvchi 1200–1510 oralig‘ida ball to‘pladi.

🔹 Xalqaro olimpiadalar
📊 Jami — 396 ta medal!
FMO, NGEA, HIPPO, COPERNICUS va boshqa nufuzli musobaqalarda o‘quvchilarimiz bayrog‘imizni baland ko‘tardi.

🔹 World Scholars Cup
🌍 Xalqaro sahnada porladik:
🏆 2 ta kubok
🥇 148 ta oltin
🥈 253 ta kumush
📌 Jami — 401 ta medal!

🔹 Ta’lim sayohatlari
O‘quvchilarimiz Yaponiya, Qatar, Dubay va Malayziyada innovatsion markazlar, texnoparklar hamda universitetlar bilan tanishishdi.

📌 Bu yutuqlar — Sodiq School o‘qituvchilari, o‘quvchilari va ota-onalarining birligidagi kuchining yorqin ifodasidir.

🚀 Biz yuksalayapmiz. Endi esa navbat — yangi marralarga!

Bogʻlanish uchun: ☎️ 788888080

Bizni tarmoqlarda kuzatib boring
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
👍19🔥10❤‍🔥2🎉2
Qiziq statistika

Tahlil:
Tadqiqotlarga ko‘ra, do‘stliklar o‘rtacha 7 yil davom etadi.

Bu raqam doimiy emas — do‘stlikni saqlab qolish hayotdagi quyidagi omillarga bog‘liq:

Turmush sharoitlari o‘zgarishi (oila, ish, bola)

Geografik masofa (boshqa shahar yoki davlatga ko‘chish)

Ichki aloqaning chuqurligi (sadoqat, hurmat, hissiy yaqinlik)

Xulosa:
Do‘stlik abadiy emas, agar unga vaqt va e’tibor berilmasa, asta-sekin yo‘qoladi.

Muhim do‘stliklar uchun vaqt ajrating: gaplashing, ko‘rishing, yordam bering.

Masofa yoki turmush bosqichlari to‘siq bo‘lmasligi uchun ongli harakat qiling.
🔥22👍6❤‍🔥5
Quyidagi tahlillar o‘quvchilarga hayotdagi muvaffaqiyat uchun faqat baho emas, balki boshqa ko‘nikma va odatlar ham muhimligini ko‘rsatadi:

Heckman tadqiqotiga ko‘ra, test natijalari va maosh o‘rtasidagi bog‘liqlik vaqt o‘tishi bilan zaiflashadi.

Xulosa:
Faqat yaxshi baho – muvaffaqiyat kafolati emas. Vaqt o’tib ular o’z kuchini yo’qotib boradi

Kasbiy muvaffaqiyat uchun
- problem solving
- communication
- collaboration
- critical thinking
- adaptability
- initiative

Tavsiyalar:
O‘quvchilar: o‘z ustingizda ishlashni va ijtimoiy ko‘nikmalarni rivojlantirishni boshlang.

Maktablar: darsdan tashqari faoliyatlarga, loyiha va jamoaviy ishga ko‘proq e’tibor qarating.

Ota-onalar: farzandingizning bahosidan ko‘ra, uning qiziqishi, harakatiga e’tibor bering
🔥20❤‍🔥4
Maktablarimizdagi 2-til foydalimi?

Ko‘p tillilik foydali:
yangi tilni o‘rgangan sayin akademik natijalari keskin yaxshilanadi.

Cummins tadqiqotlari (1979, 2000): ikkita tilni yaxshi o‘zlashtirgan o‘quvchilar uzoq muddatda akademik jihatdan kuchliroq bo‘ladi.

Bu bolalarning analitik fikrlashi, eslab qolish qobiliyati, moslashuvchanligi kuchliroq bo‘ladi.

Tavsiyalar:

Ona tilini saqlang, ikkinchi tilni mustahkamlang
Ikkalasi bir-birini to‘ldiradi.

Yozma va og‘zaki tilni alohida rivojlantiring
Har ikki ko‘nikma bo‘yicha mustaqil mashqlar tayyorlang (kundalik, hikoya yozish, audio suhbatlar).

Progressni doim kuzating, lekin solishtirmang
O‘z-o‘ziga nisbatan o‘sishni o‘lchang, boshqalar bilan emas.

Ota-ona va ustoz doim hamkorlikda ishlasin
Uydagi muhit ham, maktabdagisi ham barobar muhim.
👍7❤‍🔥3
Forwarded from Sodiq School
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
💡 Sodiq School — siz kutgan ishonchli tanlov!

Ota-onalar maktab almashtirishga qanday holatlarda qaror qilishadi?

👉 Ustozlar tez-tez almashganda
👉 Bola natija ko‘rsatmayotganda
👉 Maktab narxi oilaviy byudjetga to‘g‘ri kelmaganda
👉 Yashash manzili uzoq bo‘lganda
👉 Yaqinda yangi va ishonchli maktab ochilganda

🎯 Bizda bu muammolarning barchasiga yechim bor:
— Maktab ochilgan kundan beri bir jamoa: tajribali va sadoqatli ustozlar
— Har bir bola uchun individual yondashuv
— Ijtimoiy grantlar va qo‘llab-quvvatlov dasturlari
— Qulay joylashuv va zamonaviy sharoit

📌 Farzandingiz uchun yaxshi muhit izlayotgan bo‘lsangiz — Sodiq School sizni kutmoqda!

Bogʻlanish uchun: ☎️ 788888080

Bizni tarmoqlarda kuzatib boring
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
👍3🔥2
Forwarded from Sodiq School
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Sodiq School — bu shunchaki maktab emas.

Bu yerda O‘zbekiston tarixida iz qoldiradigan, el-yurtga xizmat qiladigan avlod voyaga yetmoqda.

Bizga ishonayotganlar orasida — Vatanimiz rahbarining o‘zi ham bor.

Sodiq School — bu imkoniyatlar maktabi!

Bogʻlanish uchun: ☎️ 788888080

Bizni tarmoqlarda kuzatib boring
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
🔥7❤‍🔥2
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
G‘azoda bola och.
Otasidan ovqat so‘rab yig‘layapti.

Bunga rozi birorta musulmon bormi?
Bunga uzr ayta oladigan birorta erkak bormi?
Bunga chiday oladigan birorta ota bormi?

Afsuslar…
❤‍🔥46🔥28👍5
"Sodiq School" jamoasiga bilimli, kreativ va mas’uliyatli mutaxassislar kerak!

Quyidagi yo‘nalishlar bo‘yicha ish o‘rinlari ochiq:

• ona tili va adabiyot fani o‘qituvchisi;
• ingliz tili fani o‘qituvchisi (General);
• rus tili fani o‘qituvchisi;
• texnik xodim (maktab texnik qurilmalari va aloqa tizimlari nazoratchisi).

📌 Biz sizga yoqimli muhit, jozibador ish haqi, jamoaviy qo‘llab-quvvatlov va o‘sish imkoniyatlarini taklif qilamiz.

Jamoamizga qoʻshilib, quyidagi bonuslarga ham ega bo'lasiz:

– 3 mahal taom;
– farzandingizning maktabimizdagi ta’limi uchun 50% chegirma;
– bepul treninglar.

Bizga quyidagi forma orqali murojaat qilishingiz mumkin:
🔗 https://forms.gle/aGde5aV6srgRqWSr7
👍20❤‍🔥1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Tafakkur qilib eshiting…
❤‍🔥36🔥14👍4🤩1