Hasankhoja Muhammad Sodiq
5.94K subscribers
517 photos
400 videos
9 files
772 links
Ustoz. Rahbar. Ota.
17 yil ta’limda, 4 yil boshqaruvda, 12 yil tarbiyada.
Sinf, maktab va uy — real tajriba maydonim.
Ta’lim, boshqaruv, tarbiya haqida yozaman.
Kitoblar, xatolar, suhbatlar, real keyslar.

P.s. Professional xatokor.
Download Telegram
Avval bir narsani aniq ajratib olaylik: To'g'ri qaror qabul qilish bilan qaroni to'g'ri bo'lishini farqi bor.

To‘g‘ri qaror qabul qilish avvalo sizning mas’uliyatingiz hisoblanadi.
Natija esa har doim Sizning qo‘lingizda emas. Ko‘p xato shu yerda qilinadi: natija yomon chiqsa, qaror noto‘g‘ri edi deb o‘ylanadi.

Aslida esa qaror to‘g‘ri bo‘lishi mumkin, lekin natija boshqacha chiqishi mumkin.

Shuning uchun qarorni baholashda 4 ta mezonda o'lchash kerak:
- zarar hisoblandimi
- foyda ko‘rildimi
- adolat saqlandimi
- niyat to‘g‘rimi

Shu tushuncha bilan qarorlarga qaralsa, keyingi har bir tanlov aniqroq bo‘ladi.

Buning uchun qaroringiz 9 ta holatdan qaysi biriga mos ekanligini aniqlab olishingiz kerak.

1-holat: +
/+ (sizga foyda, unga foyda)
Bu eng to‘g‘ri qaror hisoblanadi. Bunday imkoniyatlar kechiktirilmay qabul qilinadi. Shu yo‘l tizimga aylantiriladi va takrorlanadi.

2-holat: +/0 (sizga foyda, unga zarar yo‘q)
Qabul qilinadi. Lekin shu bilan to‘xtab qolilmaydi. Unga ham foyda berish yo‘li izlanadi.

3-holat: 0/+ (sizga zarar yo‘q, unga foyda)
Bu holat investitsiya sifatida ko‘riladi. Agar ishonch va aloqani kuchaytirsa, qabul qilinadi. Lekin chegaralar belgilanadi.

4-holat: 0/0 (sizga ham, unga ham zarar yo‘q)
Bu vaqt yutish qarori hisoblanadi. Doimiy yechim sifatida qabul qilinmaydi.
Keyingi chiqish yo‘li oldindan rejalashtiriladi.

5-holat: +/- (sizga foyda, unga zarar)
Bu holatda ehtiyot bo‘linadi.
Qaror qayta ko‘rib chiqiladi yoki yumshatiladi. Aks holda keyinchalik muammo keltirib chiqaradi.

6-holat: -/+ (sizga zarar, unga foyda)
Faqat katta maqsad bo‘lsa qabul qilinadi. Aniq chegaralar qo‘yiladi. Qachon to‘xtash belgilanadi.

7-holat: 0/- (sizga zarar yo‘q, unga zarar)
Bunday qarorlar qabul qilinmaydi. Bu adolatga zid hisoblanadi. Baraka keltirmaydi.

8-holat: -/0 (sizga zarar, unga zarar yo‘q)
Bu keraksiz yo‘qotish sifatida baholanadi. Darhol rad etiladi. O‘zini himoya qilish zarur hisoblanadi.

9-holat: -/- (sizga ham, unga ham zarar)
Bu eng yomon qaror hisoblanadi. Bunday holatlar davom ettirilmaydi. To‘xtatiladi yoki qayta quriladi.

To'g'ri qaror formulasi:
1. Zarar kamaytiriladi
2. Foyda oshiriladi
3. Adolat saqlanadi
❤‍🔥31👍4🥰2
Insonning eng katta muammosi kamchilik emas.
Nima haqiqatan muhimligini unutib qo‘yishidir.

Ko‘p odamlar ichidagi haqiqat bilan tashqaridagi hayotni bir xil yashamaydi.

Qilmaydigan ishlari haqida gapiradi.

Yoqtirmaydigan insonlariga tabassum qiladi.

Ishonmaydigan insonlari bilan yaqin yuradi.

Vaqt o‘tib inson asta-sekin o‘zidan uzoqlashadi.

Bu holat ichki nomoslik (inner incongruence) deb ataladi. Ya’ni insonning ichki qadriyati bilan tashqi harakati mos kelmay qoladi.

Shaxsiy hayotda
Inson sog‘liq muhim deydi, lekin uyqusi va odatlari tartibsiz.

Bilim kerak deydi, lekin vaqtining asosiy qismini chalg‘ituvchi narsalarga sarflaydi.

Oila muhim deydi, lekin eng kam vaqtni aynan oilaga beradi.

Rahbarlikda
Rahbar jamoaga samimiyat haqida gapiradi, lekin o‘zi sun’iy munosabat qiladi.

Natija: odamlar so‘zni emas, xulqni qabul qiladi.

“Ikki ne’mat bor, odamlarning ko‘pi ularda aldangandir: sog‘liq va bo‘sh vaqt.”

Bu yerda inson eng qimmat narsaning qiymatini kech tushunishi ko‘rsatilgan.

Bir kishi Hasan Basriga dunyo haqida so‘radi.
U kishi aytdilar:
“Dunyo - boshida charchoq, oxirida esa hisob.”

Bu insonning umrini keraksiz narsalarga sarflab yuborish xavfini eslatadi.

Ba’zan o‘zingizdan so‘rang:

Men nimaga eng ko‘p vaqt sarflayapman?
Bu haqiqatan muhimmi?
Agar umr qisqa qolsa, shu narsani davom ettirarmidim?

Shunda hayot tiniqlasha boshlaydi.

Sizning hayotingizda hozir eng ko‘p joy egallayotgan narsa haqiqatan ham eng muhim narsami?

Chunki hayot oxirida insonning nimaga ega bo‘lgani emas, nimaga umr bergani ko‘proq ahamiyatli bo‘ladi.
👍31❤‍🔥19🔥15
Kechiktirilgan mukofot (delayed gratification).
Dunyo tezlashyapti. Odamlar natijani darhol xohlayapti. Sabr kamayyapti. Shu sabab sabr qilganlar ajralib chiqadi. Ko‘pchilik yo‘lning yarmida to‘xtaydi, sabr qilgan esa davom etadi. Vaqt o‘tadi va natija yig‘iladi. Tezlik natija beradi, sabr ustunlik beradi.
❤‍🔥52👍34🔥16🎉3
Biz shunday jamiyatda yashaymizki, u doim “yechimlar”ni sotadi - ortiqcha vaznga, siyraklashayotgan sochga, ishtahaning yo‘qolishiga, muhabbatning susayishiga qarshi turli “yechimlar”.

Biz doimo yechim izlaymiz. Ammo aslida hayot davomida shunday jarayonda bo‘lamizki, unda hech qachon hammasini to‘liq “to‘g‘ri” qilolmaysiz. Hammasini to‘g‘rilashga urinamiz. Hammasini nazorat qilishga harakat qilamiz.

Hayot bu yechim topib tugaydigan masala emas. U davom etadigan jarayon. Unda biz hech qachon hammasini mukammal qilolmaymiz.
❤‍🔥50👍28🔥9
Yaratmoqchi bo‘lgan natijangizni tasavvur qiling.
Qayerga yo‘l olayotganingizni iloji boricha batafsil ko‘z oldingizga keltiring. O‘zingizni bu fikrdan qaytarmang. O‘zingizni “realistik bo‘lishga” majburlamang. Haqiqat bilan baribir tez orada yuzlashasiz. Shu bosqichda o‘zingizga to‘siq bo‘lmang.
❤‍🔥67👍20🔥20
Fizikiada bir tushuncha bor - entropiya. Har qanday tizim o‘z-o‘zidan tartibga kelmaydi aksincha, vaqt o‘tishi bilan tartib buziladi. Tartibni saqlash esa kuch talab qiladi. Hayotga ham juda mos tushadi:
Tasavvur qiling, bog‘ni qarovsiz qoldirasiz va o‘tlar o‘z-o‘zidan chiqadi. Hech kim ekmagan bo‘lsa ham baribir o‘sadi. Yaxshi narsa esa boshqacha. U o‘zi chiqmaydi. U e’tibor, vaqt va mehnat talab qiladi. Agar Siz nazorat qilmasangiz, tartibsizlik o‘zi paydo bo‘ladi. Fikrlar, odatlar va muhit asta-sekin yomon tomonga og‘adi. Yaxshi natija esa tasodif emas. U ongli tanlov va doimiy e’tibor natijasidir.
❤‍🔥52👍25🔥16🤩4
Shu kunda ko'p subutsizlar bilan sinalyapmiz...
🔥57👍31❤‍🔥19🤩2
Haqiqiy qarorlar

Ko‘pchiligimizning qaror qabul qilish “mushaklarimiz” zaif. Biz haqiqiy qaror nimani anglatishini tushunmaymiz. Qat’iy qarorlar ikki joyda ko‘rinadi: kalendaringizda va harajatlaringizda. Siz nima qadrlayman desangiz ham, asl ustuvorliklaringizni bilish uchun o‘tgan yilgi kalendaringiz va xarajatlaringizga qarash kifoya.

Siz “sog‘liq muhim” deysiz.
- Kalendarda: mashq yo‘q
- Xarajatda: fast foodlar ko‘p


Siz “o‘rganaman” deysiz.
- Kalendarda: ijtimoiy tarmoq ko‘p
- Xarajatda: kitobga deyarli pul yo‘q


Inson o‘zini so‘z bilan alday oladi. Lekin vaqt va pul aldamaydi. Ular har doim haqiqatni ko‘rsatadi. Shuning uchun qarorni tekshirish oson:
- yozilgan reja emas
- yashalgan kunni ko‘ring


Bu ulamolar so'zlarida ham aks etadi:
“O‘zingni hisob qilinmasdan oldin hisob qil.”
Bu o‘z hayotini tekshirish, real holatni ko‘rish degani

Vaqtingizni qanday ajratganingizni ko‘ring. Pulni qayerga sarflaganingizni ko‘ring. Shu izlar Siz qabul qilgan haqiqiy qarorlarni ko‘rsatadi.
🔥50👍8❤‍🔥5🎉2
Kognitiv buzilish (cognitive distortion)

Charchagan ong muammoni kattalashtiradi. Bir vaziyatni qayta-qayta aylantirasiz va u aslidan kattaroq ko‘rinaveradi. Lekin tana tetik bo‘lsa va ruhingiz dam olgan bo‘lsa, o‘sha muammo joyiga tushadi. Aniqlik paydo bo‘ladi, qaror berishingiz osonlashadi.

Ko‘pincha muammo aslida uni o‘zi emas, balki Sizning holatingiz bo'ladi. Shuning uchun ba’zan yechim o‘ylash emas, biroz uyqu kerak bo'ladi. Uxlang. Tana tiklanlsin. Nafasni tinchlantiring. Keyin qarang.
Muhammad s.a.v. dedilar:
“G‘azablanganingizda tik turgan bo‘lsangiz, o‘tiring. Agar ketmasa, yoting"
Bu holatni o‘zgartirish orqali fikrni ham to‘g‘rilashni ko‘rsatadi.
❤‍🔥41🔥27👍17🤩5
Ustoz Kundaligi
8-sinf o‘quvchimiz IELTS‘dan 8 balni qo‘lga kiritibdi. Qoyil.
Yaxshiyam 9-sinf emas ekan...)
🔥34🤩20🎉8🥰3❤‍🔥1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Yangi trend!
Ulashing.
Izohlarda davom ettiring.
🔥62👍30❤‍🔥21
Tasdiqlashga moyillik (confirmation bias).

Siz xarita chizdingiz va uni hech kimga ko‘rsatmadingiz. Sizga u to‘g‘ridek tuyuladi, lekin u haqiqat emas, bu Sizning tushunish modelingiz. Muammo modelni haqiqat deb qabul qilganingizda boshlanadi. Xato bo‘lsa ham sezilmaydi. Siz o‘zingizni tekshirmaysiz, faqat o‘zingizni tasdiqlaysiz.

Agar Siz xaritangizni boshqalarga ko‘rsatsangiz, vaziyat o‘zgaradi. Kimdir xatoni ko‘radi, kimdir yangi nuqtani qo‘shadi, umumiy rasm aniqroq bo‘ladi.

Ilm ham shunday rivojlangan. Fikrlar bahsda pishadi, yopiq qolsa esa sustlashadi.
Muhammad s.a.v. bir voqeada sahobalardan joylashuv haqida fikr so‘radilar. Sahoba bu vahiy emas, strategiya ekanini bilib, boshqa taklif berdi. U qabul qilindi va natija yaxshilandi.
🔥27👍19❤‍🔥7
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Farzandlarimiz uchun qaysi maktabni tanlashimiz kerak?

Loyihamizning navbatdagi sonida xususiy maktablar mavzusi muhokama qilindi. Unda maktab rahbarlari Hasanxo'ja Muhammad Sodiq va Javohir Izzatulloh tomonidan ota-onalarda tez-tez uchraydigan savollarga amaliy javob va tavsiyalar berib o'tildi.

Suhbat davomida siz:
• Maktab tanlashda nimaga e'tibor berish kerak?
• Davlatmi yoki xususiymi?
• Ta'lim sifatini qanday baholash mumkin?
• Xususiy maktab narxi o'zini oqlaydimi?
• Maktab haqida ishonchli fikrni qayerdan olish mumkin?
• Qachon maktabni almashtirish kerak?
• Nega ko'plab xususiy maktab rahbarlari davlat maktabida o'qigan?
• Farzandlarimiz uchun ustoz qanday tanlanadi kabi savollarga javob olasiz.


❗️ Farzandingiz hayotidagi eng muhim qarorda adashmang, ko'rsatuvni tomosha qiling: https://youtu.be/d_gpqvw2xXQ

@alohidamavzu
🔥11❤‍🔥8🤩4👍3
Jimlik ko‘pincha muammoni kattalashtiradi.

Siz javob hali yo‘qligi uchun (yoki yomon xabarni aytishni istamaganingiz uchun javobni kechiktirsangiz, boshqa tomon kutmaydi. U taxmin qila boshlaydi. Bu taxminlar odatda salbiy bo‘ladi. Muammo ko‘pincha ma’lumot yo‘qligida emas. Aloqa yo‘qligida.

Siz jim qolsangiz: odamlar o‘zicha hikoya tuzadi, noaniqlik oshadi, ishonch pasayadi
Lekin oddiy xabar vaziyatni o‘zgartiradi. “Hali o'ylayapman.” “Tez orada javobini aytaman”

Shu qisqa aloqa ham ishonchni saqlab qoladi. Odamlar noaniqlikni yomon ko‘radi va uni tezda to‘ldirishga harakat qiladi.
🔥41❤‍🔥24👍11
Teskari harakat qonuni

Inson qanchalik koʻp narsani istasa, oʻsha narsaga qanoat hosil qilolmaydi. Boy boʻlish istagi qanchalik kuchli boʻlsa (qancha pul ishlab topishingizdan qatʼi nazar), shunchalik oʻzingizni qambagʻal his qilaverasiz. Goʻzal va jozibali boʻlish xohishi qanchalik ustun boʻlsa, oʻz koʻzingizga shunchalik xunuk va besoʻnaqay koʻrinaverasiz. Baxtli va suyukli boʻlish orzusiga qancha urgʻu bersangiz, atrofingizdagi insonlar kimligidan qatʼi nazar oʻzingizni shuncha yolgʻiz va xafahol tuyaverasiz. Ruhiy barkamollikka erishishni qanchalik koʻp istasangiz, unga erishish yoʻlida shunchalik xudbin va arzon kimsaga aylanib boraverasiz
🔥45👍25❤‍🔥9
Forwarded from Ustoz Kundaligi
Bugungi podkastimizda Sodiq School maktabi rahbari Hasanxo‘ja Muhammadsodiq bilan ta’limdagi eng dolzarb mavzular haqida suhbatlashdik.

Suhbat davomida quyidagi savollarga javob topasiz:

* Qanday qilib kuchli va talabgir ustoz bo‘lish mumkin?

* Kuchli xususiy maktablarga ishga kirish uchun nimalarga e’tibor berish kerak?

* Bugungi ta’lim tizimining asosiy muammolari nimalar?

* Prezident maktablari va xususiy maktablar ta’limga qanday ta’sir qilmoqda?

* Xususiy maktablarda oyliklar qancha va ular qanday shakllanadi?

* Ustozlar boy bo‘la oladimi?

* Moliyaviy erkinlikka o‘qituvchilik orqali erishish mumkinmi?

* Xalqaro sertifikatlar, AP imtihoni va zamonaviy ustozning rivojlanish yo‘li qanday?


Podkastni tomosha qiling: 👇
https://youtu.be/RGgfHm2zcIk?si=BlC5S4Tfq4w71AQo

@Ustoz_kundaligi
👍9🔥7
Hozir odamlarning uyida barcha zamonaviy texnika va sharoitlar muhayyo boʻlsa-da, soʻnggi oʻttiz yil ichida stressga aloqador kasalliklar, xavotirli nevroz va tushkunlikka oid muammolar misli koʻrilmagan darajada koʻpayib ketdi. Bizning tanazzulimiz bundan buyon moddiy narsalarga bogʻliq emas. Uning asosiy sababi ruhiyatdadir.

Soʻnggi paytda axborotning nihoyatda koʻpayib ketishi natijasida biz koʻp narsa bilishga (kerakli va keraksiz maʼlumotlar) va koʻrishga ulgurdik. Ongostida oʻzimizni boshqalar bilan solishtirishni, boshqalardagi maqom va boylikka intilishni boshladik. Doimiy havas va hasad tuygʻusi esa bizni aqldan ozdirmoqda.
🔥56👍24❤‍🔥21
Iste’dod kamdan-kam hollarda g‘alabani kafolatlaydi va omadsizlik ham kamdan-kam hollarda mag‘lubiyatgs sabab bo'ladi.

Ular natijaga ta’sir qiladimi? Albatta. Lekin yakuniy holatni eng ko‘p Sizning munosabatingiz o‘zgartiradi.
👍38🔥16❤‍🔥13
Farzandlaringizga eng yaxshi narsalarni olib berishingiz mumkin.
- Eng yaxshi kiyim.
- Eng yaxshi telefon.
- Eng yaxshi maktab.
- Eng yaxshi sharoit.


Lekin bularning hech biri ularga Sizning eng yaxshi holatingizni bera olmaydi.
Chunki bola:
- Siz nima sotib olganingizni emas, uyga qanday kayfiyat bilan kirganingizni eslaydi.

Unga qancha pul sarflaganingizni emas, unga qancha e’tibor berganingizni his qiladi.
Farzand uchun eng katta ne’mat:
- e'tiborli ota,
- mehribon ona,
- va muhabbat bor uy
.

Ko‘p ota-onalar farzandiga hamma narsani berishga harakat qiladi. Lekin eng keraklisini unutib qo‘yadi: vaqtini, mehrini va yaxshi holatini.

Farzandingiz Sizning boyligingizni emas, Siz bilan bo‘lgan bolaligini eslab ulg‘ayadi.
❤‍🔥54🔥17👍12
Compound effect

O‘zgarishlar ko‘rinmayotgani, ular bo‘lmayapti degani emas. Har safar sport zalga borganingizda tanangiz darrov o‘zgarmaydi. Har safar kitob o‘qiganingizda ham fikringiz birdan chuqurlashmaydi. Har safar farzandingiz bilan sifatli vaqt o‘tkazganingizda ham natija o‘sha kun ko‘rinmaydi. Lekin bular yig‘ilib boradi.

Dastlabki g‘alabalar ko‘pincha tez keladi. Ular motivatsiya beradi. Aslida uzoq davom etadigan g‘alabalar motivatsiya bilan emas, hayot tarzi bilan quriladii. Kichik harakatlar darhol emas, vaqt o‘tib katta farq beradi.
👍46❤‍🔥19🔥7🥰6
Pareto prinsipi

Pareto prinsipini hayotga joriy qilish oddiy. Hamma narsa bir xil ta’sir qilmaydi. Ko‘pincha ozgina inson eng katta ta’sir beradi. Ozgina odat eng katta natija beradi. Ozgina muammo esa eng katta stressni beradi.

Lekin ko‘p odamlar hamma narsaga bir xil energiya beradi. Hamma xabarga javob beradi, hamma ishni teng muhim deb o‘ylaydi, hamma muammoni bir xil darajada ko‘radi. Natijada diqqat tarqaladi va hayot chalkashib ketadi.

Eng muhim ish “20%”ni topish. Qaysi odat Sizning energiyangizni eng ko‘p o‘zgartiryapti
Qaysi insonlar hayotingizga eng katta ta’sir qilyapti. Qaysi ish haqiqiy natija olib kelmoqda
Shuni topgan inson kamroq harakat bilan ko‘proq natija oladi.

Muhammad s.a.v. ham muhim narsani ustuvor qo‘yishni o‘rgatganlar. Bir sahoba nasihat so‘raganda, u zot uzun ro‘yxat emas, eng ta’sirli bitta narsani aytganlar:
“G‘azablanma.” Chunki ba’zan bitta odat o‘zgarsa, ko‘p narsa o‘zgaradi.

Hamma narsani boshqarishga urinmang. Eng katta ta’sir beradigan narsani toping.
👍34🔥24❤‍🔥11