Hasankhoja Muhammad Sodiq
5.94K subscribers
517 photos
399 videos
9 files
771 links
Ustoz. Rahbar. Ota.
17 yil ta’limda, 4 yil boshqaruvda, 12 yil tarbiyada.
Sinf, maktab va uy — real tajriba maydonim.
Ta’lim, boshqaruv, tarbiya haqida yozaman.
Kitoblar, xatolar, suhbatlar, real keyslar.

P.s. Professional xatokor.
Download Telegram
Bugun ajralib turishning yo‘li faqat aqlli bo‘lish emas. Chunki aqlli odamlar juda ko‘p. Suniy intellekt ham ko'p javoblarni bermoqda. Haqiqiy ustunlik boshqa joyda:
- moslashuvchanlik
- odamlar bilan ishlay olish
- tez o‘rganish qobiliyati


Agar Siz moslashuvchan bo‘lsangiz:
- kerak bo‘lsa yangi ko‘nikmani tez o‘rganasiz
- bozor o‘zgarsa yo‘nalishni o‘zgartirasiz
- imkoniyatlarni tez ko‘rasiz


Natijada:
- vaqt ustidan nazorat paydo bo‘ladi
- tanlash imkoniyatlari ko‘payadi

Demak formula:
Eski model: Ustunlik = Bilim
Yangi model: Ustunlik = Moslashuvchanlik + Tez o‘rganish
❤‍🔥26🔥14👍7
Ba’zi qarorlar oqibatini tuzatish mumkin. Ba’zilari esa tuzatib bo‘lmaydi. Jeff Bezos bularni “Two-way door" va "One-way door decisions” deb tushuntirgan.

“Two-way door" qarorlar:
- yangi loyiha boshlash
- marketing strategiyasini sinash
- yangi metodni test qilish

Bunday qarorda tez harakat qilish foydali. Chunki oqiatini qayta ishlash mumkin

"One-way door" (qaytarib bo‘lmaydigan qaror)
- katta investitsiya
- strategik sheriklik
- reputatsiya bilan bog‘liq qaror

Bu qarorlarda sekin va chuqur o‘ylash kerak. Oqibati xavfli bo'lishi mumkin.
❤‍🔥26🔥12👍2
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Yangi podcast

Mavzu asosdan quyidagi 4 ta savol atrofida bo'ldi:
— Qaror qabul qilish (fikrlash)
— Vaqtdan samarali foydalanish
— Pul psixologiyasi (moliyaviy savodxonlik)
— To’g’ri kasb tanlash kabi mavzularda bo’ladi.


➡️ https://youtu.be/AACHil8QOio?si=0z5wUNegiYnZyPK9
➡️ https://youtu.be/AACHil8QOio?si=0z5wUNegiYnZyPK9
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔥10❤‍🔥4🤩2
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Bunisi ham yangi podcast

Suhbat yaxshi chiqibdi. O'zimga ham ma'qul keldi.

https://youtu.be/dhG64-Wjc0w
🔥15❤‍🔥8👍8🤩2
Essentialism

Ko‘pchilik kunini uzun "to-do list" bilan boshlaydi. Lekin hammasi ham zarur bo'lmaydi. Uni aniqlashning bir oddiy ususli bor: Agar bu ishni qilmasam, nima bo‘ladi? deb savol berish. Agar javobingiz:
- hech narsa bo‘lmaydi
- natijaga ta’sir qilmaydi

bo'lsa, uni ro'yhatdan o'chirib tashlasangiz bo'ladi. Natija beradigan ishlar esa juda kam.
Demak formula:
Bandlik ≠ Muhim ishlar
Muhim ishlar = Barcha ishlar − Keraksiz ishlar
❤‍🔥23🔥19
Agar inson bir sohaga qiziqsa, u yerda:
- ko‘proq vaqt o‘tkazadi
- ko‘proq mashq qiladi
- ko‘proq tajriba yig‘adi

Yillar o‘tadi. Natijada ikki narsa birlashadi: ichki qiziqish va yig‘ilgan ko‘nikma
Shu nuqtada bunday odam bilan raqobat qilish qiyinlashadi.
Chunki u majburan ishlamaydi. U qiziqib ishlaydi. Va qiziqqan odam odatda to‘xtamaydi.
Demak formula:
Ustalik = Qiziqish × Mashq × Vaqt
❤‍🔥30🥰16🔥12👍11🎉4
Forwarded from Abdulboriy Qodirov
Birga ishlashimiz mumkun

Loyihalarimizga(Dinay, Filigran inc, Massdar) birdaniga bir necha yo'nalishlarda ishlash uchun internship(shogirtlik) ochildi.

Kelajakda tadbirkor, manager, mutaxassis bo’laman, lekin hozir nima qilishni bilmayman deydiganlar uchun bu ideal imkoniyat.

Qiziq bo’lsa, forma to’ldiring. Birlamchi filterlarga mos kelsangiz yuzma-yuz suhbatlarga taklif qilamiz.

P.S. Tajriba shart emas, yurakda olov va til bilish yetarli.

@AbdulboriyQodirov
👍8❤‍🔥4🔥2
Balans

Muvaffaqiyat va mag‘lubiyat o‘rtasida balans kerak.
Doim yutaverish - o‘sishni to‘xtatadi
Doim yutqazish - motivatsiyani o‘ldiradi

Siz 10 ta urinish qilasiz: 8-9 tasi muvaffaqiyatli, 1-2 tasi mavaffaqiyatsiz.

Shunda:
- o‘zingizga ishonasiz
- harakatni davom ettirasiz
- lekin o‘sish uchun majbur bo‘lasiz

Bu psixologiyada optimal qiyinchilik (optimal difficulty) deb ataladi.

Misollar
1. Ta’lim
O‘quvchiga faqat oson test berilsa:
- u zerikadi
- rivojlanmaydi

Faqat qiyin test berilsa:
- tushkunlikka tushadi
- o‘qishni tashlashi mumkin


To‘g‘ri yondashuv:
ko‘p savollar - bajara oladigan, oz qismi - biroz qiyin

2. Rahbarlik
xodimga faqat oson vazifa berilsa - rivojlanmaydi
faqat og‘ir vazifa berilsa - kuyib ketadi (burnout)


To‘g‘ri yo‘l:
80% tanish ish, 20% yangi chaqiriq

3. Shaxsiy rivojlanish

Sportda:
- faqat yengil mashq - natija yo‘q
- haddan tashqari og‘ir mashq - jarohat

Inson juda oson narsada o‘smaydi, juda qiyin narsada sinadi
Eng katta o‘sish: ozgina qiynalayotgan joyda bo‘ladi

Muhammad s.a.v. hayotlarida ham bu muvozanat ko‘rinadi.
Makkadagi qiyinchiliklar sahoblarni sabrga o'rgatdi, Madinadagi yutuqlar shukr qilishga sabab bo'ldi.

Demak formula:
O‘sish = (Yutuq × Ishonch) + (Mag‘lubiyat × Saboq)
🔥27👍21❤‍🔥9🤩4
Imprivizatsiya qiling. Odatiylikdan qoching.

Bugun maktabimizda elektr o’chib qoldi. Generator orqali qayta uladik, ammo sovutish tizimiga kuchi yetmagani tufayli xonalar isishni boshladi.

Bu holatda bolalar lanjlashib darsni yaxshi o’zlashtira olishmaydi.

Yuringlar, faollar zalida dars o’tamiz deb pastga tushdik (chunki u yer salqin bo’ladi). Ammo u yerda boshqa sinf dars o’tayotgan ekan.

Shaxsiy kutubxonamga chiqib dars o’tamiz dedim. Sababi u xonada konditsioner bor va salqin edi. Bolalar xursand bo’lishdi.

Shinamgina xonamiz unchalik katta emas, 15 kishi, barchamiz sig’dik. Partalar ham yo’q. Davra qilib o’tridik.

Matematikadan “Ehtimollik nazariyasi” mavzusini bir amaliy misol bilan tushuntirdim va shu mavzuga oid bir o’yin o’ynadik. Bolalar juda qiziqib o’ynashgani uchun mavzuni juda zo’r tushunib olishdi.

Keyin mavzu kitob o’qishga burildi, ya’ni kitobni qanday o’qish kerak degan savolga ham amaliy yechim qildik.

Xonadagi hamma o’qigan “Savdogarlar ustozi” kitobini “Abdullohni uylanish sahnasi” yoritilgan 2-3 betini 15-20 daqiqa tahlil qilib berdim.

Bolalar zavq bilan eshitiayotgani ko’zlaridan sezildi. Miq etmay tinglashdi. O’qilgan ma’lumotlarni tahlil qilishni o’rganishdi.

Bir ro’yhatga oid kuchli 10 likka kiruvchi insonlarni so’radim, to’liq bilishmadi.
Shuni uyga vazifa qilib berdim.

Negadir darsimiz tez tugab qoldi…

P.s. shu kunlarni qumsadim
11.06.2024
❤‍🔥61👍33🔥27🤩1
Hayot ikki xil o‘lchanadi.

1. Eni - nechta yil yashadingiz. Umringizni jismi deb atasak bo'ladi
2. Bo'yi - qanday yashadingiz. Mazmun. Umringizni ruhi deb atasak bo'ladi.

Yillar ko‘p bo‘lishi mumkin, lekin mazmun bo‘lmasa, ichingiz bo‘sh qoladi. Shuning uchun asosiy e’tiborni hayotni “bo‘yi”ni o'stirishga qaratish kerak. Chunki vaqtni ko‘paytira olmaysiz. Lekin har bir kunning sifatini oshira olasiz.
Agar kunlar bir xil o‘tsa: esda qolmaydi, rivoj bermaydi
Agar yangi tajribalar bo‘lsa: hayot “uzunroq” seziladi, xotiralar ko‘payadi

Bu psixologiyada tajriba boyligi (experiential richness) bilan bog‘liq.

Shaxsiy hayotda
Har kuni bir xil tartib. Ish - uy - telefon. Vaqt tez o‘tadi, lekin esda qolmaydi.
Agar:
- yangi joyga borsangiz
- yangi odam bilan gaplashsangiz
- yangi ko‘nikma o‘rgansangiz

kuningiz mazmunli bo‘ladi.

Rahbarlikda
Rahbar faqat eski usullar bilan ishlasa, jamoa o‘smaydi.
Agar:
- yangi yondashuv sinasa
- xodimlarga erkinlik bersa
- xatodan qo‘rqmasa

natija o‘sadi.

Ta’limda

O‘quvchi faqat kitob o‘qisa, bilim tor bo‘ladi.
Agar:
- loyiha qilsa
- savol bersa
- amalda sinasa

bilim chuqurlashadi.
👍29❤‍🔥15🔥9🤩1
Oflayn do'stlaring online loyihasidan seni mediadagi xilofching tufayli chetlab o'tishi yoqimli xis emas ekan...
🔥37👍8🥰6
Kontent

Siz har kuni kontent iste’mol qilasiz. Ko‘p qismi - yangi. Lekin eng foydali qismi ko‘pincha eski bo‘ladi.

Yangi kontent tez yetib keladi va e’tiborni tortadi. Siz yangiliklar, trend videolar va ijtimoiy tarmoqlarni tez-tez ko‘rasiz. Bu Sizni xabardor qiladi, lekin chuqurlik bermaydi.

Eski kontent
esa sekinroq o‘qiladi, lekin fikrni o‘zgartiradi. Kitoblar, klassik maqolalar va sinovdan o‘tgan g‘oyalar vaqt o‘tishi bilan qiymatini yo‘qotmaydi.

Bu yerda muvozanat muhim. Yangi - xabardorlik beradi. Eski - chuqurlik beradi.
Agar faqat qisqa videolar ko‘rsangiz, ko‘p narsa bilayotgandek tuyulasiz. Lekin amalda kam narsa o‘zgaradi. Agaz kitob o‘qisangiz, kamroq ma’lumot olasiz, lekin chuqurroq tushunasiz va qo‘llay boshlaysiz.

Ko‘p odamlar “yangi”ni “foydali” deb o‘ylaydi. Aslida esa ular boshqa narsa. Yangi kontent tez eskiradi. Chunki u ko‘pincha e’tibor uchun yaratiladi. Foydali kontent esa vaqt sinovidan o‘tadi. Bu bilimlar o‘n yildan keyin ham ishlaydi. Haqiqiy qiymat tezlikda emas, balki sifatda.

Kunlik kontentingizni ongli tanlang. Faqat oqimga ergashmang. Kun davomida vaqtni taqsimlash tavsiyasi:
- 30 daqiqa - kitob
- 15 daqiqa - chuqur maqola
- 15 daqiqa - yangilik yoki ijtimoiy tarmoq


Demak formula:
Bilim sifati = (Eski × Chuqurlik) + (Yangi × Xabardorlik)
👍37🔥3
Sport

Fanda spotlight effekti (spotlight effect) degan tushuncha bor. Ya’ni Siz o‘zingizni markazda deb o‘ylaysiz, lekin boshqalar buni deyarli sezmaydi.
Odamlardagi asosiy muammo - baholanishdan qo‘rquv. Bu holat
- “Nima deb o‘ylashadi?”
- “Kulib qo‘yishsa-chi?”
- “Yutqazsam-chi?”
Shu savollar odamni to‘xtatadi. Sport esa bu muammoga eng zo'r yechim hisoblanadi:
- Sizni boshqalar oldida xato qilishga o'rgatadi
- Sizni mag‘lubiyatga ro‘baro‘ qiladi
- Sizni qayta urinishga majbur qiladi
- asta sekin uyat hissi kamayadi
- chidamlilik oshadi
- o‘ziga ishonch paydo bo‘ladi


Odamlar Siz o‘ylagandek ko‘p e’tibor bermaydi. Ular o‘zlari bilan band
🔥43👍17❤‍🔥11
Ko'pchiligimiz shu bilan kasallanganmiz...
❤‍🔥17🔥9👍4
Siz qaysi “to‘lov”ga ko‘proq e’tibor berasiz?

Birinchi to‘lov - pul.
Bu ko‘rinadigan qism.

Ikkinchi to‘lov - vaqt.
Siz gaplashasiz, tushuntirasiz, kelishasiz.

Uchinchi to‘lov - obro‘.
Siz qanday muomala qilasiz, qanday so‘z turasiz, qanday odam sifatida esda qolasiz. Eng muhim qismi aynan shu oxirgisi. Chunki u keyingi barcha imkoniyatlarni ochadi.

Biznesda
Bir mijoz bilan ishlaysiz. Arzonroq qilib tez yopishingiz mumkin. Yoki biroz ko‘proq vaqt ajratib, sifatli xizmat berasiz. Birinchi variant tez pul beradi. Ikkinchi variant esa uzoq hamkorlik olib keladi.

Rahbarlikda
Rahbar vazifani tez yopishga urinadi. Lekin jamoaga e’tibor bermaydi. Natijada ish bajariladi, lekin ishonch kamayadi. Agar u odamlar bilan to‘g‘ri muomala qilsa: vaqt ko‘proq ketadi lekin jamoa mustahkam bo‘ladi

Bir uchrashuvda Siz tez chiqib ketishingiz mumkin. Yoki vaqt ajratib, diqqat bilan tinglaysiz. Ikkinchi holatda munosabat chuqurlashadi.

Ko‘p odamlar faqat birinchi to‘lovni ko‘radi. Ular narxga qaraydi va tez natijani xohlaydi. Lekin katta imkoniyatlar uchinchi to‘lovdan keladi. Obro‘ asta-sekin quriladi, lekin uzoq xizmat qiladi.

Siyratdan ham misol:
Payg'ambarimiz savdoda halollik bilan mashhur bo‘lganlar. U zot “Al-Amin” deb atalganlar, ya’ni ishonchli inson bo'lganlar. Bir kishidan Payg‘ambarimiz s.a.v. qarz oldilar va qaytarishni talab qilganda qattiqroq gapirdi. Sahobalar unga javob qaytarmoqchi bo‘lishdi. Lekin Payg‘ambarimiz s.a.v. dedilar: “Qo‘yinglar, haqqi bor odam gapiradi.” So‘ng qarzni yaxshiroq qilib qaytarishni buyurdilar. Natija: muomala - hurmat bilan bo‘ldi, obro‘ - yanada oshdi

Biroz ko‘proq vaqt ajrating. Biroz yaxshiroq muomala qiling. Bu Sizga qaytib keladi.

Dekak formula:
Qiymat = Pul + Vaqt + Obro‘
❤‍🔥17🔥11👍2🥰2
Ko'proq vs Kamroq

Hayotda hamma narsaga teng e’tibor berib bo‘lmaydi. Qayerga ko‘proq berilsangiz, natija o‘sha yerda paydo bo‘ladi. Shuning uchun to'g'ri tanlov hal qiluvchidir.

Ba’zi yo‘nalishlar bor, ularga berilgan vaqt va kuch Sizga qaytib keladi. Bu investitsiya. Yana shunday narsalar bor, ularga berilgan e’tibor Sizni charchatadi. Bu yo‘qotish. Farqni ko‘ra olsangiz, hayotingiz soddalashadi.

Qayerda ko‘proq berilish kerak?
- Sog'liq
:
Vaqt ajratsangiz, energiyangiz oshadi va boshqa hamma ish osonlashadi.
- Bilim:
Bilim va o‘rganishga e’tibor bersangiz, imkoniyatlaringiz kengayadi. Har kuni kichik o‘sish katta natijaga olib keladi.
- Munosabat
Yaqin munosabatlarga vaqt bersangiz, ichki tayanch paydo bo‘ladi. Bu Sizni qiyin paytda ushlab turadi.
- Reputatsiya (Maqom)
Obro‘ va ishonchni qursangiz, eshiklar ochiladi. Odamlar Siz bilan ishlashni xohlaydi.

Bu joylarda “ko‘proq berish” ortiqcha emas. Bu kelajak uchun qo‘yilgan sarmoya.


Qayerda kamroq e’tibor kerak?

- Odamlarni fikri
B
oshqalarning fikrini haddan tashqari o‘ylasangiz, o‘zingizni cheklaysiz.
- Perfektionizm
Mukammallik ortidan quvsangiz, ishni boshlash yoki tugatish qiyinlashadi.
- Maydalashish
Mayda detallar bilan band bo‘lsangiz, asosiy narsani yo‘qotasiz.
- Tortishuv
Keraksiz bahslarga kirsangiz, vaqt va energiya yo‘qotasiz.

Bu joylarda ortiqcha e’tibor Sizni sekinlashtiradi.

Shaxsiy hayotda

Siz sportga vaqt ajratasiz. Boshida qiyin, lekin keyin energiya beradi. Shu bilan birga, Siz ijtimoiy tarmoqdagi bahsga kirishasiz. Bu oson, lekin charchatadi.

Rahbarlikda

Rahbar jamoaga vaqt ajratadi. Tinglaydi, tushuntiradi. Natijada ishonch paydo bo‘ladi. Agar u faqat mayda xatolarni tuzatish bilan band bo‘lsa, jamoa soviydi.

Ta’limda

O‘quvchi asosiy tushunchani tushunsa, u uzoqqa boradi. Agar u faqat detallar ortidan quvsa, umumiy rasm yo‘qoladi.

Har bir tanlov ortida narx bor. Siz to‘g‘ri joyga “ha” desangiz, noto‘g‘ri joylarga “yo‘q” deyishga majbur bo‘lasiz. Shu qaror hayotingizni shakllantiradi.

Siyratda ham bunga juda ko'p ibratlar bor:
Muhammad s.a.v. dedilar: “Besh narsadan oldin besh narsani g‘animat bil...” Shulardan biri - sog‘liq. Bu bizga nimaga ko‘proq e’tibor berish kerakligini ko‘rsatadi.

Bir sahoba Payg‘ambarimiz s.a.v.dan nasihat so‘radi. U zot: “G‘azablanma” dedilar. Bu bir necha marta takrorlandi. Natija shuki, inson keraksiz bahslardan va ortiqcha reaksiyalardan o‘zini tiyadi. Bu esa energiyani saqlaydi.

Xulosa shuki, agar u Sizni kuchaytirsa, davom eting. Agar charchatsa, kamaytiring.

Demak formula:

Hayot sifati = To‘g‘ri joyga berilgan energiya
👍20🔥15❤‍🔥5🤩4
Boshlash vs Tugatish

Ikki turdagi ish bor. Ba’zi ishlar boshlash bilan foyda beradi. Ba’zilari esa faqat tugatilganda qiymat beradi. Shuni ajrata olsangiz, natijangiz keskin o‘zgaradi.

Birinchisi - boshlashning o‘zi foyda beradigan ishlar. Bu yerda harakatning o‘zi natija.
Ikkinchisi - tugatmasangiz foyda bermaydigan ishlar. Bu yerda natija faqat oxirida chiqadi. Muammo shundaki, ko‘p odamlar bu ikkalasini aralashtirib yuboradi.

Boshlash orqali foyda beradigan ishlar:
- Sport
Siz 1 soat mashq qila olmaysiz. Shuning uchun umuman boshlamaysiz.
5-10 daqiqa mashq qiling. Natijada: tana faollashadi, odat shakllanadi, davomiylik paydo bo‘ladi

- Kitob o‘qish
Siz “vaqtim ko‘p bo‘lsa o‘qiyman” deysiz. Kuniga 5 sahifa o‘qing. Natijada: fikr kengayadi, o‘qish odati paydo bo‘ladi

- Yozish:
Siz mukammal post yozmoqchisiz, lekin boshlamaysiz. Boshlanishga 3-4 gap yozing. Natijada: fikr ochiladi, yozish osonlashadi, qisqa matn ham fikringizni tiniqlashtiradi.

Bu yerda eng muhim narsa - davomiylik. “Amallarning eng yaxshisi - oz bo‘lsa ham davomli bo‘lganidir.” Bu boshlash turidagi ishlar uchun aniq qoida.

Tugatish orqali foyda beradigan ishlar:
- Online kurs yaratish
Siz 70% kurs yozdingiz. Lekin joylamadingiz. Natijada: daromad yo'q, 0 ta o‘quvchi
. Kursni oddiy holatda bo‘lsa ham chiqarib yuboring. Natijada: daromad boshlanadi, feedback keladi

- Kitob yozish
Siz yarim kitob yozdingiz. Natijada: hech kim o‘qimaydi, foyda yo‘q. Kamida birinchi versiyani tugating. Natijada: real mahsulot paydo bo‘ladi

-
Biznes kelishuvi
Siz mijoz bilan gaplashdingiz, lekin bitimni yopmadingiz. Natijada: vaqt ketdi, foyda yo‘q. Aniq taklif bering va yakunlang. Natijada: pul topiladi, aloqalar mustahkamlanadi

- Mas'uliyat
Natija faqat yakunda ko‘rinadi. Daryoning o‘rtasigacha ko‘prik qurish foyda bermaydi. Qiymatni olish uchun mas'uliyatni yakunlash kerak.

Bu yerda eng muhim narsa - yakun. Hudaybiya sulhida sahobalar qurbonlik qilishda ikkilanib qolishdi. Suyukligimiz. o‘zlari birinchi bo‘lib qurbonlikni amalga oshirdilar va soch oldirdilar. Natijada: ish yakunlandi, boshqalar ham darhol ergashdi. Bu yerda tugatishning kuchi ko‘rinadi.

Ko‘plarni xatosi, boshlash kerak joyda kutadi, mukammal vaqt izlaydi va kechiktiradi. Tugatish kerak joyda esa tez zerikadi va ishni yarim tashlab ketadi. Natijada ular ko‘p boshlaydi, lekin kam yakunlaydi. Boshlash ishlarida mukammallik zarar. Tugatish ishlarida esa mukammallik emas, yakun muhim. Siz “yaxshi boshlovchi” bo‘lishingiz mumkin. Lekin natija “yaxshi tugatuvchi”dan chiqadi. Har bir ishni boshlashdan oldin o‘zingizdan so‘rang:
- Bu ish boshlash bilan foyda beradimi?
- Yoki faqat tugatsamgina natija chiqadimi?


Agar birinchi tur bo‘lsa, darhol boshlang. Agar ikkinchi tur bo‘lsa, reja qiling va oxirigacha boring.
🔥30👍16❤‍🔥6🎉1
Ochiqlik vs Yopiqlik

Inson chaqaloq bo‘lib tug‘ilganda bosh suyagi to‘liq yopilmagan bo‘ladi.
Bu tug‘ilish jarayonini osonlashtiradi va ichidagi miyaning keyin kengayishiga imkon beradi. Hayotning dastlabki yillarida bosh suyagi to‘rt baravar kattalashadi. Agar suyaklar juda erta yopilsa - miya o‘sishi cheklanadi. Agar umuman yopilmasa - miya himoyasiz qoladi. Hayot ham xuddi shunday ishlaydi. Hayot muvozanat talab qiladi. Juda ochiq bo‘lsangiz - barqarorlik yo‘qoladi. Juda yopiq bo‘lsangiz - o‘sish to‘xtaydi. To‘g‘ri holat - ochiq ham, yopiq ham bo‘lish.

Shaxsiy hayotda:
Siz yangi fikrlarga yopiq bo‘lsangiz, o‘sish to‘xtaydi. Agar Siz hamma narsani qabul qilsangiz, aniq yo‘nalish yo‘qoladi. To‘g‘ri yo‘l:
- o‘rganishda ochiq bo‘ling
- qarorlarda prinsipli bo‘ling

Rahbarlikda
:
Rahbar faqat o‘z fikrida qolsa, jamoa rivojlanmaydi. Agar u har kimga ergashsa, tizim buziladi. To‘g‘ri yondashuv:
- g‘oyalarga ochiq
- qarorda qat’iy
👍26🔥19❤‍🔥6
Palov zo'r chiqishi uchun faqat guruch zo'r bo'lishi yetarli emas, faqat go‘shtni o'zi ham yetmaydi. Hammasi o‘z o‘rnida bo‘lishi kerak. Birgina ortiqcha tuz butun taomni buzadi. Hayot ham shunday: bilim, intizom, muhit, vaqt - hammasi birlashganda natija beradi. Bu - ko‘plab ingredientlarning to‘g‘ri nisbatda va to‘g‘ri tartibda bo‘lishi va aralashmani buzadigan narsalarning yo‘qligi.

Tarbiya ham xuddi shunday ishlaydi. Bolaga faqat nasihat yetmaydi, faqat mehr ham yetmaydi. Chegara, namuna, takror va muhit birga ishlaganda natija chiqadi. Birgina noto‘g‘ri signal - masalan, ota-ona aytganiga o‘zi amal qilmasa - butun ta’sirni susaytiradi.

Rahbarlikda ham bu qoida o‘zgarmaydi. Faqat strategiya bilan yutilmaydi, faqat motivatsiya bilan ham emas. Aniqlik, intizom, tizim va odamlar bilan munosabat uyg‘un bo‘lsa - jamoa ishlaydi. Birgina noto‘g‘ri qaror yoki adolatsiz muomala ishonchni pasaytiradi.

Ta’limda ham shunday. Faqat bilim berish yetarli emas. Tushuntirish, amaliyot, takror, fikrlash - barchasi birlashganda o‘quvchi o‘sadi. Faqat eshitgan bilim tez yo‘qoladi, tizimli o‘rganilgan bilim esa mustahkamlanadi.

Ibn Qayyim shunday deganlar: “Ilm amal bilan birga bo‘lmasa, foyda bermaydi.” Bu ham ayni shu fikrni ko‘rsatadi: elementlar birlashmasa, natija chiqmaydi.

Siyratda ham bu muvozanat aniq ko‘rinadi. Muhammad s.a.v. da’vatda hikmatni, sabrni, qat’iyatni va vaqtni birga qo‘llaganlar. Faqat bitta sifat emas, balki to‘g‘ri kombinatsiya natijani bergan.

Demak formula:

Muvaffaqiyat = (to‘g‘ri omillar × nisbat × tartib) - zararli odatlar
👍20🔥11❤‍🔥6