Hasankhoja Muhammad Sodiq
5.95K subscribers
517 photos
399 videos
9 files
771 links
Ustoz. Rahbar. Ota.
17 yil ta’limda, 4 yil boshqaruvda, 12 yil tarbiyada.
Sinf, maktab va uy — real tajriba maydonim.
Ta’lim, boshqaruv, tarbiya haqida yozaman.
Kitoblar, xatolar, suhbatlar, real keyslar.

P.s. Professional xatokor.
Download Telegram
O‘zing ham sezding.

- Qancha kech uhlama - bomdoddan oldin turish mumkin ekan.
- Nafsni tiyish mumkin ekan.
- Kam ovqat bilan ham qorin to‘yarkan.
- Bir mahal masjidga chiqish mumkin ekan.
- Tilni g‘iybatdan saqlash mumkin ekan.
- Asabni bosish mumkin ekan.
- Telefonni chetga qo‘yish mumkin ekan.
- Ikki soat Qur’on va ibodatga vaqt ajratish mumkin ekan.
- Ko‘proq sabr qilish mumkin ekan.
- Ko‘proq sukut qilish mumkin ekan.
- Ko‘proq sadaqa berish mumkin ekan.
- Ko‘proq ota-onaga yumshoq gapirish mumkin ekan.
- Ko‘proq istig‘for aytish mumkin ekan.
- ko'proq oilaga vaqt ajratish mumkin ekan

Va sen bularni bir kun emas. Bir hafta ham emas. Naq 30 kun davomida qilding

Demak masala “qila olmayman” emas, masala - bunga qanday munosabatda bo'lishimiz va e’tiborda ekan.
Ramazon seni o‘zgartirmadi. U senga kim bo‘la olishingni ko‘rsatdi.
Ramazon tugadi. Endi nima? Endi shu darajaning kamida 30 foizini saqlab qolsang ham - hayotingda baraka davom etadi. Hammasini saqlab qolish shart emas. Lekin bir qismini ushlab qolish mumkin. Qanday?

- Haftada ikki marta ro‘za (Dushanba, Payshanba)
- Kuniga kamida 1 kunlik qazo namozini ado qilish (20 rakat)
- Bomdoddan 20 daqiqa oldin turib 10 daqiqa tahajjud
- Haftasiga kamida 3 marta jamoat
- Har kuni kamida 1 sahifa Qur’on
- Har kuni ongli ravishda tilni g‘iybatdan saqlash
- Har oy barqaror sadaqa ajratish
- Haftada bir kun "family day"
- Ota-ona bilan yarim soat suhbat

"chellange": Ramazondagi o‘zingni nechchi foiz saqlab qola olasan?
Qarzoviy ustozning bir gapi chiroyli yakun bo'lar ekan: Ramazoniy emas, Rabboniy bo'laylik.

Demak formula:
Yangi hayot = Ramazon × 0.3
👍50❤‍🔥35🔥26🤩4
Boshlanishida har kimning ishi oddiy chiqadi.
Sababi oddiy: tajriba yo‘q, bilim yetarli emas, ko‘nikma hali shakllanmagan. Shuning uchun dastlabki ishlaringiz ko‘pincha o‘rtacha bo‘ladi. Bu ko‘pchilikka yoqmaydi. Odamlar nima deydi deb o‘ylaysiz. O‘zingizdan qoniqmaysiz, balki bu yo‘l meniki emasdir deb shubha qilasiz.
Sizga yagona yetishmayapgan narsa bu - jasorat
Jasorat bu:
- hali yaxshi bo‘lmasangiz ham davom etish
- tanqid bo‘lishi mumkinligini bilib ham ishlash
- natija qanday bo‘lishini bilmasdan ham harakat qilish

Siz orzu qilgan daraja hozir qilayotgan oddiy ishlaringiz ortida turibdi. Unga erishishning yagona yo‘li: hozir oddiy bo‘lishdan qo‘rqmaslik. Bu qoida hamma uchun bir xil ishlaydi.

Demak formula: Mohirlik = Takrorlash × √Jasorat
🔥27❤‍🔥14🤩4👍2🎉2
Yaxshi niyatlar hammamizda bor:
- yordam bermoqchi bo‘lamiz
- kimnidir maqtamoqchi bo‘lamiz
- biror yaxshilik qilmoqchi bo‘lamiz


Lekin ko‘pincha:
- keyinroq qilaman
- vaqt topganda qilaman
- yaxshiroq bo'lganida qilaman

deb ortga suramiz. Natija nima bo‘ladi? Ko‘pincha u ish umuman qilinmaydi.

Shuning uchun oddiy qoida:
yaxshi niyat paydo bo‘lsa - darhol amal qiling.
Ustozingizdan xabar olmoqchimisiz, borishga vaqtingiz yo'qmi, telefon qiling. Singlizni yo'qlamoqchimisiz, borishga ulgurmayapsizmi, xabar yozing.
- kichik yordam ham yordam
- qisqa xabar ham xabar
- ozgina sadaqa ham sadaqa


Demak formula:
Yaxshilik = Niyat × Tez amal
❤‍🔥25👍9🤩6🔥1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Ramazon 2026 dan esdalik
- ajoyib davra
- samimiy muhit
- qaynoq suhbat

P.s. Bir narsa o'ylantirdi. Deyarli hammamizni soqolimizga oq tushgan ekan...
🔥53❤‍🔥25🎉8👍4🤩2
Moslik

Baxt ichki moslikdan chiqadi.
Siz nima deysiz va nima qilasiz - shu ikkisi bir xil bo‘lsa, ichingizda xotirjamlik paydo bo‘ladi. Agar ular bir-biriga zid bo‘lsa, ichki ziddiyat boshlanadi.

Inson ichida qadriyatlar va harakatlar doim birga ishlaydi. Agar Siz halollikka ishonsangiz va halol yashasangiz, ichingiz tinch bo‘ladi. Agar ishonsangiz-u, lekin amal qilmasangiz, ichingizda bosim paydo bo‘ladi.

Bu holat psixologiyada kognitiv dissonans (cognitive dissonance) deyiladi. Ya’ni inson o‘z ishonchi bilan o‘z harakati mos kelmaganda, ichki noqulaylik sezadi.

Shaxsiy hayotda

Siz sog‘liq muhim deb o‘ylaysiz, lekin tartibsiz hayot kechirasiz. Natijada ichingizda noqulaylik paydo bo‘ladi va o‘zingizga bo‘lgan ishonch asta-sekin kamayadi.

Rahbarlikda

Rahbar halollik haqida gapiradi, lekin kichik yolg‘onlarga yo‘l qo‘yadi. Jamoa buni sezadi va ishonch yo‘qoladi. Rahbarning o‘zi ham ichki bosimni his qiladi.

Tarbiyada
Ota-ona bolaga kitob o‘qishni aytadi, lekin o‘zi telefon bilan band bo‘ladi. Bola so‘zga emas, amaliy harakatga qaraydi. Natijada tarbiya kuchsizlashadi.

Ichki moslik bo‘lmaganda inson asta-sekin charchaydi. Qaror qabul qilish qiyinlashadi, chunki ichida doim qarama-qarshilik bor. Vaqt o‘tib, inson yo o‘zini oqlashni boshlaydi, yo qadriyatlarini pasaytiradi. Shuning uchun muammoni tashqaridan emas, ichkaridan qidirish kerak.

Muhammad s.a.v. hayotlarida so‘z va amal bir xil edi. Shu sabab sahobalar ularga ishongan va ergashgan.

Demak formula
:
Baxt = Qadriyatlar × Harakatlar mosligi
🔥42❤‍🔥26👍7
Eng yaxshi ish shunday ish: Siz uni majburiyatdek emas, qiziqish bilan qilasiz. Vaqt tez o‘tib ketadi. Siz charchashdan ko‘ra zavq olasiz. Uning yana bir tomoni bor:
- boshqalarga foyda beradi
- muammoni hal qiladi
- qiymat yaratadi

Demak formula:
Ideal ish = Sizga zavq + Boshqalarga manfaat
❤‍🔥63🔥15🥰4🤩2👍1
Xato qachon tajribaga aylanadi?
Quyidagi shartlar bo‘lsa:
- boshdan kechgan narsani tan olasiz
- nima bo‘lganini tushunishga harakat qilasiz
- sabr qilasiz
- qalbingizni yopib qo‘ymaysiz
- yana harakat qilishga jur’at topasiz

Shu jarayon bo‘lsa, xato tajribaga aylanadi.
Agar bu bo‘lmasa, xato shunchaki og‘riq bo‘lib qoladi.

Demak formula:
Tajriba = Xato + Tahlil
❤‍🔥53🤩5🔥3🥰2👍1🎉1
Bugun ajralib turishning yo‘li faqat aqlli bo‘lish emas. Chunki aqlli odamlar juda ko‘p. Suniy intellekt ham ko'p javoblarni bermoqda. Haqiqiy ustunlik boshqa joyda:
- moslashuvchanlik
- odamlar bilan ishlay olish
- tez o‘rganish qobiliyati


Agar Siz moslashuvchan bo‘lsangiz:
- kerak bo‘lsa yangi ko‘nikmani tez o‘rganasiz
- bozor o‘zgarsa yo‘nalishni o‘zgartirasiz
- imkoniyatlarni tez ko‘rasiz


Natijada:
- vaqt ustidan nazorat paydo bo‘ladi
- tanlash imkoniyatlari ko‘payadi

Demak formula:
Eski model: Ustunlik = Bilim
Yangi model: Ustunlik = Moslashuvchanlik + Tez o‘rganish
❤‍🔥26🔥14👍7
Ba’zi qarorlar oqibatini tuzatish mumkin. Ba’zilari esa tuzatib bo‘lmaydi. Jeff Bezos bularni “Two-way door" va "One-way door decisions” deb tushuntirgan.

“Two-way door" qarorlar:
- yangi loyiha boshlash
- marketing strategiyasini sinash
- yangi metodni test qilish

Bunday qarorda tez harakat qilish foydali. Chunki oqiatini qayta ishlash mumkin

"One-way door" (qaytarib bo‘lmaydigan qaror)
- katta investitsiya
- strategik sheriklik
- reputatsiya bilan bog‘liq qaror

Bu qarorlarda sekin va chuqur o‘ylash kerak. Oqibati xavfli bo'lishi mumkin.
❤‍🔥26🔥12👍2
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Yangi podcast

Mavzu asosdan quyidagi 4 ta savol atrofida bo'ldi:
— Qaror qabul qilish (fikrlash)
— Vaqtdan samarali foydalanish
— Pul psixologiyasi (moliyaviy savodxonlik)
— To’g’ri kasb tanlash kabi mavzularda bo’ladi.


➡️ https://youtu.be/AACHil8QOio?si=0z5wUNegiYnZyPK9
➡️ https://youtu.be/AACHil8QOio?si=0z5wUNegiYnZyPK9
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔥10❤‍🔥4🤩2
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Bunisi ham yangi podcast

Suhbat yaxshi chiqibdi. O'zimga ham ma'qul keldi.

https://youtu.be/dhG64-Wjc0w
🔥15❤‍🔥8👍8🤩2
Essentialism

Ko‘pchilik kunini uzun "to-do list" bilan boshlaydi. Lekin hammasi ham zarur bo'lmaydi. Uni aniqlashning bir oddiy ususli bor: Agar bu ishni qilmasam, nima bo‘ladi? deb savol berish. Agar javobingiz:
- hech narsa bo‘lmaydi
- natijaga ta’sir qilmaydi

bo'lsa, uni ro'yhatdan o'chirib tashlasangiz bo'ladi. Natija beradigan ishlar esa juda kam.
Demak formula:
Bandlik ≠ Muhim ishlar
Muhim ishlar = Barcha ishlar − Keraksiz ishlar
❤‍🔥23🔥19
Agar inson bir sohaga qiziqsa, u yerda:
- ko‘proq vaqt o‘tkazadi
- ko‘proq mashq qiladi
- ko‘proq tajriba yig‘adi

Yillar o‘tadi. Natijada ikki narsa birlashadi: ichki qiziqish va yig‘ilgan ko‘nikma
Shu nuqtada bunday odam bilan raqobat qilish qiyinlashadi.
Chunki u majburan ishlamaydi. U qiziqib ishlaydi. Va qiziqqan odam odatda to‘xtamaydi.
Demak formula:
Ustalik = Qiziqish × Mashq × Vaqt
❤‍🔥30🥰16🔥12👍11🎉4
Forwarded from Abdulboriy Qodirov
Birga ishlashimiz mumkun

Loyihalarimizga(Dinay, Filigran inc, Massdar) birdaniga bir necha yo'nalishlarda ishlash uchun internship(shogirtlik) ochildi.

Kelajakda tadbirkor, manager, mutaxassis bo’laman, lekin hozir nima qilishni bilmayman deydiganlar uchun bu ideal imkoniyat.

Qiziq bo’lsa, forma to’ldiring. Birlamchi filterlarga mos kelsangiz yuzma-yuz suhbatlarga taklif qilamiz.

P.S. Tajriba shart emas, yurakda olov va til bilish yetarli.

@AbdulboriyQodirov
👍8❤‍🔥4🔥2
Balans

Muvaffaqiyat va mag‘lubiyat o‘rtasida balans kerak.
Doim yutaverish - o‘sishni to‘xtatadi
Doim yutqazish - motivatsiyani o‘ldiradi

Siz 10 ta urinish qilasiz: 8-9 tasi muvaffaqiyatli, 1-2 tasi mavaffaqiyatsiz.

Shunda:
- o‘zingizga ishonasiz
- harakatni davom ettirasiz
- lekin o‘sish uchun majbur bo‘lasiz

Bu psixologiyada optimal qiyinchilik (optimal difficulty) deb ataladi.

Misollar
1. Ta’lim
O‘quvchiga faqat oson test berilsa:
- u zerikadi
- rivojlanmaydi

Faqat qiyin test berilsa:
- tushkunlikka tushadi
- o‘qishni tashlashi mumkin


To‘g‘ri yondashuv:
ko‘p savollar - bajara oladigan, oz qismi - biroz qiyin

2. Rahbarlik
xodimga faqat oson vazifa berilsa - rivojlanmaydi
faqat og‘ir vazifa berilsa - kuyib ketadi (burnout)


To‘g‘ri yo‘l:
80% tanish ish, 20% yangi chaqiriq

3. Shaxsiy rivojlanish

Sportda:
- faqat yengil mashq - natija yo‘q
- haddan tashqari og‘ir mashq - jarohat

Inson juda oson narsada o‘smaydi, juda qiyin narsada sinadi
Eng katta o‘sish: ozgina qiynalayotgan joyda bo‘ladi

Muhammad s.a.v. hayotlarida ham bu muvozanat ko‘rinadi.
Makkadagi qiyinchiliklar sahoblarni sabrga o'rgatdi, Madinadagi yutuqlar shukr qilishga sabab bo'ldi.

Demak formula:
O‘sish = (Yutuq × Ishonch) + (Mag‘lubiyat × Saboq)
🔥27👍21❤‍🔥9🤩4
Imprivizatsiya qiling. Odatiylikdan qoching.

Bugun maktabimizda elektr o’chib qoldi. Generator orqali qayta uladik, ammo sovutish tizimiga kuchi yetmagani tufayli xonalar isishni boshladi.

Bu holatda bolalar lanjlashib darsni yaxshi o’zlashtira olishmaydi.

Yuringlar, faollar zalida dars o’tamiz deb pastga tushdik (chunki u yer salqin bo’ladi). Ammo u yerda boshqa sinf dars o’tayotgan ekan.

Shaxsiy kutubxonamga chiqib dars o’tamiz dedim. Sababi u xonada konditsioner bor va salqin edi. Bolalar xursand bo’lishdi.

Shinamgina xonamiz unchalik katta emas, 15 kishi, barchamiz sig’dik. Partalar ham yo’q. Davra qilib o’tridik.

Matematikadan “Ehtimollik nazariyasi” mavzusini bir amaliy misol bilan tushuntirdim va shu mavzuga oid bir o’yin o’ynadik. Bolalar juda qiziqib o’ynashgani uchun mavzuni juda zo’r tushunib olishdi.

Keyin mavzu kitob o’qishga burildi, ya’ni kitobni qanday o’qish kerak degan savolga ham amaliy yechim qildik.

Xonadagi hamma o’qigan “Savdogarlar ustozi” kitobini “Abdullohni uylanish sahnasi” yoritilgan 2-3 betini 15-20 daqiqa tahlil qilib berdim.

Bolalar zavq bilan eshitiayotgani ko’zlaridan sezildi. Miq etmay tinglashdi. O’qilgan ma’lumotlarni tahlil qilishni o’rganishdi.

Bir ro’yhatga oid kuchli 10 likka kiruvchi insonlarni so’radim, to’liq bilishmadi.
Shuni uyga vazifa qilib berdim.

Negadir darsimiz tez tugab qoldi…

P.s. shu kunlarni qumsadim
11.06.2024
❤‍🔥61👍33🔥27🤩1