Sizda bir gul bor ekan…
Har yili O‘zbekistonda taxminan 243 ming qiz maktabni bitiradi, ammo ularning katta qismi universitetda ta’limini davom ettirmaydi. Buning asosiy sabablaridan biri — erta turmush.
O‘zbek oilalarida qiz bola maktabni bitirgach, ko‘pincha sovchilar kelishni boshlaydi. Ko‘p hollarda ota-onalar tengi chiqsa qizini turmushga berishga rozi bo‘lishadi. Biroq ta’limning qiz bola uchun qanchalik muhim ekani hamisha ham yetarlicha anglanmaydi.
Shu holatdan kelib chiqib, Webster universiteti o‘ziga xos ijtimoiy tashabbus — “Ilm sovchilari” loyihasini amalga oshirdi. Loyiha an’anaviy sovchilik g‘oyasidan ilhomlangan bo‘lsa-da, uning maqsadi turmush emas, balki qizlarning ta’limini davom ettirishga yordam berish edi.
Loyiha doirasida universitet vakillari “ilm sovchilari” sifatida qizlarning uylariga borib, ota-onalari bilan suhbatlashdi. Ular qizlarning oliy ta’lim olishi qanchalik muhim ekanini tushuntirib, ularni universitetda o‘qishini davom ettirishga undashdi.
Shuningdek, loyiha doirasida ilmsovchilari.uz platformasi ham ishga tushirildi. Ushbu platforma orqali qizlar, agar ota-onalarini o‘qishni davom ettirishga ko‘ndira olmayotgan bo‘lsa, “ilm sovchilari”ni o‘z uylariga chaqirish imkoniyatiga ega bo‘lishdi.

❤🔥67👍51🤩26🔥21🎉3🥰1
Hayrat
Bolalar hayotdan zavq bilan yashaydi.
Chunki ular uchun hamma narsa "yangi", ilk bor sodir bo'ladi.
Kattalardagi hayratni qaytarishning oddiy yo‘li: yangi tajriba qo‘shish.
- yangi kitob janrini o‘qish
- boshqa davlat taomini tatib ko‘rish
- yangi sportni sinab ko‘rish
- boshqa soha haqida o‘rganish
- yangi joyga sayr qilish
Demak: Hayrat = Yangi tajribalar / vaqt
Matematiklar yuqoridagi formuladan kerakli xulosani chiqarib olishadi. Ammo qiynaladiganlar uchun kichik izoh berib o'taman.
1. Qancha ko‘p yangi tajriba bo‘lsa, shuncha ko‘p hayrat paydo bo‘ladi.
2. Hayrat hissi faqat yangi tajriba bilan emas, ular qanchalik tez-tez sodir bo‘layotganiga ham bog'liq
Masalan:
- har hafta yangi joy
- har oy yangi kitob janri
- har chorak yangi ko‘nikma
Shunda vaqt o‘tadi, lekin hayrat kamaymaydi.
Demak formula:
Hayot zavqi = Yangilik × Chastota

🔥29❤🔥16🤩6
Field Theory
Ko‘p ota-onalarda uchraydigan xato:
Ular farzandining xulqini o‘zgartirmoqchi bo‘lsa, doim bolaning o‘zini o‘zgartirishga urinadi.
- ko‘proq tanbeh beradi
- ko‘proq nazorat qiladi
- ko‘proq majburlaydi
Lekin muammo ko‘pincha bolada bo'lmaydi. Muammo muhitda bo‘ladi.
Agar bola har kuni quyidagi muhitda bo‘lsa nima bo‘ladi?
- ilmga qiziqadigan do‘stlar
- kuchli o‘qituvchilar
- tartibli tizim
- yuqori maqsadlar
Bu muhit bolaning xulqini asta-sekin o‘zgartiradi. Majburlashsiz.
Maktab yoshidagi farzandingiz uchun eng muhim qarorlardan biri: to‘g‘ri maktab tanlash. Chunki maktab faqat dars o‘tiladigan joy emas. Bu - do‘stlar shakllanadigan joy, odatlar paydo bo‘ladigan joy, maqsadlar paydo bo‘ladigan joy.
Farzandingiz kunining 6-8 soatini qayerda o‘tkazyapti?
- qanday muhitda
- qanday odamlar bilan
- qanday qadriyatlar ichida
Demak formula: xulq = shaxs + muhit

🔥31❤🔥14👍7🥰1
Yangi ish boshlamoqchi bo‘lgan odamni eng ko‘p o‘ylantiradigan narsa bu - xavotir. Bu tabiiy holat.
Lekin xavotirning o‘zi foyda bermaydi. Foyda beradigan narsa - tahlil qilish (analysis) va qaror qabul qilish (decision making).Ko‘p odamlar shu ikki jarayon o‘rniga doimiy xavotirni tanlaydi. Natijada muammo hal bo‘lmaydi. Faqat cho‘ziladi. Bu post shunday holatda o'zim qo'llaydigan usul haqida.
Jarayon uch bosqichdan iborat
- avval risklarni baholash
- keyin qaror qabul qilish
- qarordan keyin ortiqcha xavotirni to‘xtatish
Xavotirning ham o‘z vaqti bor.Avval o‘ylang:
- nima xavf bor
- eng yomon holat nima bo‘lishi mumkin
- uni qabul qila olasizmi
- oldini olish uchun nima qilsa bo‘ladi
Shundan keyin qaror qabul qiling.
Agar maqsad bunga arzisa:
- sabab qiling
- reja tuzing
- tavakkal qiling
Qarordan keyin yana qayta-qayta xavotir qilish foyda bermaydi. Bu faqat muammoga yana bitta muammo qo‘shadi.
Siyratda ham shu prinsip ko‘p ko‘rinadi: Suroqa voqeasi, Handaq jangi
Xavotir muammoni hal qilmaydi. Aks tasir qiladi.
To‘g‘ri tahlil va aniq qaror esa ko‘pincha yo‘lni ochadi.
Demak formula:
Muammo yechimi = Qaror × Harakat
Xavotir = O‘ylash − Qaror

👍22🔥9❤🔥1🤩1
Fitr sadaqasini berish esdan chiqmasin. Muddati: Hayit namozi o'qilgunicha. Oilani har bir a'zosiga alohida beriladi.
Fitr sadaqasining miqdori esa quyidagicha belgilandi:
2 kg bug‘doy – 10 ming so‘m;
2 kg bug‘doy – 12 ming so‘m;
4 kg arpa – 20 ming so‘m;
2 kg mayiz – 110 ming so‘m;
4 kg xurmo – 200 ming so‘m.
Har kim o‘z imkoniyatiga qarab ushbu besh mahsulotdan xohlagan biri yoki uning qiymatini fitr sadaqasi niyatida kambag‘alga bersa kifoya qiladi.
Agar haqdor topa okmasangizlar, manda nomzod bor
o'tkazib bersangizlar bo'ladi..
P.s. eng arzonini tanlamanglar.

👍19🥰6🔥5❤🔥2
O‘zing ham sezding.
- Qancha kech uhlama - bomdoddan oldin turish mumkin ekan.
- Nafsni tiyish mumkin ekan.
- Kam ovqat bilan ham qorin to‘yarkan.
- Bir mahal masjidga chiqish mumkin ekan.
- Tilni g‘iybatdan saqlash mumkin ekan.
- Asabni bosish mumkin ekan.
- Telefonni chetga qo‘yish mumkin ekan.
- Ikki soat Qur’on va ibodatga vaqt ajratish mumkin ekan.
- Ko‘proq sabr qilish mumkin ekan.
- Ko‘proq sukut qilish mumkin ekan.
- Ko‘proq sadaqa berish mumkin ekan.
- Ko‘proq ota-onaga yumshoq gapirish mumkin ekan.
- Ko‘proq istig‘for aytish mumkin ekan.
- ko'proq oilaga vaqt ajratish mumkin ekan
Va sen bularni bir kun emas. Bir hafta ham emas. Naq 30 kun davomida qilding
Demak masala “qila olmayman” emas, masala - bunga qanday munosabatda bo'lishimiz va e’tiborda ekan.
Ramazon seni o‘zgartirmadi. U senga kim bo‘la olishingni ko‘rsatdi.
Ramazon tugadi. Endi nima? Endi shu darajaning kamida 30 foizini saqlab qolsang ham - hayotingda baraka davom etadi. Hammasini saqlab qolish shart emas. Lekin bir qismini ushlab qolish mumkin. Qanday?
- Haftada ikki marta ro‘za (Dushanba, Payshanba)
- Kuniga kamida 1 kunlik qazo namozini ado qilish (20 rakat)
- Bomdoddan 20 daqiqa oldin turib 10 daqiqa tahajjud
- Haftasiga kamida 3 marta jamoat
- Har kuni kamida 1 sahifa Qur’on
- Har kuni ongli ravishda tilni g‘iybatdan saqlash
- Har oy barqaror sadaqa ajratish
- Haftada bir kun "family day"
- Ota-ona bilan yarim soat suhbat
"chellange": Ramazondagi o‘zingni nechchi foiz saqlab qola olasan?
Qarzoviy ustozning bir gapi chiroyli yakun bo'lar ekan: Ramazoniy emas, Rabboniy bo'laylik.
Demak formula:
Yangi hayot = Ramazon × 0.3

👍50❤🔥35🔥26🤩4
Hasankhoja Muhammad Sodiq
Fitr sadaqasini berish esdan chiqmasin. Muddati: Hayit namozi o'qilgunicha. Oilani har bir a'zosiga alohida beriladi. Fitr sadaqasining miqdori esa quyidagicha belgilandi: 2 kg bug‘doy – 10 ming so‘m; 2 kg bug‘doy – 12 ming so‘m; 4 kg arpa – 20 ming so‘m;…
Hisobot:
7.300.000 pul kelib tushdi.
Ikki haqdorga o'tkazib berildi.
Hayit ayyomingiz muborak bo'lsin...
7.300.000 pul kelib tushdi.
Ikki haqdorga o'tkazib berildi.
Hayit ayyomingiz muborak bo'lsin...
👍49🔥22🎉12
Boshlanishida har kimning ishi oddiy chiqadi.
Sababi oddiy: tajriba yo‘q, bilim yetarli emas, ko‘nikma hali shakllanmagan. Shuning uchun dastlabki ishlaringiz ko‘pincha o‘rtacha bo‘ladi. Bu ko‘pchilikka yoqmaydi. Odamlar nima deydi deb o‘ylaysiz. O‘zingizdan qoniqmaysiz, balki bu yo‘l meniki emasdir deb shubha qilasiz.
Sizga yagona yetishmayapgan narsa bu - jasorat
Jasorat bu:
- hali yaxshi bo‘lmasangiz ham davom etish
- tanqid bo‘lishi mumkinligini bilib ham ishlash
- natija qanday bo‘lishini bilmasdan ham harakat qilish
Siz orzu qilgan daraja hozir qilayotgan oddiy ishlaringiz ortida turibdi. Unga erishishning yagona yo‘li: hozir oddiy bo‘lishdan qo‘rqmaslik. Bu qoida hamma uchun bir xil ishlaydi.
Demak formula: Mohirlik = Takrorlash × √Jasorat

🔥27❤🔥14🤩4👍2🎉2
Yaxshi niyatlar hammamizda bor:
- yordam bermoqchi bo‘lamiz
- kimnidir maqtamoqchi bo‘lamiz
- biror yaxshilik qilmoqchi bo‘lamiz
Lekin ko‘pincha:
- keyinroq qilaman
- vaqt topganda qilaman
- yaxshiroq bo'lganida qilaman
deb ortga suramiz. Natija nima bo‘ladi? Ko‘pincha u ish umuman qilinmaydi.
Shuning uchun oddiy qoida:
yaxshi niyat paydo bo‘lsa - darhol amal qiling.
Ustozingizdan xabar olmoqchimisiz, borishga vaqtingiz yo'qmi, telefon qiling. Singlizni yo'qlamoqchimisiz, borishga ulgurmayapsizmi, xabar yozing.
- kichik yordam ham yordam
- qisqa xabar ham xabar
- ozgina sadaqa ham sadaqa
Demak formula:
Yaxshilik = Niyat × Tez amal

❤🔥25👍9🤩6🔥1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Ramazon 2026 dan esdalik
- ajoyib davra
- samimiy muhit
- qaynoq suhbat
P.s. Bir narsa o'ylantirdi. Deyarli hammamizni soqolimizga oq tushgan ekan...

🔥53❤🔥25🎉8👍4🤩2
Moslik
Baxt ichki moslikdan chiqadi.
Siz nima deysiz va nima qilasiz - shu ikkisi bir xil bo‘lsa, ichingizda xotirjamlik paydo bo‘ladi. Agar ular bir-biriga zid bo‘lsa, ichki ziddiyat boshlanadi.
Inson ichida qadriyatlar va harakatlar doim birga ishlaydi. Agar Siz halollikka ishonsangiz va halol yashasangiz, ichingiz tinch bo‘ladi. Agar ishonsangiz-u, lekin amal qilmasangiz, ichingizda bosim paydo bo‘ladi.
Bu holat psixologiyada kognitiv dissonans (cognitive dissonance) deyiladi. Ya’ni inson o‘z ishonchi bilan o‘z harakati mos kelmaganda, ichki noqulaylik sezadi.
Shaxsiy hayotda
Siz sog‘liq muhim deb o‘ylaysiz, lekin tartibsiz hayot kechirasiz. Natijada ichingizda noqulaylik paydo bo‘ladi va o‘zingizga bo‘lgan ishonch asta-sekin kamayadi.
Rahbarlikda
Rahbar halollik haqida gapiradi, lekin kichik yolg‘onlarga yo‘l qo‘yadi. Jamoa buni sezadi va ishonch yo‘qoladi. Rahbarning o‘zi ham ichki bosimni his qiladi.
Tarbiyada
Ota-ona bolaga kitob o‘qishni aytadi, lekin o‘zi telefon bilan band bo‘ladi. Bola so‘zga emas, amaliy harakatga qaraydi. Natijada tarbiya kuchsizlashadi.
Ichki moslik bo‘lmaganda inson asta-sekin charchaydi. Qaror qabul qilish qiyinlashadi, chunki ichida doim qarama-qarshilik bor. Vaqt o‘tib, inson yo o‘zini oqlashni boshlaydi, yo qadriyatlarini pasaytiradi. Shuning uchun muammoni tashqaridan emas, ichkaridan qidirish kerak.
Muhammad s.a.v. hayotlarida so‘z va amal bir xil edi. Shu sabab sahobalar ularga ishongan va ergashgan.
Demak formula:
Baxt = Qadriyatlar × Harakatlar mosligi

🔥42❤🔥26👍7
Eng yaxshi ish shunday ish: Siz uni majburiyatdek emas, qiziqish bilan qilasiz. Vaqt tez o‘tib ketadi. Siz charchashdan ko‘ra zavq olasiz. Uning yana bir tomoni bor:
- boshqalarga foyda beradi
- muammoni hal qiladi
- qiymat yaratadi
Demak formula:
Ideal ish = Sizga zavq + Boshqalarga manfaat

❤🔥63🔥15🥰4🤩2👍1
Xato qachon tajribaga aylanadi?
Quyidagi shartlar bo‘lsa:
- boshdan kechgan narsani tan olasiz
- nima bo‘lganini tushunishga harakat qilasiz
- sabr qilasiz
- qalbingizni yopib qo‘ymaysiz
- yana harakat qilishga jur’at topasiz
Shu jarayon bo‘lsa, xato tajribaga aylanadi.
Agar bu bo‘lmasa, xato shunchaki og‘riq bo‘lib qoladi.
Demak formula:
Tajriba = Xato + Tahlil

❤🔥53🤩5🔥3🥰2👍1🎉1
Bugun ajralib turishning yo‘li faqat aqlli bo‘lish emas. Chunki aqlli odamlar juda ko‘p. Suniy intellekt ham ko'p javoblarni bermoqda. Haqiqiy ustunlik boshqa joyda:
- moslashuvchanlik
- odamlar bilan ishlay olish
- tez o‘rganish qobiliyati
Agar Siz moslashuvchan bo‘lsangiz:
- kerak bo‘lsa yangi ko‘nikmani tez o‘rganasiz
- bozor o‘zgarsa yo‘nalishni o‘zgartirasiz
- imkoniyatlarni tez ko‘rasiz
Natijada:
- vaqt ustidan nazorat paydo bo‘ladi
- tanlash imkoniyatlari ko‘payadi
Demak formula:
Eski model: Ustunlik = Bilim
Yangi model: Ustunlik = Moslashuvchanlik + Tez o‘rganish

❤🔥26🔥14👍7
Ba’zi qarorlar oqibatini tuzatish mumkin. Ba’zilari esa tuzatib bo‘lmaydi. Jeff Bezos bularni “Two-way door" va "One-way door decisions” deb tushuntirgan.
“Two-way door" qarorlar:
- yangi loyiha boshlash
- marketing strategiyasini sinash
- yangi metodni test qilish
Bunday qarorda tez harakat qilish foydali. Chunki oqiatini qayta ishlash mumkin
"One-way door" (qaytarib bo‘lmaydigan qaror)
- katta investitsiya
- strategik sheriklik
- reputatsiya bilan bog‘liq qaror
Bu qarorlarda sekin va chuqur o‘ylash kerak. Oqibati xavfli bo'lishi mumkin.

❤🔥26🔥12👍2
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Yangi podcast
Mavzu asosdan quyidagi 4 ta savol atrofida bo'ldi:
— Qaror qabul qilish (fikrlash)
— Vaqtdan samarali foydalanish
— Pul psixologiyasi (moliyaviy savodxonlik)
— To’g’ri kasb tanlash kabi mavzularda bo’ladi.
➡️ https://youtu.be/AACHil8QOio?si=0z5wUNegiYnZyPK9

Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔥10❤🔥4🤩2
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Bunisi ham yangi podcast
Suhbat yaxshi chiqibdi. O'zimga ham ma'qul keldi.
https://youtu.be/dhG64-Wjc0w

🔥15❤🔥8👍8🤩2
Essentialism
Ko‘pchilik kunini uzun "to-do list" bilan boshlaydi. Lekin hammasi ham zarur bo'lmaydi. Uni aniqlashning bir oddiy ususli bor: Agar bu ishni qilmasam, nima bo‘ladi? deb savol berish. Agar javobingiz:
- hech narsa bo‘lmaydi
- natijaga ta’sir qilmaydi
bo'lsa, uni ro'yhatdan o'chirib tashlasangiz bo'ladi. Natija beradigan ishlar esa juda kam.
Demak formula:
Bandlik ≠ Muhim ishlar
Muhim ishlar = Barcha ishlar − Keraksiz ishlar

❤🔥23🔥19
Agar inson bir sohaga qiziqsa, u yerda:
- ko‘proq vaqt o‘tkazadi
- ko‘proq mashq qiladi
- ko‘proq tajriba yig‘adi
Yillar o‘tadi. Natijada ikki narsa birlashadi: ichki qiziqish va yig‘ilgan ko‘nikma
Shu nuqtada bunday odam bilan raqobat qilish qiyinlashadi.
Chunki u majburan ishlamaydi. U qiziqib ishlaydi. Va qiziqqan odam odatda to‘xtamaydi.
Demak formula:
Ustalik = Qiziqish × Mashq × Vaqt

❤🔥30🥰16🔥12👍11🎉4