Hasankhoja Muhammad Sodiq
5.95K subscribers
517 photos
399 videos
9 files
771 links
Ustoz. Rahbar. Ota.
17 yil ta’limda, 4 yil boshqaruvda, 12 yil tarbiyada.
Sinf, maktab va uy — real tajriba maydonim.
Ta’lim, boshqaruv, tarbiya haqida yozaman.
Kitoblar, xatolar, suhbatlar, real keyslar.

P.s. Professional xatokor.
Download Telegram
Kitob o‘qish o‘tmishingizni o‘zgartiradi desam, ishonasizmi?

Yaxshi kitob voqealarni o‘zgartirmaydi. Lekin ularni ko‘rish burchagingizni o‘zgartiradi.
Kecha mag‘lubiyat deb o‘ylagan narsangiz, bugun saboq bo‘lib ko‘rinadi.
O‘tmish o‘zgarmaydi. Lekin unga bergan xulosangiz o‘zgaradi.
🔥101👍23❤‍🔥16
Siz 93% odamlardan boyroqsiz

Pul bilan emas. Vaqt bilan.

Tarix davomida 108 milliard odam yashagan. Ularning 93% allaqachon vafot etgan.

Sizda shunday ne’mat bor-ki, har bir podshoh, fir’avn, hukmdor, CEO va mashhur inson butun boyligini berishga tayyor bo‘lardi:
Bugun.
🔥100❤‍🔥30🎉14👍9🤩2
Omadga "buyurtma" berish tajribasini ulashaman.

Omad tasodif kelmaydi. U ko‘pincha sizning obro‘yingiz natijasiga to'g'ri proporsional shaklda keladi.
Uni jalb qilishning sinalgan yo‘li - foydali sohada ishonchli mutaxassis bo‘lishdir.
- Vazifani vaqtida bajaring.
- Sifatni saqlang.
- Va’dangizni buzma
ng.

Faqat bir marta emas, doimiy qilishga harakat qiling.

Qayta-qayta qiymat yaratsangiz, odamlar sizni eslab qoladi. Keyingi safar kimdir ishonchli mutaxassis qidirsa, ular tasodifan emas, ongli ravishda sizni tanlaydi.

Obro‘ — magnitga o'xshaydi. U reklamasiz ham ishlaydi. Siz yo‘q paytingizda ham siz haqingizda gapiradi.

Bir sohada nom chiqarsangiz, munosib imkoniyatlar o‘zi keladi.
- Takliflar.
- Hamkorliklar.
- Tavsiyalar.
🔥65👍33❤‍🔥7🤩5
Hammamiz maqsad qo‘yamiz. Ko‘pchilik muvaffaqiyatsizlik sababini intizomdan ko‘radi. Ammo noaniqlik haqida o'ylab ham ko'rmaydi. Qandayligini tushuntiraman:

Masalan:
- Ijtimoiy tarmoqlarga kamroq kiraman
- Tejamkor bo‘laman
- Sog‘lomroq ovqatlanaman
- Kitob o‘qiyman


Chiroyli gaplar. Lekin noaniq.
- “Kami” nechta?
- “Ko‘proq” qancha?
- “Tez-tez” degani nima?


O‘lchanmaydigan narsa nazorat qilinmaydi. Nazorat qilinmagan narsa esa o‘smaydi. Noaniq niyat natija bermaydi.

Qanday bo‘lishi kerak?
Noaniq: Ijtimoiy tarmoqlarga kamroq kiraman
Aniq: Ijtimoiy tarmoqqa 20:00–8:00 oralig‘ida kirmayman.

Noaniq: Ko‘proq tejayman
Aniq: Har oy 500 dollar jamg‘araman.

Noaniq: Sog‘lom ovqatlanaman
Aniq: Shakar va gazli ichimlik ichmayman.

Farqni ko‘ryapsizmi?
Birinchisi - niyat. Ikkinchisi - tizim. Bu esa haqiqat
🔥43👍12❤‍🔥6🥰1🎉1
Qancha pul bizni erkin qiladi?

Eng katta boylik - har tong uyg‘onib: “Bugun nimani muhim deb bilsam, shunga vaqt ajrata olaman,” deya olishdir.

Odamlar ko‘proq pulni ko‘proq baxt beradi deb o‘ylashadi. Lekin baxtning eng umumiy ta’rifi bitta: Hayoting ustidan nazorat. Qachon ishlashni, qachon dam olishni, kim bilan vaqt o‘tkazishni va nimaga “yo‘q” deyishni o‘zing hal qila olish.

Mana shu - haqiqiy erkinlik.

Maosh miqdori ham, uyingning kattaligi ham, lavozimingning nufuzi ham vaqt ustidan nazorat berolmasa - ichki tinchlik bermaydi.

Pulning eng katta qudrati - narsalar sotib olish emas. Pulning eng katta qudrati - vaqt sotib olish.

agar pulingiz koʻp boʻlsa, maoshi kam boʻlsa ham, ish soati sizga maʼqul keladigan yoki uyingizga yaqin joydan ish topishingiz mumkin. Pulingiz koʻp boʻlsa, majbur boʻlganingizda emas, oʻzingiz istagan paytda nafaqaga chiqishingiz mumkin. Agar pulingiz sal koʻproq boʻlsa, ishdan boʻshatilganingizda toʻgʻri kelgan birinchi ishga kirib ketavermay, munosibini kutishga imkoniyatingiz yetadi, yaʼni to yangi ish topguningizcha qoʻlingizdagi mablagʻingiz sizga yetarli boʻladi. Vaqt va imkoniyat sotib olish uchun pulingizdan foydalanishingiz hayot tarzingiz uchun juda foydali. Hattoki qimmatbaho narsalar ham uning oʻrnini bosolmaydi.

Lekin bu yerda muhim bir nozik chiziq bor.

Pul - maqsad emas.
Pul - vosita.


Qadriyatimizda boylik - qo‘lda bo‘lishi kerak, qalbda emas. Sayyidimiz bizga boylikning asl mezonini o‘rgatganlar:
boylik molning ko‘pligi emas, qalbning to‘qligidir.

Agar pul seni vaqt egasiga aylantirsa - ne’mat.
Agar pul seni tashvish quliga aylantirsa - yuk.


Haqiqiy muvaffaqiyat - ko‘proq topishda emas, o‘zing uchun muhim narsalarga vaqt ajrata olishdadir.

- Farzand bilan sokin suhbat.
- Ilm o‘qish uchun tinch vaqt.
- Ota-onaga xizmat.
- Sog‘liqni asrash.
- Ibadatga xotirjam qalb.

Mana shular uchun vaqt bo‘lsa - bu boylik.

Oxir-oqibat pulning eng katta dividendi - erkin tanlov qilish imkoniyati.

Qolgan hamma narsa - shunchaki bezak. Bu yana bir bor haqiqat
🔥45👍19❤‍🔥11🎉3
Uzr kechiksa, umr qisqaradi

Ba’zan bitta “kechir” yillarni saqlab qoladi.
Ba’zan bitta sukut yillarni yo‘q qiladi.
- Orani sovitadi
- Qalbni qotiradi
- Masofani kattalashtiradi

Insonning qalbi og‘riqni eslab qoladi.
Uzr vaqtida aytilsa: og‘riq yumshaydi.
Uzr kechiksa: og‘riq xotiraga aylanadi.
Keyingimunosabatlar faqatgina mexanik bo‘lib qoladi.

Shuning uchun: Uzrni ertaga qoldirmang.
Vaqtida aytilgan uzr - umrni uzaytiradi.
🔥650❤‍🔥25👍6🎉2🤩1
Puli ko‘p ammo vaqti kam odamlar haqida haqiqat.

Yuqoridagi kimlar? Rahbarlar, qaror qabul qiluvchilar va top menejerlardir.

Idorani tark etganimiz bilan ish kunimiz hali tugamagan boʻladi. Biz muntazam ravishda oʻylaymiz, fikr yuritamiz, hisoblaymiz va baʼzan buning xuddi oxiri yoʻqdek tuyuladi.

Agar zavodda mashina qismlarini yig‘ayotgan bo‘lsangiz, ish qurollaringizni zavodda qoldirib ketasiz. Ish eshik ortida qoladi.

Ammo ish fikrlash va qaror qabul qilishga asoslangan bo‘lsa, ish qurolingiz - boshingiz. U esa sizni hech qachon tark etmaydi.
- Yo‘lda ham o‘ylaysiz.
- Tushlik payti ham o‘ylaysiz.
- Bolalarni uxlatayotganda ham o‘ylaysiz.
- Hatto tungi soat uchda uyg‘onib ketganingizda ham loyiha haqida fikr yuritasiz.


Ish soatingiz kam bo‘lishi mumkin. Lekin o‘zingizni xuddi haftasiga 7 kun, 24 soat ishlayotgandek his qilasiz. Avvalgi davrga qaraganda, vaqt ustidan nazoratimiz ancha kamaygan. Kamiga oilangiz ham sizdan noroziligi ortadi. Kam e'tibor uchun. "Uyda bo'lib uyda emassiz" kabi so'zlar ko'p aytiladi.

Odam o‘z vaqtini o‘zi xohlaganidek boshqara olsa, baxtliroq bo‘ladi. Puli ko‘p insonlarning baxtli emasligiga ajablanmasak ham bo‘ladi.

Xo‘sh, nima qilish kerak? Yechim oson emas. Har kim har xil. Lekin birinchi qadam oddiy: Odamni nima baxtli qiladi, shuni aniqlash kerak.

Karl Pillemer “Hayot uchun 30 saboq” kitobida minglab keksa insonlar bilan suhbatlashadi. Ulardan hayoti davomida o‘rgangan eng muhim saboq so‘raladi.
Javoblar hayratlanarli:
Hech kim: “Baxt uchun ko‘proq pul topish kerak”, demagan.
Hech kim: “Boshqalardan boyroq bo‘lish haqiqiy yutuq”, demagan.
Hech kim: “Faqat daromadi katta bo‘lgan ishni tanlang”, demagan.

Ular uchun qadrli narsalar boshqa edi:
- Do‘stlik.
- Yaxshi insonlar davrasi.
- Farzandlari bilan xotirjam va erkin o‘tgan vaqt.


Pillemer xulosa qiladiki:
“Farzandlaringizga pulingiz emas, o‘zingiz keraksiz. Ular sotib olingan narsalarni emas, siz bilan o‘tgan vaqtni eslab qolishadi.” Hayotni ko‘p ko‘rganlardan o‘rganing.

Pul sizga ko‘p narsa berishi mumkin. Agar u sizga vaqt ustidan nazorat bersa - bu eng katta in’omdir. Lekin u sizni oilangizdan, sakinatdan, ibodatdan uzoqlashtirsa endi u ne'mat emas, sinovga aylangan bo'ladi.
🔥1.07K❤‍🔥17👍17🤩1
Forwarded from Qadriyatim
Hayotingizni o'zgartirib yuboradigan savolni aytami?
Agar bugun sendagi hamma narsani olib qo‘yishsa va faqat kecha shukr qilgan narsalaringni qaytarishsa - qo‘lingda nima qolardi?
Balki endi shukr qilarsiz...?
👍1.78K🔥1.15K❤‍🔥34🤩1
Top universitetlarga tayyorlanish uchun ideal formula:
2 yil - chuqur konsentratsiya (ballni maksimal qilish)
3 oy - aqlli diversifikatsiya (qabul xavfini kamaytirish)
👍1.29K🔥276❤‍🔥52🤩1
Siz qaysi "boylik"da kambag'alsiz?

Ko‘pchilik boylikni faqat pul deb o‘ylaydi. Pul boylikning bir turi xolos.

1. Moliyaviy boylik - pulni qanday sarflashni tanlash imkoniyati.
- Trend bo‘lgani uchun emas, kerak bo‘lgani uchun sotib olish.
- Oylik kelishi bilan 0 ga tushmaslik.
- Ishni pul uchun emas, qadriyat uchun tanlay olish.

2
. Ijtimoiy boylik - kimlar bilan vaqt o‘tkazishni tanlash imkoniyati.
- Energiya beradigan muhitni tanlash.
- G‘iybat bor joydan chiqib keta olish.
- O‘sishga majbur qiladigan do‘stlarni tanlash.

3
. Vaqt boyligi - kuningni qanday o‘tkazishni tanlash imkoniyati.
- Ertalabni telefon bilan emas, reja bilan boshlash.
- Ish vaqtida ishlash, dam vaqtida dam olish.
- Har kuni kamida 1 soatni rivojlanishga ajratish.

4
. Aqliy boylik - e’tiboringni nimaga qaratishni tanlash imkoniyati.
- Bildirishnomalarni o‘chira olish.
- 30 daqiqa chalg‘imasdan ishlay olish.
- Boshqalarning hayoti emas, o‘z maqsading haqida o‘ylash.


5. Sog‘liq boyligi - tanani erkin ishlata olish imkoniyati.
- Dori ichmasdan kunni faol o‘tkaza olish.
- Zinadan nafas qisqarmay chiqish.
- Energiya bilan ishlash, charchoq bilan emas.


6. Ruhiy boylik - vaziyatga ongli munosabat bildirish imkoniyati.
- Tanqidga portlamasdan javob berish.
- Stressda ham qaror qila olish.
- Kechira olish va ichida saqlab yurmaslik.


7. Reputatsion boylik - ismingiz eshitilganda ishonch paydo bo‘lishi.
- Tavsiyasiz ham eshiklar ochilishi.
- “U aytdimi? Demak jiddiy” deyishlari.
- So‘z berganda, tekshirilmasdan qabul qilinishi.

8. Bilim boyligi - muammoni hal qila olish imkoniyati.
- Internetga qaram bo‘lmasdan fikr yurita olish.
- Yangi sharoitga tez moslashish.
- Pul yo‘q paytda ham qiymat yarata olish.


9. E’tibor boyligi - diqqatni boshqara olish imkoniyati.
- 1 soat telefonni qo‘lga olmaslik.
- Suhbatda ko‘z bilan tinglash.
- Keraksiz kontentni ongli rad etish.


10. Intizom boyligi - o‘zini boshqara olish imkoniyati.
- Reja bo‘lsa - bajarish.
- Kayfiyatga qarab ishlamaslik.
- Qisqa zavqni emas, uzoq foydani tanlash.


11. Tanishlar (networking) boyligi - sifatli aloqalar kapitali.
- Bir telefon bilan kerakli odamga chiqish.
- Ishonchli mentor borligi.
- Yordam so‘rash uyat bo‘lmasligi.


12. Qadriyat boyligi - aniq prinsiplar bilan yashash imkoniyati.
- Trend emas, prinsip asosida qaror qilish.
- Foydali bo‘lsa ham haromni tanlamaslik.
- Bosim ostida ham o‘zini yo‘qotmaslik.


13. Sabr boyligi - qisqa muddatli og‘riqqa chidab, uzoq muddatli yutuqni kutish imkoniyati.
- Tez natija kutmaslik
- Jarayondan chiqib ketmaslik
- Qiyinchilikni vaqtinchalik deb bilish


Boylik bu tanlay olishdir. Agar tanlay olmasangiz boy emassiz.

p.s. SIz yana qanday boylikni bilasiz?
👍3.12K🔥1.77K❤‍🔥30🥰1🎉1🤩1
Xodimlarning 3 darajasi: Bajaruvchi. Hal qiluvchi. Rivojlantiruvchi.

1-daraja - Bajaruvchi.
- Aytilgan vazifani bajaradi
- Belgilangan tartibdan chiqmaydi
- KPI bo‘yicha ishlaydi
- Mustaqil strategik qaror qabul qilmaydi
- Muammo ko‘rsa ham tashabbus kam ko'rsatadi. Jarayonni o‘zgartirish vakolati yo‘q

Real keys 1 - Maktab administratori
Bugun 30 ta ota-onaga qo‘ng‘iroq qilishi kerak.
Qo‘ng‘iroq qiladi. Ro‘yxatni to‘ldiradi. Hisobot topshiradi.
Lekin:
- Nega ba'zilar suhbatni tez yakunlayapti, shuni tahlil qilmaydi.
- Nega ba’zilar kelmadi, shuni so‘ramaydi.
- Skriptni yaxshilash haqida o‘ylamaydi.

Real keys 2 - SMM xodimi
“Haftasiga 3 ta post chiqarishi kerak.”
Post chiqadi. Reja bajariladi.
Lekin:
- Qaysi post ko‘proq saqlandi - qaralmaydi.
- Qaysi format ishladi - tahlil qilinmaydi.
- Kontentni yaxshilash taklifini bermaydi.


2-daraja - Hal qiluvchi.
- Oldindan o‘ylaydi.
- Muammo chiqishini kutmaydi. Oldini oladi.
- Jarayonni yaxshilaydi.
- Xatoni kamaytiradi.


Real keys 1 - O‘quv bo‘limi koordinatori

Har chorak oxirida ota-onalar baho bo‘yicha shikoyat qiladi.
U rahbar aytmasidan:
- Oraliq feedback tizimini joriy qiladi.
- O‘qituvchilarga 2 haftada bir mini-hisobot taklif qiladi.
Natijada: Chorak oxirida shikoyatlar kamayadi.

Real keys 2 - HR xodimi
Har yozda 2–3 o‘qituvchi ketishini ko‘radi. Kutib turmaydi. Oldindan:
- Qoniqish so‘rovnomasi o‘tkazadi.
- Muammoli joylarni aniqlaydi.
- Rag‘bat tizimini taklif qiladi.
- KPI tizimini ishlab chiqdi.
Natijada: Kadrlar almashinuvi kamayadi.


3-daraja - rivojlantiruvchi.
- Standartlar yaratadi.
- Natijani o‘lchaydi.
- “Bu yerda yana qanday o‘sish mumkin?” deb savol beradi.
- Bu biznes 3 yildan keyin qayerda bo‘ladi?

Real keys 1 - Marketing menejeri
Reklama yaxshi ishlayapti. Lekin shu bilan to‘xtamaydi. Tahlil qiladi:
- Eng kuchli o‘quvchilar qayerdan kelmoqda?
- Qaysi segment grant yutmoqda?
Shundan kelib chiqib:
- “Top university track” paketini ishlab chiqadi.
- Narxni premium formatga o‘zgartiradi.
Natijada: Daromad oshadi. Brend kuchayadi.

Real keys 2 - Akademik direktor
Darslar yaxshi ketmoqda. Lekin savol berdi:
- “Yaqin 5 yilda qaysi soft skill ga talab ortadi?”
- Ta'lim tendensiyasini kuzatadi.
- Yangi metadologik ilmiy ishlarni integratsiya qilishni o'ylaydi.
- Produktivlikni oshirish uchun EdTech larni joriy qiladi.
Natijada: Natijalar keskin yaxshilanadi. Maktab reytingi ko‘tariladi. Ketish kamayadi. Sodiqlik oshadi. Brend mustahkamlanadi. Reklama xarajati kamayadi. Organik oqim oshadi.

1-daraja - vazifani bajaradi. Unga aniq nizom kerak. Nazorat qilish kerak.
2-daraja - tizimni himoya qiladi. Unga vakolat va ishonch beriladi.
3-daraja - strategik rivojlantiradi. Unga erkinlik berilishi kerak. Maslahat kengashiga a'zo bo'ladi.

Yanada aniqroq tushunish uchun faqat bir xil keysda har uchchala daraja qanday ish qilishini ko'rib chiqamiz:
Har yil 10–15% o‘quvchi boshqa maktabga o‘tmoqda.
1-daraja nima qiladi? Ro‘yxatni yangilaydi.
2-daraja nima qiladi? Sababini so'rab aniqlaydi. Yangi paket va skript ishlab chiqadi.
3-daraja nima qiladi?
- Exit-intervyu tizimini yo‘lga qo‘yadi.
- Ketish sabablari bo‘yicha data chiqaradi.
- Referral tizimini ishga tushiradi.
- Eng past ROI berayotgan kanalni aniqlaydi.
- Ota-ona bilan oyiga 1 marta individual call tizimini yo‘lga qo‘yadi.

Kompaniyada bu hodimlarning nisbati qanday bo'lishi kerak?
Masalan 100 xodimlik maktab tarmog‘i quyidagidek bo'lishi kerak:
- 70–75 ijrochilar (ustozlar, administratorlar, farrosh, qoravul, kassir)
- 15–18 boshqaruvchilar (head teacherlar, bo'lim rahbarlari, HR, marketing)
- 5–7 strategik rahbarlar (tasischi, direktor, CEO, COO, CFO, Quality control)


Bu yerda eng muhim narsa:
Agar 2-daraja kuchli bo‘lsa - direktor strategiya bilan shug‘ullanadi. Bu yerda tizim muhim bo‘ladi. 3-daraja ko‘payib ketishi xavfli. Xarajat oshadi.

Agar 2-daraja zaif bo‘lsa - direktor operatsion ishga botadi. Natijada:
Direktor hammasini o‘zi qiliadi. Charchaydi. Tizim o‘smaydi.

Bizda ko'p uchraydigan eng havfli nisbat:
Ko‘p 1-daraja. Zaif 2-daraja. Bitta kuchli 3-daraja
👍2.74K🔥1.2K❤‍🔥4🤩2🥰1🎉1
Rahbarning eng katta xatosi - noto‘g‘ri ish qilishi emas.
Eng katta xato - to‘g‘ri, lekin kichik ishlar bilan band bo‘lib qolishidir. Rahbarni o'zi 3 ta vazifasi bor:
- Operatsiya
- Takomillashtirish
- O‘sish

Agar rahbar operatsiyadan chiqolmasa - tashkilot hech qachon undan yuqori o‘sib ketmaydi.
Afsuski ko‘pchilik 1-vazifada qolib ketadi. Agar vaqtingni juda ko‘p “yaxshi” ishlar bilan to‘ldirsang, “buyuk” ishlar uchun joy qolmaydi. Muammo shunda: Yaxshi ishlar yomon ko‘rinmaydi. Ular foydali. Ular to‘g‘ri. Ular o‘zini oqlaydi. Ammo opportunity cost'i qimmat hisiblanadi`

Opportunity cost - bu bir tanlov qilganingda, boshqa eng yaxshi imkoniyatdan voz kechish narxi.

Oddiy qilib aytganda: Bir narsani tanladingmi - boshqasini yo‘qotding.

Tushuntirishga harakat qilaman: Tasavvur qil, qo‘lingda bitta stakan bor. Uni suv bilan to‘ldirding. Endi choy quyolmaysan.

Stakan - vaqting.
Ichidagi suv - tanlagan ishing.
Quyilmagan choy - opportunity cost.


yoki: Bir sotix yerga kartoshka ekding. Demak o‘sha yerda gilos o‘smaydi.

Kartoshkani tanlash - qaror.
Gilosdan voz kechish - opportunity cost.


Opportunity cost - bu tanloving ko‘rinmaydigan narxi. Endi Opportunity cost’ni hayotiy keyslar bilan ko‘raylik.

1-keys. Maktab direktori
Direktor har kuni:
- hujjat tekshiradi
- ota-ona bilan mayda masalalarni hal qiladi
- o‘qituvchilarning jadvalini qo‘lda tuzatadi
Hammasi kerakli ish. Lekin 6 oy o‘tadi. Maktabda tizim o‘zgarmaydi. Strategiya yo‘q. KPI yo‘q. Sifat nazorati yo‘q. Sababi u band edi.
Opportunity cost: Mayda “yaxshi” ishlar strategik “katta” ishni yeb qo‘ydi.

2-keys. O‘qituvchi
Ustoz har kuni 3 soat Telegram’da o‘quvchilarga alohida javob beradi. Mas’uliyatli. Mehribon. Lekin shu vaqtni:
- umumiy video tushuntirishga
- test baza yaratishga
- yangi metodika o'rganishga sarflasa edi.
Opportunity cost: Zo'r ustoz bo'lish imkonini sekinlashtirish

3-keys. Tadbirkor
- Biznes egasi har bir mijoz bilan o‘zi gaplashadi.
- Har bir dizaynni o‘zi tasdiqlaydi.
- Har bir kichik qarorni o‘zi qiladi.
Natijada: Biznes o‘sishi sekinlashadi. Nega? Chunki u operatsiyada qolib ketgan. Strategiyaga chiqmagan.
Opportunity cost: Nazorat hissi o‘sish imkoniyatini almashtirdi.

4-keys. Shaxsiy hayot
Bir odam doim “foydali” ishlar bilan band:
- serial ham “inglizcha”
- podcast ham “motivatsion”
- kitob ham “yaxshi”
Lekin 3 yil o‘tadi. Bir katta mahorat shakllanmagan. sababi amaliyot yo'q. Faqat nazariya
Opportunity cost: Mayda foydalar mutaxassilikni almashtirdi.

- Har kuni mayda operatsion ishlar bilan band bo‘lish.
- Har bir xabarga darhol javob berish.
- Har uchrashuvga qatnashish.
- Har taklifni qabul qilish.
Bular yomon emas.

Shu vaqtni strategiyaga ajratsang nima bo‘lardi? Tizim qurishga ajratsang nima bo‘lardi Eng muhim bo'lgan 20% ishga ajratsang nima bo‘lardi?

Har “ha” deganingda, nimagadir “yo‘q” deyapsan. Ba’zan muvaffaqiyatning dushmani - muvaffaqiyatsizlik emas. O‘rtacha yaxshi ishlar bilan band bo'lib qolishdir.
🔥3.05K👍2.97K❤‍🔥6🎉5🥰2🤩2
Uch yuz ming dollar turadigan mashinani boshqarayotgan odam boy ko‘rinishi mumkin. Ammo uning boyligi haqida siz biladigan yagona narsa shuki - mashina sotib olingach, uning mablag‘i uch yuz ming dollarga kamaygan. Ehtimol, qarzi yuz ming dollarga oshgandir. Siz shuni bilasiz, xolos.

Biz boylik haqida ko‘rganlarimizga asoslanib hukm qilamiz. Chunki faqat ko‘z oldimizdagi narsani ko‘ramiz. Odamlarning hisob-raqamlarini, jamg‘armalarini yoki real daromadlarini ko‘ra olmaymiz. Shuning uchun boylikni tashqi belgilar orqali o‘lchaymiz - mashina, uy, Instagram’dagi suratlar.

Zamonaviy kapitalizm go‘yo moliyaviy maqsadlaringizga yetishda yordam berayotgandek tuyuladi. Aslida esa boylik ko‘z bilan ko‘rinmaydigan narsalarda mujassam. Ammo biz ko‘rmagan narsani qabul qila olmaymiz.

Xonanda Rianna haddan ortiq pul sarflagani sabab deyarli bankrotlikka yuz tutgan va maslahatchisini sudga bergan. Maslahatchining javobi shunday bo‘lgan: “Katta miqdorda pul sarf qilaverishi oqibatida oxiri qo‘lida pullari emas, o‘sha xarid qilgan narsalari qolishini bilmasmidi?”

Javob kulgili tuyulishi mumkin. Ammo haqiqat shuki - yo‘q, bilmagan. Ko‘pchilik bilmaydi. Odamlar “Millioner bo‘lishni xohlayman”, deyishadi. Aslida esa “Millionlab dollarlarni sarflashni xohlayman”, demoqchi bo‘lishadi.

Investor Bill Menn iqtibosi eng zo'r tarifni bergan: “Chiroyli narsalar sotib olish, ko‘p pul sarflash insonga o‘zini boydek his qilish imkonini beradi. Ammo boy bo‘lishning yagona yo‘li o‘zingizda bor pulni ishlatish, yo‘g‘ini emas.”

Boy va badavlat o‘rtasida farq bor. Bu farqni tushunmaslik moliyaviy xatolarga olib keladi.

Boy - yuqori daromad topayotgan odam. Masalan, 100 000 dollarlik mashina egasi. Ehtimol, u mashinani qarzga olgandir, ammo bo‘lib to‘lash uchun yetarli oyligi bor. Dang‘illama uy egalari ham shunday. Ularni ko‘rish oson. Ular ko‘rinadi.

Badavlat esa ko‘pincha yashirin bo‘ladi. Uning daromadi ortiqcha narsalarga deyarli sarflanmaydi. Boylik bu yerda hali ishlatilmagan imkoniyatdir. U sizga tanlov beradi va vaqt o‘tishi bilan o‘sadi. Natijada bugun qurbingiz yetgan narsadan ko‘ra ertaga ko‘prog‘iga ega bo‘lishingiz mumkin.

Bu parhez va mashqqa o‘xshaydi. Odamlar mashq qilganda yo‘qotgan kaloriyalarini ortiqcha baholashadi va yo‘qotganidan ikki barobar ko‘proq yeyishadi. Ya’ni mashqning samarasini o‘zlari yo‘qqa chiqarishadi.

Ko‘proq ishlab, ko‘proq sarflash ham shunga o‘xshaydi.

Ikkinchi toifa - badavlatlar - iste’molni kamaytiradi. Bu qiyin. Nazorat talab qiladi. Ammo aynan shu farq kelajakdagi imkoniyatni kengaytiradi.

Muammo shundaki, birinchi toifadagilar ko‘rinadi va havas uyg‘otadi. Ikkinchi toifadagilar esa ko‘rinmaydi. Biz ularning mashinasini ko‘ramiz, lekin jamg‘armasini ko‘rmaymiz. Ularning uyini ko‘ramiz, lekin aslida qaysi uyga qurbi yetishini bilmaymiz.

Ko‘pchilik ich-ichidan badavlat bo‘lishni xohlaydi. Chunki ular pul beradigan erkinlikni istaydi. Ammo pulni ishlatish kerak degan qarash ongimizga chuqur singgan. Cheklovlarsiz badavlat bo‘lish mumkin emasligini tushunmaymiz.

1970-yilda neft zaxiralari tugayapti deyishgan. Ammo hozirgacha tugamadi. Neft yangi konlar sabab emas, balki energiya tejovchi texnologiyalar sabab tugamadi. Dunyo ko‘proq topgani uchun emas, kamroq ishlatgani uchun “boy” bo‘lib qoldi.

Boylik ham shunday. Ko‘proq topish emas, kamroq sarflash - badavlatlikning asosi.
❤‍🔥33🔥24👍14🎉2🤩1
Psixologiyada “ambiguity effect” degan tushuncha bor.

Qisqa ma’nosi - noaniqlik inson ongini ko‘proq bezovta qiladi.

Masalan:
Bir inson sizga qattiq gap aytsa - og‘riydi.
Lekin kimdir sizdan sukut bilan uzoqlashsa, ko‘pincha undan ham ko‘proq og'ritadi.

Chunki inson miyasi darrov javob izlay boshlaydi:
- Nega bunday bo‘ldi?
- Men nima xato qildim?
- U aslida nimani demoqchi edi?


Ko‘pincha biz yaqinlarimizni aytgan gaplarimiz bilan emas, aytmay qolgan gaplarimiz bilan ko‘proq ranjitamiz.

Aytilgan gapning shakli bor.
Uni eshitasiz, tushunasiz.
Eng muhimi - agar xato bo‘lsa, uzr so‘rash imkoniyati ham bor.

Aytilmagan gap esa tasavvur bilan to‘ldiriladi.

Yaqiningiz:
- taxmin qiladi
- gumon qiladi
- o'zgacha talqin qiladi


Natijada aytilmagan gap ba’zan haqiqatdan ham og‘irroq bo‘lib tuyuladi.
Uni uzr bilan ham to‘ldirish qiyin. Chunki go‘yoki uzr so‘rashga sabab ham yo‘qdek tuyuladi.

Lekin bu yerda yana bir nozik jihat bor.

Ba’zan aytilgan og‘ir so‘z ham yillar davomida og‘riq qoldiradi.

Demak:
- Ba’zi gaplar aytilmasligi kerak
- Ba’zi gaplar esa aytilmay qolmasligi kerak

Masalan, biz ko‘pincha quyidagi gaplarni ichimizda saqlab qolamiz:

Adajon - siz mening qahramonimsiz

Onajon - sizni juda yaxshi ko‘raman

Ukam - sen bilan faxrlanaman

Aka - sizni doim hurmat qilganman

Singlim - yaxshi ham borsan

Gulim - hayotimda borliging uchun rahmat

O‘g‘lim - senga ishonaman

Qizim - sen mening
g‘ururimsan

Do‘stim - sen mening qiyomatli do‘stimsan

Xodimimga - bir jamoada ekanligimizdan xursandman

Shogirdimga: sendan umidim katta...

Ba’zan eng muhim gaplar - aynan aytilmay qolgan gaplar bo‘ladi.

P.s. Shu post orqali men ham yaqinlarimga ichimda qolib ketgan izhorlarni yozib qo‘ydim.
❤‍🔥46🔥28🤩16👍13🥰3
Hasankhoja Muhammad Sodiq pinned «Psixologiyada “ambiguity effect” degan tushuncha bor. Qisqa ma’nosi - noaniqlik inson ongini ko‘proq bezovta qiladi. Masalan: Bir inson sizga qattiq gap aytsa - og‘riydi. Lekin kimdir sizdan sukut bilan uzoqlashsa, ko‘pincha undan ham ko‘proq og'ritadi.…»
Hayotdagi natijalarni 3 omil belgilaydi:

1. Omad (tasodiflar, vaqt, joy, odamlar)
2. Strategiya - (tanlovlar)
3. Harakat (har kuni nima qilishing)

Shulardan faqat 2 tasi senga bog‘liq. Omad - nazoratda emas. Strategiya va harakat - qo‘lingda.

Omad - tasodif.

Kim bilan uchrashib qolding. Qaysi davrda tug‘ilding. Bozor qachon o‘zgardi. Buni boshqara olmaysan. Lekin tayyor bo‘lishni boshqara olasan. Omad keladi. Ammo unga tayyormisan?

Strategiya - tanlov
Qaysi yo‘nalishni tanlading? Qaysi bozorga kirding? Qaysi ko'nikmani rivojlantiryapsan?
Yaxshi harakat + noto‘g‘ri strategiya = o‘rtacha natija.
O‘rtacha harakat + to‘g‘ri strategiya = yaxshi natija.


Harakat
Har kuni qilayotgan ishlaring:
- o‘qish
- yozish
- mashq
- tizim qurish
- tahlil qilish

Omad nazoratda emas. Lekin strategiya + odat uni ehtimolini oshiradi. Masalan:
- Kuchli portfel qilasan - imkoniyat kelganda tayyorsan
- Tarmoq qurib borasan - to‘g‘ri odam bilan uchrashish ehtimoli oshadi
- Reputatsiya yaratasan - chaqirishadi


Agar 2 tasini mukammallashtirsang, 3-chisini o‘zing tomonga og‘dirasan.
❤‍🔥27👍15🔥8
Narrativ - ichki identifikatsiya.

Narrativ
- bu o‘zing haqingda ichingda aytib yuradigan hikoya. Bu voqealarning o‘zi emas. Ularni qanday talqin qilishing.

Ichki identifikatsiya - bu “men kimman?” degan savolga ichingdagi javob. Sodda qilib aytsam: Sen o‘zingni qanday tasvirlasang, asta-sekin o‘sha odamga aylanasan.
Agar ichingda doim: “Men omadsizman” desang - har voqeada omadsizlikni ko‘rasan.

Yosh o‘tgan sari bir narsani sezasan:
Odamlar hayotidan ko‘ra, o‘zlari haqida aytadigan hikoyalari bilan yashaydi.
Kimdir har doim jabrdiyda. Har safar - kimdir uni tushunmagan. Kimdir unga adolatsizlik qilgan.

Kimdir esa har doim qahramon. U doim to‘g‘ri gapni aytgan. Eng aqlli javobni u bergan.
Yana boshqasi — doim “aqlli”, doim “haq”, doim “boshqalardan ustun”.

Bu tasodif emas. Qanday hikoya aytsang, asta-sekin o‘sha odamga aylanasan.
Sen voqeani shunchaki eslamaysan. Uni talqin qilasan. Talqin esa xarakter yasaydi.

Agar har voqeada o‘zingni qurbon sifatida ko‘rsatsang - miya shuni qabul qiladi: “Men doim jabrdiydaman.”
Agar har safar o‘zingni mas’uliyatli, sabrli, kuchli deb hikoya qilsang - shu sifatlar mustahkamlanadi.
❤‍🔥30🔥12👍4
Boshlash qiyin.
Davom ettirish undan ham qiyin.
Natijaga aylantirish undan ham qiyin.
Natijani takror qilish undan ham qiyin.
Natijani barqaror saqlash undan ham qiyin.
Yuqoridagilar o'xshaganida kibrga berilmaslik undan ham qiyin.
Demak: Boshlash eng osoni ekan.
Boshlang)
🔥103❤‍🔥42👍29🎉1
Biz maktabda bolalarga nimani o‘rgatamiz? 2+2=4. Poytaxtlar. Formulalar.
Bular albatta kerak. Lekin yana bir savol bor: Biz ularga o‘zlarini kim ekanini o‘rgatyapmizmi?
- Sen oddiy emassan.
- Sen nusxa emassan.
- Sen takrorlanmaydigan mavjudotsan.

Million yillar ichida sening aynan o‘zing kabi hech kim bo‘lmagan. Keyin ham bo‘lmaydi.
Ichingda imkoniyat bor. Ijodkor bo‘lish imkoniyati. Kashfiyot qilish imkoniyati. Yetakchi bo‘lish imkoniyati. Chunki bola o‘zini qanday ko‘rsa shunday yashay boshlaydi. Agar u o‘zini kichik deb bilsa, kichik yashaydi. Agar u o‘zini iqtidorli deb bilsa, mas’uliyatni his qiladi. Haqiqiy ta’lim o‘z qadrini va boshqaning qadrini anglatishdir.
🔥57❤‍🔥28👍20🥰2🤩2
Kuzatuvlarimda sezganim, kuchli o‘quvchi bilan oddiy o‘quvchi o‘rtasidagi farq ko‘pincha qobiliyatda bo'lmaydi. O'rganish jarayoniga bo'lgan munosa­batda ko'rinadi.

Ba’zilar uchun:
- 2 soat uy ishini ishlash - qiyin
- Qayta-qayta test yechish - charchatadi.
- Erta turib
self study qilish - zerkarli..

Yuqori natija qiladigan o‘quvchi esa boshqacha o‘ylaydi.
- U ko'proq ishlashdan urinmaydi
- Murakkab savol
larni chaqiriq deb biladi.
- Qiyin mavzu
da o‘zini sinashdan qochmaydi.

Boshqalar unday “qanday chidaysan?” deb so'rashsa, u “faqatgina yoqtiraman” deydi.
Sababi ular o'z mehnatini qurbonlik deb hisoblamaydi.
👍49❤‍🔥29🔥19
Shukrga mikroskop bilan qarash kerak. Teleskop bilan emas. Uzoqdagini ko'raman deb, yoningizdagini unutib qo'yasiz...

Keling, faqat bitta holatni mikroskopda ko‘raylik.

Bugun saharlikka turdingiz. Oddiy holat. Har kuni takrorlanadi.
Lekin mikroskop bilan qarasak, bu oddiy emas. Tahlil qilamiz:

1. Ro'za tutish ne'mati
- Dunyoda taxminan 8 milliard odam bor.
- Musulmonlar soni taxminan 2 milliard


2. Saharligingizga yetarli ovqat va suv bor
- taxminan 735 million odam ochlik bilan yashaydi.
- 2.2 milliard odam xavfsiz ichimlik suviga to‘liq ega emas.

3. Yaqinlaringiz bilan ovqatlanish ne'mati
- 120 milliondan ortiq odam urush yoki ofatlar sabab uyini tark etishga majbur bo‘lgan. Ularning ko‘pi oilasidan ajralgan.

4. Uyg‘onish ne’mati

- Har kuni taxminan 160-170 ming odam vafot etadi.

- Ular bugungi tongni ko‘ra olmadi.

5. Hotirjam ro‘za tutish
- taxminan 2 milliard odam urush, zo‘ravonlik yoki beqaror hududlarda yashaydi.
- Ko‘p joylarda ibodatni xotirjam qilish ham qiyin.

6. Sog'liq ne'mati. Saharlikka o‘zingiz turdingiz.
- taxminan 1.3 milliard odam jiddiy nogironlik bilan yashaydi.
- ko‘pchiligi oddiy kundalik ishlarni ham mustaqil bajara olmaydi.


7. Uy ne’mati. Saharlikni uyda qildingiz.
- taxminan 150 million odam uysiz.
- Yana 1.6 milliard odam yaroqsiz yoki vaqtinchalik uyda yashaydi.

8, Elektr va yorug‘lik ne’mati Saharlikni yorug‘likda qildingiz.
- Dunyoda taxminan 675 million odam elektr energiyasiga ega emas.

9. Xavfsizlik ne’mati. Saharlikni qo‘rqmasdan qildingiz.
- 473 milliondan ortiq bola urush hududlarida yashaydi.

Demak formula:
Ne'mat = E’tibor × shukr
🔥82❤‍🔥60🎉19👍13