Hasankhoja Muhammad Sodiq
5.95K subscribers
517 photos
399 videos
9 files
771 links
Ustoz. Rahbar. Ota.
17 yil ta’limda, 4 yil boshqaruvda, 12 yil tarbiyada.
Sinf, maktab va uy — real tajriba maydonim.
Ta’lim, boshqaruv, tarbiya haqida yozaman.
Kitoblar, xatolar, suhbatlar, real keyslar.

P.s. Professional xatokor.
Download Telegram
Harakat mukammallikdan muhimroq

Ko‘pchilik harakatni boshlash o‘rniga, mukammal bo'lishni izlaydi. Sizda hech qachon to‘liq ma’lumot bo‘lmaydi. Shunga qaramay qaror qilishingiz kerak. Tezroq harakat qilishingiz kerak. Bitta model hamma vaziyat uchun ishlamaydi. Shuning uchun sizga bir nechta “mental model”lar kerak. Masalan, samaradorlik uchun 3 ta oddiy model:
1. Ikki daqiqa qoidasi: agar ish 2 daqiqadan kam vaqt olsa - darhol qil
2. Ivy Lee usuli: ertaga qilinadigan eng muhim 6 ta ishni yozib, tartib bilan bajar
3. Seinfeld strategiyasi: har kuni qiladigan odating uchun kalendarga belgi qo‘y, uzluksizlikni saqla

Ularning hech biri mukammal emas. Lekin birga ishlatilsa, kuchli tizim hosil qiladi:
- biri boshlashga yordam beradi
- biri rejalashga yordam beradi
- biri davom etishga yordam beradi

p.s. Dinimiz ham 23 yilda mukammal bo'lgan...
🔥45👍17❤‍🔥14
Baxtsiz hayotga olib boradigan odatlar:
- Kech uyg'onish
- To'yib ovqatlanish
- Jamoatdan uzoqlashish
- Badanni harakatsiz qoldirish
- Isrof qilish
- Hayotni faqat dunyo tashvishi deb ko‘rish
- Shukr o‘rniga shikoyat qilish
- Faqat olishni o‘ylab, berishni unutish
- Hasad qilish
- Salomni tark qilish
- Va’daga beparvo bo‘lish

Endi shularni aksi:
- Erta uyg'onish
- Kam ovqatlanish
- Jamoat bilan bo‘lish
- Badanga haqqini berish: yurish, mehnat qilish
- Iqtisod va qanoat
- Hayotni sinov va ibodat deb ko‘rish
- Shukrni ko‘paytirish
- Sadaqa va foyda ulashish
- Hasad o‘rniga duoda bo‘lish
- Salomni birinchi berish
- Va’daga va omonatga sodiq bo‘lish


Baraka ko‘pincha katta ishlarda emas.
Sunnatga mos kundalik odatlarda.

P.s. E'tibor bering, Ramazon bizga nimalarni qaytarmoqda...
❤‍🔥63🔥21👍8
Rahbarlarga agar bitta tavsiya berish kerka bo'lsa, shuni aytgan bo'lar edim: Siyratni o‘rganing.

Unda rahbar duch kelishi mumkin bo‘lgan deyarli har bir vaziyatning muvozanatli yechimi bor.
Uni o‘rganib, qo‘llasangiz - ikki dunyo saodatiga yo‘l ochiladi.

1. Ba’zan qat’iyat kerak
Makka davrida mushriklar murosa taklif qildi.
Bir yil sen bizning dinimizga, bir yil biz sening diningga, deyishdi.

Payg‘ambarimiz aqidada bir qadam ham chekinmadilar.
Bu yerda qat’iyat zarur edi.
Oqibatda:
- Aqida tozaligi saqlandi
- Rahbarlik printsipi mustahkamlandi
- Ummah ichida ishonch kuchaydi


2. Ba’zan qattiqqo‘llik kerak

Badrda jang bo‘ldi.
Zulm to‘xtashi uchun kuch bilan javob berildi.
Bu yerda yumshoqlik emas, tartib ustun edi.
Oqibatda:
- Musulmonlar siyosiy kuch sifatida tan olindi
- Ichki ishonch va birlik oshdi
- Dushman tajovuzi kamaydi


3. Ba’zan rahmdillik kerak
Makka fathi kuni to‘liq qudrat bor edi.
Lekin umumiy afv e’lon qilindi.
Ta’qib qilgan, haqorat qilgan, zulm qilganlar ham bor edi.
Barchasiga rahm qilindi.
Oqibatda:
- Qalblar zabt etildi
- Ommaviy ravishda Islom qabul qilindi
- Ichki urushning oldi olindi


4. Ba’zan sabr qilish kerak
Makka davrida yillar davomida haqorat va boykot bo‘ldi.
Payg‘ambarimiz sabrni tanladilar.
Har bir provokatsiyaga javob bermadilar.
Oqibatda:
- Kadrlar chiniqdi
- Iymon mustahkamlandi
- Hijrat uchun zamin tayyorlandi


5. Ba’zan maslahat qilish kerak
Xandak jangi oldidan sahobalar bilan maslahat qilindi.
Salmon al-Forsiy taklif qilgan xandaq g‘oyasi qabul qilindi.
Bu jamoaviy fikrning kuchi edi.
Oqibatda:
- Madina saqlandi
- Jamoaviy fikrlash kuchaydi
- Rahbarlikka ishonch oshdi


6. Ba’zan uzoqni ko‘ra bilish kerak

Hudaybiyya kelishuvi shartlar og‘ir tuyuldi.
Sahobalar qiynaldi.
Lekin qaror hissiyot bilan emas, strategik tafakkur bilan qabul qilindi.
Oqibatda:
- 2 yil ichida Islom tez yoyildi
- Diplomatik tan olinishi boshlandi
- Makka fathiga eshik ochildi


Bu ro'yhatni juda ko'p davom ettirish mumkin.


Haqiqiy rahbar muvozanatni biladi.
- Har vaziyat bir xil yondashuvni talab qilmaydi
- Hikmat vaziyatni to‘g‘ri o‘qishda
- Kuch ham kerak
- Yumshoqlik ham kerak
- Sabr ham kerak
- Strategiya ham kerak
Har qarorning oqibati bor

P.s. Ramazon sizga g'animat. Siyratni o'rganing..
👍54❤‍🔥12🔥7
Haqiqiy boylik pul emas.

Haqiqiy boylik - bu:
- Majburiy yig‘ilishlarga borishga to‘g‘ri kelmasligi
- Yoqqan-yoqmagan odamlar bilan vaqt o‘tkazishga majbur bo‘lmaslik
- Mavqe o‘yinlariga qamalib qolmaslik
- “Ha” deyishga majbur bo‘lmaslik
- Boshqalar vaqt va energiyangni tortib olishidan xavotir qilmaslik
- Haqiqiy boylik - erkinlikdir.

Pul bu narsalarga erishishga yordam berishi mumkin.
Lekin ko‘p pul topib ham erkin bo‘lmaganlar ko‘p.
🔥73🥰22❤‍🔥13🤩11👍8🎉5
Sevgi va hurmat olinadi, talab qilinmaydi.

Hech kim siz bilan vaqtini, fikrini yoki hissiyotini bo‘lishishga majbur emas.
Agar ular bo‘lishsa, demak siz bunga munosib bo‘lgansiz.

Erishilgan ishonch bilan faxrlaning.
Do‘stlaringiz hurmati bilan faxrlaning.
Halol mehnat bilan topgan narsalaringiz bilan faxrlaning.
❤‍🔥62👍26🔥23
O‘qitgan paytda, ikki kishi o‘rganadi.

- O‘quvchi mavzuni o‘rganadi.
- O‘qituvchi esa mavzuni yanada chuqurroq tushunadi.

- Tushuntirish uchun fikrni tartibga solishga majbur bo‘lasiz.
- Savollar sizni yangi jihatlarni ko‘rishga undaydi.
- Qayerda noaniqlik borligini darhol sezasiz.

Masalan:
Siz matematik formulani bilishingiz mumkin. Lekin uni 9-sinf o‘quvchisiga sodda tilda o'xshatishlar orqali tushuntirishga, hayotda bu formula qaysi ko'rinishda aks etishini tasvirlashga harakat qilsangiz o‘zingiz ham formulani boshqacha darajada anglaysiz.

Darsdan oldingi va keyingi ustoz bitta odam emas.
🔥46❤‍🔥17👍10🤩10
Tandirdan uzilgan xabar...)
Mavsum boshlanyapti...
🔥59👍24❤‍🔥9🎉9🥰4
Kitob o‘qish o‘tmishingizni o‘zgartiradi desam, ishonasizmi?

Yaxshi kitob voqealarni o‘zgartirmaydi. Lekin ularni ko‘rish burchagingizni o‘zgartiradi.
Kecha mag‘lubiyat deb o‘ylagan narsangiz, bugun saboq bo‘lib ko‘rinadi.
O‘tmish o‘zgarmaydi. Lekin unga bergan xulosangiz o‘zgaradi.
🔥101👍23❤‍🔥16
Siz 93% odamlardan boyroqsiz

Pul bilan emas. Vaqt bilan.

Tarix davomida 108 milliard odam yashagan. Ularning 93% allaqachon vafot etgan.

Sizda shunday ne’mat bor-ki, har bir podshoh, fir’avn, hukmdor, CEO va mashhur inson butun boyligini berishga tayyor bo‘lardi:
Bugun.
🔥100❤‍🔥30🎉14👍9🤩2
Omadga "buyurtma" berish tajribasini ulashaman.

Omad tasodif kelmaydi. U ko‘pincha sizning obro‘yingiz natijasiga to'g'ri proporsional shaklda keladi.
Uni jalb qilishning sinalgan yo‘li - foydali sohada ishonchli mutaxassis bo‘lishdir.
- Vazifani vaqtida bajaring.
- Sifatni saqlang.
- Va’dangizni buzma
ng.

Faqat bir marta emas, doimiy qilishga harakat qiling.

Qayta-qayta qiymat yaratsangiz, odamlar sizni eslab qoladi. Keyingi safar kimdir ishonchli mutaxassis qidirsa, ular tasodifan emas, ongli ravishda sizni tanlaydi.

Obro‘ — magnitga o'xshaydi. U reklamasiz ham ishlaydi. Siz yo‘q paytingizda ham siz haqingizda gapiradi.

Bir sohada nom chiqarsangiz, munosib imkoniyatlar o‘zi keladi.
- Takliflar.
- Hamkorliklar.
- Tavsiyalar.
🔥65👍33❤‍🔥7🤩5
Hammamiz maqsad qo‘yamiz. Ko‘pchilik muvaffaqiyatsizlik sababini intizomdan ko‘radi. Ammo noaniqlik haqida o'ylab ham ko'rmaydi. Qandayligini tushuntiraman:

Masalan:
- Ijtimoiy tarmoqlarga kamroq kiraman
- Tejamkor bo‘laman
- Sog‘lomroq ovqatlanaman
- Kitob o‘qiyman


Chiroyli gaplar. Lekin noaniq.
- “Kami” nechta?
- “Ko‘proq” qancha?
- “Tez-tez” degani nima?


O‘lchanmaydigan narsa nazorat qilinmaydi. Nazorat qilinmagan narsa esa o‘smaydi. Noaniq niyat natija bermaydi.

Qanday bo‘lishi kerak?
Noaniq: Ijtimoiy tarmoqlarga kamroq kiraman
Aniq: Ijtimoiy tarmoqqa 20:00–8:00 oralig‘ida kirmayman.

Noaniq: Ko‘proq tejayman
Aniq: Har oy 500 dollar jamg‘araman.

Noaniq: Sog‘lom ovqatlanaman
Aniq: Shakar va gazli ichimlik ichmayman.

Farqni ko‘ryapsizmi?
Birinchisi - niyat. Ikkinchisi - tizim. Bu esa haqiqat
🔥43👍12❤‍🔥6🥰1🎉1
Qancha pul bizni erkin qiladi?

Eng katta boylik - har tong uyg‘onib: “Bugun nimani muhim deb bilsam, shunga vaqt ajrata olaman,” deya olishdir.

Odamlar ko‘proq pulni ko‘proq baxt beradi deb o‘ylashadi. Lekin baxtning eng umumiy ta’rifi bitta: Hayoting ustidan nazorat. Qachon ishlashni, qachon dam olishni, kim bilan vaqt o‘tkazishni va nimaga “yo‘q” deyishni o‘zing hal qila olish.

Mana shu - haqiqiy erkinlik.

Maosh miqdori ham, uyingning kattaligi ham, lavozimingning nufuzi ham vaqt ustidan nazorat berolmasa - ichki tinchlik bermaydi.

Pulning eng katta qudrati - narsalar sotib olish emas. Pulning eng katta qudrati - vaqt sotib olish.

agar pulingiz koʻp boʻlsa, maoshi kam boʻlsa ham, ish soati sizga maʼqul keladigan yoki uyingizga yaqin joydan ish topishingiz mumkin. Pulingiz koʻp boʻlsa, majbur boʻlganingizda emas, oʻzingiz istagan paytda nafaqaga chiqishingiz mumkin. Agar pulingiz sal koʻproq boʻlsa, ishdan boʻshatilganingizda toʻgʻri kelgan birinchi ishga kirib ketavermay, munosibini kutishga imkoniyatingiz yetadi, yaʼni to yangi ish topguningizcha qoʻlingizdagi mablagʻingiz sizga yetarli boʻladi. Vaqt va imkoniyat sotib olish uchun pulingizdan foydalanishingiz hayot tarzingiz uchun juda foydali. Hattoki qimmatbaho narsalar ham uning oʻrnini bosolmaydi.

Lekin bu yerda muhim bir nozik chiziq bor.

Pul - maqsad emas.
Pul - vosita.


Qadriyatimizda boylik - qo‘lda bo‘lishi kerak, qalbda emas. Sayyidimiz bizga boylikning asl mezonini o‘rgatganlar:
boylik molning ko‘pligi emas, qalbning to‘qligidir.

Agar pul seni vaqt egasiga aylantirsa - ne’mat.
Agar pul seni tashvish quliga aylantirsa - yuk.


Haqiqiy muvaffaqiyat - ko‘proq topishda emas, o‘zing uchun muhim narsalarga vaqt ajrata olishdadir.

- Farzand bilan sokin suhbat.
- Ilm o‘qish uchun tinch vaqt.
- Ota-onaga xizmat.
- Sog‘liqni asrash.
- Ibadatga xotirjam qalb.

Mana shular uchun vaqt bo‘lsa - bu boylik.

Oxir-oqibat pulning eng katta dividendi - erkin tanlov qilish imkoniyati.

Qolgan hamma narsa - shunchaki bezak. Bu yana bir bor haqiqat
🔥45👍19❤‍🔥11🎉3
Uzr kechiksa, umr qisqaradi

Ba’zan bitta “kechir” yillarni saqlab qoladi.
Ba’zan bitta sukut yillarni yo‘q qiladi.
- Orani sovitadi
- Qalbni qotiradi
- Masofani kattalashtiradi

Insonning qalbi og‘riqni eslab qoladi.
Uzr vaqtida aytilsa: og‘riq yumshaydi.
Uzr kechiksa: og‘riq xotiraga aylanadi.
Keyingimunosabatlar faqatgina mexanik bo‘lib qoladi.

Shuning uchun: Uzrni ertaga qoldirmang.
Vaqtida aytilgan uzr - umrni uzaytiradi.
🔥650❤‍🔥25👍6🎉2🤩1
Puli ko‘p ammo vaqti kam odamlar haqida haqiqat.

Yuqoridagi kimlar? Rahbarlar, qaror qabul qiluvchilar va top menejerlardir.

Idorani tark etganimiz bilan ish kunimiz hali tugamagan boʻladi. Biz muntazam ravishda oʻylaymiz, fikr yuritamiz, hisoblaymiz va baʼzan buning xuddi oxiri yoʻqdek tuyuladi.

Agar zavodda mashina qismlarini yig‘ayotgan bo‘lsangiz, ish qurollaringizni zavodda qoldirib ketasiz. Ish eshik ortida qoladi.

Ammo ish fikrlash va qaror qabul qilishga asoslangan bo‘lsa, ish qurolingiz - boshingiz. U esa sizni hech qachon tark etmaydi.
- Yo‘lda ham o‘ylaysiz.
- Tushlik payti ham o‘ylaysiz.
- Bolalarni uxlatayotganda ham o‘ylaysiz.
- Hatto tungi soat uchda uyg‘onib ketganingizda ham loyiha haqida fikr yuritasiz.


Ish soatingiz kam bo‘lishi mumkin. Lekin o‘zingizni xuddi haftasiga 7 kun, 24 soat ishlayotgandek his qilasiz. Avvalgi davrga qaraganda, vaqt ustidan nazoratimiz ancha kamaygan. Kamiga oilangiz ham sizdan noroziligi ortadi. Kam e'tibor uchun. "Uyda bo'lib uyda emassiz" kabi so'zlar ko'p aytiladi.

Odam o‘z vaqtini o‘zi xohlaganidek boshqara olsa, baxtliroq bo‘ladi. Puli ko‘p insonlarning baxtli emasligiga ajablanmasak ham bo‘ladi.

Xo‘sh, nima qilish kerak? Yechim oson emas. Har kim har xil. Lekin birinchi qadam oddiy: Odamni nima baxtli qiladi, shuni aniqlash kerak.

Karl Pillemer “Hayot uchun 30 saboq” kitobida minglab keksa insonlar bilan suhbatlashadi. Ulardan hayoti davomida o‘rgangan eng muhim saboq so‘raladi.
Javoblar hayratlanarli:
Hech kim: “Baxt uchun ko‘proq pul topish kerak”, demagan.
Hech kim: “Boshqalardan boyroq bo‘lish haqiqiy yutuq”, demagan.
Hech kim: “Faqat daromadi katta bo‘lgan ishni tanlang”, demagan.

Ular uchun qadrli narsalar boshqa edi:
- Do‘stlik.
- Yaxshi insonlar davrasi.
- Farzandlari bilan xotirjam va erkin o‘tgan vaqt.


Pillemer xulosa qiladiki:
“Farzandlaringizga pulingiz emas, o‘zingiz keraksiz. Ular sotib olingan narsalarni emas, siz bilan o‘tgan vaqtni eslab qolishadi.” Hayotni ko‘p ko‘rganlardan o‘rganing.

Pul sizga ko‘p narsa berishi mumkin. Agar u sizga vaqt ustidan nazorat bersa - bu eng katta in’omdir. Lekin u sizni oilangizdan, sakinatdan, ibodatdan uzoqlashtirsa endi u ne'mat emas, sinovga aylangan bo'ladi.
🔥1.07K❤‍🔥17👍17🤩1
Forwarded from Qadriyatim
Hayotingizni o'zgartirib yuboradigan savolni aytami?
Agar bugun sendagi hamma narsani olib qo‘yishsa va faqat kecha shukr qilgan narsalaringni qaytarishsa - qo‘lingda nima qolardi?
Balki endi shukr qilarsiz...?
👍1.78K🔥1.15K❤‍🔥34🤩1
Top universitetlarga tayyorlanish uchun ideal formula:
2 yil - chuqur konsentratsiya (ballni maksimal qilish)
3 oy - aqlli diversifikatsiya (qabul xavfini kamaytirish)
👍1.29K🔥276❤‍🔥52🤩1
Siz qaysi "boylik"da kambag'alsiz?

Ko‘pchilik boylikni faqat pul deb o‘ylaydi. Pul boylikning bir turi xolos.

1. Moliyaviy boylik - pulni qanday sarflashni tanlash imkoniyati.
- Trend bo‘lgani uchun emas, kerak bo‘lgani uchun sotib olish.
- Oylik kelishi bilan 0 ga tushmaslik.
- Ishni pul uchun emas, qadriyat uchun tanlay olish.

2
. Ijtimoiy boylik - kimlar bilan vaqt o‘tkazishni tanlash imkoniyati.
- Energiya beradigan muhitni tanlash.
- G‘iybat bor joydan chiqib keta olish.
- O‘sishga majbur qiladigan do‘stlarni tanlash.

3
. Vaqt boyligi - kuningni qanday o‘tkazishni tanlash imkoniyati.
- Ertalabni telefon bilan emas, reja bilan boshlash.
- Ish vaqtida ishlash, dam vaqtida dam olish.
- Har kuni kamida 1 soatni rivojlanishga ajratish.

4
. Aqliy boylik - e’tiboringni nimaga qaratishni tanlash imkoniyati.
- Bildirishnomalarni o‘chira olish.
- 30 daqiqa chalg‘imasdan ishlay olish.
- Boshqalarning hayoti emas, o‘z maqsading haqida o‘ylash.


5. Sog‘liq boyligi - tanani erkin ishlata olish imkoniyati.
- Dori ichmasdan kunni faol o‘tkaza olish.
- Zinadan nafas qisqarmay chiqish.
- Energiya bilan ishlash, charchoq bilan emas.


6. Ruhiy boylik - vaziyatga ongli munosabat bildirish imkoniyati.
- Tanqidga portlamasdan javob berish.
- Stressda ham qaror qila olish.
- Kechira olish va ichida saqlab yurmaslik.


7. Reputatsion boylik - ismingiz eshitilganda ishonch paydo bo‘lishi.
- Tavsiyasiz ham eshiklar ochilishi.
- “U aytdimi? Demak jiddiy” deyishlari.
- So‘z berganda, tekshirilmasdan qabul qilinishi.

8. Bilim boyligi - muammoni hal qila olish imkoniyati.
- Internetga qaram bo‘lmasdan fikr yurita olish.
- Yangi sharoitga tez moslashish.
- Pul yo‘q paytda ham qiymat yarata olish.


9. E’tibor boyligi - diqqatni boshqara olish imkoniyati.
- 1 soat telefonni qo‘lga olmaslik.
- Suhbatda ko‘z bilan tinglash.
- Keraksiz kontentni ongli rad etish.


10. Intizom boyligi - o‘zini boshqara olish imkoniyati.
- Reja bo‘lsa - bajarish.
- Kayfiyatga qarab ishlamaslik.
- Qisqa zavqni emas, uzoq foydani tanlash.


11. Tanishlar (networking) boyligi - sifatli aloqalar kapitali.
- Bir telefon bilan kerakli odamga chiqish.
- Ishonchli mentor borligi.
- Yordam so‘rash uyat bo‘lmasligi.


12. Qadriyat boyligi - aniq prinsiplar bilan yashash imkoniyati.
- Trend emas, prinsip asosida qaror qilish.
- Foydali bo‘lsa ham haromni tanlamaslik.
- Bosim ostida ham o‘zini yo‘qotmaslik.


13. Sabr boyligi - qisqa muddatli og‘riqqa chidab, uzoq muddatli yutuqni kutish imkoniyati.
- Tez natija kutmaslik
- Jarayondan chiqib ketmaslik
- Qiyinchilikni vaqtinchalik deb bilish


Boylik bu tanlay olishdir. Agar tanlay olmasangiz boy emassiz.

p.s. SIz yana qanday boylikni bilasiz?
👍3.12K🔥1.77K❤‍🔥30🥰1🎉1🤩1
Xodimlarning 3 darajasi: Bajaruvchi. Hal qiluvchi. Rivojlantiruvchi.

1-daraja - Bajaruvchi.
- Aytilgan vazifani bajaradi
- Belgilangan tartibdan chiqmaydi
- KPI bo‘yicha ishlaydi
- Mustaqil strategik qaror qabul qilmaydi
- Muammo ko‘rsa ham tashabbus kam ko'rsatadi. Jarayonni o‘zgartirish vakolati yo‘q

Real keys 1 - Maktab administratori
Bugun 30 ta ota-onaga qo‘ng‘iroq qilishi kerak.
Qo‘ng‘iroq qiladi. Ro‘yxatni to‘ldiradi. Hisobot topshiradi.
Lekin:
- Nega ba'zilar suhbatni tez yakunlayapti, shuni tahlil qilmaydi.
- Nega ba’zilar kelmadi, shuni so‘ramaydi.
- Skriptni yaxshilash haqida o‘ylamaydi.

Real keys 2 - SMM xodimi
“Haftasiga 3 ta post chiqarishi kerak.”
Post chiqadi. Reja bajariladi.
Lekin:
- Qaysi post ko‘proq saqlandi - qaralmaydi.
- Qaysi format ishladi - tahlil qilinmaydi.
- Kontentni yaxshilash taklifini bermaydi.


2-daraja - Hal qiluvchi.
- Oldindan o‘ylaydi.
- Muammo chiqishini kutmaydi. Oldini oladi.
- Jarayonni yaxshilaydi.
- Xatoni kamaytiradi.


Real keys 1 - O‘quv bo‘limi koordinatori

Har chorak oxirida ota-onalar baho bo‘yicha shikoyat qiladi.
U rahbar aytmasidan:
- Oraliq feedback tizimini joriy qiladi.
- O‘qituvchilarga 2 haftada bir mini-hisobot taklif qiladi.
Natijada: Chorak oxirida shikoyatlar kamayadi.

Real keys 2 - HR xodimi
Har yozda 2–3 o‘qituvchi ketishini ko‘radi. Kutib turmaydi. Oldindan:
- Qoniqish so‘rovnomasi o‘tkazadi.
- Muammoli joylarni aniqlaydi.
- Rag‘bat tizimini taklif qiladi.
- KPI tizimini ishlab chiqdi.
Natijada: Kadrlar almashinuvi kamayadi.


3-daraja - rivojlantiruvchi.
- Standartlar yaratadi.
- Natijani o‘lchaydi.
- “Bu yerda yana qanday o‘sish mumkin?” deb savol beradi.
- Bu biznes 3 yildan keyin qayerda bo‘ladi?

Real keys 1 - Marketing menejeri
Reklama yaxshi ishlayapti. Lekin shu bilan to‘xtamaydi. Tahlil qiladi:
- Eng kuchli o‘quvchilar qayerdan kelmoqda?
- Qaysi segment grant yutmoqda?
Shundan kelib chiqib:
- “Top university track” paketini ishlab chiqadi.
- Narxni premium formatga o‘zgartiradi.
Natijada: Daromad oshadi. Brend kuchayadi.

Real keys 2 - Akademik direktor
Darslar yaxshi ketmoqda. Lekin savol berdi:
- “Yaqin 5 yilda qaysi soft skill ga talab ortadi?”
- Ta'lim tendensiyasini kuzatadi.
- Yangi metadologik ilmiy ishlarni integratsiya qilishni o'ylaydi.
- Produktivlikni oshirish uchun EdTech larni joriy qiladi.
Natijada: Natijalar keskin yaxshilanadi. Maktab reytingi ko‘tariladi. Ketish kamayadi. Sodiqlik oshadi. Brend mustahkamlanadi. Reklama xarajati kamayadi. Organik oqim oshadi.

1-daraja - vazifani bajaradi. Unga aniq nizom kerak. Nazorat qilish kerak.
2-daraja - tizimni himoya qiladi. Unga vakolat va ishonch beriladi.
3-daraja - strategik rivojlantiradi. Unga erkinlik berilishi kerak. Maslahat kengashiga a'zo bo'ladi.

Yanada aniqroq tushunish uchun faqat bir xil keysda har uchchala daraja qanday ish qilishini ko'rib chiqamiz:
Har yil 10–15% o‘quvchi boshqa maktabga o‘tmoqda.
1-daraja nima qiladi? Ro‘yxatni yangilaydi.
2-daraja nima qiladi? Sababini so'rab aniqlaydi. Yangi paket va skript ishlab chiqadi.
3-daraja nima qiladi?
- Exit-intervyu tizimini yo‘lga qo‘yadi.
- Ketish sabablari bo‘yicha data chiqaradi.
- Referral tizimini ishga tushiradi.
- Eng past ROI berayotgan kanalni aniqlaydi.
- Ota-ona bilan oyiga 1 marta individual call tizimini yo‘lga qo‘yadi.

Kompaniyada bu hodimlarning nisbati qanday bo'lishi kerak?
Masalan 100 xodimlik maktab tarmog‘i quyidagidek bo'lishi kerak:
- 70–75 ijrochilar (ustozlar, administratorlar, farrosh, qoravul, kassir)
- 15–18 boshqaruvchilar (head teacherlar, bo'lim rahbarlari, HR, marketing)
- 5–7 strategik rahbarlar (tasischi, direktor, CEO, COO, CFO, Quality control)


Bu yerda eng muhim narsa:
Agar 2-daraja kuchli bo‘lsa - direktor strategiya bilan shug‘ullanadi. Bu yerda tizim muhim bo‘ladi. 3-daraja ko‘payib ketishi xavfli. Xarajat oshadi.

Agar 2-daraja zaif bo‘lsa - direktor operatsion ishga botadi. Natijada:
Direktor hammasini o‘zi qiliadi. Charchaydi. Tizim o‘smaydi.

Bizda ko'p uchraydigan eng havfli nisbat:
Ko‘p 1-daraja. Zaif 2-daraja. Bitta kuchli 3-daraja
👍2.74K🔥1.2K❤‍🔥4🤩2🥰1🎉1
Rahbarning eng katta xatosi - noto‘g‘ri ish qilishi emas.
Eng katta xato - to‘g‘ri, lekin kichik ishlar bilan band bo‘lib qolishidir. Rahbarni o'zi 3 ta vazifasi bor:
- Operatsiya
- Takomillashtirish
- O‘sish

Agar rahbar operatsiyadan chiqolmasa - tashkilot hech qachon undan yuqori o‘sib ketmaydi.
Afsuski ko‘pchilik 1-vazifada qolib ketadi. Agar vaqtingni juda ko‘p “yaxshi” ishlar bilan to‘ldirsang, “buyuk” ishlar uchun joy qolmaydi. Muammo shunda: Yaxshi ishlar yomon ko‘rinmaydi. Ular foydali. Ular to‘g‘ri. Ular o‘zini oqlaydi. Ammo opportunity cost'i qimmat hisiblanadi`

Opportunity cost - bu bir tanlov qilganingda, boshqa eng yaxshi imkoniyatdan voz kechish narxi.

Oddiy qilib aytganda: Bir narsani tanladingmi - boshqasini yo‘qotding.

Tushuntirishga harakat qilaman: Tasavvur qil, qo‘lingda bitta stakan bor. Uni suv bilan to‘ldirding. Endi choy quyolmaysan.

Stakan - vaqting.
Ichidagi suv - tanlagan ishing.
Quyilmagan choy - opportunity cost.


yoki: Bir sotix yerga kartoshka ekding. Demak o‘sha yerda gilos o‘smaydi.

Kartoshkani tanlash - qaror.
Gilosdan voz kechish - opportunity cost.


Opportunity cost - bu tanloving ko‘rinmaydigan narxi. Endi Opportunity cost’ni hayotiy keyslar bilan ko‘raylik.

1-keys. Maktab direktori
Direktor har kuni:
- hujjat tekshiradi
- ota-ona bilan mayda masalalarni hal qiladi
- o‘qituvchilarning jadvalini qo‘lda tuzatadi
Hammasi kerakli ish. Lekin 6 oy o‘tadi. Maktabda tizim o‘zgarmaydi. Strategiya yo‘q. KPI yo‘q. Sifat nazorati yo‘q. Sababi u band edi.
Opportunity cost: Mayda “yaxshi” ishlar strategik “katta” ishni yeb qo‘ydi.

2-keys. O‘qituvchi
Ustoz har kuni 3 soat Telegram’da o‘quvchilarga alohida javob beradi. Mas’uliyatli. Mehribon. Lekin shu vaqtni:
- umumiy video tushuntirishga
- test baza yaratishga
- yangi metodika o'rganishga sarflasa edi.
Opportunity cost: Zo'r ustoz bo'lish imkonini sekinlashtirish

3-keys. Tadbirkor
- Biznes egasi har bir mijoz bilan o‘zi gaplashadi.
- Har bir dizaynni o‘zi tasdiqlaydi.
- Har bir kichik qarorni o‘zi qiladi.
Natijada: Biznes o‘sishi sekinlashadi. Nega? Chunki u operatsiyada qolib ketgan. Strategiyaga chiqmagan.
Opportunity cost: Nazorat hissi o‘sish imkoniyatini almashtirdi.

4-keys. Shaxsiy hayot
Bir odam doim “foydali” ishlar bilan band:
- serial ham “inglizcha”
- podcast ham “motivatsion”
- kitob ham “yaxshi”
Lekin 3 yil o‘tadi. Bir katta mahorat shakllanmagan. sababi amaliyot yo'q. Faqat nazariya
Opportunity cost: Mayda foydalar mutaxassilikni almashtirdi.

- Har kuni mayda operatsion ishlar bilan band bo‘lish.
- Har bir xabarga darhol javob berish.
- Har uchrashuvga qatnashish.
- Har taklifni qabul qilish.
Bular yomon emas.

Shu vaqtni strategiyaga ajratsang nima bo‘lardi? Tizim qurishga ajratsang nima bo‘lardi Eng muhim bo'lgan 20% ishga ajratsang nima bo‘lardi?

Har “ha” deganingda, nimagadir “yo‘q” deyapsan. Ba’zan muvaffaqiyatning dushmani - muvaffaqiyatsizlik emas. O‘rtacha yaxshi ishlar bilan band bo'lib qolishdir.
🔥3.05K👍2.97K❤‍🔥6🎉5🥰2🤩2
Uch yuz ming dollar turadigan mashinani boshqarayotgan odam boy ko‘rinishi mumkin. Ammo uning boyligi haqida siz biladigan yagona narsa shuki - mashina sotib olingach, uning mablag‘i uch yuz ming dollarga kamaygan. Ehtimol, qarzi yuz ming dollarga oshgandir. Siz shuni bilasiz, xolos.

Biz boylik haqida ko‘rganlarimizga asoslanib hukm qilamiz. Chunki faqat ko‘z oldimizdagi narsani ko‘ramiz. Odamlarning hisob-raqamlarini, jamg‘armalarini yoki real daromadlarini ko‘ra olmaymiz. Shuning uchun boylikni tashqi belgilar orqali o‘lchaymiz - mashina, uy, Instagram’dagi suratlar.

Zamonaviy kapitalizm go‘yo moliyaviy maqsadlaringizga yetishda yordam berayotgandek tuyuladi. Aslida esa boylik ko‘z bilan ko‘rinmaydigan narsalarda mujassam. Ammo biz ko‘rmagan narsani qabul qila olmaymiz.

Xonanda Rianna haddan ortiq pul sarflagani sabab deyarli bankrotlikka yuz tutgan va maslahatchisini sudga bergan. Maslahatchining javobi shunday bo‘lgan: “Katta miqdorda pul sarf qilaverishi oqibatida oxiri qo‘lida pullari emas, o‘sha xarid qilgan narsalari qolishini bilmasmidi?”

Javob kulgili tuyulishi mumkin. Ammo haqiqat shuki - yo‘q, bilmagan. Ko‘pchilik bilmaydi. Odamlar “Millioner bo‘lishni xohlayman”, deyishadi. Aslida esa “Millionlab dollarlarni sarflashni xohlayman”, demoqchi bo‘lishadi.

Investor Bill Menn iqtibosi eng zo'r tarifni bergan: “Chiroyli narsalar sotib olish, ko‘p pul sarflash insonga o‘zini boydek his qilish imkonini beradi. Ammo boy bo‘lishning yagona yo‘li o‘zingizda bor pulni ishlatish, yo‘g‘ini emas.”

Boy va badavlat o‘rtasida farq bor. Bu farqni tushunmaslik moliyaviy xatolarga olib keladi.

Boy - yuqori daromad topayotgan odam. Masalan, 100 000 dollarlik mashina egasi. Ehtimol, u mashinani qarzga olgandir, ammo bo‘lib to‘lash uchun yetarli oyligi bor. Dang‘illama uy egalari ham shunday. Ularni ko‘rish oson. Ular ko‘rinadi.

Badavlat esa ko‘pincha yashirin bo‘ladi. Uning daromadi ortiqcha narsalarga deyarli sarflanmaydi. Boylik bu yerda hali ishlatilmagan imkoniyatdir. U sizga tanlov beradi va vaqt o‘tishi bilan o‘sadi. Natijada bugun qurbingiz yetgan narsadan ko‘ra ertaga ko‘prog‘iga ega bo‘lishingiz mumkin.

Bu parhez va mashqqa o‘xshaydi. Odamlar mashq qilganda yo‘qotgan kaloriyalarini ortiqcha baholashadi va yo‘qotganidan ikki barobar ko‘proq yeyishadi. Ya’ni mashqning samarasini o‘zlari yo‘qqa chiqarishadi.

Ko‘proq ishlab, ko‘proq sarflash ham shunga o‘xshaydi.

Ikkinchi toifa - badavlatlar - iste’molni kamaytiradi. Bu qiyin. Nazorat talab qiladi. Ammo aynan shu farq kelajakdagi imkoniyatni kengaytiradi.

Muammo shundaki, birinchi toifadagilar ko‘rinadi va havas uyg‘otadi. Ikkinchi toifadagilar esa ko‘rinmaydi. Biz ularning mashinasini ko‘ramiz, lekin jamg‘armasini ko‘rmaymiz. Ularning uyini ko‘ramiz, lekin aslida qaysi uyga qurbi yetishini bilmaymiz.

Ko‘pchilik ich-ichidan badavlat bo‘lishni xohlaydi. Chunki ular pul beradigan erkinlikni istaydi. Ammo pulni ishlatish kerak degan qarash ongimizga chuqur singgan. Cheklovlarsiz badavlat bo‘lish mumkin emasligini tushunmaymiz.

1970-yilda neft zaxiralari tugayapti deyishgan. Ammo hozirgacha tugamadi. Neft yangi konlar sabab emas, balki energiya tejovchi texnologiyalar sabab tugamadi. Dunyo ko‘proq topgani uchun emas, kamroq ishlatgani uchun “boy” bo‘lib qoldi.

Boylik ham shunday. Ko‘proq topish emas, kamroq sarflash - badavlatlikning asosi.
❤‍🔥33🔥24👍14🎉2🤩1
Psixologiyada “ambiguity effect” degan tushuncha bor.

Qisqa ma’nosi - noaniqlik inson ongini ko‘proq bezovta qiladi.

Masalan:
Bir inson sizga qattiq gap aytsa - og‘riydi.
Lekin kimdir sizdan sukut bilan uzoqlashsa, ko‘pincha undan ham ko‘proq og'ritadi.

Chunki inson miyasi darrov javob izlay boshlaydi:
- Nega bunday bo‘ldi?
- Men nima xato qildim?
- U aslida nimani demoqchi edi?


Ko‘pincha biz yaqinlarimizni aytgan gaplarimiz bilan emas, aytmay qolgan gaplarimiz bilan ko‘proq ranjitamiz.

Aytilgan gapning shakli bor.
Uni eshitasiz, tushunasiz.
Eng muhimi - agar xato bo‘lsa, uzr so‘rash imkoniyati ham bor.

Aytilmagan gap esa tasavvur bilan to‘ldiriladi.

Yaqiningiz:
- taxmin qiladi
- gumon qiladi
- o'zgacha talqin qiladi


Natijada aytilmagan gap ba’zan haqiqatdan ham og‘irroq bo‘lib tuyuladi.
Uni uzr bilan ham to‘ldirish qiyin. Chunki go‘yoki uzr so‘rashga sabab ham yo‘qdek tuyuladi.

Lekin bu yerda yana bir nozik jihat bor.

Ba’zan aytilgan og‘ir so‘z ham yillar davomida og‘riq qoldiradi.

Demak:
- Ba’zi gaplar aytilmasligi kerak
- Ba’zi gaplar esa aytilmay qolmasligi kerak

Masalan, biz ko‘pincha quyidagi gaplarni ichimizda saqlab qolamiz:

Adajon - siz mening qahramonimsiz

Onajon - sizni juda yaxshi ko‘raman

Ukam - sen bilan faxrlanaman

Aka - sizni doim hurmat qilganman

Singlim - yaxshi ham borsan

Gulim - hayotimda borliging uchun rahmat

O‘g‘lim - senga ishonaman

Qizim - sen mening
g‘ururimsan

Do‘stim - sen mening qiyomatli do‘stimsan

Xodimimga - bir jamoada ekanligimizdan xursandman

Shogirdimga: sendan umidim katta...

Ba’zan eng muhim gaplar - aynan aytilmay qolgan gaplar bo‘ladi.

P.s. Shu post orqali men ham yaqinlarimga ichimda qolib ketgan izhorlarni yozib qo‘ydim.
❤‍🔥46🔥28🤩16👍13🥰3