Hasankhoja Muhammad Sodiq
5.95K subscribers
517 photos
399 videos
9 files
771 links
Ustoz. Rahbar. Ota.
17 yil ta’limda, 4 yil boshqaruvda, 12 yil tarbiyada.
Sinf, maktab va uy — real tajriba maydonim.
Ta’lim, boshqaruv, tarbiya haqida yozaman.
Kitoblar, xatolar, suhbatlar, real keyslar.

P.s. Professional xatokor.
Download Telegram
“O‘zgarish qiyin” degan gap ko‘p hollarda noto‘g‘ri.

Aslida sen doim o‘zgarasan. Sezmasdan. Qiyinchiliksiz.
Faqat qayerda ekanliinga bog'liq.
Miyaning asosiy vazifasi bitta: atrof-muhitga qarab xulqni moslashtirishdir.

Shuning uchun maktabimizning eng katta yutug‘i nimada, deb so‘rashsa, muhit, deb javob beraman.
Buni faqat biz emas, o‘quvchilar ham, ota-onalar ham doim aytadi.

Bitirib ketgan o‘quvchilarimizdan eng ko‘p eshitgan gapim: “Sodiq School’dan keyin boshqa joylar yoqmay qoldi.

Hodimlarimiz 1–2 kun xizmat safari bilan borib kelishsa “Tezroq qaytgim keldi, u muhit menga to‘g‘ri kelmadi”, deyishadi.

Bu gaplar reklama emas.
Bu - biz bilan bog‘liq insonlarining qalbidam chiqqan fikrlar.

Odamni majburlab o‘zgartirib bo‘lmaydi.
Lekin to‘g‘ri muhitda odam o‘zi o‘zgaradi.

Shuning uchun biz shaxsni emas, avval muhitni quramiz.

O‘zingni majburlama.
Muhitni o‘zgartir.
Muhit o‘zgarsa, o‘zgarish o‘zi keladi.
👍30❤‍🔥21🔥13🤩10
Ofiyat nima?
•Tinchlik va osoyishtalik holati.
-Tan, qalb va hayotdagi balolardan omonlik.
-Sog‘lik, xotirjamlik, muammolarsiz yashash ma’nosini beradi.
-Duolarda ko‘p ishlatiladi: “Ofiyat ber” - ya’ni balo-qazolardan asra.

-Sog‘lom yurib-turibsan, lekin qadriga yetmaymiz. Kasal bo‘lmaganing - ofiyat.
-Uyda tinchlik bor. Katta janjal, sud, kasallik yo‘q. Bu ham ofiyat.
-Pul ko‘p bo‘lmasligi mumkin, lekin qarzga botmagan, birovga muhtoj emassan. Bu ofiyat.
-Xato qilish imkoning bo‘la turib, balodan saqlanib qolishing. Ofiyat.

Tavfiq nima?
-Allohning to‘g‘ri yo‘lga boshlashi va yordam berishi.
-Yaxshi ishni xohlash, boshlash va oxiriga yetkazish imkoniyati.
-Bilishning o‘zi emas, amal qilish nasib etilishi.
-Masalan: to‘g‘ri qaror qabul qilish, gunohdan saqlanish, foydali ishda baraka bo‘lish.

-Nima to‘g‘ri ekanini bilasan, lekin uni qilish qiyin. Qila olsang - bu tavfiq.
-Tongda turib namoz o‘qishga kuch topding. Tavfiq.
-Yomon ish qilish imkoning bo‘ldi, lekin iching to‘xtatdi. Tavfiq.
-Reja qilding, boshlab, oxiriga yetkaza olding. Tavfiq.


Oddiy qilib aytganda:
Ofiyat - balo kelmasdan yashab yurish.
Tavfiq - to‘g‘ri ishni qilib ketish nasib bo‘lishi.

Ofiyat bo‘lmasa - yashash og‘ir bo‘ladi.
Tavfiq bo‘lmasa - yashash ma’nosiz bo‘lib qoladi.

Ko‘p odam tavfiq so‘raydi, lekin ofiyatning qadriga yetmaydi. Holbuki, ofiyat bo‘lmasa, tavfiqni ko‘tarishga ham kuchi yetmaydi.

Hayotiy o‘xshatish bilan aytsam:

Yo‘lga chiqmoqchisan.
Ofiyat - bu mashinaning holati.
Benzini bor. G‘ildiragi butun. Dvigatel ishlayapti.
Yo‘lga chiqishga tayyor.

Tavfiq - bu GPS.
Qayerga ketayotganingni bilish.
To‘g‘ri yo‘lni tanlash.
Manzilga yetadigan qarorlarni qilish.

Agar mashina sog‘lom bo‘lsa, lekin rul noto‘g‘ri burilsa - adashasan.
Bu: ofiyat bor, tavfiq yo‘q.

Agar yo‘lni bilsang, lekin mashina buzilgan bo‘lsa - yura olmaysan.
Bunda: tavfiq bor, ofiyat yo‘q.

Shuning uchun hayotda ikkalasi ham kerak:
ofiyat - yurishga quvvat,
tavfiq - to‘g‘ri tomonga yurish.

Faqat bittasi bilan manzilga yetib bo‘lmaydi.
❤‍🔥39🔥26👍7🎉2🤩1
Omadmi yoki mehnat?

Muvaffaqiyatni nima belgilaydi?

Javob: ikkalasi ham.

Ikkita misolni ko'rib chiqamiz:

Uorren Baffett:
“Faraz qilaylik, tug‘ilishingizga 24 soat qoldi. Oldingizga farishta keladi,” deydi u.
“U sizga shunday imkon beradi: kirib boradigan jamiyat qoidalarini o‘zingiz belgilaysiz. Ijtimoiy, iqtisodiy, siyosiy qoidalarni. Bu qoidalar sizning, farzandlaringizning va nabiralaringizning butun umriga amal qiladi, lekin bitta shart bor. Siz qayerda, kim bo‘lib tug‘ilishingizni bilmaysiz: boy yoki kambag‘al, erkak yoki ayol, sog‘lom yoki nogiron, AQShda yoki Afg‘onistonda. Siz faqat 5,8 milliard shar ichidan bittasini olasiz. O‘sha - siz bo‘lasiz.” deydi

Baffett buni hayotdagi eng muhim hodisa aynan shu ekanini aytadi. Chunki bu narsa maktabingizdan tortib, imkoniyatlaringizgacha juda ko‘p narsani belgilab beradi.

U uzoq yillardan beri omad va tasodifning muvaffaqiyatdagi rolini tan olib keladi.
“Men va hamkorim Charlining AQShda tug‘ilganimiz - toza omad. Boshqa hududda tug'ilganimizda bunchalik muvaffaqiyatga ega bo'lmasdik. Bu bizga ulkan ustunlik berdi,” deb yozadi u.

Bu qarashdan kelib chiqib, omadning ahamiyatini inkor qilish qiyin.

Endi ikkinchi hikoyani ko‘raylik.

Project 523" hikoyasi

1969-yilda, Vetnam urushi avjida, Xitoylik olima Tu Yuyou maxfiy ilmiy guruhga rahbar etib tayinlanadi. Loyiha “523” deb atalardi. Maqsad - bezgakka qarshi dori topish. Chunki askarlar jangdan ko‘ra bezgakdan ko‘proq halok bo‘layotgan edi.
Tu qadimiy kitoblarni o‘qidi. Xalq tabobatini o‘rgandi. Yovvoyi hududlarga bordi. 600 dan ortiq o‘simlik to‘plandi, 2000 ga yaqin ehtimoliy dori yozib chiqildi. 380 tasi sinovdan o‘tkazildi. Ko‘pi natija bermadi. Bir o‘simlik "qinghao" umid uyg‘otdi. Lekin muammo bor edi: u doim ishlamasdi.

Ikki yil o‘tib, Tu hammasini boshidan ko‘rib chiqdi.
1500 yillik qadimiy matndan bitta jumlani topdi: muammo haroratda ekan.

U tajribani o‘zgartirdi. Va dori 100% ishlay boshladi.
Keyin esa eng og‘ir qadam: Tu va yana ikki olim o‘zlarini bezgakka chalinib, dorini o‘zlarida sinashdi.
Dori ishladi.

Shunga qaramay, u yillar davomida natijani e’lon qila olmadi. Faqat 1978-yilda ishlar oshkor bo‘ldi.
2000-yilda Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti dorini tavsiya qildi.

Qiziq tomoni: unda na doktorlik darajasi bor edi, na chet el tajribasi, na akademiya a’zoligi.
Lekin u to‘xtamadi.

U o‘nlab yillar davomida taslim bo‘lmadi va natijada millionlab insonlarning hayotini saqlab qolishga hissa qo‘shdi va Tu Yuyou - Nobel mukofoti olgan birinchi xitoylik ayol bo'ldi.

Biroz oldin hayotdagi muvaffaqiyatning katta qismini tug‘ilishdagi omad - “tuxumdon lotereyasi” belgilaydi degan fikr mantiqli tuyulgandi. Lekin Tu xonim tufayli mehnat ham shunchalik muhim degan fikr ham o‘z o‘rniga ega bo'ldi.

Xo‘sh, unda muvaffaqiyatni nima belgilaydi?
🔥14👍8❤‍🔥7🤩3
Mehnatmi yoki omad?
Sa’y-harakatmi yoki tasodif?
Bu savolga javob berishning bir yo‘li shunday:
mutlaq darajada omad ko‘proq rol o‘ynaydi, nisbiy darajada esa mehnat muhimroq.

Qoidaga ko‘ra, qanchalik g‘ayrioddiy muvaffaqiyat bo‘lsa, uni keltirib chiqargan sharoitlar shunchalik noyob va ehtimoldan yiroq bo‘ladi. Bu ko‘pincha genlar, aloqalar, vaqtni to‘g‘ri tutish va yana minglab oldindan aytib bo‘lmaydigan omillar aralashmasidir.

Nisbiy qarash esa seni o‘zingga o‘xshashlar bilan solishtiradi.
Bir xil ta’lim olgan, bir xil muhitda ulg‘aygan, o‘xshash imkoniyatlarga ega odamlar nega turli natijalarga erishadi? Taqqoslash qanchalik yaqinlashsa, mehnat va tanlovlarning roli shunchalik kuchayadi.

Xulosa oddiy:
Mutlaq muvaffaqiyat - ko‘proq omad.
Nisbiy muvaffaqiyat - tanlovlar va odatlar.

Bu yerda muhim bir fikr bor:
natija qanchalik keskin va katta bo‘lsa, unda omadning ulushi shunchalik ortadi.

Nassim Taleb buni shunday ifodalaydi:
“Yengil muvaffaqiyatni mahorat va mehnat bilan tushuntirish mumkin.
Juda katta muvaffaqiyat esa ko‘pincha tasodifga bog‘liq.”

Siz boshlang‘ich nuqtani tanlay olmaysiz. Lekin yo‘nalishni tanlay olasiz.
Tasavvur qiling: muvaffaqiyatni grafikda chizdik.

Vertikal o‘q (Y) - muvaffaqiyat darajasi
Gorizontal o‘q (X) - vaqt

Tug‘ilgan paytingda Baffett aytgan “tug‘ilish lotereyasi”dan olgan ulushing
grafikdagi boshlang‘ich nuqtani belgilaydi.

Ba’zilar omadli tug‘iladi - yuqoriroqdan boshlaydi.
Ba’zilar og‘ir sharoitda tug‘iladi - pastroqdan boshlaydi.

Lekin asosiy gap shu yerda:
Sen boshlang‘ich nuqtani emas, faqat yo‘nalishni (qiyalikni) boshqara olasan.

Qisqacha aytganda:
Qayerdan boshlaganing - sening qo‘lingda emas
Qayerga qarab ketayotganing - sening tanloving
Boshlanish emas, davom etish hal qiladi.

Shunga qaramay, bitta haqiqat bor:
omad va mehnatni bir-biridan ajratib bo‘lmaydi. Ikkalasi ham muhim. Lekin vaqt o‘tgan sari mehnatning roli kuchayib boradi.

Bu faqat yomon omadni yengish uchun emas, yaxshi omadni ushlab qolish uchun ham to‘g‘ri.

Masalan, Bill Geyts tarixda juda to‘g‘ri paytda Microsoft’ni boshlagan - bu omad. Lekin o‘nlab yillar mehnat qilmaganda, bu imkoniyat behuda ketardi.

Vaqt har qanday ustunlikni yemiradi. Bir joyda, bir paytda omad yetarli bo‘lishi mumkin.
Lekin uni uzoq muddat saqlab qolish uchun baribir mehnat kerak bo‘ladi.

Xuddi shunday:
ko‘p ishlagan, imkoniyat izlagan, ko‘proq urinib ko‘rgan odam kutib o‘tirganga qaraganda omadga tezroq duch keladi.

Mashhur golfchi Gary Player aytganidek:
“Qanchalik ko‘p mashq qilsam, shunchalik omadli bo‘lib qolaman.”

Xulosa oddiy:
Omadni boshqara olmaysan. Lekin mehnat va tayyorgarlikni boshqara olasan.

Omad vaqti-vaqti bilan hammaga kulib boqadi.
U payt kelganda esa eng to‘g‘ri ish - mehnat qilib, imkoniyatni oxirigacha ishlatish.

Natijadan ko‘ra trayektoriya muhim.
Qayerda ekaningiz emas, qayerga ketayotganingiz muhim.

Omad kelganda - tayyor bo‘ling.
Omad bo‘lmaganda - davom eting.

Chunki omad ixtiyoringizda emas.
Lekin tayyorgarlik va mehnat - qo‘lingizda.
❤‍🔥34🔥13👍12🤩2
Qariganda:

- Zerikarli chol bo‘lmaslik uchun - kitob o‘qi
- Tayinli duo qila olish uchun - ibodatni mahkam tut
- To‘g‘ri maslahat bera olish uchun - sohangni chuqur egalla
- Hayoting yengil bo‘lishi uchun - kerakli texnikalarni o‘rgan
- Yoshlarni tushunish uchun - ularning dunyosini kuzat
- Birovga kam hojat tushishi uchun - sog‘lig‘ingni asra
- So‘zing o‘tishi uchun - kam va aniq gapir
- Bolalar seni izlab kelishi uchun - muloyim bo‘l
- Qadr topish uchun - halol yasha
- Oxirat uchun - har kunni hisob bilan o‘tkaz
- Qariganda yoningda suyanch bo‘lishi uchun - ayolingga mehrli bôl

Qarilik birdan kelmaydi.
Unga har kunlik odatlar bilan yetib borasan.
🔥112👍42❤‍🔥30🥰10
Yashashdan ma’no osmondan tushmaydi.
Uni hayot davomida o‘zing yig‘asan.

Yillar o‘tib tushunasan:
eng katta savol “nima topdim?” emas,
“nimaga xizmat qildim?” ekan.

Ma’no quyidagilardan quriladi:

– boshdan o‘tgan og‘riqlardan
– qilgan xatolaringdan
– sodiq qolgan insonlaringdan
- qadriyatingdan
– voz kechgan qulayliklaringdan
– sevgan ishingdan

Hamma narsaning bo‘laklari hayotingda allaqachon bor.
Endi ularni tartibga solish qoldi.

Hayoting o‘zing uchun halol va munosib bo‘lsa,
muvaffaqiyatning tashqi ko‘rinishi unchalik muhim emas.

Ma’noli hayot baland natijalar bilan emas. ichingdagi xotirjamlik bilan o'lchanadi.
❤‍🔥44👍23🔥2🤩1
Sekin o'sish

Biz hammamiz erishmoqchi bo‘lgan maqsadlarga egamiz. Ularga tezroq erishishni xohlaymiz. Bunda muammo yo‘q. Muammo shundaki, natija tez kelmasa o‘zimizni muvaffaqiyatsiz deb hisoblaymiz.

Ko‘pchilik faqat yakunni ko‘radi. Hech kim yillar davom etgan sekin o‘sishni ko‘rmaydi. IJtimoiy tarmoqlar faqat natijani ko'rsatadi, jarayonni emas:
- yuqori daromad
- katta muvaffaqiyat
- baxtli hayot

Buni ortidan ko‘pchilik sabrsiz bo‘ladi va shu yerda eng katta xato boshlanadi. Avval shaxsiyat shakllanadi. Keyin natija keladi.

Sekin o'sishning eng katta foydalari haqida gaplashamiz:

1. O‘zingga ishonch beradi
O‘ziga ishonch birdan paydo bo‘lmaydi. U kichik g‘alabalardan yig‘iladi.
- bugun o‘qilgan 10 bet
- bugun qilingan 1 ta mashq
- bugun berilgan 1 ta to‘g‘ri qaror
- bugun berilgan 1 ta noto‘g‘ri qaror va uning xulosasi

Bu kichik ko‘rinadi. Lekin vaqt o‘tib, bu sening shaxsiyatingga aylanadi. Odam o‘ziga ishonadi, chunki u o‘zini ko‘p marta sinab ko'rgan bo‘ladi.

2. Jarayonni sevishni o‘rgatadi
Agar sen faqat natija uchun yashasang, tez charchaysan. Lekin jarayonni sevishni o‘rgansang, to‘xtamaysan. Ko‘pchilik natijaga qarab baho beradi:
- qancha pul topding
- qayerga yetding
- nimaga erishding

Lekin haqiqiy o‘sish boshqacha ko‘rinadi:
- har kuni o‘rganish
- har kuni ozgina yaxshilanish


3. Hayot qanday o‘zgarishini ko‘rsatadi
Tez natija istagi seni aldashi mumkin. Go‘yoki natija - mukofotdek ko‘rinadi. Lekin haqiqat boshqacha. Hayot birdan o‘zgarmaydi. Hayot kundalik qarorlar bilan o‘zgaradi.
– o‘ziga ishongan inson bo‘lish
– ishonchli inson bo‘lish
– kuchli inson bo‘lish

Bu esa faqat kundalik jarayon orqali keladi. Bir kun kelib ortga qaraysan. O‘zingni tanimay qolasan.

Asosiysi:

Tez natija seni kuchli qilmaydi. Seni kuchli qiladigan narsa - jarayon.
Harakatlar yig‘ilib natija beradi.
Bugungi hayoting - kechagi odatlaring natijasi.
Kelajakdagi hayoting - bugungi odatlaring natijasi bo‘ladi.


P.s. Sen nimaga erishganing emas, sen kimga aylanganing muhim.
🔥37❤‍🔥23👍11🤩4
Har qancha puxta reja qilmang, sayohatda baribir rejangizdan ko‘proq pul sarflaysiz.
Bu tabiiy holat. Chunki, tanlovlar ichida tanlov qilinadi.
- qulaylikni tanlaysiz.
- vaqtni tejashni tanlaysiz.
- yaxshi joyni tanlaysiz.
- yaxshi xotirani tanlaysiz.

Bu sizga doim alternativ tanlovlar borligini o'rgatadi.
Qaysini tanlash esa prioritetga qarab ustuvor bo'laveradi.
❤‍🔥42👍20🔥19
Sodiq schooldan yana bir Super natija...

Full right scholarship 420.000$

Tez kunda batafsil...
🔥76🤩22👍17🥰4🎉1
Harakat mukammallikdan muhimroq

Ko‘pchilik harakatni boshlash o‘rniga, mukammal bo'lishni izlaydi. Sizda hech qachon to‘liq ma’lumot bo‘lmaydi. Shunga qaramay qaror qilishingiz kerak. Tezroq harakat qilishingiz kerak. Bitta model hamma vaziyat uchun ishlamaydi. Shuning uchun sizga bir nechta “mental model”lar kerak. Masalan, samaradorlik uchun 3 ta oddiy model:
1. Ikki daqiqa qoidasi: agar ish 2 daqiqadan kam vaqt olsa - darhol qil
2. Ivy Lee usuli: ertaga qilinadigan eng muhim 6 ta ishni yozib, tartib bilan bajar
3. Seinfeld strategiyasi: har kuni qiladigan odating uchun kalendarga belgi qo‘y, uzluksizlikni saqla

Ularning hech biri mukammal emas. Lekin birga ishlatilsa, kuchli tizim hosil qiladi:
- biri boshlashga yordam beradi
- biri rejalashga yordam beradi
- biri davom etishga yordam beradi

p.s. Dinimiz ham 23 yilda mukammal bo'lgan...
🔥45👍17❤‍🔥14
Baxtsiz hayotga olib boradigan odatlar:
- Kech uyg'onish
- To'yib ovqatlanish
- Jamoatdan uzoqlashish
- Badanni harakatsiz qoldirish
- Isrof qilish
- Hayotni faqat dunyo tashvishi deb ko‘rish
- Shukr o‘rniga shikoyat qilish
- Faqat olishni o‘ylab, berishni unutish
- Hasad qilish
- Salomni tark qilish
- Va’daga beparvo bo‘lish

Endi shularni aksi:
- Erta uyg'onish
- Kam ovqatlanish
- Jamoat bilan bo‘lish
- Badanga haqqini berish: yurish, mehnat qilish
- Iqtisod va qanoat
- Hayotni sinov va ibodat deb ko‘rish
- Shukrni ko‘paytirish
- Sadaqa va foyda ulashish
- Hasad o‘rniga duoda bo‘lish
- Salomni birinchi berish
- Va’daga va omonatga sodiq bo‘lish


Baraka ko‘pincha katta ishlarda emas.
Sunnatga mos kundalik odatlarda.

P.s. E'tibor bering, Ramazon bizga nimalarni qaytarmoqda...
❤‍🔥63🔥21👍8
Rahbarlarga agar bitta tavsiya berish kerka bo'lsa, shuni aytgan bo'lar edim: Siyratni o‘rganing.

Unda rahbar duch kelishi mumkin bo‘lgan deyarli har bir vaziyatning muvozanatli yechimi bor.
Uni o‘rganib, qo‘llasangiz - ikki dunyo saodatiga yo‘l ochiladi.

1. Ba’zan qat’iyat kerak
Makka davrida mushriklar murosa taklif qildi.
Bir yil sen bizning dinimizga, bir yil biz sening diningga, deyishdi.

Payg‘ambarimiz aqidada bir qadam ham chekinmadilar.
Bu yerda qat’iyat zarur edi.
Oqibatda:
- Aqida tozaligi saqlandi
- Rahbarlik printsipi mustahkamlandi
- Ummah ichida ishonch kuchaydi


2. Ba’zan qattiqqo‘llik kerak

Badrda jang bo‘ldi.
Zulm to‘xtashi uchun kuch bilan javob berildi.
Bu yerda yumshoqlik emas, tartib ustun edi.
Oqibatda:
- Musulmonlar siyosiy kuch sifatida tan olindi
- Ichki ishonch va birlik oshdi
- Dushman tajovuzi kamaydi


3. Ba’zan rahmdillik kerak
Makka fathi kuni to‘liq qudrat bor edi.
Lekin umumiy afv e’lon qilindi.
Ta’qib qilgan, haqorat qilgan, zulm qilganlar ham bor edi.
Barchasiga rahm qilindi.
Oqibatda:
- Qalblar zabt etildi
- Ommaviy ravishda Islom qabul qilindi
- Ichki urushning oldi olindi


4. Ba’zan sabr qilish kerak
Makka davrida yillar davomida haqorat va boykot bo‘ldi.
Payg‘ambarimiz sabrni tanladilar.
Har bir provokatsiyaga javob bermadilar.
Oqibatda:
- Kadrlar chiniqdi
- Iymon mustahkamlandi
- Hijrat uchun zamin tayyorlandi


5. Ba’zan maslahat qilish kerak
Xandak jangi oldidan sahobalar bilan maslahat qilindi.
Salmon al-Forsiy taklif qilgan xandaq g‘oyasi qabul qilindi.
Bu jamoaviy fikrning kuchi edi.
Oqibatda:
- Madina saqlandi
- Jamoaviy fikrlash kuchaydi
- Rahbarlikka ishonch oshdi


6. Ba’zan uzoqni ko‘ra bilish kerak

Hudaybiyya kelishuvi shartlar og‘ir tuyuldi.
Sahobalar qiynaldi.
Lekin qaror hissiyot bilan emas, strategik tafakkur bilan qabul qilindi.
Oqibatda:
- 2 yil ichida Islom tez yoyildi
- Diplomatik tan olinishi boshlandi
- Makka fathiga eshik ochildi


Bu ro'yhatni juda ko'p davom ettirish mumkin.


Haqiqiy rahbar muvozanatni biladi.
- Har vaziyat bir xil yondashuvni talab qilmaydi
- Hikmat vaziyatni to‘g‘ri o‘qishda
- Kuch ham kerak
- Yumshoqlik ham kerak
- Sabr ham kerak
- Strategiya ham kerak
Har qarorning oqibati bor

P.s. Ramazon sizga g'animat. Siyratni o'rganing..
👍54❤‍🔥12🔥7
Haqiqiy boylik pul emas.

Haqiqiy boylik - bu:
- Majburiy yig‘ilishlarga borishga to‘g‘ri kelmasligi
- Yoqqan-yoqmagan odamlar bilan vaqt o‘tkazishga majbur bo‘lmaslik
- Mavqe o‘yinlariga qamalib qolmaslik
- “Ha” deyishga majbur bo‘lmaslik
- Boshqalar vaqt va energiyangni tortib olishidan xavotir qilmaslik
- Haqiqiy boylik - erkinlikdir.

Pul bu narsalarga erishishga yordam berishi mumkin.
Lekin ko‘p pul topib ham erkin bo‘lmaganlar ko‘p.
🔥73🥰22❤‍🔥13🤩11👍8🎉5
Sevgi va hurmat olinadi, talab qilinmaydi.

Hech kim siz bilan vaqtini, fikrini yoki hissiyotini bo‘lishishga majbur emas.
Agar ular bo‘lishsa, demak siz bunga munosib bo‘lgansiz.

Erishilgan ishonch bilan faxrlaning.
Do‘stlaringiz hurmati bilan faxrlaning.
Halol mehnat bilan topgan narsalaringiz bilan faxrlaning.
❤‍🔥62👍26🔥23
O‘qitgan paytda, ikki kishi o‘rganadi.

- O‘quvchi mavzuni o‘rganadi.
- O‘qituvchi esa mavzuni yanada chuqurroq tushunadi.

- Tushuntirish uchun fikrni tartibga solishga majbur bo‘lasiz.
- Savollar sizni yangi jihatlarni ko‘rishga undaydi.
- Qayerda noaniqlik borligini darhol sezasiz.

Masalan:
Siz matematik formulani bilishingiz mumkin. Lekin uni 9-sinf o‘quvchisiga sodda tilda o'xshatishlar orqali tushuntirishga, hayotda bu formula qaysi ko'rinishda aks etishini tasvirlashga harakat qilsangiz o‘zingiz ham formulani boshqacha darajada anglaysiz.

Darsdan oldingi va keyingi ustoz bitta odam emas.
🔥46❤‍🔥17👍10🤩10
Tandirdan uzilgan xabar...)
Mavsum boshlanyapti...
🔥59👍24❤‍🔥9🎉9🥰4
Kitob o‘qish o‘tmishingizni o‘zgartiradi desam, ishonasizmi?

Yaxshi kitob voqealarni o‘zgartirmaydi. Lekin ularni ko‘rish burchagingizni o‘zgartiradi.
Kecha mag‘lubiyat deb o‘ylagan narsangiz, bugun saboq bo‘lib ko‘rinadi.
O‘tmish o‘zgarmaydi. Lekin unga bergan xulosangiz o‘zgaradi.
🔥101👍23❤‍🔥16
Siz 93% odamlardan boyroqsiz

Pul bilan emas. Vaqt bilan.

Tarix davomida 108 milliard odam yashagan. Ularning 93% allaqachon vafot etgan.

Sizda shunday ne’mat bor-ki, har bir podshoh, fir’avn, hukmdor, CEO va mashhur inson butun boyligini berishga tayyor bo‘lardi:
Bugun.
🔥100❤‍🔥30🎉14👍9🤩2
Omadga "buyurtma" berish tajribasini ulashaman.

Omad tasodif kelmaydi. U ko‘pincha sizning obro‘yingiz natijasiga to'g'ri proporsional shaklda keladi.
Uni jalb qilishning sinalgan yo‘li - foydali sohada ishonchli mutaxassis bo‘lishdir.
- Vazifani vaqtida bajaring.
- Sifatni saqlang.
- Va’dangizni buzma
ng.

Faqat bir marta emas, doimiy qilishga harakat qiling.

Qayta-qayta qiymat yaratsangiz, odamlar sizni eslab qoladi. Keyingi safar kimdir ishonchli mutaxassis qidirsa, ular tasodifan emas, ongli ravishda sizni tanlaydi.

Obro‘ — magnitga o'xshaydi. U reklamasiz ham ishlaydi. Siz yo‘q paytingizda ham siz haqingizda gapiradi.

Bir sohada nom chiqarsangiz, munosib imkoniyatlar o‘zi keladi.
- Takliflar.
- Hamkorliklar.
- Tavsiyalar.
🔥65👍33❤‍🔥7🤩5
Hammamiz maqsad qo‘yamiz. Ko‘pchilik muvaffaqiyatsizlik sababini intizomdan ko‘radi. Ammo noaniqlik haqida o'ylab ham ko'rmaydi. Qandayligini tushuntiraman:

Masalan:
- Ijtimoiy tarmoqlarga kamroq kiraman
- Tejamkor bo‘laman
- Sog‘lomroq ovqatlanaman
- Kitob o‘qiyman


Chiroyli gaplar. Lekin noaniq.
- “Kami” nechta?
- “Ko‘proq” qancha?
- “Tez-tez” degani nima?


O‘lchanmaydigan narsa nazorat qilinmaydi. Nazorat qilinmagan narsa esa o‘smaydi. Noaniq niyat natija bermaydi.

Qanday bo‘lishi kerak?
Noaniq: Ijtimoiy tarmoqlarga kamroq kiraman
Aniq: Ijtimoiy tarmoqqa 20:00–8:00 oralig‘ida kirmayman.

Noaniq: Ko‘proq tejayman
Aniq: Har oy 500 dollar jamg‘araman.

Noaniq: Sog‘lom ovqatlanaman
Aniq: Shakar va gazli ichimlik ichmayman.

Farqni ko‘ryapsizmi?
Birinchisi - niyat. Ikkinchisi - tizim. Bu esa haqiqat
🔥43👍12❤‍🔥6🥰1🎉1
Qancha pul bizni erkin qiladi?

Eng katta boylik - har tong uyg‘onib: “Bugun nimani muhim deb bilsam, shunga vaqt ajrata olaman,” deya olishdir.

Odamlar ko‘proq pulni ko‘proq baxt beradi deb o‘ylashadi. Lekin baxtning eng umumiy ta’rifi bitta: Hayoting ustidan nazorat. Qachon ishlashni, qachon dam olishni, kim bilan vaqt o‘tkazishni va nimaga “yo‘q” deyishni o‘zing hal qila olish.

Mana shu - haqiqiy erkinlik.

Maosh miqdori ham, uyingning kattaligi ham, lavozimingning nufuzi ham vaqt ustidan nazorat berolmasa - ichki tinchlik bermaydi.

Pulning eng katta qudrati - narsalar sotib olish emas. Pulning eng katta qudrati - vaqt sotib olish.

agar pulingiz koʻp boʻlsa, maoshi kam boʻlsa ham, ish soati sizga maʼqul keladigan yoki uyingizga yaqin joydan ish topishingiz mumkin. Pulingiz koʻp boʻlsa, majbur boʻlganingizda emas, oʻzingiz istagan paytda nafaqaga chiqishingiz mumkin. Agar pulingiz sal koʻproq boʻlsa, ishdan boʻshatilganingizda toʻgʻri kelgan birinchi ishga kirib ketavermay, munosibini kutishga imkoniyatingiz yetadi, yaʼni to yangi ish topguningizcha qoʻlingizdagi mablagʻingiz sizga yetarli boʻladi. Vaqt va imkoniyat sotib olish uchun pulingizdan foydalanishingiz hayot tarzingiz uchun juda foydali. Hattoki qimmatbaho narsalar ham uning oʻrnini bosolmaydi.

Lekin bu yerda muhim bir nozik chiziq bor.

Pul - maqsad emas.
Pul - vosita.


Qadriyatimizda boylik - qo‘lda bo‘lishi kerak, qalbda emas. Sayyidimiz bizga boylikning asl mezonini o‘rgatganlar:
boylik molning ko‘pligi emas, qalbning to‘qligidir.

Agar pul seni vaqt egasiga aylantirsa - ne’mat.
Agar pul seni tashvish quliga aylantirsa - yuk.


Haqiqiy muvaffaqiyat - ko‘proq topishda emas, o‘zing uchun muhim narsalarga vaqt ajrata olishdadir.

- Farzand bilan sokin suhbat.
- Ilm o‘qish uchun tinch vaqt.
- Ota-onaga xizmat.
- Sog‘liqni asrash.
- Ibadatga xotirjam qalb.

Mana shular uchun vaqt bo‘lsa - bu boylik.

Oxir-oqibat pulning eng katta dividendi - erkin tanlov qilish imkoniyati.

Qolgan hamma narsa - shunchaki bezak. Bu yana bir bor haqiqat
🔥45👍19❤‍🔥11🎉3