Qardosh qozoq eli so'nggi yuz yillikdagi eng talafotli suv toshqinlari sabab, og'ir, sinovli kunlarni boshdan kechirmoqda. Respublikaning 10 dan ortiq viloyatida favqulodda holat e'lon qilingan.
Biz suv toshqinlari nima ekanini ko'rgan, bunday paytda insonlarga kichik yordam ham katta qo'llov bo'lishini biladigan xalqmiz. (Sardoba texnogen halokati xotiralari hali eskirgani yo'q.) Shundan kelib chiqib, qardoshlarimiz uchun xalqimiz nomidan yordam karvoni (kimdir kiyim-kechak, kimdir pul va yana kimdir boshqa shaklda) tashkil qilsak nima deysizlar?
Menimcha, astoydil harakat qilinsa, katta natija qilsak bo'ladi.
Biz Markaziy Osiyo, turkiy xalqlar birlashuvi, yaqin hamkorligi haqida ko'p gapiramiz. Fikrimcha, aynan bugungi kabi sinovli kunlarda ko'rsatilgan oqibat bizni qardoshlarimiz bilan yanada yaqinlashtiradi. Ikki davlat o'rtasida rivojlana borayotgan siyosiy, elitar diplomatiya xalqlar diplomatiyasi, xalqlar birdamligini ham yanada mustahkamlaydi.
Menda hozircha biror aniq reja yo'q, u faqat fikr shaklida. Lekin taklifimni qo'llovchilar bo'lsa, uni katta karvonga aylantirgan bo'lardik.
@haqiqatdaIlyos

4-aprel kuni prezident Shavkat Mirziyoyev migratsiya va migrantlarga oid farmonini imzoladi.
Prezident farmoni, u nimalarni ko‘zda tutadi-yu, xorijda ishlab pul topayotgan inson uchun oddiy aytganda nima beradi, qanday mushkulini yengil qilib beradi yoki qanday masalalar farmondan keyin ham ochiq qolyapti?
Hujjat va u bilan tanishuvdan keyin paydo bo'lgan shu va boshqa savollarni migratsiya masalalari bo‘yicha ekspert Botirjon Shermuhammadga berdik.
📹👉 https://www.youtube.com/watch?v=7Mc0J7ZEB9w

YouTube
Nuqtalar: Nega ko'p yordam rasmiy ketganlarga belgilanmoqda, o'zi ketganlarchi?
4-aprel kuni prezident Shavkat Mirziyoev migratsiya va migrantlarga oid farmonini imzoladi.
OAVda zo‘r berib targ‘ibot, qilinayotgan, gapirilayotgan shu farmon, u nimalarni ko‘zda tutadi-yu, xorijda ishlab pul topayotgan inson uchun oddiy aytganda nima…

O‘zbekistonda byudjet defitsiti oshib boryapti. Iqtisod qanday xavflar bilan yuzlashishi mumkin? – Iqtisodchi Jamshid Muslimov bilan intervyu
O‘zbekiston Iqtisodiyot va moliya vazirligi taqdim qilgan ma'lumotlarga ko‘ra, 2024-yilning birinchi choragida davlat byudjeti taqchilligi qariyb 20 trlnni (19 trln 884,8) tashkil qildi.
2024-yil uchun davlat byudjeti haqidagi qonunga ko‘ra, byudjet daromadlari 270,4 trln so‘mni, xarajatlar esa 280,7 trln so‘mni, ya’ni 10 trlnlik taqchillikni tashkil etishi prognoz qilingan edi. Natija kutilmadan deyarli 10 trlnga yomonroq.
"Nuqtalar"da navbatdagi tahliliy intervyu O‘zbekiston iqtisodiyotidagi ana shu murakkab vaziyatni bu borada jamiyatda mavjud oddiy savollar asosida tahlil qilish ustiga qurildi. Shuningdek, intervyu davomida elektr energiyasi va gaz uchun 1-maydan boshlab to'lov ta'riflari o'zgarishi, buning sabablari masalasini ham tahlil qildik.
Intervyu mehmoni iqtisodchi Jamshid Muslimov.
📹👉 https://youtu.be/4EaOJo46rRY

O'zbekistonda byudjet defitsiti oshib boryapti. Iqtisodni qanday xavflar kutyapti?
O‘zbekiston Iqtisodiyot va moliya vazirligi taqdim qilgan ma'lumotlarga ko‘ra, 2024-yilning birinchi choragida davlat byudjeti taqchilligi qariyb 20 trln.ni (19 trln 884,8) tashkil qildi.
2024-yil uchun davlat byudjeti haqidagi qonunga ko‘ra, byudjet daromadlari…

O'zbekistonda medianing bugungi vaziyati shundayki, u o'z vazifasini bajarish yoki qandaydir yangiliklar yaratish ustida emas, kundan-kunga torayib borayotgan chegaralarni o'sha kursda saqlab qolish uchungina kurashmoqda. Bugun sohadan butkul ketayotgan, ish joyini o'zgartirayotgan jurnalistlar o'z qarori uchun qanday sabab keltirmasin, buning asl mohiyati baribir senzuraga borib taqalaveradi, tamom.
Davlat va xususiy kanallarni bir necha oy kuzatib, katta umid bildirilgan milliy media mahsulotlar borasida ham xulosalar aniq bo'lib ulgurdi. Avvalgi olqishlar havoyiroq deya xulosaga kelingan shekilli, tahliliyroq maqtashmoqda.

Shu kunlarda hukumatda biror yuqori lavozimli mansabdor, masalan, Iqtisodiyot va moliya vazirini ko'rib qolsam, beradigan birinchi savolim:
– Janob vazir, juda chiroyli va yumshoq qilib aytganda, byudjetimiz onasini ko'rib yotibdi, yetishmovchilik katta, soliqlar, jarimalar oshyapti. Hatto konstitutsiyasida "ijtimoiy davlat" deya ta'rif berilgan bu yurtda tug'ilgan birinchi boladan keyin suyunchi pullari butkul bekor qilindi. Ayting-chi, shunaqa rasvo vaziyatda amaldorlar qanday qilib byudjet pullaridan qimmatbaho avtomobil va Iphonelar sotib olishyapti? Bu mamlakat iqtisodiyotini kemirishlariga nega bunchalik ochiq qo'yib beryapsizlar?

O'zbekiston-Xitoy turizm forumidaman.
Xitoy turizm salohiyatini namoyish qilayotgan vakillar o'z chiqishlarini xitoy tilida tayyorlashgan va ular olib kelgan tarjimon mehmonlarning so'zlarini o'zbek tiliga tarjima qilib bermoqda. Hatto xitoylik mehmonlardan ba'zilari hurmatimizni qilib nutqi avvalini "Assalomu alaykum" deya boshlashmoqda.
Forumda ikkinchi, mezbon tomon - o'zbekistonliklarning chiqishlari esa to'liq rus tilida. Tadbirni olib borish uchun ham O'zbekiston tomonidan faqat rus tilli boshlovchilar tanlangan.
Avvalgi safar O'zbekistonning 2020-2030 yillar uchun iqlim strategiyasini rus tilida taqdimot qilgan deputatdan o'zbek tilida gapirishini so'raganimda, bu ishning badalini og'ir o'tagandim.
Hozir tadbir va uning tashkilotchilari haqida nimadir qo'polroq fikr bildiradigan bo'lsam, yana oyog'imni yerga tekkizmay olib ketishlarini yaxshi bilaman. Ammo Turizm qo'mitasidagilar, vijdonan aytingchi, Xitoy va O'zbekiston o'rtasidagi tadbir uchun umuman uchinchi mamlakat tili – rus tilini tanlashingizdan maqsad nima? Nega O'zbekistonda o'tayotgan rasmiy tadbirda davlat tili – o'zbekcha doim "uchinchi darajaliga" tushirilib, o'zbekistonliklar ichdan qon yig'lab qolaverishi kerak?
Xitoyliklar mehmon, o'zbekistonliklar mezbon bo'lgan davrada ustuvor qilib rus tili tanlanganiga biror mantiqli sabab keltiring axir.
Agar mantiq keltirolmasangiz, jin ursin, sizniyam, sizning O'zbekiston turizm salohiyatini namoyish qiladigan rus tilli tadbirlaringizniyam.
26-aprel, “Interkontenintal Hotel” (Trilliant) mehmonxonasi.

Qirgʻizistonlik rejissyor Ruslan Akun suratga olgan "Jannat onalar oyog'i ostida" (Бейиш — эненин таманында) filmi O'zbekiston kinoteatrlarida namoyish etila boshlaganidan ko'p o'tmay tarmoqlarga chiqarib yuborilibdi.
Hozircha o'zim duch kelmadim, ammo filmni to'liq va sifatli formatda tashlab berishgan taqdirdayam ko'rmoqchi emasman. Reja qilib qo'yganman, nasib etsa, filmni oilam bilan kinoteatrga tushgan holda tomosha qilaman.
Do'stlar, sizga ham tavsiya, mualliflik huquqi, ijodkorlar mehnatini hurmat qiling. O'g'ri kanallar va shaxslarga esa shunchaki "yo'q" deng.
Katta qiziqish va muhokamalarga sabab bo'layotgan filmni kinoteatrga borgan holda tomosha qilib, ijodkorlar mehnatini hurmat qilishimiz, bu huquqlar buzilishiga befarq emasligimizni ko'rsataylik.
Unutmaslik kerak, O'zbekistonda kinoni o'ldirgan, yaxshi san'at asarlari yaratilishiga to'siq bo'layotgan omillardan biri ham shunday o'g'riliklar va ularning tomoshabin tomonidan qo'llab-quvvatlanishi aslida.

Aytgancha, bugun UzReport TV jamoasi kanal tashkil etilganining 10 yilligini nishonlamoqda. Kanal va unda mehnat qilayotgan barcha hamkasblarimizni shu kichik yubiley bilan tabriklayman.
100-200 yildan keyin ham UzReport bor bo'lsin, yubileylarini nishonlayversin. Ammo farqi u kunlarga kanal ham, bu jafokash millat ham chin so'z erkinligi bilan yetishsin.

This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
O'tgan shanba Bojxona qo'mitasida “Qora” nomli xizmat iti nafaqaga kuzatilibdi.
Qo'mita matbuot xizmati bosh inspektori Husan Tangriyevning yozishicha, "Qora" faoliyati davomida jami 10 kg. giyohvandlik vositalarining bojxonadan yashirincha olib o‘tilishini fosh qilgan.
"Bu xizmat iti kinologlarimizning haqiqiy to‘rt oyoqli yordamchisi bo‘la oldi, ularning mehrini qozondi.
Laqabi “Qora”, lekin amali ezgu bo‘ldi!", – deydi Tangriyev.
Bojxona tizimida xizmat itlari bilan bog'liq bunday an'ana borligini bilmas ekanman. Jonivorlarga nisbatan hurmatdan xursand bo'ldim.

San’at ilmida katarsis (yunoncha katharsis) degan so‘z bor. U yaxshi asar o‘qigan, film tomosha qilgan yoki biror ta’sirli qo‘shiq eshitgan kishidagi hissiy yengillik, yengil tortishni va ruhning ana shu ta’sirda hissiy nopokliklardan tozalanish jarayonini ifodalaydi. Bugun hamkasblarimiz bilan Toshkent City Mall majmuasidagi kinoteatrda “Jannat onalar oyog‘i ostida” filmini tomosha qilib chiqarkanmiz, o‘zimda ana shu ta’sirlanish, san’at kuchidan yengil tortish va ma’lum muddatga reallikdan uzilishni his qildim.
Qirg‘iz ijodkorlari kamchiliklardan xoli bo‘lmagan, ammo katta g‘oyasi, aktyorlar ijrosi, voqealarning rivoji bilan bu kamchiliklarni unuttirib, tomoshabinni voqealarga butun borlig‘i olib kirib ketadigan ta’sirli, yaxshi badiiy film ishlashibdi.
Film qonli urushlar, turli katta-kichik kelishmovchiliklar, xususan, diniy nizolar bilan qandaydir kirlanib ketgan bugungi dunyoda (Suriya tasvirlari misolida) insonlarni soddalik, pok iymon, sof e’tiqod orqali yaxshilikka, birlikka chaqirgandek taassurot uyg‘otadi. Bu ma’noda rejissor Ruslan Akun qahramon Odil va onasining Haj safari davomida borgan joylari borki, hammasida odamlarning ularga yordam berishi orqali tili, madaniyati, tutumlari turlicha bo‘lgan xalqlarni bir qatorga, yaxshilik, soddalik, sof etiqod ipiga tizgandek.
Filmda shuningdek, turli dialoglar, qahramonlar tilidan aytilgan qator, ishora, ramzlar borki, u orqali qirg‘iz xalqining ambitsiyalari, dunyoga hali aytmoqchi bo‘lgan so‘z, da’volari borligini ham sezish mumkin.
Umuman olganda, film ba’zilar aytayotgani kabi jaa “Oskar” oladigan darajada emasdir, ammo qirg‘iz, Markaziy Osiyo xalqlari kinosida katta sakrash, uyg‘onish qilgani aniq. Tavsiyam, filmni albatta kinoteatrga tushgan holda ko‘ring. Oilangiz bilan borsangiz, ayni muddao.
Kichik ogohlantirish: film qahramonlardagi soddalik, sof diniy qadriyatlar orqali tomoshabin hissiyotlariga kuchli ta’sir qiladi. Shu sabab filmdan keyin deyarli barcha hamkasblar ko‘zda yosh bilan chiqdik. Tayyorgarlik ko‘rib boring demoqchiman).
P.S: Film voqealarini to'liq tasvirlamadim, bu haqda shundoq ham ko'pchilik yozyapti.

Oxirgi vaqtlarda jurnalistika va so'z erkinligiga oid qanday tadbirda qatnashayotgan bo'lsam, ularning barchasi yolg'on ma'lumot tarqatishga qarshi kurash, faktcheking, jurnalist va blogerlarda yetishmayotgan savodxonlik hamda OAVdagi qonunbuzarliklar mavzularida o'tmoqda. Taassurot uyg'onyaptiki, bu jamiyatda go'yo hammasi yaxshi, hamma aqlli-yu, faqat jurnalist xato qilyapti, faqat blogerlar qonunbuzar, muttaham.
Ammo hech kim nega so'z erkinligi borasida dunyoda sharmandali o'rinlarda ekanimiz, nega hammasi o'zgardi, deyilayotgan yangi davrlarda ham O'zbekiston xalqaro tashkilotlarning xavotir bildiriladigan "to'q qizil" davlatlar ro'yxatida qolayotgani va yoki nega so'nggi yillarda soha vakillari bunchalik ko'p qamalib, javobgarlikka tortilayotgani masalasida gapirmaydi. Va yoki rasmiylardan hech kim jurnalistga majburiyat yuklaydigan qonunlar nega bunchalik tez ma'qullanib ketadi-yu, ularning faoliyatiga to'sqinlik uchun javobgarlik masalasidagi qonun hatto davlat rahbari gapirib turganda ham 6 yildan beri tasdiqlanmay qolayotgani masalasini ko'tarmaydi.
Bugun so'z erkinligi muammolari haqida gap ketganda faqat jurnalist va blogerlarni ayblayotgan rasmiylarni yod yetishmovchiligiga chalingan shvetsar askarlariga o'xshataman. Sababi, bir paytlar Napoleon Bonapart aynan yod yetishmovchiligi sabab nishonni to'g'ri urolmaydigan shvetsar askarlarini kamonchilari safidan chetlashtirgan ekan. (Shvetsariya tog'liklardan iborat bo'lgani uchun aholida yod yetishmovchiligi kuchli bo'lgan). Rasmiylarimizning nishon (muammo) aniq bo'lganda o'qni hadeb qiyshiq otaverishiga boshqa sabab topish qiyin. Muammoning yechimini tushunishlari, to'g'ri poylashlari uchun ularni ommaviy yod tekshiruvidan o'tkazarmiz balki.

Och qornim - tinch qulog‘im!
"Zarbulmasal"da bir hikoyat bor: yelkasiga arslon tasvirini tushirmoqchi bo‘lgan kishi ignaning og‘rig‘iga chiday olmay uning dumini chizmaslikni iltimos qilibdi.
So‘ng oyog‘ini, keyin yolini... xullas tatiurovkani chizdirmay ketibdi.
Bugun so‘z erkinligi bo‘yicha xalqaro reytingda 11 pog‘ona pastlaganimiz xabarini eshitib, ana shu hikoyat esimga tushdi.
Hukumatimizning so‘z erkinligi zahmatini ortmoqlashga irodasi yetmadi. Va, ishonchim komilki, keyingi yili bu ko‘rsatkich yanayam pastga sho‘ng‘iydi.
Boshqa reytinglardan ham ijobiy natijaga umidvor emasman.
Reytinglarning pasayishi global integratsiyaga qovushishimiz yo‘lini yopadi, dunyo hamjamiyatining islohotlarga ishonchini pasaytiradi. Investorlarning shijoatini so‘ndiradi.
Biz esa eski tog‘ora qarshisida nega bunday bo‘lganini bilmay o‘tiraveramiz.
Abdurahmon Tashanov, Inson huquqlari "Ezgulik jamiyati raisi.

O'zbekiston matbuot erkinligi reytingida o'tgan yilga nisbatan 11 pog'ona pastlab, 180 davlat orasida 148-o'rinni egalladi. Eng quyi pog'onaga qadar atigi 32 o'rin.
Soha vakili sifatida bugungi vaziyatimiz mazkur o'ringa mosligini e'tirof etaman va umidsizmanki, kelgusi bir necha yilda bu natijamiz ham yuqori darajamiz bo'lib qolishi mumkin.
Berilgan va'dalar ba'zi tadbirlar o'tguncha bo'lganiga yaqqol misol.

Toshkentda har yili noqonuniy tarzda tashkil qilinadigan propaganda tadbirida chiqish qilib, SSSR va Stalinni ulug'lovchi shiorlar bilan hayqiruvchi mana bu kabi ta'viyalarning jazolanmasligi faollarda norozilik uyg'otyapti.
Nega mustaqil bir davlatda despotik (zulm) imperiyasi – SSSR bayrog'i va uning qonxo'r diktatori Stalinni baralla ulug'layotganlar jazolanmaydi, mazmunida hukumat manziliga haqli savollar berilmoqda.
Umuman, bu kabi savollar faollar tomonidan hukumatga har yili beriladi, javob kutiladi. Ammo jamoatchilikka doim ochiqligini da'vo qiladigan o'zbek mas'ullari masalaga hozircha e'tibor qaratayotgani yo'q. Va fikrimcha, bundan keyin ham ulardan javob eshitishimiz mushkul.
"Odnoklassniki"da qandaydir diniy postga like bosgan ayolni 3 yildan keyin ham topib, qamatayotgan huquq organlarining bu kabi masalalarga kelganda kar, ko'r va soqov rejimini yoqib olishiga fikrimcha, qo'rquvdan boshqa sabab yo'q. Miyasi SSSR va uni qayta tiklash g'oyasi bilan yashovchi Putin rejimidan qo'rquv.
Toshkent markazida turib har yili qayta-qayta sodir etilayotgan bir turdagi jinoyatlarning jazosiz qoldirilaverishiga boshqa sabab ko'rmayapman.

Ilyos Safarov
Video
Tasavvur qiling, videoda ko'ringani kabi yuzlab odam (keling, ularni masalan, o'zbeklar deylik) Toshkent markazida avvaldan e'lon qilinmagan, poytaxt ichki ishlar boshqarmasi yoki hokimligi ruxsati olinmagan biror tadbir uchun yig'ildi.
Ular o'zlari to'plangan "a" nuqtadan ko'chalarni to'ldirgan holda, davlat bayrog'iga xos bo'lmagan qandaydir rangdagi mato ko'tarib va buning ustiga baland ovozda baqirib, ikkinchi "b" manzil tomon yura boshlashdi. Yurish qilayotgan odamlar ko'kragida ma'naviyatimiz, sof dinimiz va yuzlab yillik qadriyatlarimizga zid qandaydir qoramtir tusdagi bayroqlarni ham ko'rish mumkin.
Shunchaki xolis fikringizni yozing, davlat va konstitutsiyaviy tuzumga qarshi harakatlarni sodir etgan, miting, namoyishlar to'g'risidagi norma talablarini buzgan, jamoatchilik tinchini o'g'rilagan shu kimsalar shonli sudlarimiz tomonidan necha yilga qamalgan bo'lardi?
Hukumatdagilar aniqlik kiritishi kerak, nega bir mamlakat, bir konstitutsiya va bir bayroq ostidagi insonlarga ikki xil standart, ikki xil qoidalar ishlamoqda?

Sotsializmdan chiqolmayotgan, kapitalizmga yetolmayotgan o‘zbek san’ati
O‘tgan hafta o‘zbekistonliklar orasida eng ko‘p gapirilgan, muhokama qilingan mavzu shubhasiz, marhum hofiz Sherali Jo‘raev ijodiy me’rosiga farzandlari tomonidan da’vo qilinayotgan egalik, qorovullik huquqi, xonanda Botir Qodirovning esa Jo‘rayevlar oilasi bilan kelishmovchiligi-yu, farzandlik da’vosi masalasi bo‘ldi.
Mavzu borasida hatto bugun ham muhokama, fikriy tortishuvlar shunchalik ko‘p, OAV va ijtimoiy tarmoqlarda esa bu mavzuga katta o‘rin ajratilmoqdaki, mamlakatda mavzudan bexabar odam qolmadi hisob.
Vatandosh TV muxbirining navbatdagi intervyusi jamoatchilik muhokamasidagi shu mavzulardan o‘sib chiqqan, o‘zbek san’ati va madaniyati rivojiga bevosita bog‘liq boshqa bir masala – mualliflik va turdosh huquqlar mavzusida bo‘ldi. Shuningdek, intervyu davomida o‘zbek san’atida yo‘qolmagan sotsialistik munosabatlar, undagi unvonvozlik hamda to‘lanmayotgan soliqlar masalasida ham so‘z bordi.
Intervyuda mehmon sifatida Intellektual huquqlar bo‘yicha yurist Madina Tursunova va Inson huquqlari “Ezgulik” jamiyati raisi Abdurahmon Tashanov ishtirok etdi.
📹👉 https://youtu.be/GINcqWC31q0

O‘tgan hafta o‘zbekistonliklar orasida eng ko‘p gapirilgan, muhokama qilingan mavzu shubhasiz, marhum hofiz Sherali Jo‘rayev ijodiy me’rosiga farzandlari tomonidan da’vo qilinayotgan egalik, qorovullik huquqi, xonanda Botir Qodirovning esa Jo‘rayevlar oilasi…