Ilyos Safarov
6.69K subscribers
457 photos
116 videos
2 files
454 links
Jurnalist Ilyos Safarovning rasmiy telegram sahifasi.

🇺🇿🇹🇷🇰🇿🇫🇷🇩🇪🇦🇹🇨🇭🇰🇬
Download Telegram
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
"Oltin qalam" milliy tanlovining internet jurnalistika yo'nalishida "KunUZ" nashri muxbiri Shuhrat Shokirjonov 2-o'ringa loyiq ko'rildi. Ustoz va hamkasb sifatida Shuhrat akani hamda butun tahririyat a'zolarini samimiy tabriklayman, xursand bo'ldim.

"KunUZ" – o'zbek jurnalistikasi uchun ko'p narsa bergan, berayotgan va bundan keyin ham potensiali baland, maktabi kuchli bo'lgan nashr. Jamoaga doim omad tilayman. Olg'a, do'stlar.

@haqiqatdaIlyos
So'z erkinligidan nega qo'rqiladi?

Oxirgi bir necha hafta ichida O‘zbekistonda jurnalistika va so‘z erkinligiga oid ikki muhim xabar, yangilik OAVda keng yozildi, yoritildiki, kuzatuvchilarimiz bu ikki yangiliklardan allaqachon xabar topgan bo‘lishi aniq. Shunday bo‘lsa-da, keling ularni yana bir bor qisqa tarzda yodga olamiz:

1-xabar: «Chegara bilmas muxbirlar» xalqaro nodavlat tashkiloti 3-may – Jahon matbuoti erkinligi kunida har yillik an'anaviy matbuot erkinligi indeksini e'lon qildi. 2024-yil yakunlari bo‘yicha tuzilgan reytingda O‘zbekiston 11 pog‘onaga pasayib, 180 davlat orasida 148-o‘rinni egalladi.
Kuzatuvchilar O‘zbekistonda so‘z erkinligi bo‘yicha vaziyatni «og‘ir»dan «juda jiddiy»ga o‘zgartirishdi.

2-xabar: 14-may kuni O‘zbekiston xalqaro anjumanlar saroyida jurnalistika sohasidagi “Oltin qalam” XVIII milliy mukofoti uchun g‘olib va sovrindorlarni taqdirlash marosimi o‘tkazildi.

Tadbirda ishtirok etgan rasmiylarning barchasi O‘zbekistonda so‘z erkinligi borasida vaziyat doimiy yaxshilanib borayotgani va bu borada tanlangan yo‘ldan hech qachon ortga qaytilmasligini ta'kidlashdi.

“Nuqtalar” dasturining navbatdagi soni orqali xalqaro tashkilotlar va hukumat rasmiylari munosabatidagi bir-biridan farqli shu nuqta, ularning asosi va O‘zbekistonda jurnalistika va so‘z erkinligi qay tomonga ketmoqda o‘zi, degan muhim savollar tahliliga bag‘ishlandi.

Intervyu mehmonlari “Ozodlik” radiosi o‘zbek xizmati bosh muharriri Pahlavon Sodiq va Amerika ovozi teleradiosi muxbiri Navbahor Imamova bo‘ldi.

📹👉 https://www.youtube.com/watch?v=ZNpB31mHKm8

@haqiqatdaIlyos
Raisiyning halokati chindan noqulay ob-havo oqibatimi?

Eron prezidenti Ibrohim Raisiy aviahalokat qurboni bo‘ldi.

Raisiy va yuqori martabali mulozimlar uchgan vertolyot kecha, 19-may kuni mamlakat shimoli-g‘arbida, Sharqiy Ozarboyjon viloyati hududida halokatga uchragan.

Mamlakat rasmiy axborot agentliklari xabariga ko‘ra, halokat oqibatida Raisiy bilan birga Eron Tashqi ishlar vaziri Husayn Amir Abdullohiyon, Sharqiy Ozarboyjon viloyati gubernatori Malik Rahmatiy, oyatullohning hududdagi vakili Muhammad Ali Ale-Hoshim ham halok bo‘lgan.

Halokatga uchragan bortda shuningdek prezident qo‘riqchilari boshlig‘i Sayid Mehdi Musaviy, ikki uchuvchi hamda texnik zobit bo‘lgani ma'lum.

20-may tongida Amerikada ishlab chiqarilgan Bell 212 vertolyoti qoldiqlari noqulay ob-havo sharoitida o‘tkazilgan bir necha soatlik tungi qidiruv ishlaridan keyingina topilgan. Eron televideniyesiga ko‘ra, vertolyot tog‘dagi qoyalardan biriga borib urilgan. Mamlakat Qizil yarim oy jamiyati rahbari Pirhusayn Kolivand davlat televideniyesi orqali qilgan chiqishida qutqaruvchilar halokat joyiga yetib borishganida «vertolyot yo‘lovchilaridan birortasi omon qolgani belgilari yo‘qligi»ni aytgandi. Qidiruv hududida 73 ta qutqaruv otryadi harakatlangan.

Eron motamga hozirlanmoqda.

Nuqtalarning navbatdagi soni Eron prezidenti va mamlakatning boshqa rasmiylari vafotiga sabab bo‘lgan aviahalokat va u paydo qilayogan savollar tahlilga bag‘ishlandi. Intervyu mehmoni siyosatshunos Rafael Sattorov bo‘ldi.

📹👉 https://youtu.be/msu-qB_uNlo?si=MK-QLBRBDy9DJEov

@haqiqatdaIlyos
Har kim istagan diniga e'tiqod qilish yoki qilmaslik huquqiga ega. Insonning nima kiyib, nima kiymasligi ham yolg'iz uning o'ziga tegishli huquq, erk. Vijdon erkinligi hamda shunga o'xshash boshqa huquqlar konstitutsiya va eng asosiysi, dunyoda umumamal qiladigan xalqaro qonunlar bilan kafolatlangan. Bu qonunlarni buzish, istalgan shaklda daxl qilish javobgarlikka sabab bo'ladi. Biz shu umumhuquqlar himoyasini qabul qilgan davlatmiz. (Albatta vatandoshlar kabi davlatning o'zi ham bu huquqlarni shubhasiz, hurmat qilishi, himoyalashi lozim). Biz jamiyat va avvalo inson sifatida bunga o'rganishimiz, shu qadriyatlarni o'zimizga singdirishimiz kerak.

Boshqalar huquqlariga bemalol daxl qilinar va bu oddiy holat sifatida qaralarkan, jamiyat, siyosiy millat sifatida hech qachon o'smaymiz, oldinga yurmaymiz. Mafkuralar, g'oyalar, qarashlar, qadriyatlar, harakatlar turlicha bo'lgan jamiyatlardagina o'sish, o'zgarish bo'ladi. Unutmang, bu ongimizda har doim qadalgan holda turishi kerak bo'lgan qoida, majburiyat va buzish taqiqlangan qizil chiziqli chegaralar.

Sal avval ikki xil kiyimda va ehtimol, ikki xil din vakilining bir-biriga nisbatan qo'pol qarashi, munosabatini ko'rganimdan keyin uyg'ongan fikrlar.

@haqiqatdaIlyos
Ijtimoiy tarmoqlarda 1-iyuldan boshlab tez yordam brigadalarida shifokorlar o'rnini feldsherlar egallashi haqida xabarlar tarqaldi.  Jumladan, shunday xabarlardan birida yozilishicha, amaliyot orqali go'yo 1064 ta shifokor shtatini qisqartirish va natijada mamlakat buyudjeti defitsitini biroz bo'lsa-da kamaytirish reja qilinmoqda.

Ayni mazmundagi xabarlar tarmoqlarda ko'plab muhokama va noroziliklarga sabab bo'larkan, biroz avval Respublika tez tibbiy yordam markazi direktori Abduvoitjon G'afurov bilan bog'landim.

Markaz rahbari esa tarmoqlarda tarqalayotgan bu kabi xabarlarda hech bir asos yo'qligi va tez yordam brigadalaridagi shifokorlar shtatini qisqartirish haqida o'ylanmayotganini ta'kidladi.

"Bunday xabarlar feykdan boshqa narsa emas", – dedi Abduvoitjon G'afurov.

Demak, tez yordam xizmatida ishlayotgan shifokorlarimiz xavotir qilishmasa ham bo'ladi. Hukumatda ularning shtatini qisqartirish haqida reja mavjud emas.

Taxminimcha, Moliya vazirligi mas'ullaridan birortasi OAVga davlat byudjeti teshigi kengayib borayotgani haqida gapira turib, unga yechim sifatida bergan shu mazmundagi taklifi bilan "qovun tushirgan". Kanallar esa taklifga "1-iyul to'nini kiydirib" e'lon qilavergan.

P.S: Toshkon bilan gaplashdim, ertadan uchaverasizlar, deydiyu kinoda).

@haqiqatdaIlyos
Parallellar: jamiyatda ikki standartlilik oshib boraversa nima bo‘ladi?


O‘zbek tiliga ingliz tilidan kirgan va nutqda tez-tez qo‘llanadigan “standart” degan so‘z bor. Izohiga qarasangiz, bu so‘z umum e’tirof etilgan, tarixan o‘rnatilgan qoidalar to‘plami, shablon degan ma’nolarni bildiradi.

Endi ana shu so‘zni kengroq miqyosda, masalan, davlat va jamiyat boshqaruviga nisbatan qo‘llab ko‘rilsa, har qanday jamiyat boshqaruvida umumamal qilinadigan, ishlaydigan standartlar, qoidalar bo‘lishi juda muhimligi ko‘rinadi.

Ammo, jamiyatda ana shu umumstandartlar buzilsa-chi, qonun-qoidalar, ular uchun belgilab qo‘yilgan jazo, ijtimoiy adolat me’zonlari turli kishilarga turlicha ishlab boshlasa nima bo‘ladi? Buning davlat va jamiyat barqarorligi uchun xavfi, oqibatlari qanday?

“Nuqtalar”ning navbatdagi sonida jamiyatdagi ikki istandartlilik bilan bog‘liq shu va boshqa savollarni Qonunchilik palatasi sobiq deputati Rasul Kusherbayev va Inson huquqlari “Ezgulik” jamiyati raisi Abdurahmon Tashanovga berdik.

📹👉 https://youtu.be/xcrGNMXgLpM?si=h6P_JnVjXdUWv2K1

@haqiqatdaIlyos
Tarmoqlarda AESning ijobiy jihatlari ko'rsatilgan va O'zbekistonda go'yo bundan boshqa yo'l yo'q, shuningdek, IES zarar, quyosh hamda shamol energiyasini olish qimmat mazmunida tayyorlangan materillar ko'payib qoldi. Kayfiyat yaratishmoqchi...

Xo'p,

balki O'zbekistonning yillar davomida yechim topmay kelayotgan energiya muammolariga maqbul yechim chindan AES qurilishidir.

Balki hozir texnologiyalar, Rossiya texnologiyalari shunchalik rivojlanib ketgandir-u, biz xavotir bildirayotgan xavflar bugun unchalik real emasdir.

Balki O'zbekistonda AES qurish borasida Rossiya bilan ishonish qiyin bo'lsa-da, iqtisodiy jihatdan maqbul loyiha imzolangandir.

Balki shunday katta qurilishning, masalan, qo'shni Qozog'istondan farqli biror tanlovsiz, raqobatsiz Rossiyaga berilishida ham mantiq topilib qolar.

Balki hukumatda AESning reaktiv chiqindilari muammosiga oqilona yechim bordir. Xavfi katta reaktiv chiqindilar xavfsiz ko'milib va ular to yo'q bo'lib ketguncha ishonchli saqlanadigan chuqurlar tayyor qilingandir. O'sha chuqurlardan reaktiv chiqindilarning masalan, biror ariqqa sizib chiqish xavfi "nol"ga tengdir.

Balki yillar davomida xorijdagi yirik AESda ishlab yurgan qandaydir qimmatli kadrlar ham topilaqolgandir. Ya'ni AESni qaysi kadrlarimiz boshqarishi borasidagi xavotirlarimiz o'rinsizdir.

Balki qurilishi tezlashgan tarzda, shu yil yozdayoq boshlanadigan AESning mamlakat va qo'shni Qozog'iston ekotizimiga xavfi ekofaollar bong urayotgani kabi unchalik katta bo'lmas. Ekofaollar tushunmas hech nimani.

Balki AES qurilishi uchun bitmas-tuganmas suv zaxiramiz ham topila qolgandir. Tuzkon ko'llar tizimida tinimsiz pasayib borayotgan suv sathi shu yozdan boshlab ko'tarila boshlar ham.

Balki chindan AES ko'mirda ishlaydigan boshqa energostansiyalardan ko'ra foydaliroqdir.

Ammo

mana shu barcha jihatlarga aniqlik kiritilishi, isbotlanishi, odamlarda ishonch uyg'otilishi uchun ham masala jamiyat miqyosida keng muhokama qilinishi kerak. Bunda fikrlar, tahlillar qo'rquvdan yiroq, erkin bildirilishi kerak. Bunda ovozlarga to'siq qo'yilmasligi lozim.

Haqiqatga tomon muhokamalarda boriladi. Haqiqatga tortishuv, bahslarda yetiladi.
Bo'lib ham shunday katta, mamlakat uchun ahamiyatli va Xudo ko'rsatmasin, biror falokat ro'y bersa, oqibati barchaga teng bo'linadigan masalada.

Bugun faollar AES masalasida jim qilinganini sezgandirsiz. O'rtoqlar, bu endi haqiqatga tomon borish emas. Bu – haqiqatdan adashish. Bilib qo'ying, erkin muhokamalarsiz siz taqdim qilayotgan katta haqiqatlar ham shubhali bo'lib qolaveradi.

Marhamat, erkin muhokamalarga o'rin bering va isbotlang argumentlaringizni.

@haqiqatdaIlyos
Uylarning qishda sovib, yozda esa isib ketishi ko'pchilikka tanish va yoqimsiz holat. Og'riqli muammo.

Energetika tizimidagi kamchiliklar, uylarning mavsumga moslab qurilmasligi va boshqa iqlimiy sharoitlar tufayli odamlar yillar davomida ana shu muammo bilan kurashib keladi.

"Thermo Plus" kompaniyasi insonlarni qiynab kelayotgan shu muammoga dunyoning rivojlangan davlatlarida sinovdan o'tgan, O'zbekistonda esa mutlaqo yangi tizim bilan yechim taklif qilmoqda.

Qanday yechim deysizmi?

Kompaniya shu yil fevralidan boshlab sifatli bazalt qoplamalar ishlab chiqarishni yo'lga qo'ydi. Bu qoplamlar uyning pol qismi, devorlari, shifti, tomi, eshik-romlar atrofiga qoplanganda, uylarni yozda salqin, qishda esa issiq holda saqlash imkonini beradi. Ustiga ustak uy isitish xarajatlari sezilarli darajada kamayadi. Bu ayniqsa elektr energiyasi ta'riflari oshib borayotgan bugungi sharoitda juda zarur, qulay.

Uyiningiz uchun "Thermo Plus"ning sifatli, chidamli va albatta hamyonbop qoplamlaridan foydalaning. Kompaniya esa uyingizdagi qulay haroratni kafolatlaydi.

Qo'shimcha ma'lumotlarni kompaniyaning ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalari va aloqa raqamlari orqali topishingiz mumkin.

📞 +998 90 150 00 00

🔻 𝗧𝗵𝗲𝗿𝗺𝗼 𝗣𝗹𝘂𝘀 - Harorat muallifi!

1️⃣
Telegram 2️⃣ Instagram 3️⃣ Facebook
4️⃣
X(twitter) 📺 You tube 🌎 Web sayt

© Reklama
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Telegram, Facebook kabi tarmoqlarda musiqa, kino, fotografiya tarixiga oid bir nechta kanallarga a'zoman. Nostalgiya kayfiyati ustun paytda shu kabi kanallardagi materiallar rosa asqatadi.

Yuqorida sal avval shunday kanallardan birida e'lon qilingan klip.

Kompozitsiyaning muallifi kim, nomi nima, bilmadim-u, lekin bunaqa musiqalar hozir yo‘q. Zo'r, a?

("Ichkuyov" b/filmidan ekan, 1986).

@haqiqatdaIlyos
Forwarded from OYINA.UZ
Uyat sanalmayotgan boqimandalik,  andishasizlikka chiniqayotgan millat – muammoning ildizi qayerda?

Bir inson ortidan yaxshi nom qoldirmoqchi bo‘lsa o‘z qiyofasini yaratish uchun umr bo‘yi harakat qiladi. Chekilmish zaxmat yaratilayotgan narsaning qiymatiga yarasha bo‘ladi. Millat, yurt qiyofasini yaratish, dog‘ tushirmay o‘z holida saqlash esa ibtidodan intihoga qadar millat farzandlarining mas’uliyati.

Batafsil: https://oyina.uz/uz/article/2772

Rasmiy sahifalarimiz👇

Telegram | Facebook | YouTube |X
Xalqaro atom energiyasi agentligi (MAGATE) atom elektr stansiyalari qurilishi va ekspluatasiyasi bo‘yicha nazoratda fuqarolarning ishtirokini ta'minlaydigan standartlar va tavsiyalarni ilgari suradi. Mana, MAGATE qo‘llab-quvvatlaydigan asosiy huquqlar va ularning O‘zbekiston vatandoshlari uchun fundamental ahamiyati:

1. Ma'lumot olish huquqi:

Vatandoshlar atom elektr stansiyasining qurilishi va ekspluatasiyasi haqida to‘liq va aniq ma'lumot olish huquqiga ega. Bu loyihalar, rejalar, atrof-muhitga ta'sirni baholash (OVOS), xavfsizlik choralari va favqulodda holat rejalari haqidagi ma'lumotlarni o‘z ichiga oladi. MAGATE bunday ma'lumotlarning ochiqligi va umumiy foydalanuvchi uchun mavjudligini tavsiya qiladi.

2. Qaror qabul qilishda ishtirok etish huquqi:

Vatandoshlar atom elektr stansiyasining qurilishi va ekspluatasiyasiga oid qaror qabul qilish jarayonida faol ishtirok etish imkoniyatiga ega bo‘lishi kerak. Bu jamoatchilik eshituvlari, maslahatlar va referendumlarda ishtirok etishni o‘z ichiga oladi, bu yerda ular o‘z fikrlari va tashvishlarini bildirishlari mumkin. MAGATE jamoatchilikni jalb qilish va uning fikrlarini hisobga olish amaliyotini qo‘llab-quvvatlaydi.

3. Sog‘liq va xavfsizlikni himoya qilish huquqi:

Vatandoshlar o‘z sog‘liq va xavfsizligini himoya qilish huquqiga ega. MAGATE davlatlar xavfsizlik standartlarini bajarishlari va aholi hamda atrof-muhitga radiasion ta'sir xavfini kamaytirishlari uchun standartlarni o‘rnatadi. Bu radiatsion muhitning doimiy monitoringini va aholiga ehtimoliy xavflar haqida o‘z vaqtida ma'lumot berishni o‘z ichiga oladi.

4. Kompensatsiya olish huquqi:

Yadroviy hodisa yuz bergan holda fuqarolar o‘z sog‘liqlari, mol-mulklari va atrof-muhitga yetkazilgan zarar uchun kompensasiya olish huquqiga ega. Bu huquq milliy va xalqaro javobgarlik va sug‘urta mexanizmlari orqali ta'minlanadi.

5. Ekologik ekspertizalarda ishtirok etish huquqi:

Vatandoshlar ekologik ekspertiza va atrof-muhitga ta'sirni baholashlarda ishtirok etish imkoniyatiga ega bo‘lishlari kerak. MAGATE baholash jarayoniga jamoatchilikni jalb qilishni tavsiya qiladi, shu bilan loyiha bilan bog‘liq barcha ehtimoliy xavflar va ta'sirlarni hisobga olish mumkin bo‘ladi.

6. Adolatga yetish huquqi:

Vatandoshlar o‘z huquqlari buzilgan hollarda adolatga yetish huquqiga ega. Bu yadroviy energetika bilan bog‘liq qarorlarning qayta ko‘rib chiqilishi imkoniyatini va yetkazilgan zarar uchun kompensasiya talab qilish imkoniyatini o‘z ichiga oladi. MAGATE fuqarolarning huquqlarini himoya qilishni ta'minlaydigan huquqiy mexanizmlarni qo‘llab-quvvatlaydi.

O‘zbekiston Respublikasi vatandoshlari uchun bu huquqlar fundamental bo‘lib, milliy qonunchilik va amaliyotda hisobga olinishi kerak.

O‘zbekiston, xalqaro kelishuvlar va konvensiyalarda qatnashuvchi davlat sifatida, MAGATE tomonidan belgilangan standartlarga rioya qilishi va bu huquqlarning amalga oshirilishini ta'minlashi kerak. Bu shaffoflikni, ochiqlikni, jamoatchilik fikrini hisobga olishni va sog‘liq va atrof-muhitni himoya qilish choralarini o‘z ichiga oladi.

Ruslan Sodiqov, huquqshunos.

@haqiqatdaIlyos
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
"Mening Yurtim" (MY5) nomli telekanal ochilayotgani haqida tv va gazetalarda berilgan ilk e'lonlarni qiziqish bilan ko'rganim kechagidek esimda. Qarang, shu kunlarga ham hash-pash deguncha 10 yil o'tibdi.

O'tgan vaqt davomida kanal va uning asosan yoshlardan iborat ijodiy jamoasi zamonaviy jurnalistika uchun ko'p narsa berdi. Hech shubhasiz. Yangicha yo'nalishdagi xalqona dasturlari, yoshlar uchun mo'ljallangan loyihalari odamlar orasida katta e'tibor qozondi. Bugun masalan, O'zbekistonning qayeridan so'ramang, "Markaziy studiya", "Diydor shirin", "E'tibor markazida",
"Hudud", "Markazda", "Omon-omon" kabi dasturlarni yaxshi bilishadi, eslashadi. Millionlab muxlislari bor. Shu kabi dasturlarda ko'tarilgan masalalar hukumatdagilarning e'tiborini tortib, necha-necha muammo ijobiy yechim topganini ham bugun ko'zi ochiq kishi borki, albatta e'tirof etadi.

Shuningdek, kanal jamoasining tomoshabinlar uchun xorij kinolarini saralashdagi didi ham alohida maqtagulik. Bugun masalan, "Hukmdor Usmon" tarixiy serialini bilmaydigan, ko'rmaydigan kino tomoshabini kam. (O'z vaqtida shu serial Diniy Qo'mita tomonidan "diniy elementlari uchun" degan mantiqsiz mantiq sabab efirdan olib tashlanganda Kun.uz'da seriyali materiallar yozganim alohida tarix.)

O'zbekistonda barcha telekanal va nashrlardagi umumiy vaziyatni, ularni qiynaydigan muammolarni, jumladan, "to'q qizil" darajadagi senzura muammosini bilgan kishi sifatida va shunday sharoitda ham pozitivlikni saqlab qolib ishlayotgan "Mening yurtim" telekanali jamoasiga bundan keyin ham omad tilayman.

Yengilmang, oldinga borishdan to'xtamang va sizni siz qilgan tomoshabinni hamda soha oldidagi qarzingizni bir daqiqaga ham yoddan chiqarmang.

Videoda telekanal madhiyasining yubiley munosabati bilan yangilangan klipini tomosha qilishingiz mumkin.

@haqiqatdaIlyos
Qarshi shahridan bir murojaat keldi. Menimcha, uni yozgan kishi va bozordagi boshqa tadbirkorlar haq. Tadbirkor elektr uchun to'lov qilayotgan ekan, demak, elektr energiyasini ham o'z vaqtida olishi shart.

Qarshi shahri rahbarlari masalaga e'tibor qaratishi va uning yechimini ta'minlab berishlari kerak. Viloyat hokimligi matbuot xizmati odatda murojaatlar bilan tezkor ishlaydi, befarq emas. Balki masalani ular bir o'rganib ko'rar.

Murojaat:

Man Qarshi shahridanman. Shahrimizda katta bozor bor. Odamlar uni "majmua" yoki "eski bozor" deb ham ataydi. Shu bozor  sotuvchilari elektr uchun doim pul to'laydi, lekin bozor ma'muriyati har oyda 7 kun bozorni elektrdan uzib qo'yadi. Sotuvchilarga elektr generatori buzildi, deyishadi. Lekin bu holat ko'p yillardan beri, bir tekisda davom etib kelyapti.

Tadbirkor qanaqa sabab bo'lmasin, ishini to'xtatolmaydi, savdo yurishi kerak. Shuning uchun do'kon egalari bozor elektrdan uzilgan kunlarda yoqilg'i bilan elektr chiqarib beradigan generatorlardan foydalanishadi. Ammo bilasiz, generator degani juda katta va u o'zidan ko'p miqdorda tutun hamda sassiq, zaharli hid chiqaradi.

Bunday generatordan bitta ikkita ishlatilsa, mayli, lekin tasavvur qiling, har oy yetti kun butun bozordagi hamma savdogarlar shunday generatordan ishlatadi. Natijada bozorga kelgan odam borki, shu zahardan nafas oladi. Eng yomoni, sotuvchilar bu hidda ertalabdan kechgacha hidlaydi. Buni ekologiyaga ham zarari katta bo'lsa kerak.

Biz shu muammo haqida o'tgan yili Xalq qabulxonasiga aytdik, lekin bizga hech kim javob bermadi.

Sizdan iltimos, shu muammoni hal qilishga yordam bersangiz yoki qayerga murojaat qilishimiz kerak, maslahat bering. Axir, elektr uchun pul to'lagan tadbirkor elektrni muammosiz olishi kerakmasmi, nega do'konlarimiz har oy, yetti kun elektrdan uzilishi kerak? Meni homilador opam ham shu bozorda ishlaydi va uni tug'iladigan farzandidam xavotirdaman. Ishga chiqmasa bo'lmaydi. Rahbarlar shu kunlarda bozorga kelishsa, holatni o'zlari ko'rgan bo'lardi.


@haqiqatdaIlyos
Inson huquqlari himoyachisi Abdurahmon Tashanov Bolalar ombudsmani Surayyo Rahmonova faoliyati haqida yaxshi fikrlar yozibdi.

Kasbimiz tufayli Surayyo opa bilan tez-tez bog'lanib turaman va akaning fikrlarini to'la tasdiqlayman. Surayyo opa sohaga rahbar bo'lib kelarkan, chindan, bolalar muammolari yechimi borasidagi ishlar oldinga yurib boshladi.

Tarmoqda bolalar bilan bog'liq qanaqa ko'ngilsizlik, hukumat munosabati kerak bo'lgan qanday masala bo'lsa, Bolalar ombudsmanining tezkor va tahlilga, o'rganishga asoslangan munosabati chiqayotganini balki siz ham sezgandirsiz.

Shuningdek, yaqinda Parlamentda bolalar masalalari va ularga nisbatan himoyani oshirish bo'yicha qonun qabul qilingani ham sohada katta ish.

Surayyo opa kabi odamlar dardini o'z dardi deya biladigan rahbarlar ko'payaversin.

P.S: Post samimiy yozildi. Faoliyatida ijobiy o'zgarishlarni sezsam, Biznes ombudsmanni ham, Ombudsmanning o'zini ham e'tirof etishga tayyorman. Siyosiy rashk paydo qilib qo'ymay deyman-da.

@haqiqatdaIlyos
– Men bu kitobni avval elektron variantini o‘qiganman, keyin kitobini o‘qidim... Mana, o‘zbekchasi qo‘limda.

Ayrimlar:  "Bugungi yashayotganlar o‘lib,  pokiza bolalar dunyoga kelsagina bu qallobliklar, poraxo‘rlik tugaydi", – deydi.  Boshqasi:  "Xalqning ko‘zi ochilsa, mentalitet o‘zgarsa, adolat bo‘ladi. Buning uchun ko‘p yillar o‘tishi kerak", – deydi. Va hokazo.

Bu kitob bilimli, jasur va halol yurtboshi bo‘lsa, shu bugun, shu odamlar bilan islohotlarni amalga oshirish, korrupsiyani tugatish,  adolat o‘rnatish mumkinligini isbotlaydi.

Mustaqillikdan keyin qancha yillar behuda o‘tganini hisobga olganda,  juda foydali kitob.

Karim Bahriyev "Gruziya muvaffaqiyatga qanday erishdi" kitobi haqida.

@haqiqatdaIlyos
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Har bir mamlakatning tarixida o'z ijtimoiy-iqtisodiy formatsiyasi, ya'ni rivojlanish bosqichlari bo‘ladi. Bu deylik, quldorlik, feodalizm yoki kapitalizm. Bu bosqichlarga xos xususiyatlarni ham eshitgansiz, bilasiz.

Hokim yoki huquq organlari vakillari fermer dalasiga borib istagan qarorini qabul qilaverar, o'zini istagan ishga qodir, erkli hisoblar, birovning qonuniy mulkini istagancha tasarruf etar ekan, bu – kapitalizm tartiboti emas.

Endi aytingchi, bu jamiyat, davlat qaysi ijtimoiy-iqtisodiy formatsiya bosqichida?

@haqiqatdaIlyos
Forwarded from THERMO PLUS
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Oxirgi vaqtlarda o‘zbek estradasida yaratilayotgan ijod namunalariga nisbatan bo‘layotgan tanqidlarga tez-tez duch kelyapman. Masalan, Hamdam Sobirov, Muhammad Ziyo, Ozoda Nursaidova tomonidan ijro qilingan bir nechta qo‘shiqlarga nisbatan yozilgan shunday tanqidlarni o‘qidim. Ularda asosan qo‘shiqlar matni, uning saviyasi, ijro uslubi va qo‘shiqchilarning kiyinish uslubi nishonga olingan. Ha, balki bunday tanqidlarning ba’zilarida qisman jon bordir,

ammo,

agar masalaning boshqa tomonlariga ham e’tibor qaratsak, birinchidan, o‘ziga xos o‘zbekona ohang va zamonaviy uslublarning uyg‘unligini his qilgan holda va yana qo‘shiqni хit darajasiga olib chiqadigan talablarni topib, kompozitsiya yaratishning o‘zi oson ish emas.

Ikkinchidan, bugun internet imkoniyatlari bilan ijod namunalarining tarqalishi shunchalik osonlashib ketdiki, bugun ijro qilingan qo‘shiq ertaga dunyo reytinglarida TOPga chiqib ketishi hech gap emas. Bu orqali bugun madaniyatning bir qismi, komponenti bo‘lgan qo‘shiqlar ma’lum xalq va millatning dunyoga qaratilgan “yumshoq kuchi” bo‘lib xizmat qiladi. Shu ma’noda bugun o‘zbek xonandalari tomonidan ijro qilinayotgan aksar qo‘shiqlar ham o‘zbek tili va madaniyatini dunyoga yoyilishiga xizmat qilmoqda. Ishoning, bu rasmiy qarorlar asosida yillar davomida qilinayotgan juda ko‘p ishlardan samaraliroq aslida. O‘xshatish mumkin bo‘lsa, bu masalan, Ma’naviyat va ma’rifat markazi yoki boshqa o‘nlab tashkilotlar o‘n yillar davomida qilgan ishni Ozodbek Nazarbekov bitta “Mendirman Jaloliddin” kompozitsiyasi orqali qilib qo‘ygandek gap.

Uchinchidan, ijod erkinligi – insonning oʻzi xohlagan sohada shuningdek, xohlagan mavzuda ilmiy-ijodiy yoki ijodiy-badiiy faoliyat bilan shugʻullanish huquqi hisoblanadi. Masalan, shoir istasa, “oq she’r” yozadi, xohlasa, “sochma”. Yoki jurnalist sifatida men istasam, feleton yozaman, xohlasam, ocherk. Buni kimdir cheklashi esa – senzura.

Shu ma’noda, ijodkorlar ijodiga nisbatan tanqidda haddan oshib, “Madaniyat vazirligi qaqqa qarayapti, tekshirib o‘tkazmaydimi”, “o‘zbek shou-biznesi darvozasi egasiz qoldi, yopadigan odam bormi” mazmunidagi chinqiriqlar o‘ta mantiqsiz.

Aytmoqchimanki, erkinlik deyotgan ekanmiz, ijodga, xonandalarning ijodiga nisbatan ham liberalroq bo‘lavergan ma’qul. Haddan oshish to‘gri emas.

Videoda Ozoda Nursaidovaning “Ko‘k jiguli”si 5 tilda kuylanayotganini ko‘rish mumkin. Ya’ni besh millat xonandasi kuzatuvchilariga o‘zbek tili va madaniyatini yetkazmoqda. Ajoyib-ku bu.
O‘zbekiston haqida noma'qul gap aytgan chet elliklarning O‘zbekistonga kirishi taqiqlanishi mumkin. Bu haqda Qonunchilik palatasi deputatlari ishlab chiqqan qonun loyihasida so'z boradi.

Mazkur xabarni uni ulashayotgan ba'zi jurnalist, blogerlarning rossiyalik bir qator siyosatchilarni O'zbekiston haqida aytgan fikrlarini misol keltirgan holda ijobiy baholashayotganini ko'ryapman. Ammo bir nechta jiddiy savollar borki, ularni tahlil qilmay, aniq javob olmay turib, tashabbusni (agar u chindan deputatlar tashabbusi bo'lsa) ijobiy deya baholashga shoshmagan ma'qul.

Birinchidan, noma'qul deganda aynan nima, qanday so'zlar nazarda tutiladi, bunga qonunda birorta bo'shliq qolmaydigan darajda aniq izoh berilishi kerak. Bu modda masalan, hokimiyat vakilining qonuniy talabiga bo'ysunmaslik moddasi kabi universal, istalgan kishini 15 sutkaga tiqish (O'zbekistonga kiritmay qo'yish yoki chiqarib yuborish) richagi bo'lib qolmaydimi?

Ikkinchidan, tushunish kerakki, qonun faqat rossiyalik siyosatchilar uchun ishlamaydi. U dunyoda hammaga taalluqli bo'ladi. Bu ma'noda qonun doirasiga masalan, xorijdagi muxolifatchilar, O'zbekistondagi voqealarni chetdan turib real, tanqidiy yoritadigan Ozodlik, BBC, Amerika ovozi kabi nashr va uning muxbirlari ham tushib qolishi mumkin.

Uchinchidan, taqiqlar masalasida shu paytgacha rus jamiyati rivojiga xizmat qilgan biror qonunni ko'rmadimki, ulardan o'rnak olinganining o'zi tashabbusni shubhaga qo'yadi, savollarni paydo qiladi.
...

Bildirilgan tashabbusning shu va boshqa nozik jihatlariga ham aniqlik kiritilishi kerakki, u bizga "xorijiy agentlar haqida"gi qonun kabi demokratik davlatlarda lan'at olib beradigan qonun bo'lib xizmat qilmasin.

Men masalan, shu kabi oqibatlardan xavotirdaman.

@haqiqatdaIlyos
Islom va demokratiya yonma-yon qadam tashlay oladimi?

Islomiy jamiyat demokratik bo‘lishi yoki demokratik jamiyatda islomiy tuzum ravnaq topishi mumkinmi? Aholisining katta qismi musulmon bo‘lgan jamiyatlar uchun demokratiyaga erishish yo‘lidagi eng katta to‘siq nima: musulmonlar ongidagi stereotiplarmi, islomdagi ba’zi radikal guruhlarmi yoki hokimiyatdan ketishni istamaydigan elita? Bugun hayotimizga kirib kelayotgan va asosan g‘arb jamiyatlari muallifi bo‘lgan yangiliklar, ilm-fan yutuqlari musulmon dunyosi oldiga qanday chaqiriq, reformalar talabini qo‘ymoqda?

“Nuqtalar”ning navbatdagi soni avvalgilardan biroz farqli tarzda kundalik bir mavzu tahliliga emas, yuqoridagi katta savollar, ana shu umumiy mavzu atrofida o‘tdi.

Intervyu mehmonlari yozuvchi Nurulloh Muhammad Raufxon va faylasuf Viktor Alimasov bo‘ldi.

📹👉https://youtu.be/4Q2OSqtxkKk?si=V9OhLu2sf23kDaNq

@haqiqatdaIlyos