Milliy sertifikat uchun tayyorlanamiz, Hayitoy bilan
473 subscribers
689 photos
18 videos
253 files
142 links
İlmdan o'zga najot yoʻq va bo'lmagay!
Download Telegram
“. . . kun tug‘adi, olam yorug‘ bo‘ladi, U yorug‘ligini hammaga yetkazadi,
o‘z-o‘zicha yo‘qolmaydi. Mening ham qoidam (odatim) shunday, o‘zim yo‘qolmayman, Fe’lim va muomalam barcha xalq uchun birdekdir”.
“Qutadg‘u bilig” dostonida qaysi qahramon o‘z sifatlarini ana shu tarzda ifodalab bergan?

A) adolat ramzi bo‘lgan adabiy qahramon

B) davlat ramzi bo‘lgan adabiy qahramon

C) aql va zakovat ramzi bo‘lgan adabiy qahramon

D) qanoat (ofiyat) ramzi bo‘lgan adabiy qahramon
Qaysi gapdagi so‘zlar imlosida faqat tovush almashish hodisasi kuzatiladi?

@h7milliysertifikat
A) U endi podshoning topshirig‘ini bajarish uchun uni tinmay maqtar, butun ayyorligini ishga solar edi.

B) Barmog‘ingiz bilan tirnoq yuzasi burchagidagi nuqtani biroz bosib tursangiz, shunda tish og‘rig‘i darrov to‘xtaydi

C) Ho‘kiz kechqurun qorni ochib, charchab kelsa, uning oldiga bir bog‘ quruq poyani tashlab qo‘yar ekan.

D) Garchi bu hol ularni oqlashga tirnoqcha asos bo‘lmasa ham, ko‘nglimda o‘zimga tasalli berish, aldash kabi bir kayfiyat bor edi.
Planshet sotiladi!!! Karobka ochilmagan, yap-yangi. Aniq olmoqchi boʻlsangiz, @z_hss ga yozing!!!
#Grammatika
Hukmdor notinch qora ko‘zlari hamisha mungli boqadigan qizini juda e’zozlar, doim holidan xabar olardi.

@h7milliysertifikat

Ushbu gapda sodda yasama so‘zlar soni nechta?

A) 6 ta B) 5 ta C) 4 ta D) 3 ta
"Siz ham chanqadingiz-a, otaxon?! ~dedi~da, keyin menga o‘girilib, ~Ukaginam, bitta choy damlab kelmaysanmi~a?! CHanqab o‘ldi~ku odam ",-deya ko‘zini qisib qo‘ydi.
To‘g‘ri hukmni toping.
1.SHaxsi ma'lum gap ishtiroketgan
2.Ikki bosh bo‘lakli gap ishtirok etgan
3.Teng bog‘lanish(so‘z qo‘shilmasi) ishtirok etgan
4.Atov gap ishtirok etgan.
5.So‘z~gap ishtirok etgan.
A. 1,4
B. 2,3
C. 1,2
D. 5,1
#Test

Jilvamu aylar qizil to‘n birla har yon ul pari,
Yo magarkim lolazor ichra kezar kabki dariy?

1.Bayt mazmunida aks etmagan ma’lumotni aniqlang.
A. Lirik qahramon yorini tog‘ kakligiga o‘xshatyapti.
B.Parini qizil to‘n kiyib sayr etayotgani tasvirlangan.
C. Tajohul ul orif san’atidan foydalanilgan.
D.Ul pari qizil to‘nni qo‘liga ushlab, lolazor ichida kaklikdek kezib yuribdi deyilgan.


Telbalar qatli qizil qilmish libosin, ohkim,
Bir yo‘li devonalar qonig‘a kirmish ul pari.

2.Bayt haqida to‘g‘ri ma’lumotni aniqlang.
A. Bir guruh telbalar ul parini qatl qilib, libosini qizil qonga bo’yashganligi haqida yozilgan.
B. Devonalar parining qizil libosining ichiga kirgani haqida yozilgan.
C. O‘sha go‘zal pari devonalar dastidan qalbi qon bo‘ldi.
D. Telba oshiqlarini qatl qilavergani uchun, libosi qonga bo‘yalgan pari haqida yozilgan.

Hullasin xunoblig‘ jon rishtasidin qildi charx,
Bo‘ldi jonlar joni, vah-vah, ul parivash paykari,

3.Xato ma’lumotni aniqlang.
A. Ul pari paykar jonlarning joni bo‘ldi.
B. Yorning xunobligi(xafaligi) uning jon rishtasi oshiq bilan bog‘lanmagani uchundir.
C. Parining qizil kiyimini charxi falak jon rishtasidan to‘qiganligi yozilgan.
D.Ul parining libosini charx jon ipidan to‘qiganligi uchun ul parining haykali jonlarning ichida joylashgan.

Orazing naqshimudur qonlig‘ ko‘ngulda jilvagar,
Yo shafaqdin bo‘ldi toli’ oftobi xovariy.

4. Xato ma’lumotni aniqlang.
A. Oraz quyoshga tashbeh qilingan.
B.Qonli ko‘ngil shafaqqa tashbeh qilingan.
C. Qonli ko‘ngil oftobga tashbeh qilingan.
D.Yorning yuzi oshiqning qonli ko‘nglida jilva qilayotgani yozilgan.


Ich shafaqgun mayki, gardun qotiledurkim, erur
Yangi oy birla shafaq tig‘u libosi ahmariy.

5. Qaysi javob xato?
A. Ul parini olamning qotili deb aytilgan.
B. Yangi oy falakning qilichi deyilmoqda.
C. Shafaq falakning qilichi ekanligi yozilgan
D. Falakning libosining qizil ekanligi aytilgan.

Qon uza ko‘nglum yuzung shavqidin andog‘ xastadur,
Kim erur gulgun harir ollida oning bistari.

6. To‘g‘ri ma’lumotni aniqlang.
A. Mening ko‘nglim qon, sening yuzing esa xasta deyilgan.
B. Qizil parda yonida yorning to‘shagi joylashgan.
C.Yorning yuzi xastalikdan qon tusga kirgan.
D.Yuzingning shavqidan qonagan ko‘nglim xasta, demoqchi.

Ul pari la’lida joning, ey Navoiy, bo‘ldi mahv,
La’lgun kisvatda mahv etgandek o‘zni ul pari.

7. To‘g‘ri ma’lumotni aniqlang.
A. Yorning labi uchun oshiq jonni fido qilmoqchi.
B. Ul pari qizil rangli libosiga oshiq jonini yashirdi.
C. Oshiqning joni jononning la’liga kirib, g‘oyib bo‘lgan.
D. Oshiq va mash’uq bir biridan ayriliqda ekanligi yozilgan
.
❗️Kanalimizga milliy sertifikat uchun tavsiya etilgan badiiy asarlarning pdf hamda audio variantlari to‘liq shaklda joylandi!

1."Zarbulmasal" asari Gulxaniy
"Zarbulmasal" asari audiosi
2."O‘tkan kunlar" A. Qodiriy
3. "Kecha va kunduz" A. Cho‘lpon
4. "Mehrobdan chayon" A. Qodiriy
5. "Tushda kechgan umrlar" O‘. Hoshimov
6. "Nur borki, soya bor" O‘. Hoshimov
7. "Ikki eshik orasi" O‘. Hoshimov
8. "Qiyomat" Ch. Aytmatov
9. "Asrga tatigulik kun" Ch.Aytmatov
10. "Me’mor" Mirmuhsin
11. "Yulduzli tunlar" P. Qodirov
12. "Xo‘jand qal’asi" Mirmuhsin
13. "Avlodlar dovoni" P. Qodirov
14. "Ko‘hna dunyo" O. Yoqubov
15. "Ulug‘bek xazinasi" O. Yoqubov
16. "Diyonat" O. Yoqubov
17. "Oltin zanglamas" Shuhrat
18. "Jimjitlik" S. Ahmad
19. "Ufq" Said Ahmad
20. "Lolazor" M.M.Do‘st
21. "Chinor" A. Muxtor
22. "Otamdan qolgan dalalar" T. Murod
23. "Jaziramadagi odamlar" L. Bo‘rixon
24. "Abulfayzxon" A. Fitrat
25. "Sohibqiron" A. Oripov
26. "Temir xotin" Sh. Boshbekov
27. "Dunyoning ishlari" O‘. Hoshimov
28. "Sarvqomat dilbarim" Ch. Aytmatov
29. "Oq kema" Ch. Aytmatov
30. "Jayhun ustida bulutlar" M. Osim
31. "Molxona" Jorj Oruell
32. "Yulduzlar mangu yonadi" T. Murod
33. "Otoyining tug‘ilgan yili" Erkin A’zam
34. "Qorako‘z majnun" Said Ahmad
"Qoplon", "Sobiq" hikoyalari
35. "Asror bobo" A. Qahhor
36. "O‘zbeklar", "Ot egasi" Sh. Xolmirzayev
37. "Hayotga muhabbat" Jek London
38. "Hellados" N. Dumbadze
39. "Garov" A. Chexov
40. "Ruhlar isyoni" E. Vohidov


Kanalga obuna bo‘lish:👇👇
@RESPUBLIKA_FILOLOGLARI
Qaysi javobda topmoq so’zi “izlanish natijasida kashf
etmoq” ma’nosida kelgan?
A) Jyuri sizga shu loyiha uchun birinchi mukofot
berilishini loyiq topdi...
B) Geologlar yangi-yangi yer boyliklarini topmoqda.
C) Taklifnomaga tushirilgan rasm xuddi mana shu qasri
oliyning tagida olingan desa, ishonadigan zot
topilarmikan bu dunyoda?!
D) Cho’ntaklarini alg’ov-dalg’ov qilib o’sha narsani topa
oldi.
Кузда аттестация имтиҳони бўладими?

Батафсил ўқиш 👉
https://muallimlar.uz/?uz=1574


👉 «Ўқитувчи» канали

👉 👍Ойлик маошни ҳисобловчи бот
#DTM Adabiyot
Yovvоyi yo‘rg‘а yanа, yanа yuqоrilаdi, аnа, tik qоyagа ko‘tаrildi. Qоyadаn pаstgа – hаvоgа sаkrаdi, ikki yuz futchа uchib yurdi, yanа, yanа pаstlаb... tоshgа bоrib tushdi. U jоnsiz sulаyib qоldi, аmmо... оzоd bo‘lib qоldi!

Seton Tomsonning “Yovvoyi yo‘rg‘a” asaridan olingan ushbu parcha orqali ifoda etilgan fikrni aniqlang.

A) Hayvonlar barbir bir kuni inson uchun xizmat qiladi degan fikr ifodalangan.

B) Ozodlikning qolgan barcha narsadan ustun ekanligi ifodalangan.

C) Yo‘rg‘a o‘zining pastga otadi sababi u pastda Sollini ko‘rib qolgan edi.

D) O‘lim barchani qo‘rqita oladigan yagona tuyg‘u ekanligi ifodalangan.
@h7milliysertifikat