Milliy sertifikat uchun tayyorlanamiz, Hayitoy bilan
411 subscribers
1K photos
32 videos
355 files
196 links
İlmdan o'zga najot yoʻq va bo'lmagay!
Download Telegram
#milliysertifikat
#test

Imloyiy jihatdan to‘g‘ri yozilgan so‘zlar qatorini aniqlang.

A)nadomad, me’moriy, mas’uliyat
B)muddao, mutloqo, vakolat
C)murojaat, nafosat, mas’um
D)saranjom, qanoat, mutolaa
#milliysertifikat
#test

Qaysi gaplarda tire tinish belgisi o‘zaro bir xil punktuatsion qoida asosida qo‘yilgan?

1. Dengizi bor−suvi yo‘q, yo‘llari bor−izi yo‘q.
2. Sekin pichirladi: “Ha, tushundim: aqlli uzoqni ko‘zlar, aqlsiz−yaqinni”.
3. Tuproq ko‘chalarni, paxsa devorli uylarni, yangi uzilgan non isini−hammasini sog‘indim, ona.
4. Insonning eng yaxshi tarbiyachisi−kitob, eng qattiqqo‘l tarbiyachisi−hayot.
5. Bularning hammasi: til, din, madaniyat− millatning yashayotganligidan dalolat.
6. Ijodkor inson qalbidagi eng go‘zal tuyg‘uni− o‘zidan o‘zgani samimiyat bilan sevish tuyg‘usini −tasvirlay olgan.

A) 3 va 6 B) 1 va 4
C) 2 va 5 D) 4 va 5
#milliysertifikat
#test

Nutqda o‘zaro sinonimlik hosil qila oluvchi so‘zlar to‘g‘ri moslashtirilgan javobni belgilang.

1.Qattiq 2. Rost

a)to‘g‘ri
b) xasis
c) baland
d) tik
e) og‘ir
f) adil

A)1-b, c, e; 2-a, d, f
B)1-b, d, e; 2-a, c, f
C)1-b, c, f; 2-a, d, e
D)1- a, c, e; 2-b, d, f
#milliysertifikat
#test

Qaysi gapdagi nuqtalar o‘rniga so‘z yasovchi, lug‘aviy shakl yasovchi va sintaktik shakl yasovchi qo‘shimchalar mos keladi?

A)Sizni eshit..k, aqlimizga aql qo‘shiladi, ona.., so‘z..yvering.

B)Ko‘p o‘qi.. odam ko‘p biladi, sen buni aslo yod..dan chiqar.. .

C) Boy..ing ko‘p bo‘l..sa ham, bil..ing ko‘p bo‘lsin.

D)Yalqov.. muhtojliklar.. boshlanishi.. .
#milliysertifikat
#test

Berilgan gaplar va ularda ishtirok etgan fe’l shakllari to‘g‘ri moslashtirilgan javobni aniqlang.

A)1−b, d, e; 2−a, c, f
B)1−b, c, f; 2−a, d, e
C)1−a, c, e; 2−b, d, f
D)1−b, c, e; 2−a, d, f
#milliysertifikat
#grammatika

Berilgan parchadagi yasama sifat narsaning qanday belgisini ifodalab kelgan?

Qoramtir libos tantanalar, marosimlar uchun mos, salobatli va juda ulug‘vor libos hisoblanadi. Qora libos hamisha sariq, yam-yashil, oqish liboslar bilan uyg‘unlashadi. Yoshlar bu kabi liboslarni qizil bilan kiyishni ayniqsa yoqtirishadi.

Javoblarni komentga yozing
#milliysertifikat
#test

Berilgan parchadagi to‘liqsiz gapda qaysi gap bo‘lagi tushib qolgan?

Luqmoni hakimdan: “Hikmatni kimdan o‘rgangansan?”−deb so‘radilar.
Luqmoni hakim shunday javob berdi: “Ko‘rlardan o‘rgandim. Ular oyoqlari ostini yaxshilab tekshirmay turib qadam bosmaydilar”.

👉
#milliysertifikat
#test

33. [1,7 ball]
Imloviy xatolik kuzatilgan gapni
aniqlang.
34. [1,7 ball]
Qo‘shimcha qo‘llash bilan bog‘liq
uslubiy xatolik kuzatilgan gapni
aniqlang.
35. [1,7 ball]
So‘z qo‘llash bilan bog‘liq uslubiy
xatolik kuzatilgan gapnianiqlang.

A) “El-yurt hurmati” ordeni harbiy mahorati, ilm-fan,
adabiyot va san’atdagi xizmatlari uchun beriladi.
B) Yurt ravnag‘idagi xizmatlari uchun beriladigan
“O‘zbekiston Qahramoni” unvoni 1994-yil 5-mayda ta’sis
etilgan.
C) “Jasorat” medali uchun harbiy xizmatchilar, Milliy
xavfsizlik xizmati va Ichki ishlar vazirligi xodimlari
mukofotlanadilar.
D) “Sog‘lom avlod uchun” ordeni jismonan va axloqan
sog‘lom avlodni tarbiyalashdagi xizmatlari uchun beriladi.
E) “O‘zbekiston Qahramoni” unvoni bilan taqdirlangan
shaxsga “Oltin Yulduz” medali topshiriladi.
F) “Shon-sharaf ” ordeni Vatan himoyasi, mudofaa qudrati
va milliy xavfsizlikni mustahkamlashda xizmatlari uchun
beriladi.
#milliysertifikat
#test

Gapda ishtirok etgan so‘zlar haqida berilgan XATO hukmni aniqlang.

Onda-sonda o‘sgan daraxtlar sahro shamolida ojizgina tebranib turibdi, qum barxanlar osha sayyohlar qiynalib oldinga intilmoqdalar.

A) Payt ma’nosini bildirgan ravish ishtirok etgan.
B) O‘rin ma’nosini bildirgan ravish ishtirok etgan.
C) O‘zlik nisbatdagi fe’l ishtirok etgan.
D) O‘rin ma’nosini bildirgan ot ishtirok etgan
#milliysertifikat
#test

Qaysi javobda quyidagi gapdagi grammatik bog‘lanishlar NOTO‘G‘RI berilgan?

Bularning barchasi ma’naviy qadriyatlarimiz, urf-odatlarimiz va an’analarimizdan oziqlangan iqtisodiy taraqqiyot yo‘limiz jamiyatning hayotiga ijobiy ta’sir ko‘rsatayotganining yorqin ifodasidir.

A) ma’naviy an’analarimiz, urf-odatlarimiz ta’sir ko‘rsatayotgani, iqtisodiy taraqqiyot
B) ma’naviy oziqlangan, yo‘limiz ta’sir ko‘rsatayotgani, jamiyatning hayoti
C) bularning ta’sir ko‘rsatayotgani, ijobiy ifodasi, iqtisodiy hayoti
D) qadriyatlarimizdan oziqlangan, iqtisodiy yo‘limiz, jamiyatning ta’sir ko‘rsatayotgani