Milliy sertifikat uchun tayyorlanamiz, Hayitoy bilan
411 subscribers
1K photos
32 videos
355 files
196 links
İlmdan o'zga najot yoʻq va bo'lmagay!
Download Telegram
#Ona_tili #Grammatika #BMBA

🌠 ASOS VA QO‘SHIMCHALAR IMLOSI

⚡️ a unlisi bilan tugagan fe’llarga -v, -q, -qi qo‘shimchalari qo‘shilganda a unlisi o aytiladi va shunday
yoziladi: sayla — saylov, qayna — qaynoq, sayra — sayroqi.
Shuningdek, o‘qi — o‘quvchi, sovi — sovuq, to‘qi — to‘quvchi so‘zlarida i unlisi u ga aylanishi mumkin.

⚡️ K k harfi bilan tugagan so‘zlarga egalik qo‘shimchasi
qo‘shilsa, ular g va g‘ ga aylanadi: yurak — yuragi, bilak —
bilagim, tilak — tilagim; buloq — bulog‘im, quloq —
qulog‘ing, qishloq — qishlog‘i kabi. Erki, ishtiroki, huquqi,
ravnaqi singari so‘zlarda bunday holat kuzatilmaydi.

⚡️ Singil, o‘rin, ko‘ngil, og‘il, shahar kabi sozlarga egalik qo‘shimchasi, qayir, ayir so‘zlariga nisbat
yasovchi qo‘shimcha, ikki, olti, yetti so‘zlariga jamlovchi son hosil qiluvchi qo‘shimcha qo‘shilsa, asosda
tovush tushishi hodisasi ro‘y beradi.

⚡️ U, shu, o‘sha kabi olmoshlarga -da, -dan, -day, -dagi, -dosh, -cha qo‘shimchalari qo‘shilsa, bitta n
orttiriladi, aksincha, men, sen olmoshlariga -ni va -ning qo‘shimchalari qo‘shilsa, bitta n tushirib qoldiriladi:
bunda, shundan, o‘shancha, meni, sening kabi.

⚡️ Parvo, obro‘, mavqe so‘zlariga egalik qo‘shimchalari (I va II shaxsda) qo‘shilsa, bitta y tovushi orttiriladi
va shunday yoziladi: parvoyi, obro‘yim, mavqeyim kabi.

⚡️ -boz, -bon qo‘shimchalari -vos, -von kabi aytilsa-da, doimo asl shakli bo‘yicha yoziladi: dorvoz, bog‘bon
kabi.

⚡️ -dir nisbat yasovchi qo‘shimchasi jarangli undosh bilan tugagan bir bo‘g‘inli so‘zlarga qo‘shiladi: yondir,
bordir, quvdir kabi (kel so‘zi bundan mustasno), qolgan o‘rinlarda -tir shaklida aytiladi va shunday yoziladi:
ektir, quyultir, kestir kabi.
#ona_tili_grammatika #BMBA

📝 Soʻz birikmasi va iboraning farqi

𝐒𝐎'𝐙 𝐁𝐈𝐑𝐈𝐊𝐌𝐀𝐒𝐈:

Soʻz birikmasida soʻzlar oʻzaro bogʻlangan boʻladi

Har ikki qismi alohida  tushuncha anglatadi:
𝐤𝐨'𝐳 𝐲𝐮𝐦𝐦𝐨𝐪;𝐤𝐨'𝐳-𝐚'𝐳𝐨,𝐲𝐮𝐦𝐦𝐨𝐪-
𝐡𝐚𝐫𝐚𝐤𝐚𝐭

Soʻz birikmasi lugʻatlarda berilmaydi.

Soʻz birikmasidagi soʻzlar erkin bogʻlangani uchun almashtirish mumkin:
𝐛𝐚𝐱𝐭𝐝𝐚𝐧 𝐤𝐮𝐲𝐥𝐚𝐛-𝐤𝐮𝐲𝐥𝐚𝐛 𝐛𝐚𝐱𝐭𝐝𝐚𝐧.

𝐈𝐁𝐎𝐑𝐀:

Iboralar turgʻun bogʻlangan, soʻzlar ma'noviy butunlik uchun birlashgan-yaxlitlangan boʻladi.

Ibora bir leksik maʼno anglatadi:
𝐤𝐨'𝐳 𝐲𝐮𝐦𝐦𝐨𝐪-𝐯𝐚𝐟𝐨𝐭 𝐞𝐭𝐦𝐨𝐪,𝐤𝐨'𝐳 𝐲𝐮𝐦𝐦𝐨𝐪-𝐞'𝐭𝐢𝐛𝐨𝐫 𝐛𝐞𝐫𝐦𝐚𝐬𝐥𝐢𝐤.

Turgʻun bogʻlanmagan bir soʻz sifatida qaraladi,lugʻatlarda soʻzlar qatorida beriladi, chunki ular soʻzlar kabi ma'no ifodalaydi, ammo bu maʼnolarni oddiy emas,obrazli tarzda ifodalaydi:
𝐲𝐨𝐠' 𝐭𝐮𝐬𝐡𝐬𝐚 𝐲𝐚𝐥𝐚𝐠𝐮𝐝𝐞𝐤-𝐭𝐨𝐳𝐚.

Turgʻun bogʻlamadagi soʻzlarni almashtirib boʻlmaydi:
𝐨𝐪 𝐲𝐨'𝐥.
Iboralar bir ma'no ifodalash qonuniyati asosida turgʻunlashgan,yaxlitlangan boʻladi.
#ona_tili_grammatika #BMBA

❇️Lugaviy shakl yasovchi qoshimchalar❇️

Lugaviy shakl yasovchi qoshimcha – asosga qoshilib , uning ma’nosiga qoshimcha ma’no yuklovchi qoshimchalardir. Masalan: gul+lar, kel+gan, yaxshi+roq, bor+ib.
Quyida soz turkumlariga mansub lugaviy shakl yasovchi qoshimchalarga diqqat qiling:

🔰Otlarda:
-lar (koplik) qoshimchasi: kitoblar, gullar, qizlar.
-cha, -choq, -chak, -(a)loq (kichraytirish , erkalatish) qoshimchasi: kelinchak, bogcha, toychoq..
-niki (qarashlilik) qoshimchasi: meniki, seniki, maktabniki, oyimniki .
-gacha (chegara) qoshimchasi: Toshkentgacha ikki soatlik yol bor. Uydan maktabgacha bolgan masofa uncha uzoq emas.
-dagi (orin-joy) qoshimchasi: Qishloqdagi hovvimizda mevali daraxtlar kop.
-xon, -jon, -boy, -vachcha, -bek, -voy (hurmat) qoshimchasi: Manzuraxon, Otkirjon, Salimboy, mullavachcha.

🔰Sifatlarda:
-roq – qiyosiy daraja qoshimchasi: yogliroq palov.
-i(sh), -i(mtir) – ozaytirma daraja qoshimchasi: kokimtir, sargimtir,
-gina - belgining kuchsizligini belgilovchi qoshimcha: kichkinagina, maydagina.

🔰Sonlarda:
-inchi, -ta, -tacha, -larcha, -lab, -ov, -ala, -ovlon.
Birinchi, bitta, beshtacha, yuzlarcha, minglab, beshala, uchovlon.

🔰Fe’llarda:
-ma – harakatning bolmaganligini ifodalaydi: qochma, yugurma, borma, yozma;
-(i)n,-(i)l, -(i)sh, -dir(-tir), -t, -sat, -gaz(-kaz,-qaz,-gaz) korsat, keril, keltir, otqaz, oshir, tomiz, kiyin, egil;
-sa - shart mayli qoshimchasi: borsa, kelsa, oqisa;
-moqchi - maqsad mayli qoshimchasi: bormoqchi, kelmoqchi, oqimoqchi;
-gan, -ar, -mas sifatdosh qoshimchalari: kelar – kelmas, bolar – bolmas;
-(i)sh,-moq, -(u)v harakat nomi qoshimchalari: oqimoq, bormoq, kelmoq;
-(i)b, -gach,-guncha, -gani, -may ravishdosh qoshimchalari: borib, borgach, borguncha;
-la, -gila(-kila,-qila) ishqala, savala, tortqila, surgila;
-inqira, -imsira – harakatning takroriyligi yoki kuchsizligini bildiruvchi qoshimcha: bosinqira, kulimsira .
#ona_tili_grammatika#BMBA

🔰 QISQACHA MA'LUMOTLAR 🔰

📝Quyidagilar so‘z-gap bo‘lib kelishi mumkin
🔸undovlar 
🔸modal so‘zlar 
🔸olmoshlar

📝Yuklamaning quyidagi turlari bog‘lovchi vazifasidagi ko‘makchiga qo‘shilib kela oladi
🔸so‘roq-taajjub 
🔸gumon 
🔸ayiruv-chegaralov

📝Mantiqiy (frazaviy) urg‘u yoki gap urg‘usi yozuvda, odatda,  quyidagilarga tushadi. 
🔸kesimdan oldingi bo‘lakka
🔸ajratilgan sifatlovchi aniqlovchili gaplarda ajratilgan sifatlovchi aniqlovchiga
🔸she’rlarda qofiyadosh so‘zlarga
🔸so‘roq olmoshi vositasida yasalgan so‘roq gaplarda o‘sha so‘roq olmoshiga

📝O‘xshatish ma’nosi quyidagi birliklarga xos 
🔸Ayrim ko‘makchilar
🔸Ayrim yuklamalar
🔸Ayrim izohlovchilar
🔸Ayrim qo‘shimchalar
#ona_tili_grammatika#BMBA

✰TOBE SO‘ZNI HOKIM SO'ZGA BIRIKTIRUVCHI VOSITALAR✰

⚠️Kelishik qo‘shimchalari yordamida ot va otlashgan so‘zlar turli mustaqil so‘zlar bilan birikadi:
• OT + FE’L = uyga bormoq, uydan chiqmoq, ko‘chani ko‘rmoq.
• OT + OT = kitobning varag‘i, olmaning bargi, onamning ko‘ylagi
• OT + SIFAT = qizlarning yaxshisi, asalning shirini, talabalarning a’lochisi
• OT + SON = oyning beshinchisi, nonning yarmi, olmaning ikkalasi.
• OT + TAQLID SO‘Z = qushlarning chug‘ur-chug‘uri, traktorning pat-pati

⚠️Yordamchi so‘zlar (ko‘makchilar)- tobe so‘z tarkibida qo‘llanib, u bilan bitta so‘roqqa javob bo‘ladi va tobe
so‘zni hokim so‘zga bog‘laydi. Ko‘makchilar asosan quyidagi turkumlarni bog‘laydi:
• OT + FE’L = qilmishiga yarasha jazolanmoq, aybi tufayli uyalmoq
• OT + OT = ishiga yarasha mukofot, telefon orqali suhbat.

⚠️So‘z tartibi va ohang – bunda so‘zlar hech qanday vositalarsiz so‘zlarning joylashish tartibi va ohangiga ko‘ra birikadi, tobe so‘z oldin hokim so‘z keyin joylashadi.
Oq kabutar, ishonchli so'z.
Bunday birikmalarning tartibi o‘zgarsa, gap hosil bo‘ladi. tartib va ohang yordamida quyidagi turkumlar birikadi:
• SIFAT + OT = rangli qalam, mazali taom, qizil olma, shirin choy, qora choy...
• OT + OT = temir eshik, zumrad vahor, tilla sandiq...
• RAVISH + FE’L = ko‘p o'qimoq, tez yurmoq, sekin gapirmoq, asta siljimoq...
• SIFATDOSH + OT = o'qigan bola, artilgan stol, aytilgan so'z, otilgan o'q...
• RAVISHDOSH + FE’L = shoshib gapirmoq, yugurib kelmoq ...
• TAQLID SO‘Z + FE’L = chug'ur-chug'ur sayramoq, gurs-gurs urmoq, ship-ship yurmoq
• RAVISH + OT = ko'p odam