GURLAN TUMAN AGENTLIK TIZIMIDAGI IXTISOSLASHTIRILGAN MAKTABI
707 subscribers
905 photos
141 videos
134 links
Download Telegram
CHSB sinovlarida sinflar bo'yicha 1,2,3- o'rinni egallagan o'quvchilarni taqdirlash.
👍4🔥1
🎄 “Xush kelding, Yangi yil!” bayram tadbiri 🎄
Gurlan tumanidagi ixtisoslashtirilgan maktab-internatida “Xush kelding, Yangi yil!” mavzusida ko‘tarinki ruhda bayram tadbiri tashkil etildi. 🎉
🎶 Tadbir davomida o‘quvchilar tomonidan she’rlar ifodali o‘qildi, quvnoq qo‘shiqlar kuylab, turli sahna ko‘rinishlari namoyish etildi. Har bir chiqish tomoshabinlarga bayramona kayfiyat ulashdi. 🌟
🎅❄️ Bayramning eng quvonchli lahzalaridan biri — Qorbobo va Qorqizning tashrifi bo‘ldi. Ular iqtidorli, faol va namunali o‘quvchilarga Yangi yil sovg‘alarini topshirib, bolalarga quvonch ulashdilar. 🎁😊
Ushbu tadbir o‘quvchilarda ijodkorlikni rivojlantirish, yangi yilga bo‘lgan quvonch va ishonchni mustahkamlash hamda bayramona muhitni yaratishga xizmat qildi.
🎊 Yangi yil barchaga omad, quvonch va muvaffaqiyatlar olib kelsin! 🎊
https://t.me/gurlan_imi
7🥰2
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Yangi yil — yangi maqsadlar va yuksak natijalar sari!

Hurmatli ta’lim xodimlari, aziz o‘quvchilar va ota-onalar!

O‘tib borayotgan yil Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi jamoasi uchun sermahsul, muhim tashabbuslar va quvonchli natijalarga boy bo‘ldi. Yil davomida ta’lim sifatini oshirish, iqtidorli yoshlarni qo‘llab-quvvatlash, ta’lim mazmunini zamon talablari asosida takomillashtirish yo‘lida jamoamiz tomonidan tizimli va samarali ishlar amalga oshirildi.

Yangi yil esa oldimizga yanada yuksak marralarni qo‘ymoqda. Kelayotgan yilda ham ta’limdagi islohotlarni izchil davom ettirib, samaradorlikni yanada oshirish, zamonaviy yondashuvlar va ilg‘or tajribalarni keng joriy etish yo‘lida birlashgan holda harakat qilamiz.

✔️Maqsadimiz — har bir o‘quvchi salohiyatini ro‘yobga chiqarish va barqaror natijalarga erishishdir.

Yangi yil barchamiz uchun yangilanish, ishonch va katta imkoniyatlar yili bo‘lsin!

Ixtisoslashtirilgan ta‘lim muassasalari agentligi jamoasi

Bizni kuzating

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
👍6👎2