GulDU.uz | Rasmiy kanal
5.38K subscribers
17.8K photos
1.52K videos
371 files
4.26K links
Guliston davlat universiteti rasmiy kanali

Manzil: Guliston shahri, 4-mavze
Jamoat transporti: 2-4 yo'nalishdagi avtobus, universitet bekati
Web-site: www.guldu.uz
Email: glsu_info@edu.uz
Telefon: +998672254042
Faks: +998672254275
Download Telegram
Buyuk hakim Abu Ali ibn Sinoning: “Badantarbiya - sog‘liqni saqlashda ulug‘vor usuldir”, degan o‘giti har bir insonning hayotiy shioriga aylansa, kishi hech qachon kasallikka chalinmaydi.

2025 yil 6-may kuni Guliston davlat universiteti Sport faoliyati fakultetidada ish kuni ertalabki badantarbiya mashg‘ulotlari bilan boshlandi. Ushbu sog’lomlashtirish mashg‘ulotlarida fakultet professor-o‘qituvchilari, tyutorlar va 4-talabalar turar joyida istiqomat qiluvchi talabalar faol ishtirok etdi.
Universitetimizda ertalabki badantarbiya mashgʻulotlari davom etmoqda

Universitetimizda an'anaviy tarzda tashkil etilayotgan ertalabki badantarbiya mashg'ulotlari har safar malakali sportchilar, fidoyi ustozlar tomonidan oʻtkazilmoqda.

Bugun, 6-may kuni o’tkazilgan tonggi badantarbiya mashgʼulotlarida Filologiya fakultetining TTJda istiqomat qilayotgan 50 ga yaqin talaba-yoshlari faol ishtirok etdi.
2025-yil 5-may kuniGuliston davlat universiteti Sanʼatshunoslik fakulteti dekani, dekan o‘rinbosari ishtirokida fakultet talabalarining ijara xonadonlaridagi yashash sharoitlari o‘rganildi. O‘rganishdan ko‘zlangan asosiy maqsad – talabalar bilan yaqindan muloqot qilish, ularning yashash sharoitlari, ehtiyojlari va mavjud muammolarni bartaraf etish va ularni ko‘zdan kechirishdir. Talaba-yoshlarning turmush tarzini yaxshilash va mavjud muammolarni imkon qadar tezkor bartaraf etish hamda zarur tavsiyalar berish o‘rganishning muhim jihatlarini tashkil etdi. Bunday tashriflar kelgusida ham davom etib, talabalarning hayot sifatini yaxshilashga qaratiladi.
📚 O‘quv adabiyotlari ta’minoti bo‘yicha o‘rganish ishlari olib borildi

📅 Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2024-yil 12-avgustdagi kengaytirilgan yig‘ilishida belgilangan topshiriqlar hamda vazirlikning 2025-yil 24-aprel sanasidagi “Oliy ta’lim tashkilotlarida o‘quv adabiyotlarini yaratish, nashr qilish yo‘nalishida amalga oshirilayotgan ishlar, fanlarning o‘quv adabiyotlari bilan ta’minlanganlik holatini o‘rganish to‘g‘risida”gi 146-sonli buyrug’i ijrosini ta’minlash maqsadida 2025-yilning 5-may sanasida Guliston davlat universitetida maxsus ishchi guruh tomonidan o‘rganish ishlari olib borildi.

🔍Ishchi guruh tomonidan mazkur tashrif davomida:
• Universitetda o‘quv adabiyotlarini yaratish va nashr qilish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar;
• O‘quv jarayonida foydalanilayotgan adabiyotlar;
• Fanlarning o‘quv adabiyotlari bilan ta’minlanganlik holati atroflicha tahlil qilindi.

🗂 Ishchi guruh vakillari savolnoma asosida zaruriy ma’lumotlarni to‘plab, yakuniy hisobotni tayyorlash ustida ishlamoqdalar.

🎯Mazkur tashabbus oliy ta’limda ta’lim sifatini oshirish, o‘quv adabiyotlari bilan tizimli ta’minlash va ilmiy-metodik bazani mustahkamlashga xizmat qiladi.

📌 Eslatib o‘tamiz, o‘rganish natijalari Vazirlikka 2025-yil 30-mayga qadar taqdim etilishi belgilangan.

🚀 @gulduuz
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿O’zbekiston kubogi 🏆

Ayollar kurashi | 50 KG FINAL

Nilufar Nurmuxammadova (Sirdaryo) vs. Aktenge Keunimjaeva (Sshor, Qoraqalpog’iston Res.)
🇺🇿O’zbekiston kubogi:

🔥 Guliston davlat universiteti Sport faoliyati fakulteti talabasi Nurmuxammadova Nilufar Parij-2024 Olimpiadasi ishtirokchisini mag’lub etdi.

Ayollar kurashi | 50KG FINAL

Nilufar Nurmuxammadova (Sirdaryo) vs. Aktenge Keunimjaeva (Sshor, Qoraqalpog’iston Res.)

Nilufar Nurmuxammadova ayollar kurashi boʻyicha 50 kg vaznda mamlakatimizda birinchi raqamli sportchi boʻlib Los-anjeles 2028 yozgi olimpiya oʻyinlari uchun dadil qadam tashladi.