Ingliz tili o'qituvchilari uchun seminar-trening o'tkazildi
Joriy yilning 25-aprel kuni Guliston davlat universiteti Filologiya fakulteti Fakultetlararo chet tillar kafedrasi katta o'qituvchisi Qodirova Lola tomonidan AQSH elchixonasi Fulbright dasturi ETA Ingliz tili o'qituvchisi yordamchilari Peter Guma (Dickinson College, Pennsylvania) va Grant Owens (The University of Texas at Austin) bilan birgalikda Filologiya fakulteti ingliz tili professor-oqituvchilari hamda universitetimiz qoshidagi akademik-litsey ingliz tili o'qituvchilari uchun "Ingliz tilini o'qitishda zamonaviy pedagogik texnologiyalar va Sun'iy Inteletdan foydalanish usullari" mavzusida seminar-trening tashkil etildi.
Seminar davomida zamonaviy o'qitish usullari va Sun'iy Intellekt texnologiyalaridan foydalanish bo'yicha qiziqarli suhbat va muzokaralar bo'lib o'tdi. Trening nihoyasida Fulbright dasturi ETA Ingliz tili o'qituvchisi yordamchisi Peter Guma, treningda faol qatnashgan professor-o'qituvchilarni rag'batlantirish maqsadida AQSH elchixonasi tomonidan taqdim etilgan kitob va jurnallarni topshirdi.
Bu trening ingliz tili o'qituvchilari uchun yangi pedagogik yondashuvlar va texnologiyalarni o'zlashtirishga yordam berdi va ularga o'z bilim va ko'nikmalarini yanada rivojlantirish imkoniyatini yaratdi.

Bitiruvchilar uchun yangi imkoniyatlar: Oqoltin tumani hokimligi vakillar bilan uchrashuv
📅 2025-yil 25-aprel kuni Guliston davlat universiteti Ma'naviyat va ma'rifat markazi binosida universitetni 2024-2025 o'quv yilida bitirayotgan talabalarni mutaxassisliklari bo'yicha bandligini ta'minlash doirasida Oqoltin tumani hokimligi vakillari bilan uchrashuv bo'lib o'tdi.
Tadbirda Oqoltin tumani hokimining o'rinbosari A.Xaydarov, tuman maktabgacha va maktab ta'limi bo'limi rahbari J.Zikrillayev va tuman kambag'allikni qisqartirish va bandlik bo'limi rahbari M.Fozilovlar ishtirok etdi. Ushbu tadbirda ular bitiruvchilarga tumanidagi bo'sh ish o'rinlari va yosh kadrlarga yaratilgan mehnat sharoitlari haqida batafsil ma'lumot berdilar.
Universitetning Registrator ofisi bilan hamkorlikda tashkil etilgan uchrashuvda tumanda ishlash istagini bildirgan bitiruvchilar bilan shartnomalar imzolash jarayoni 2025-yil 2-may kuni o'tkaziladigan “Karyera kuni” tadbirida amalga oshirilishi rejalashtirilgan.
🎓 Maqsadimiz – bitiruvchilarimizning kasbiy sohada muvaffaqiyatli ishga joylashishlariga yordam berish!
@gulduuz

Tadbirkorlik va raqamli iqtisodiyot: Guliston davlat universitetida mutaxassislar bilan uchrashuv
📅 25-aprel kuni Guliston davlat universiteti Raqamli iqtisodiyot va innovatsiyalar fakultetida Sirdaryo viloyati Soliq bosh boshqarmasi yetakchi mutaxassislari hamda hududimizning ilg‘or va muvaffaqiyatli tadbirkorlari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
🔹 Uchrashuv davomida raqamli iqtisodiyotning bugungi kundagi o‘rni, soliq tizimidagi zamonaviy yondashuvlar hamda tadbirkorlik faoliyatida innovatsiyalarning ahamiyati keng muhokama qilindi.
🗣 Talabalarimiz faol ishtirok etib, o‘zlarini qiziqtirgan savollar bilan mutaxassislarga murojaat qilishdi. Qizg‘in bahs-munozaralar, hayotiy misollar va amaliy maslahatlar uchrashuvga alohida fayz bag‘ishladi.
👏 Tadbir yakunida mehmonlarga universitet nomidan minnatdorchilik bildirildi va kelgusida hamkorlikni davom ettirish bo‘yicha takliflar bildirildi.