GulDU.uz | Rasmiy kanal
5.33K subscribers
18.4K photos
1.56K videos
372 files
4.33K links
Guliston davlat universiteti rasmiy kanali

Manzil: Guliston shahri, 4-mavze
Jamoat transporti: 2-4 yo'nalishdagi avtobus, universitet bekati
Web-site: www.guldu.uz
Email: glsu_info@edu.uz
Telefon: +998672254042
Faks: +998672254275
Download Telegram
2023-yil 16-mart kuni San`atshunoslik fakulteti “Tasviriy san’at va muhandislik grafikasi” kafedrasi dotsenti R.Xayrovning  Rangtasvir fanidan “Iliq tuslanishga ega bo’lgan kontrast rangli buyumlardan tuzilgan natyurmortni cheklangan ranglarda ishlash (Moybo’yoq)”  mavzusidagi ochiq darsi bo`lib o`tdi. Dars davomida kuzatuvchi professor-o’qituvchilar o’zlarining ijobiy fikrlarini bildirishdi.
Forwarded from Edu.uz
#qabul2023
#akademik_litsey

⚡️2023/2024-oʻquv yili uchun akademik litseylarning ta’lim yo‘nalishlariga mos test sinovi o‘tkaziladigan FANLAR MAJMUASI, TEST TOPSHIRIQLARI SONI hamda BAHOLASH MEZONLARI tasdiqlandi.

👉 Barcha test topshiruvchilar uchun topshiriqlar soni jami 60 ta bo‘lib, shundan 20 tasi o‘quvchining intellektual qobiliyat darajasi (IQ)ni aniqlash bo‘yicha hamda ta’lim yo‘nalishlariga mos ikkita fan bo‘yicha esa, jami 40 ta test savollari tushadi.

📌 To‘plash mumkin bo‘lgan maksimal ball — 146:

🔹IQ — 1.1*20 =22;
🔸1-fan — 3.1*20=62;
🔹2-fan — 3.1*20=62.

💾 YUKLAB OLISH (PDF)

Telegram|Instagram|Facebook | YouTube
Ulugʻ insonlarning tavalludi ham ulugʻ sanalarga toʻgʻri keladi. Yurtimizda Navroʻz shukuhi kezib yurgan bir pallada ulugʻ shoirimiz Abdulla Oripovning tavalludiga bagʻishlangan tadbir boʻlib oʻtdi.

Filologiya fakulteti Oʻzbek tilshunosligi kafedrasi tomonidan Ishlab chiqarish fakulteti faollar zalida Abdulla Oripov tavalludining 82 yilligiga bagʻishlangan maʼnaviy-maʼrifiy tadbir boʻlib oʻtdi. Unda Filologiya, San'atshunoslik va Ishlab chiqarish fakultetlari talabalari faol qatnashdi.
Guliston davlat universiteti Jismoniy madaniyat fakultetida Navro‘z umumxalq bayrami munosabati bilan tashkil etilayotgan umumxalq xayriya hashariga tayyorgarlik ko‘rish maqsadida fakultet hududida yer maydonlari yumshatilib, ekiladigan mevali ko‘chat va manzarali daraxt qalamchalari tayyorlanmoqda!