GulDU.uz | Rasmiy kanal
6.28K subscribers
34.9K photos
2.81K videos
435 files
6.35K links
Guliston davlat universiteti rasmiy kanali

Manzil: Guliston shahri, 4-mavze
Jamoat transporti: 2-4 yo'nalishdagi avtobus, universitet bekati
Web-site: www.guldu.uz
Email: glsu_info@edu.uz
Telefon: +998672254042
Faks: +998672254275
Download Telegram
#xalqaro_hamkorlik

Samarqand sari unutilmas sayohat: Turkiyalik mehmonlar uchun madaniy dastur tashkil etildi

Turkiyaning Balıkesir universitetidan tashrif buyurgan mehmonlar uchun madaniy dastur tashkil etildi.

Mehmonlar  Samarqand shahriga sayohat qilib, qadimiy obidalar, tarixiy maskanlar va milliy muhit bilan yaqindan tanishdilar.

Sayohat davomida ular shaharning tarixiy obidalari, boy madaniy merosi va betakror muhitidan bahramand bo‘lishdi.
Samarqand shahrining tarixiy obidalari, boy madaniy merosi va betakror muhitidan bahramand bo‘lgan mehmonlar Guliston davlat universiteti rahbariyatiga va sayohat davomida hamrohlik qilgan, "Axborot texnologiyalari kafedrasi" katta o’qituvchisi Mansur Nuriyevga, shuningdek "Ijtimoiy fanlar kafedrasi" o'qituvchisi Bauirjan Shaxayevga o'z minadorchiliklarni bildirishdi.

@gulduuz
#xalqaro_hamkorlik

Markaziy Osiyo – Yevropa Ittifoqi universitetlari kongressi: Guliston davlat universiteti delegatsiyasi muhim kelishuvlarga erishdi

Samarqand shahrida bo‘lib o‘tayotgan Markaziy Osiyo – Yevropa Ittifoqi universitetlari kongressi oliy ta’lim tizimida xalqaro hamkorlikni yangi bosqichga olib chiqishga xizmat qilayotgan nufuzli ilmiy-amaliy maydon sifatida e’tirof etilmoqda. Mazkur kongress turli mamlakatlar oliy ta’lim muassasalari rahbarlari, ekspertlar va akademik doira vakillarini birlashtirib, o‘zaro tajriba almashish, qo‘shma loyihalarni yo‘lga qo‘yish hamda ta’lim sifatini oshirishga qaratilgan muhim tashabbuslarni ilgari surmoqda.

Ushbu nufuzli anjumanda Guliston davlat universiteti delegatsiyasi ham faol ishtirok etmoqda. Jumladan, universitetning Xalqaro hamkorlik bo‘yicha prorektori Abdushokhit Pozilov hamda Tibbiyot fakulteti dekani Farhod Shernazarov kongress doirasidagi uchrashuv va muzokaralarda qatnashib, qator muhim kelishuvlarga erishmoqda.

Kongress davomida mahalliy oliy ta’lim muassasalari rahbarlari o‘rtasida ham samarali muloqotlar tashkil etildi. Xususan, Toshkent tibbiyot akademiyasi rektori Boymuradov Shuhrat Abdujalilovich bilan Guliston davlat universiteti Tibbiyot fakulteti dekani Farhod Shernazarov o‘rtasida bo‘lib o‘tgan uchrashuv alohida ahamiyat kasb etdi. Mazkur uchrashuv davomida Guliston davlat universitetida Tibbiyot fakultetining tashkil etilishida universitet rektori Muhsin Tadjiyevich Xodjievning katta xizmatlari alohida e’tirof etildi.

Darhaqiqat, rektor M.T.Xodjiyevning tashabbuskorligi, strategik fikrlashi va oliy ta’limni rivojlantirishga qaratilgan uzoqni ko‘zlagan siyosati natijasida universitetda tibbiyot yo‘nalishini yo‘lga qo‘yish muhim tarixiy qadam bo‘ldi. Uning rahbarligida ta’lim sifatini oshirish, xalqaro standartlarga mos o‘quv dasturlarini joriy etish hamda zamonaviy infratuzilmani shakllantirish borasida izchil ishlar amalga oshirilmoqda. Ayniqsa, yosh kadrlar tayyorlash, ilmiy salohiyatni mustahkamlash va xalqaro hamkorlikni kengaytirish yo‘lidagi sa’y-harakatlari universitet taraqqiyotida muhim o‘rin tutmoqda.

Mazkur uchrashuv davomida ikki tomonlama hamkorlikni kengaytirish, tibbiyot ta’limi sifatini yanada oshirish hamda innovatsion yondashuvlarni joriy etish masalalari ham muhokama qilindi.

Uchrashuv yakunida bir qator muhim kelishuvlarga erishildi. Xususan, kelgusi yilda Guliston davlat universiteti Tibbiyot fakultetini xalqaro akkreditatsiyadan o‘tkazish jarayonida o‘zaro tajriba almashish, metodik va tashkiliy ko‘mak ko‘rsatish bo‘yicha hamkorlikni yo‘lga qo‘yish rejalashtirildi. Shuningdek, universitet qoshida yangi tashkil etilayotgan simulyatsion markazni zamonaviy jihozlash, innovatsion o‘quv texnologiyalarini joriy etish va amaliy ko‘nikmalarni mustahkamlashga qaratilgan qo‘shma tashabbuslar ilgari surildi.

Bundan tashqari, tomonlar tibbiyot fakulteti bitiruvchi kurslari uchun o‘quv dasturlarini hamkorlikda ishlab chiqish, o‘quv jarayoniga ilg‘or xorijiy tajribalarni tatbiq etish hamda yakuniy davlat attestatsiya sinovlarini birgalikda tashkil etish bo‘yicha ham kelishuvga erishdilar. Bu esa bitiruvchilarning bilim va ko‘nikmalarini xalqaro talablar asosida baholash imkonini yaratadi.

Umuman olganda, Samarqandda o‘tayotgan mazkur kongress nafaqat mintaqaviy, balki global miqyosda oliy ta’lim sohasidagi hamkorlikni mustahkamlash, ilmiy salohiyatni oshirish va ta’lim sifatini yangi bosqichga olib chiqishda muhim platforma bo‘lib xizmat qilmoqda. Guliston davlat universiteti delegatsiyasining faol ishtiroki esa universitetning xalqaro maydondagi nufuzini yanada mustahkamlashga xizmat qilmoqda.

@gulduuz
“Sog‘lom hayot – porloq kelajak”

2026-yil 14-aprel kuni Guliston davlat universiteti Axborot texnologiyalari va fizika-matematika fakulteti tyutorlari tashabbusi bilan talabalar o‘rtasida “Sog‘lom hayot – porloq kelajak” shiori ostida ertalabki badantarbiya mashg‘uloti tashkil etildi. Mazkur tadbir sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish, yoshlarning jismoniy faolligini oshirish hamda ularning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etishga qaratildi.

Ertalabki badantarbiya mashg‘ulotlari davomida talabalar turli jismoniy mashqlarni bajarib, o‘z salomatliklarini mustahkamlash bilan birga kunni tetik va ko‘tarinki kayfiyatda boshlash imkoniga ega bo‘ldilar.

Shuningdek, bunday tashabbuslar yoshlar o‘rtasida sportga bo‘lgan qiziqishni oshirish, zararli odatlardan yiroq bo‘lish va sog‘lom muhitni shakllantirishda muhim ahamiyat kasb etadi. Tyutorlar tomonidan tashkil etilgan ushbu mashg‘ulot talabalar tomonidan iliq kutib olinib, yuqori kayfiyat va faollik bilan o‘tkazildi.
2026 yil 14 aprel kuni Guliston davlat universiteti Sport faoliyati fakultetida “Kelajak soati” rukni ostida “Kitobxonlik” mavzusida ma’rifat darsi o‘tkazildi. Ushbu darsni fakultet dekani o’rinbosari B.Ibragimov olib bordi.
Ma’rifat darsida talabalarga Kitobxonlik masalasi zamonaviy ta’lim tizimida strategik ahamiyat kasb etadi. Bugungi kunda axborot ko‘lami keskin ortib borayotgan bir sharoitda insonning asosiy ustunligi – bu ma’lumotni tahlil qilish, saralash va undan to‘g‘ri xulosa chiqarish qobiliyatidir. Mazkur kompetensiyalar esa tizimli mutolaa orqali shakllanadi. Kitob inson tafakkurini chuqurlashtiradi, tahliliy fikrlashni rivojlantiradi va qaror qabul qilish jarayonida asosli yondashuvni ta’minlashi alohida ta’kidlandi.
Zamonaviy davrda esa kitob tushunchasining mazmuniy mohiyati saqlanib qolmoqda. Elektron resurslar, audiokitoblar va raqamli platformalar orqali bilim olish imkoniyatlari kengaydi. Biroq mazmunni chuqur o‘zlashtirish uchun baribir izchil mutolaa zarur.