GulDU.uz | Rasmiy kanal
6.08K subscribers
35.1K photos
2.82K videos
435 files
6.36K links
Guliston davlat universiteti rasmiy kanali

Manzil: Guliston shahri, 4-mavze
Jamoat transporti: 2-4 yo'nalishdagi avtobus, universitet bekati
Web-site: www.guldu.uz
Email: glsu_info@edu.uz
Telefon: +998672254042
Faks: +998672254275
Download Telegram
#GulDU
#Talabalar_hayoti

🗓 2026-yil 13-aprel sanasida Raqamli iqtisodiyot va innovatsiyalar fakulteti  tyutorlar jamoasi ijara xonadonlarida istiqomat qilayotgan talaba-yoshlar holidan xabar oldilar.

⚡️ Tashrif davomida ijara xonadonining sharoitlari va texnika xavfsizligi qoidalariga rioya etilishi masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

⚡️ Shuningdek, mas’ullar talabalarning yashash sharoitlari, tozalik va qulaylik darajasini o‘rganib, ularning taklif va murojaatlarini tingladilar.
Forwarded from GulDU Yoshlar Ittifoqi
#GulDU #Yoshlar_ittifoqi #Zukko_kitobxon

📚 "ZUKKO KITOBXON" BILIMLAR JANGIGA TAYYORMISIZ?

🇺🇿Oʻzbekiston yoshlar ittifoqi Guliston davlat universiteti Boshlangʻich tashkiloti tomonidan fakultetlar Yoshlar Kengashlari o'rtasida intellektual bellashuv start oladi!

🔻Tanlovda fakultet koordinatori boshchiligida fakultet Yoshlar Kengashi a'zolari bellashadi. Keyinchalik loyiha guruhlararo o'tkazilishi rejalashtirilgan.

Asosiy qoidalar:
👥 Jamoa: 7 nafar talaba.
📑Manba:
🔺“Shum bola” — Gʻafur Gʻulom
🔺 “Oqsoʻyloq” — Jek London
🔺 “Oʻzbeklar” — Oʻtkir Hoshimov

🔽 Batafsil maʼlumot uchun.

🫥Eslatma: Tanlov 23-aprel kuni oʻtkaziladi. ​Bilimingizni g‘alabaga aylantiring!


🔺Bizni kuzatishda davom eting...

📇Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz!
😎Telegram 😎Instagram
😎Facebook 😎YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Forwarded from GulDU Yoshlar Ittifoqi
#GulDU #Yoshlar_ittifoqi
#Diqqat #QVZ

GulDUDA "QVZ"

🇺🇿Guliston davlat universitetida Yoshlar ittifoqining Boshlangʻich tashkiloti tomonidan "Quvnoqlar va zukkolar" oʻyinining navbatdagi mavsumiga start berilmoqda.

🔺O'yinda har bir fakultetdan jamoalar ishtirok etadi, jamoani shaxsan fakultet koordinatorlari saralab, shakllantiradi. Shuningdek, bu galgi o'yinda "Qalqon", "Mushoira", "Zulfiyaxonim izdoshlari", "Jilg'a" klublari ham o'z jamoalari bilan ishtirok etishi shartli, deb belgilanadi.

🎓"QVZ"da talabalarning iste’dodi, hazil-mutoyibasi va topqirligi endi GulDU sahnasida namoyon etiladi.
O'yin quyidagi shartlar bo'yicha tashkil etiladi va jamoalar eng kamida 6 nafar ishtirokchidan iborat bo'lishi lozim:

1-shart: Tanishtiruv ("Talabalik davrim mening..." mavzusida)
2-shart: Savol-javob
3-shart: Erkin mavzu ("Mashhur kinolar talabalar nigohida" mavzusida parodiya)


📀 Oʻyinda ishtirok etish istagida boʻlgan jamoalar fakultetlarimizdagi yoshlar ittifoqi koordinatorlariga murojaat qilishlari mumkin. Klublar va jamoatchilik guruhi esa o'z koordinatorlariga murojaat qilishadi.

Murojaat qilishning eng oxirgi kuni 18-aprel soat 15:00.

🔺Bizni kuzatishda davom eting...

📇Bizning ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz!
😎Telegram 😎Instagram
😎Facebook 😎YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#GulDU

"3-5-TTJ(Talabalar turar joyi)"

📆2026-yil 13-aprel kuni Guliston davlat universitetining Yangiyer shahrida joylashgan Psixologiya va ijtimoiy fanlar fakulteti 3-5-sonli Talabalar turar joyiga universitet ma'muriyati - Yoshlar bilan ishlash, manaviyat va ma'rifat bo'limi boshlig'i hamda mas'ul xodimlar tashrif buyurishdi.

🇺🇿Mazkur tashrif talabalar uchun yaratilgan shart-sharoitlarni yanada yaxshilash hamda ularning ijtimoiy himoyasini mustahkamlashga qaratildi.

📝Tashrif davomida talabalar yashash sharoitlari ko‘zdan kechirilib, ularning kundalik turmush holati, dars mashg‘ulotlariga tayyorgarligi hamda ijtimoiy-maishiy masalalari bilan yaqindan tanishildi.

📚Shuningdek, talabalar bilan ochiq muloqot o‘tkazilib, ularni qiziqtirgan savollarga atroflicha javoblar berildi hamda mavjud muammolar yuzasidan tegishli tavsiyalar bildirildi.
#xalqaro_hamkorlik

Samarqand sari unutilmas sayohat: Turkiyalik mehmonlar uchun madaniy dastur tashkil etildi

Turkiyaning Balıkesir universitetidan tashrif buyurgan mehmonlar uchun madaniy dastur tashkil etildi.

Mehmonlar  Samarqand shahriga sayohat qilib, qadimiy obidalar, tarixiy maskanlar va milliy muhit bilan yaqindan tanishdilar.

Sayohat davomida ular shaharning tarixiy obidalari, boy madaniy merosi va betakror muhitidan bahramand bo‘lishdi.
Samarqand shahrining tarixiy obidalari, boy madaniy merosi va betakror muhitidan bahramand bo‘lgan mehmonlar Guliston davlat universiteti rahbariyatiga va sayohat davomida hamrohlik qilgan, "Axborot texnologiyalari kafedrasi" katta o’qituvchisi Mansur Nuriyevga, shuningdek "Ijtimoiy fanlar kafedrasi" o'qituvchisi Bauirjan Shaxayevga o'z minadorchiliklarni bildirishdi.

@gulduuz