GulDU.uz | Rasmiy kanal
6.04K subscribers
35.8K photos
2.85K videos
435 files
6.39K links
Guliston davlat universiteti rasmiy kanali

Manzil: Guliston shahri, 4-mavze
Jamoat transporti: 2-4 yo'nalishdagi avtobus, universitet bekati
Web-site: www.guldu.uz
Email: glsu_info@edu.uz
Telefon: +998672254042
Faks: +998672254275
Download Telegram
#futbol
#xushxabar

Guliston davlat universitetiga yana bir g‘alaba yarashdi!

Sirdaryo viloyati 2-liga Kubogi doirasidagi yarim final uchrashuvida “Universitet” jamoamiz kuchli raqib — “Boyovut FC” ustidan ishonchli g‘alaba qozonib, final yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi.

Uchrashuv davomida jamoamiz a’zolari yuqori darajadagi tayyorgarlik, jamoaviy o‘yin va qat’iyat namoyon etdi. Natijada munosib g‘alaba bilan muxlislar ishonchini oqladi.

🏆 Endi oldinda hal qiluvchi final bahsi!

Universitet” jamoamizga final o‘yinida omad, kuch va yangi g‘alabalar tilaymiz!

@gulduuz
#9aprel
#690yillik

Tarixchilar tashabbusi: Amir Temur tavalludining 690 yilligi keng nishonlandi

2026-yil 8-aprel kuni buyuk sarkarda Amir Temur tavalludining 690 yilligi munosabati bilan Tarix kafedrasi tomonidan ilmiy-ma’rifiy madaniy tadbir tashkil etildi.

Mazkur tadbir kafedra o‘qituvchilari D.Sangirova, G.Abdulxay va Z.Abdualimova rahbarligida, 2 va 4-bosqich talabalari ishtirokida “Amir Temurning harbiy-siyosiy faoliyatiga nazar” mavzusida o‘tkazildi.

Tadbir davomida talabalar tomonidan Amir Temur faoliyati, uning davlatchilik va harbiy san’at sohasidagi o‘rni, shuningdek tarixiy jarayonlardagi roli haqida mazmunli va ilmiy asoslangan taqdimotlar qilindi. Shuningdek, sahnaviy chiqishlar orqali Temuriylar davridagi muhim tarixiy voqealar badiiy ifoda etilib, tadbirning ta’sirchanligi yanada oshirildi.

Ilmiy-madaniy tadbirda tarix kafedrasi o‘qituvchilari D.Qudratov, Sh.Ma’rufov, M.Isroilov, R.Ne’matov va A.Abdumatovlar ham faol ishtirok etib, uning ilmiy saviyasini yanada yuksaltirishga hissa qo‘shdilar.

Tadbir doirasida D.Qudratov tomonidan Amir Temur va temuriylar tarixining xorijiy mamlakatlarda o‘rganilishiga bag‘ishlangan ma’ruza taqdim etildi. Unda xorijiy tarixshunoslikda Temuriylar davriga bo‘lgan qiziqish, tadqiqot yo‘nalishlari hamda zamonaviy ilmiy yondashuvlar haqida muhim ma’lumotlar berildi.

@gulduuz
#xalqaro_hamkorlik

Xalqaro hamkorlik mustahkamlanmoqda: Balıkesir universiteti professori tashrifi

Balıkesir University bilan xalqaro hamkorlikni rivojlantirishga qaratilgan memorandum doirasida mazkur universitetning Tarix kafedrasi professori Serkan Sari Guliston davlat universitetiga rasmiy tashrif buyurdi.

Tashrif davomida universitet tarix kafedrasi o‘qituvchilari hamda tarix yo‘nalishi talabalari bilan mazmunli uchrashuvlar tashkil etildi. Professor-o‘qituvchilar bilan bo‘lib o‘tgan muloqotlarda Turkiyada tarix sohasida olib borilayotgan ilmiy tadqiqotlar, zamonaviy yondashuvlar va nufuzli ilmiy nashrlar yuzasidan atroflicha fikr almashildi.

Shuningdek, professor Serkan Sari Turkiyada o‘tkazilishi rejalashtirilgan xalqaro simpozium haqida ma’lumot berib, unda kafedra o‘qituvchilarining ishtiroki muhim ekanini ta’kidladi. Uchrashuv doirasida u tarix yo‘nalishining 1-bosqich talabalari bilan erkin muloqot o‘tkazdi. Suhbat davomida O‘zbekiston va Turkiya o‘rtasidagi tarixiy aloqalar, madaniy yaqinlik hamda hamkorlik istiqbollari yuzasidan qiziqarli va ilmiy asoslangan fikrlar bildirildi.

Mazkur tashrif ikki oliy ta’lim muassasasi o‘rtasidagi ilmiy-akademik aloqalarni yanada mustahkamlash, tajriba almashish va talabalarning xalqaro ilmiy dunyoqarashini kengaytirishda muhim qadam bo‘ldi.

@gulduuz
Forwarded from GulDU Yoshlar Ittifoqi
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Amir_Temur690
#GulDU #Yoshlar_ittifoqi
#Chellenj

🇺🇿🇺🇿🇺🇿O‘zbekiston yoshlar ittifoqi Guliston davlat universiteti Boshlang‘ich tashkiloti qoshida tashkil etilgan “Mushoira” klubi “Sohibqiron merosi qalbimdadir” shiori ostidagi chellenjni qabul qildi.

🔻Ushbu chellenjni davom ettirish uchun esa “Munozara” klubiga topshirdi.

🔺Bizni kuzatishda davom eting...

📇Bizning ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz!
😎Telegram 😎Instagram
😎Facebook 😎YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Forwarded from GulDU Yoshlar Ittifoqi
#Amir_Temur690
#GulDU #Yoshlar_ittifoqi
#Zakovat

SOHIBQIRON XOTIRASI "ZAKOVAT"DA

🇺🇿O'zbekiston yoshlar ittifoqi Guliston davlat universiteti Boshlang'ich tashkiloti tomonidan Amir Temurning 690 yilligi munosabati bilan "Zakovat" intellektual o'yini o'tkazildi.

🎁Jamoalar o'zlarining bilim-salohiyatlarini sinovdan o'tkazib, faol ishtirok etishdi va g'oliblar esdalik sovgʻalari bilan munosib taqdirlanishdi.

🔺Bizni kuzatishda davom eting...

📇Bizning ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz!
😎Telegram 😎Instagram
😎Facebook 😎YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM