GulDU.uz | Rasmiy kanal
6.02K subscribers
35.9K photos
2.86K videos
435 files
6.39K links
Guliston davlat universiteti rasmiy kanali

Manzil: Guliston shahri, 4-mavze
Jamoat transporti: 2-4 yo'nalishdagi avtobus, universitet bekati
Web-site: www.guldu.uz
Email: glsu_info@edu.uz
Telefon: +998672254042
Faks: +998672254275
Download Telegram
“Talabalik bahori” nomli ma'naviy-ma’rifiy tadbir universitet yotoqxonalarida ko‘tarinki ruhda tashkil etildi. Tadbir Fakultetlararo chet tillar kafedrasi dotsentlari D. Shavqiyeva, E. Pazilov, D. Uralova va Z. Norquziyevalar tashabbusi bilan o‘tkazildi.

Unda yotoqxonalarda istiqomat qiluvchi talabalar faol ishtirok etib, qo‘shiqlar, milliy laparlar hamda she’riy chiqishlar orqali o‘z ijodiy salohiyatlarini namoyon etdilar.

Tadbir talabalar iqtidorini rivojlantirish, ijtimoiy-madaniy faolligini oshirish hamda o‘zaro hurmat, do‘stlik va hamjihatlik muhitini mustahkamlashda muhim ahamiyat kasb etdi.
#GulDU.uz
#Tibbiyot_Fakulteti
#Talaba


2026-yil 8-aprel kuni Tibbiyot fakulteti tyutori L.Ablaberdiyev tomonidan ijarada istiqomat qiluvchi talabalar yashash sharoitlarini o‘rganish maqsadida manzilli tashriflar amalga oshirildi.


⚡️Tashrif davomida talabalar yashayotgan xonadonlarning sanitariya-gigiyena holati, yashash uchun yaratilgan sharoitlar, xavfsizlik qoidalariga rioya etilishi hamda umumiy tartib-intizom darajasi atroflicha o‘rganildi. Shuningdek, talabalar bilan yakka tartibda suhbatlar o‘tkazilib, ularning ijtimoiy-maishiy holati, o‘quv jarayonlariga munosabati va mavjud muammolari yuzasidan fikr-mulohazalari tinglandi.

⚡️O‘rganishlar natijasida talabalarga ijarada yashash madaniyatiga rioya etish, yashash joylarini doimiy ravishda toza va ozoda saqlash, qo‘shnilar bilan o‘zaro hurmat asosida munosabatda bo‘lish, ichki tartib-qoidalarga amal qilish hamda yong‘in va texnika xavfsizligi talablariga qat’iy rioya etish yuzasidan tegishli tushuntirishlar berildi.
#futbol
#xushxabar

Guliston davlat universitetiga yana bir g‘alaba yarashdi!

Sirdaryo viloyati 2-liga Kubogi doirasidagi yarim final uchrashuvida “Universitet” jamoamiz kuchli raqib — “Boyovut FC” ustidan ishonchli g‘alaba qozonib, final yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi.

Uchrashuv davomida jamoamiz a’zolari yuqori darajadagi tayyorgarlik, jamoaviy o‘yin va qat’iyat namoyon etdi. Natijada munosib g‘alaba bilan muxlislar ishonchini oqladi.

🏆 Endi oldinda hal qiluvchi final bahsi!

Universitet” jamoamizga final o‘yinida omad, kuch va yangi g‘alabalar tilaymiz!

@gulduuz