GulDU.uz | Rasmiy kanal
6.04K subscribers
35.8K photos
2.85K videos
435 files
6.39K links
Guliston davlat universiteti rasmiy kanali

Manzil: Guliston shahri, 4-mavze
Jamoat transporti: 2-4 yo'nalishdagi avtobus, universitet bekati
Web-site: www.guldu.uz
Email: glsu_info@edu.uz
Telefon: +998672254042
Faks: +998672254275
Download Telegram
#GulDU
#talaba_hayoti
#ijara

🌐 Axborot texnologiyalari va fizika-matematika fakulteti tyutorkari I.Abdualiyev va O.Mamadaliyev tomonidan ijara xonadonlarida istiqomat qilayotgan talabalar holidan muntazam xabar olinib, ularning yashash sharoitlari oʻrganildi.

Talabalarning sogʻligʻi va xavfsizligi ustuvor ahamiyatga ega ekani taʼkidlanib, favqulodda holatlarning oldini olish yuzasidan zarur tavsiyalar bildirildi.

Mazkur tashriflar talabalar uchun xavfsiz va qulay yashash muhitini taʼminlash, ularning ijtimoiy holatini qoʻllab-quvvatlash hamda masʼuliyatini oshirishga xizmat qiladi.
#sport

🌐 Guliston davlat universitetida "Yangi Oʻzbekiston talabalari olimpiadasi" sport musobaqalari davom etmoqda

8-aprel kuni Stol tennisi sport turi bo‘yicha universitet bosqich musobaqalariga start berildi. Musobaqalar belgilangan nizom asosida tashkil etilib, universitet terma jamoasini shakllantirishga qaratilgan.

Mazkur musobaqalarda Raqamli iqtisodiyot va innovatsiyalar  fakultetining faol, chaqqon va sportga qiziqishi yuqori bo‘lgan talaba-qizlari ham munosib ishtirok etib, o‘z jamoaviy hamjihatligi, epchilligi va sport mahoratini namoyon etishmoqda.

Musobaqa jarayonlarida talabalar o‘rtasida sog‘lom raqobat muhitini shakllantirish, iqtidorli sportchilarni aniqlash, hududiy bosqich musobaqalari uchun jamoalarni saralab olish, shuningdek, sport seksiyalari orqali talabalarni nufuzli respublika final bosqichlarida ishtirokini ta’minlash va yuqori natijalarga erishish maqsad qilib olingan.
“Talabalik bahori” nomli ma'naviy-ma’rifiy tadbir universitet yotoqxonalarida ko‘tarinki ruhda tashkil etildi. Tadbir Fakultetlararo chet tillar kafedrasi dotsentlari D. Shavqiyeva, E. Pazilov, D. Uralova va Z. Norquziyevalar tashabbusi bilan o‘tkazildi.

Unda yotoqxonalarda istiqomat qiluvchi talabalar faol ishtirok etib, qo‘shiqlar, milliy laparlar hamda she’riy chiqishlar orqali o‘z ijodiy salohiyatlarini namoyon etdilar.

Tadbir talabalar iqtidorini rivojlantirish, ijtimoiy-madaniy faolligini oshirish hamda o‘zaro hurmat, do‘stlik va hamjihatlik muhitini mustahkamlashda muhim ahamiyat kasb etdi.
#GulDU.uz
#Tibbiyot_Fakulteti
#Talaba


2026-yil 8-aprel kuni Tibbiyot fakulteti tyutori L.Ablaberdiyev tomonidan ijarada istiqomat qiluvchi talabalar yashash sharoitlarini o‘rganish maqsadida manzilli tashriflar amalga oshirildi.


⚡️Tashrif davomida talabalar yashayotgan xonadonlarning sanitariya-gigiyena holati, yashash uchun yaratilgan sharoitlar, xavfsizlik qoidalariga rioya etilishi hamda umumiy tartib-intizom darajasi atroflicha o‘rganildi. Shuningdek, talabalar bilan yakka tartibda suhbatlar o‘tkazilib, ularning ijtimoiy-maishiy holati, o‘quv jarayonlariga munosabati va mavjud muammolari yuzasidan fikr-mulohazalari tinglandi.

⚡️O‘rganishlar natijasida talabalarga ijarada yashash madaniyatiga rioya etish, yashash joylarini doimiy ravishda toza va ozoda saqlash, qo‘shnilar bilan o‘zaro hurmat asosida munosabatda bo‘lish, ichki tartib-qoidalarga amal qilish hamda yong‘in va texnika xavfsizligi talablariga qat’iy rioya etish yuzasidan tegishli tushuntirishlar berildi.