GulDU.uz | Rasmiy kanal
6.04K subscribers
35.8K photos
2.85K videos
435 files
6.39K links
Guliston davlat universiteti rasmiy kanali

Manzil: Guliston shahri, 4-mavze
Jamoat transporti: 2-4 yo'nalishdagi avtobus, universitet bekati
Web-site: www.guldu.uz
Email: glsu_info@edu.uz
Telefon: +998672254042
Faks: +998672254275
Download Telegram
#WORKSHOP

2026-yil 8-aprel kuni Guliston davlat universiteti “Oziq-ovqat texnologiyalari” kafedrasida ilmiy-amaliy workshop muvaffaqiyatli o‘tkazildi

Workshop mavzusi:
“Oziq-ovqat mahsulotlari sifatini aniqlashning innovatsion yondashuvlari”

Tadbirda “Bunyod Gold” MChJ bosh texnologi A.Asqaraliyev hamda kafedraning tajribali professor-o‘qituvchilari- A. Uzaydullayev, S.Kuzibekov, A.Nurmuhammedov, D.Nasreddinov, J.Xazratqulov, G.Tuxtamishova, D.Turabekova, Ch.Raimova va boshqalar faol ishtirok etishdi.

Workshop davomida oziq-ovqat mahsulotlarining sifatini zamonaviy usullar bilan aniqlash, sensorli tahlil, fizik-kimyoviy va innovatsion texnologiyalar (shu jumladan raqamli vositalar va tez diagnostika usullari) masalalari atroflicha muhokama qilindi.

Mutaxassislarning amaliy tajribalari va tavsiyalari talabalar uchun juda qimmatli bo‘ldi.

Nazariya va amaliyotning uyg‘unlashuvi talabalarga kelajakdagi kasbiy faoliyatlarida yuqori sifatli oziq-ovqat mahsulotlarini ishlab chiqarish va nazorat qilish bo‘yicha muhim bilim va ko‘nikmalar bag‘ishladi.

Seminar juda qiziqarli va foydali o‘tdi!
Talabalar yangi innovatsion yondashuvlarga boy bo‘lib, mutaxassislar bilan jonli muloqot qilishdi va ko‘plab savollar berishdi.

@gulduuz
Forwarded from IRA | Sirdaryo
RAQAMLI STARTAPLAR BO‘YICHA SEMINAR VA WORKSHOP

Sirdaryo viloyatidagi oliy ta’lim muassasalarida “Raqamli startaplar” dasturini samarali amalga oshirish, innovatsion ekotizimni rivojlantirish hamda inkubatsiya markazlari faoliyatini takomillashtirish maqsadida seminar tashkil etilmoqda.

📍Tadbir manzili: Guliston davlat universiteti
🗓 Sana: 2026-yil 9-aprel
🕙 Vaqt: 10:00

🎤Seminar spikeri:
S. Isanturdiyev – Innovatsion rivojlanish agentligi Sirdaryo viloyat bo‘linmasi rahbari

💡Seminar davomida:
— Raqamli startaplar imkoniyatlari
— Innovatsion loyihalarni rivojlantirish
— Inkubatsiya markazlari faoliyati
— Amaliy workshop sessiyalari

👥 Barcha talabalar, yoshlar va startap g‘oya egalarini taklif qilamiz!

#RaqamliStartaplar #StartupUz #Innovatsiya #Sirdaryo
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#GulDU
#talaba_hayoti
#ijara

🌐 Axborot texnologiyalari va fizika-matematika fakulteti tyutorkari I.Abdualiyev va O.Mamadaliyev tomonidan ijara xonadonlarida istiqomat qilayotgan talabalar holidan muntazam xabar olinib, ularning yashash sharoitlari oʻrganildi.

Talabalarning sogʻligʻi va xavfsizligi ustuvor ahamiyatga ega ekani taʼkidlanib, favqulodda holatlarning oldini olish yuzasidan zarur tavsiyalar bildirildi.

Mazkur tashriflar talabalar uchun xavfsiz va qulay yashash muhitini taʼminlash, ularning ijtimoiy holatini qoʻllab-quvvatlash hamda masʼuliyatini oshirishga xizmat qiladi.
#sport

🌐 Guliston davlat universitetida "Yangi Oʻzbekiston talabalari olimpiadasi" sport musobaqalari davom etmoqda

8-aprel kuni Stol tennisi sport turi bo‘yicha universitet bosqich musobaqalariga start berildi. Musobaqalar belgilangan nizom asosida tashkil etilib, universitet terma jamoasini shakllantirishga qaratilgan.

Mazkur musobaqalarda Raqamli iqtisodiyot va innovatsiyalar  fakultetining faol, chaqqon va sportga qiziqishi yuqori bo‘lgan talaba-qizlari ham munosib ishtirok etib, o‘z jamoaviy hamjihatligi, epchilligi va sport mahoratini namoyon etishmoqda.

Musobaqa jarayonlarida talabalar o‘rtasida sog‘lom raqobat muhitini shakllantirish, iqtidorli sportchilarni aniqlash, hududiy bosqich musobaqalari uchun jamoalarni saralab olish, shuningdek, sport seksiyalari orqali talabalarni nufuzli respublika final bosqichlarida ishtirokini ta’minlash va yuqori natijalarga erishish maqsad qilib olingan.
“Talabalik bahori” nomli ma'naviy-ma’rifiy tadbir universitet yotoqxonalarida ko‘tarinki ruhda tashkil etildi. Tadbir Fakultetlararo chet tillar kafedrasi dotsentlari D. Shavqiyeva, E. Pazilov, D. Uralova va Z. Norquziyevalar tashabbusi bilan o‘tkazildi.

Unda yotoqxonalarda istiqomat qiluvchi talabalar faol ishtirok etib, qo‘shiqlar, milliy laparlar hamda she’riy chiqishlar orqali o‘z ijodiy salohiyatlarini namoyon etdilar.

Tadbir talabalar iqtidorini rivojlantirish, ijtimoiy-madaniy faolligini oshirish hamda o‘zaro hurmat, do‘stlik va hamjihatlik muhitini mustahkamlashda muhim ahamiyat kasb etdi.