GulDU.uz | Rasmiy kanal
6.01K subscribers
36K photos
2.86K videos
435 files
6.39K links
Guliston davlat universiteti rasmiy kanali

Manzil: Guliston shahri, 4-mavze
Jamoat transporti: 2-4 yo'nalishdagi avtobus, universitet bekati
Web-site: www.guldu.uz
Email: glsu_info@edu.uz
Telefon: +998672254042
Faks: +998672254275
Download Telegram
#sport

08.04.2026-yil Raqamli iqtisodiyot va innovatsiyalar fakulteti talabalarining bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish hamda ommaviy sportni rivojlantirish maqsadida voleybol sport turi bo‘yicha qiziqarli musobaqa tashkil etildi.

Mazkur sport tadbirida fakultetning faol, chaqqon va sportsevar o‘g‘il-qizlari ishtirok etib, o‘zaro bellashuvlarda jamoaviylik, chaqqonlik va g‘alabaga bo‘lgan intilishlarini namoyon etdilar.

Musobaqa do‘stona muhitda o‘tib, talabalar o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish, jamoaviy ruhni mustahkamlash va sportga bo‘lgan qiziqishni yanada oshirishga xizmat qildi.
#9aprel
#sohibqiron_tavalludining_690yilligi

2026-yil 8-aprel kuni Guliston davlat universiteti madaniyat saroyida buyuk bobokalonimiz Amir Temur tavalludining 690-yilligi munosabati bilan "Yoshlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalashda Amir Temur hayoti va faoliyatining o‘rni" mavzusida ma'naviy-ma'rifiy tadbir tashkil etildi.

Tadbirga Guliston davlat universiteti rektori M.T.Xodjiyev va universitetning professor-o'qituvchilari hamda talaba-yoshlar ishtirok etishdi. Ushbu tadbir bo'yicha Qatag'on qurbonlari muzeyi direktori O'.Erbotayeva tomonidan "Temur va temuriylar davri madaniyati, ilm-fan rivoji va bunyodkorlik ishlari" to‘g‘risida ma'lumotlar berishdi.

Tadbirning badiiy qismida universitet talabalari, jumladan "San'atshunoslik" fakulteti talabalari tomonidan Vatanni madh etuvchi kuy-qo‘shiqlar ijro etildi. Tadbirdan ko‘zlangan maqsad talaba-yoshlarga Temuriylar davrida yaratilgan Uchinchi Renessans haqida ma'lumot berishga erishildi.
🌎XALQARO ILMIY ANJUMANGA MARHAMAT!

💠Guliston davlat universiteti “Sivilizatsiyalar chorrahasidagi o‘lka: Markaziy Osiyo tarixining yangi tadqiqot yo‘nalishlari va metodologik yondashuvlar” nomli xalqaro ilmiy anjumanga ishtirok etishga taklif qiladi!

🔘 Anjuman oflayn va onlayn shaklda o‘tkaziladi.

🤩 ANJUMAN YO‘NALISHLARI:
-Insoniyat sivilizatsiyasi rivojida “Buyuk ipak yo‘li”ning ahamiyati.
-Markaziy Osiyo hududida kechgan siyosiy va ijtimoiy hayot yangi tadqiqotlarda.
-Markaziy Osiyo hududida kechgan etnomadaniy jarayonlar manbashunosligi va tarixshunosligi.
-Yangi O‘zbekistonda tarixshunoslik va zamonaviy metodologiyalar: raqamli tarix, pedagogik innovatsiyalar hamda interdistsiplinar tadqiqotlar.


🏪 MUHIM SANALAR:
Maqolalarni qabul qilish – 2026-yil 8-maygacha
Ilmiy anjuman – 2026-yil 15–16-may

✉️Maqolalarni yuborish:
📞+998994771345 (Umid Mavlyanov, @Umid_mavlyanov)
📞+998994760306 (Davlat Qudratov, @Davlatbek_Turdibekovich) 📚Anjuman materiallari kitob va elektron ko'rinishda nashr etiladi. 🔖 Har bir muallifga sertifikat, nashr etilgan tezis (PDF), hamda elektron holda to'plam taqdim etiladi.
➡️ Axborot xati (Havola orqali o'ting)
📍Manzil: Guliston davlat universitetining bosh binosi, 1-qavat, faollar zali.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Forwarded from Muxsin Xodjiyev official
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#GulDU #GulSU #ГулДУ

🇺🇿Guliston davlat universiteti Axborot resurs markazida mahallalardagi yoshlar

🇺🇿Rektor Muxsin Xodjiyev tashabbusi bilan qad ko'targan Guliston davlat universiteti Axborot resurs markazidan nafaqat universitet talabalari, balki mahallalardagi yoshlar ham keng foydalanib, ma'naviy ozuqa olishmoqda. Bu safar hatto Oqoltin tumanidagi Andijon mahallasi yoshlari ham kitoblar bilan tanishish, mavjud imkoniyatlardan foydalanish uchun mahalla faollari boshchiligida kutubxonaga kelishdi. Viloyatdagi barcha mahalla yoshlari kutubxonaga taklif etiladi.


🇺🇿Young Residents from Local Neighborhoods at the Information Resource Center of Gulistan State University

🇺🇿The Information Resource Center of Gulistan State University, established at the initiative of Rector Mukhsin Khodjiyev, is actively utilized not only by university students but also by young people residing in local neighborhoods, who draw intellectual and moral sustenance from its resources. On this occasion, youth from the Andijon mahalla of the Okoltin district visited the library, led by community activists, to familiarize themselves with the book collection and to make use of the available facilities. Young people from all neighborhood communities across the region are invited to the library.


🇺🇿Молодёжь махаллей в Информационно-ресурсном центре Гулистанского государственного университета

🇺🇿Информационно-ресурсный центр Гулистанского государственного университета, созданный по инициативе ректора Мухсина Ходжиева, используется не только студентами университета, но и молодёжью местных махаллей, которая активно пользуется его ресурсами для получения духовной и интеллектуальной пищи. В этот раз молодые люди махалли «Андижон» Окалтынского района также пришли в библиотеку под руководством активистов махалли, чтобы ознакомиться с книгами и воспользоваться имеющимися возможностями. Молодёжь всех махаллей области приглашается в библиотеку.


📱@muxsin_xodjiyev
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Forwarded from Muxsin Xodjiyev official
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#GulDU #GulSU #ГулДУ

🇺🇿Amir Temur tavalludining 690 yilligi Guliston davlat universitetida

🇺🇿Guliston davlat universitetida buyuk sarkarda Amir Temurning 690 yilligi keng nishonlandi. Tadbirni universitet rektori, texnika fanlari doktori, professor Muxsin Xodjiyev kirish nutqi bilan ochib berdi. Shuningdek, tarixshunos olimlar tomonidan buyuk ajdodimiz haqida batafsil ma'ruzalar qilindi.


🇺🇿Commemoration of the 690th Anniversary of Amir Temur at Gulistan State University

🇺🇿At Gulistan State University, the 690th anniversary of the great commander Amir Temur was widely celebrated. The ceremony was opened with an introductory address by the university rector, Doctor of Technical Sciences, Professor Muxsin Xodjiyev. In addition, historians delivered detailed lectures about our illustrious ancestor.


🇺🇿Празднование 690 й годовщины со дня рождения Амира Темура в Гулистанском государственном университете

🇺🇿В Гулистанском государственном университете широко отпраздновали 690‑ю годовщину со дня рождения великого полководца Амира Темура. Мероприятие было открыто вступительной речью ректора университета, доктора технических наук, профессора Мухсина Ходжиева. Кроме того, историки выступили с подробными докладами о нашем великом предке.


📱@muxsin_xodjiyev
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#WORKSHOP

2026-yil 8-aprel kuni Guliston davlat universiteti “Oziq-ovqat texnologiyalari” kafedrasida ilmiy-amaliy workshop muvaffaqiyatli o‘tkazildi

Workshop mavzusi:
“Oziq-ovqat mahsulotlari sifatini aniqlashning innovatsion yondashuvlari”

Tadbirda “Bunyod Gold” MChJ bosh texnologi A.Asqaraliyev hamda kafedraning tajribali professor-o‘qituvchilari- A. Uzaydullayev, S.Kuzibekov, A.Nurmuhammedov, D.Nasreddinov, J.Xazratqulov, G.Tuxtamishova, D.Turabekova, Ch.Raimova va boshqalar faol ishtirok etishdi.

Workshop davomida oziq-ovqat mahsulotlarining sifatini zamonaviy usullar bilan aniqlash, sensorli tahlil, fizik-kimyoviy va innovatsion texnologiyalar (shu jumladan raqamli vositalar va tez diagnostika usullari) masalalari atroflicha muhokama qilindi.

Mutaxassislarning amaliy tajribalari va tavsiyalari talabalar uchun juda qimmatli bo‘ldi.

Nazariya va amaliyotning uyg‘unlashuvi talabalarga kelajakdagi kasbiy faoliyatlarida yuqori sifatli oziq-ovqat mahsulotlarini ishlab chiqarish va nazorat qilish bo‘yicha muhim bilim va ko‘nikmalar bag‘ishladi.

Seminar juda qiziqarli va foydali o‘tdi!
Talabalar yangi innovatsion yondashuvlarga boy bo‘lib, mutaxassislar bilan jonli muloqot qilishdi va ko‘plab savollar berishdi.

@gulduuz
Forwarded from IRA | Sirdaryo
RAQAMLI STARTAPLAR BO‘YICHA SEMINAR VA WORKSHOP

Sirdaryo viloyatidagi oliy ta’lim muassasalarida “Raqamli startaplar” dasturini samarali amalga oshirish, innovatsion ekotizimni rivojlantirish hamda inkubatsiya markazlari faoliyatini takomillashtirish maqsadida seminar tashkil etilmoqda.

📍Tadbir manzili: Guliston davlat universiteti
🗓 Sana: 2026-yil 9-aprel
🕙 Vaqt: 10:00

🎤Seminar spikeri:
S. Isanturdiyev – Innovatsion rivojlanish agentligi Sirdaryo viloyat bo‘linmasi rahbari

💡Seminar davomida:
— Raqamli startaplar imkoniyatlari
— Innovatsion loyihalarni rivojlantirish
— Inkubatsiya markazlari faoliyati
— Amaliy workshop sessiyalari

👥 Barcha talabalar, yoshlar va startap g‘oya egalarini taklif qilamiz!

#RaqamliStartaplar #StartupUz #Innovatsiya #Sirdaryo
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#GulDU
#talaba_hayoti
#ijara

🌐 Axborot texnologiyalari va fizika-matematika fakulteti tyutorkari I.Abdualiyev va O.Mamadaliyev tomonidan ijara xonadonlarida istiqomat qilayotgan talabalar holidan muntazam xabar olinib, ularning yashash sharoitlari oʻrganildi.

Talabalarning sogʻligʻi va xavfsizligi ustuvor ahamiyatga ega ekani taʼkidlanib, favqulodda holatlarning oldini olish yuzasidan zarur tavsiyalar bildirildi.

Mazkur tashriflar talabalar uchun xavfsiz va qulay yashash muhitini taʼminlash, ularning ijtimoiy holatini qoʻllab-quvvatlash hamda masʼuliyatini oshirishga xizmat qiladi.