GulDU.uz | Rasmiy kanal
6.1K subscribers
35K photos
2.81K videos
435 files
6.35K links
Guliston davlat universiteti rasmiy kanali

Manzil: Guliston shahri, 4-mavze
Jamoat transporti: 2-4 yo'nalishdagi avtobus, universitet bekati
Web-site: www.guldu.uz
Email: glsu_info@edu.uz
Telefon: +998672254042
Faks: +998672254275
Download Telegram
Forwarded from GulDU Yoshlar Ittifoqi
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#GulDU #Yoshlar_ittifoqi #Psixologiya_va_ijtimoiy_fanlar

🌺SUMALAK SAYLI - MILLIY QADRIYATLAR TARANNUMI!

🇺🇿Guliston davlat universiteti Psixologiya va Ijtimoiy fanlar fakultetida an’anaviy “Sumalak sayli” tashkil etildi.

🔻Ushbu tadbirda talabalar va ustozlar birgalikda milliy qadriyatlarimizni aks ettiruvchi urf-odatlarni namoyish etishdi. Sumalak tayyorlash jarayoni esa o‘ziga xos bayramona muhitni yaratib, barchani birlashtirdi.

🔺Bizni kuzatishda davom eting...

📇Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz!
😎Telegram 😎Instagram
😎Facebook 😎YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Forwarded from Sirdaryolik yoshlar
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#live

Ayni vaqtda Guliston davlat universitetida "El-yurt umidi" jamg'armasi faoliyatini keng targ'ib qilish maqsadida targ'ibot tadbiri o'tkazilmoqda.


Telegram | Instagram | Facebook
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#GulDu
#Psixologiya_va_ijtimoiy_fanlar
#Navro'z

🔰Guliston davlat universiteti Psixologiya va ijtimoiy fanlar fakultetida "Navroʻz sayli"
♻️Afsonalarga ko‘ra Navro‘zning mohiyati – yangilanish, nur, yaxshilik g‘oyasi bilan bog‘lanib ketadi. Tabiatdagi uyg‘onish insonning ichki dunyosidagi uyg‘onish bilan bog‘lanadi.

Bo'lib o'tgan sayl davomida milliy qadriyatlarimiz va milliy ananalarimizdan uzoqlashmagan holda ularni asrab qolish va kelajak avlodga meros sifatida qoldirish maqsadida milliy tanlovlar va milliy o'yinlarimiz tashkillashtirilib sayl ko'rkiga ko'rk qo'shdi.

@gulduuz
Forwarded from Edu.uz
#rezidentlik_dasturi

Yosh tadqiqotchilar diqqatiga: ISLAB va J-PAL hamkorligidagi 12 oylik Tadqiqot akseleratori dasturiga qabul ochildi


Ijtimoiy siyosat laboratoriyasi (ISLAB) va J-PAL O‘zbekistonda ijtimoiy himoya, rivojlanish iqtisodiyoti hamda davlat siyosati ta’sirini baholash yo‘nalishlarida ilmiy izlanishlar olib borish istagidagi tadqiqotchilarni rezidentlik dasturiga taklif etadi.

2026-yilgi guruh uchun 10 dan ortiq o‘rin ajratilgan. Arizalar kelib tushish tartibiga ko‘ra ko‘rib chiqiladi, shu sababli hujjatlarni tezroq topshirish tavsiya etiladi.

Dastur doirasida siz quyidagi imkoniyatlarga ega bo‘lasiz:

• ISLAB va J-PAL tadqiqotchilaridan bevosita mentorlik;
• MIT MicroMasters'ning “Ma’lumotlar, iqtisodiyot va rivojlanish siyosati (DEDP)” kurslarida o‘qish imkoniyati;
• Amaliy ijtimoiy siyosat tadqiqotlarida real tajriba;
• Mahalliy va xalqaro olimlar bilan professional netvorking;
• Kelajakdagi tadqiqotlar uchun moliyalashtirish imkoniyatlari;
• Tadqiqot akseleratori rezidenti sifatidagi rasmiy maqom.

👤 Kimlar topshirishi mumkin?

Iqtisodiyot, ijtimoiy siyosat, davlat boshqaruvi, statistika yoki tegishli miqdoriy (kvantitativ) fanlar bo‘yicha ma’lumotga, tadqiqot tajribasi va kuchli tahliliy ko‘nikmalarga ega nomzodlar.

🗓 Oxirgi muddat: 2026-yil 14-aprel.

🔗 Batafsil ma’lumot va ariza topshirish: Dastur yo‘riqnomasi.

Dasturga mos keladigan hamkasb va do‘stlaringiz bilan ulashishni unutmang!

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
Sirdaryoda yoshlar bilan ishlash bo‘yicha samarali tizim shakllanmoqda

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 5-yanvardagi PQ–1 va PQ–2-son qarorlari ijrosini o‘rganish bo‘yicha Respublika ishchi guruhi tomonidan Sirdaryo viloyatidagi oliy ta’lim muassasalari faoliyati atroflicha tahlil qilindi. O‘rganishlar natijasida Guliston davlat universiteti, Guliston davlat pedagogika instituti hamda Toshkent kimyo-texnologiya instituti Yangiyer filiali tomonidan amalga oshirilayotgan tizimli ishlar yuqori baholanib, Sirdaryoda yoshlar bilan ishlash bo‘yicha samarali tizim shakllanayotganligi qayd etildi.

Xususan, talaba-yoshlar orasida jinoyatchilik va huquqbuzarliklarning oldini olish, ichki tartib-intizomni mustahkamlash, sog‘lom ijtimoiy muhitni shakllantirish borasida “Qalqon” jamoatchilik guruhining faoliyati alohida e’tirof etildi. Ushbu guruh nafaqat profilaktik tadbirlarni tashkil etish, balki yoshlar bilan individual ishlash, ularning muammolarini o‘rganish va hal etishda ham muhim o‘rin tutmoqda.

27-mart kuni Guliston davlat universitetida ushbu yo‘nalishda erishilgan natijalarni e’tirof etish maqsadida tantanali taqdirlash marosimi tashkil etildi. Unda O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokurorining birinchi o‘rinbosari, Respublika ishchi guruh raisi Baxriddin Valiyev, Ichki ishlar vazirining birinchi o‘rinbosari Botir Qudratxo‘jayev, Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri o‘rinbosari Uktam Salomov, Sirdaryo viloyati hokimi o‘rinbosari Otabek Mavlonberdiyev, Sirdaryo viloyati prokurori Savid Imatov hamda tegishli tashkilotlar va OTMlar rahbarlari ishtirok etishdi.

Batafsil: https://guldu.uz/

👉 На русском
👉
In English

#Sirdaryo #ishchi_guruh #vazir_oʻrinbosari

@gulduuz
Sirdaryoda yoshlar bilan uchrashuv boʻlib oʻtdi

Guliston davlat universitetida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Istiqbolli kadrlarni tayyorlash boʻyicha “El-yurt umidi” jamgʻarmasi masʼul xodimlari ishtirokida yoshlar bilan uchrashuv tashkil etildi.

👍 Uchrashuv davomida ishtirokchilarga dunyoning yetakchi oliy taʼlim muassasalarida tahsil olish imkoniyatlari, shartlari va imtiyozlari haqida batafsil maʼlumot berildi. Shuningdek, jamgʻarma faoliyati, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining iqtidorli mutaxassislarni xorijda qoʻllab-quvvatlashga qaratilgan farmonida belgilangan ustuvor vazifalar hamda yoshlar uchun yaratilayotgan imkoniyatlar xususida tushuntirishlar berildi.

Tadbirda ochiq stipendiya tanlovlarini oʻtkazish tartibi, nomzodlarga qoʻyiladigan talablar, shuningdek, xorijda tahsilni muvaffaqiyatli yakunlagan stipendiatlarning mamlakatimizda munosib ish bilan taʼminlanishi, ularning kasbiy rivoji va Milliy kadrlar zaxirasiga kiritilishi kabi masalalarga alohida eʼtibor qaratildi.


Shuningdek, talabalar oʻzlarini qiziqtirgan savollar bilan faol ishtirok etib, mutaxassislar tomonidan atroflicha javoblar oldilar.

Rasmiy sahifalarimiz
Veb-sayt|Telegram|Facebook|Instagram|You Tube|X|Aloqa
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM