GulDU.uz | Rasmiy kanal
6.89K subscribers
33.8K photos
2.74K videos
435 files
6.3K links
Guliston davlat universiteti rasmiy kanali

Manzil: Guliston shahri, 4-mavze
Jamoat transporti: 2-4 yo'nalishdagi avtobus, universitet bekati
Web-site: www.guldu.uz
Email: glsu_info@edu.uz
Telefon: +998672254042
Faks: +998672254275
Download Telegram
#Tashrif
#Fotoreportaj

Innovatsiya, ilm va ijod uyg‘unligi: yoshlar startaplari va ilmiy loyihalarining yirik ko‘rgazmasi namoyish etildi

Guliston davlat universitetiga O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokurorining birinchi o‘rinbosari Baxriddin Valiyev hamda Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri o‘rinbosari Uktam Salomov tashrifi kun tartibiga muvofiq, mehmonlarga Guliston davlat universitetining ijodkor va tadqiqotchi yoshlari tomonidan yaratilgan ilmiy ishlanmalar, startap va innovatsion loyihalar ko‘rgazmasi namoyish etildi.

Ko‘rgazmada zamonaviy texnologiyalarga asoslangan startap loyihalar, ilmiy-tadqiqot ishlari natijalari, amaliy ahamiyatga ega innovatsion ishlanmalar keng namoyish qilindi.
Xususan, taqdim etilgan loyihalar Sirdaryo viloyatini innovatsion hududga aylantirish, ishlab chiqarishga ilm-fanni joriy etish, qishloq xo‘jaligi va sanoat sohalarida samaradorlikni oshirishga qaratilgani bilan ajralib turdi.

Shu bilan birga, tadbir doirasida ijodkor yoshlar tomonidan jonli ijroda kuy-qo‘shiqlar yangradi. Universitet orkestr jamoasi hamda badiiy guruhlar chiqishlari tadbirga o‘zgacha ruh bag‘ishlab, ilm-fan va san’at uyg‘unligini yaqqol namoyon etdi.

Mehmonlar yoshlar tomonidan ilgari surilgan g‘oya va tashabbuslar bilan yaqindan tanishib, ularning amaliy ahamiyati, tijoratlashtirish imkoniyatlari hamda kelgusidagi rivojlanish istiqbollari yuzasidan o‘z fikr-mulohazalarini bildirdi.

Shuningdek, Baxriddin Valiyev va Uktam Salomov tomonidan istiqbolli loyihalarni qo‘llab-quvvatlash, ularni amaliyotga joriy etish hamda iqtidorli yoshlar uchun yanada keng imkoniyatlar yaratish yuzasidan muhim ko‘rsatmalari berishdi.

@gulduuz
#Tashrif
#Fotoreportaj

“Payshanba — Yoshlar kuni!”


Guliston davlat universiteti Madaniyat saroyida “Payshanba — yoshlar kuni” doirasida muhim va qiziqarli uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
Uchrashuvga O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokurorining birinchi o‘rinbosari Baxriddin Valiyev hamda Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri o‘rinbosari Uktam Salomov tashrif buyurib, yoshlar bilan samimiy va ochiq muloqot olib bordi.

Tadbirda Guliston davlat universiteti, Guliston davlat pedagogika instituti hamda Toshkent kimyo-texnologiya instituti Yangiyer filiali talabalari hamda uyushmagan yoshlar faol ishtirok etdi.

Muloqot davomida yoshlarning ta’lim sifati, amaliyot va bandlik masalalari, jinoyatchilik profilaktikasi, xavfsizlik va ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash, ilmiy-tadqiqot ishlari, startap loyihalari va innovatsion tashabbuslar muhokama qilindi.
Talabalar o‘z takliflari bilan chiqib, amaliy laboratoriyalarni kengaytirish, zamonaviy o‘quv bazasi yaratish, startap va innovatsion loyihalarni rag‘batlantirish hamda ijtimoiy faoliyatni rivojlantirish bo‘yicha g‘oyalarini taqdim etdi.
Baxriddin Valiyev va Uktam Salomov barcha taklif va tashabbuslarni diqqat bilan tinglab, ularni amaliyotga joriy etish, iqtidorli yoshlarni qo‘llab-quvvatlash hamda ilmiy va ijodiy salohiyatni rivojlantirish yuzasidan mas’ullarga tegishli ko‘rsatmalarni berdilar.

Tadbir yakunida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 5-yanvardagi “Respublika mahallalarida xavfsiz muhitni yaratish yo’nalishida yaxlit manzilli ishlash tizimini joriy etishga qaratilgan qo’shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ–1-sonli Qarori ijrosini ta’minlash ishlarida faollik ko‘rsatayotgan talabalar va uyushmagan yoshlarning bir guruhi moddiy va ma’naviy rag‘batlantirildilar.

@gulduuz
“Karyera kuni – Mehnat yarmarkasi” o‘rkazildi

2026-yil 26-mart kuni Guliston tumani 17-umumta’lim maktabida Guliston davlat universiteti tashabbusi bilan Guliston tumani hokimligi bilan hamkorlikda doimiy yashash joyii Guliston tumanida bo'lgan bitiruvchilar uchun “Karyera kuni – Mehnat yarmarkasi” tadbiri tashkil etildi.

Mazkur tadbir yoshlarning bandligini ta’minlash, ularni munosib ish o‘rinlariga yo‘naltirish hamda kasbiy ko‘nikmalarini rivojlantirish maqsadida o‘tkazildi.

Tadbirda Guliston tumani hokimi Djurayev Olimjon Urazaliyevich shaxsan ishtirok etib, bitiruvchilar bilan ochiq muloqot olib bordi. O‘z nutqida yoshlar uchun yaratilayotgan imkoniyatlar, yangi ish o‘rinlari hamda kasb-hunar egallashning dolzarb ahamiyati haqida alohida to‘xtalib o‘tdi.

Shuningdek, tumandagi mas’ul tashkilotlar, korxona va muassasa rahbarlari ham tadbirda faol ishtirok etib, mavjud bo‘sh ish o‘rinlari, mehnat sharoitlari hamda talab etilayotgan mutaxassisliklar bo‘yicha batafsil ma’lumot berdilar.

Tadbir davomida bitiruvchilar o‘zlarini qiziqtirgan savollariga mutaxassislar tomonidan to‘liq va asosli javoblar oldilar. Ayrim ishtirokchilar bilan kelgusida ishga joylashish yuzasidan dastlabki kelishuvlarga erishildi.

@gulduuz
Forwarded from Muxsin Xodjiyev official
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#GulDU #GulSU #ГулГУ
#tashrif #visit #посещение

🇺🇿 O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokurori birinchi o‘rinbosari hamda Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri o‘rinbosari GulDUda

🫠 Bugun Guliston davlat universitetida "Payshana - yoshlar kuni” doirasida "Rahbar va yoshlar" uchrashuvi bo‘lib o‘tdi. Uchrashuvda talabalar tomonidan 10dan ziyod takliflar bildirildi va rahbarlar tomonidan qo‘llab-quvvatlandi.


🇺🇿 First Deputy Prosecutor General and Deputy Minister of Higher Education, Science and Innovation of the Republic of Uzbekistan at GulSU

🫠 Today, within the framework of "Payshana - Youth Day," a meeting "Leader and Youth" was held at Gulistan State University. At the meeting, more than 10 proposals were made by students and supported by the leadership.


🇺🇿 Первый заместитель Генерального прокурора Республики Узбекистан и заместитель министра высшего образования, науки и инноваций в ГулГУ

🫠 Сегодня в Гулистанском государственном университете в рамках "Пайшана - День молодежи" состоялась встреча "Руководитель и молодежь." На встрече студентами было высказано более 10 предложений, которые были поддержаны руководителями.


📱 @muxsin_xodjiyev
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Forwarded from Edu.uz
Gulistonda yoshlar bilan ochiq muloqot: taʼlim, innovatsiya va imkoniyatlar

Guliston davlat universitetiga O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokurorning birinchi o‘rinbosari Baxriddin Valiyev hamda Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri o‘rinbosari Uktam Salomovlar tashrif buyurdi

Guliston davlat universitetidagi tashrif doirasida mehmonlar “Qalqon” jamoatchilik guruhi faoliyati, talabalar oʻrtasida huquqbuzarliklarning oldini olish va huquqiy madaniyatni oshirish boʻyicha amalga oshirilayotgan ishlar bilan tanishdi. Shuningdek, zamonaviy axborot-resurs markazi, sport majmualari va talabalarning ijodiy hamda ilmiy faoliyati namoyish etildi, yoshlar bilan ochiq muloqot oʻtkazildi.

Uchrashuvlar davomida taʼlim sifati, yoshlar bandligi, startap va innovatsion loyihalarni qoʻllab-quvvatlash masalalari muhokama qilinib, bir qator muhim taklif va tashabbuslar ilgari surildi. Masʼullar tomonidan yoshlar salohiyatini rivojlantirish, amaliyotga yoʻnaltirilgan taʼlimni kuchaytirish va imkoniyatlarni kengaytirish boʻyicha tegishli koʻrsatmalar berildi.

Batafsil: https://guldu.uz/

👉 На русском
👉
In English

#Sirdaryo #vazir_oʻrinbosari

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram