GulDU.uz | Rasmiy kanal
6.01K subscribers
36.4K photos
2.9K videos
435 files
6.43K links
Guliston davlat universiteti rasmiy kanali

Manzil: Guliston shahri, 4-mavze
Jamoat transporti: 2-4 yo'nalishdagi avtobus, universitet bekati
Web-site: www.guldu.uz
Email: glsu_info@edu.uz
Telefon: +998672254042
Faks: +998672254275
Download Telegram
Joriy yilning 27-noyabr kuni Guliston davlat universiteti profilaktika inspektori, mayor A.Usmonov hamda tibbiyot fakulteti tyutorlari bilan birgalikda Tibbiyot fakulteti talaba yoshlari uchun Sirdaryo viloyati ichki ishlar boshqarmasi qoshida tashkil qilingan “Ichki ishlar organlari tarixi muzeyi”ga tashrif amalga oshirildi. Tashrif davomida muzeydagi tarixning oldingi davrlarida jamoat xavfsizligini taʼminlash sohasining shakllanishi va rivojlanishi bosqichlari, turli yillardagi xizmat kiyimlari, tabel qurollari, uskuna va maxsus vositalar namunalari hamda ichki ishlar organlarini shakllanishi tarixi bilan yaqindan tanishishdi. Talabalarda ushbu muzeyning to‘rt mingdan ziyod eksponatlari, shuningdek, vazirlikning barcha sohaviy xizmatlari tarixini aks ettirgan alohida burchaklar alohida qiziqish uyg‘otdi.
#kelajakka_qadam
#seminar_trening

“Kelajakka qadam”: Talabalar uchun yangi imkoniyatlar eshigi


Bugun, 27-noyabr kuni Guliston davlat universitetida “Kelajakka qadam” dasturi doirasida navbatdagi seminar-trening bo‘lib o‘tdi.

Seminar-treningni Guliston davlat universitetining O‘quv ishlari bo‘yicha prorektori F.Sharipov ochib berdi va olib bordi.

Seminarda “O‘zmilliybank” AJ mutaxassislari tomonidan bank xizmatlari, xususan yoshlar uchun mo‘ljallangan “Kelajakka qadam” dasturi va kredit mahsulotlari bo‘yicha batafsil ma’lumotlar berildi.

So‘zga chiqqanlar:
A.Shaimkulov — “O‘zmilliybank” AJ Guliston amaliyot BXM Chakana xizmatlar guruhi boshlig‘i
U.Qilichov — “O‘zmilliybank” AJ Guliston amaliyot BXM Chakana amaliyotlar bo‘limi boshlig‘i
•Sh.Baxromov — “Kelajakka qadam” markazi xodimi

Dastur orqali imtiyozli kredit olib tahsil olayotgan universitetning 2024-yil bitiruvchisi N.Mo‘ydinov o‘z tajribasi bilan o‘rtoqlashdi — bu yoshlarimiz uchun haqiqiy motivatsiya bo‘ldi.

Shuningdek, tadbirda “MILI TEKS” MChJ vakili D.Nurjamalova tomonidan biznesga oid motivatsion chiqish amalga oshirildi.

Tadbir davomida talabalarning savollariga javob berildi va kelajak rejalari bo‘yicha yo‘nalishlar ko‘rsatildi.

@gulduuz
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Xavfsiz_va_sogʻlom_yurt
#Zoʻravonlikka_qarshi_16_kun

Guliston Davlat universitetida “Xotin-qizlarga nisbatan raqamli zo‘ravonlikka barham berish uchun birlashaylik” shiori ostida uchrashuv tashkil etildi.
———
Гулистон Давлат университетида “Хотин-қизларга нисбатан рақамли зўравонликка барҳам бериш учун бирлашайлик” шиори остида учрашув ташкил этилди.


Telegram/ Facebook/ Youtube/ Instagram/ Ok
"MILLIY QADRIYATLAR -MILLAT MAʼNAVIYATINING KOʻZGUSI".
Joriy yilning 27-noyabr kuni Guliston davlat universiteti Tibbiyot fakulteti talaba-yoshlar uchun Guliston davlat universiteti Madaniyat saroyi yonida tashkil qilingan milliy rassomchilik namunalari ko'rgasmasiga milliy liboslarda tashrif amalga oshirildi. Ko'rgazmada San'atshunoslik fakulteti iqtidorli yoshlari tomonidan tayyorlangan, milliyligimizni aks ettiruvchi rasmlar talabalarda alohida taassurot qoldirdi.