Biznes va tadbirkorlik oliy maktabi
5K subscribers
2.28K photos
208 videos
2 files
1.55K links
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Biznes va tadbirkorlik oliy maktabining ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalari:

🗣 @gsbeuz Chat-BOX
💠 @gsbeuz_bot
🌐 www.gsbe.uz
🔵 fb.com/gsbe.uz
🔴 http://instagram.com/gsbe.uz

📞 +998 71 239 03 03
Download Telegram
Sun’iy intellektni rivojlantirish va qo‘llash masalalariga bag‘ishlangan mahorat darsi bo‘lib o‘tdi

🇺🇿 Biznes va tadbirkorlik oliy maktabida “Sun’iy intellekt - ertaga kech!” mavzusida mahorat darsi tashkil etildi. Tadbir spikeri sifatida Mohirdev kompaniyasi asoschisi, axborot texnologiyalari va sun’iy intellekt sohasida 20 yildan ortiq tajribaga ega mutaxassis, Oksford universiteti bitiruvchisi, Dr. Anvar Narzullayev ishtirok etdi.
Ishtirokchilar sun’iy intellektning rivojlanish yo‘nalishlari, uning zamonaviy biznesdagi o‘rni hamda sun’iy intellekt texnologiyalarini amaliyotda qo‘llash imkoniyatlarini muhokama qildilar. Shuningdek, startaplar va kichik biznesda sun’iy intellektdan foydalanish, samaradorlikni oshirish va raqobatbardoshlikni kuchaytirish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.
Tadbir davomida yangi kasblarning shakllanishi, sun’iy intellekt bilan ishlash uchun zarur ko‘nikmalar hamda raqamli transformatsiya sharoitida kasbiy rivojlanish istiqbollari haqida ham fikr almashildi.
Shuningdek, ishtirokchilar texnologik tendensiyalar va sun’iy intellektning iqtisodiyot hamda mehnat bozoriga ta’siri masalalarini ham muhokama qildilar.

Mahorat darsi interaktiv formatda o‘tkazilib, tajriba almashish va texnologiyalar kelajagi bo‘yicha professional muloqot uchun samarali maydon bo‘ldi.

🇷🇺 RU
🇬🇧 ENG

#GSBE #GraduateSchool #Masterclass #AI #Mohirdev

🔝 Web-site |🔝Facebook | 🔝 Instagram | 🔝 Youtube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔥9👍64👏4
Nodavlat notijorat tashkilotlarini boshqarish bo‘yicha malaka oshirish kursi yakunlandi

🇺🇿 2026 yil 24 aprel kuni O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Biznes va tadbirkorlik oliy maktabida nodavlat notijorat sektor vakillari uchun tashkil etilgan “Ijtimoiy ta’sir va notijorat tashkilotlarni boshqarish” mavzusidagi malaka oshirish kursi yakunlandi.

✔️O‘quv dasturi modulli shaklda tashkil etilgan bo‘lib, nodavlat notijorat tashkilotlari faoliyatining asosiy yo‘nalishlarini qamrab oldi. Jumladan, tashkilotlar faoliyatining huquqiy va institutsional asoslari, strategik va loyiha boshqaruvi, moliyaviy barqarorlikni ta’minlash, inson resurslarini boshqarish hamda liderlik ko‘nikmalarini rivojlantirish masalalari tizimli ravishda ko‘rib chiqildi.
✔️Dasturning yakuniy moduli nodavlat notijorat tashkilotlari faoliyatida raqamli yechimlarni joriy etish masalalariga bag‘ishlandi. Mashg‘ulotlar davomida davlat organlari bilan o‘zaro hamkorlikda e-ngo.uz elektron platformasidan foydalanish imkoniyatlari, boshqaruv va tashkiliy jarayonlarni raqamlashtirish masalalari ko‘rib chiqildi. Shuningdek, sun’iy intellekt texnologiyalarini qo‘llash, raqamli kommunikatsiya vositalari va ijtimoiy tarmoqlar orqali auditoriya qamrovini kengaytirish, tashkilot faoliyatining ochiqligi va jamoatchilik ishonchini oshirish bo‘yicha amaliy mexanizmlar tahlil qilindi.
✔️O‘quv jarayoni doirasida davlat organlari vakillari bilan uchrashuvlar va amaliy tashriflar tashkil etildi. Xususan, O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi, Oliy Majlis Qonunchilik palatasi va Senatida o‘tkazilgan uchrashuvlar ishtirokchilarga davlat va nodavlat sektor o‘rtasidagi hamkorlik mexanizmlarini amaliy jihatdan o‘rganish imkonini berdi.


Kurs yakunida yopilish marosimi o‘tkazilib, ishtirokchilarga malaka oshirish to‘g‘risidagi sertifikatlar topshirildi. Mazkur o‘quv dasturi ishtirokchilarda nodavlat notijorat tashkilotlarini boshqarishning zamonaviy yondashuvlari bo‘yicha kompleks tushunchalarni shakllantirdi hamda olingan bilim va ko‘nikmalarni amaliyotga joriy etish imkoniyatlarini kengaytirdi.

🇷🇺 RU
🇬🇧 ENG

#GSBE #GraduateSchool #Trainingcourse #NGO #Collaboration

🔝 Web-site |🔝Facebook | 🔝 Instagram | 🔝 Youtube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍8👏42🔥1🏆1
😎 “O‘zbekneftgaz” AJ tizimida gender tengligini ta’minlash bo‘yicha o‘quv dasturi yakunlandi

2026 yil 24 aprel kuni O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oliy biznes va tadbirkorlik maktabida “O‘zbekneftgaz” AJ tizimidagi korxona va tashkilotlarida tashkil etilgan xotin-qizlar va erkaklar uchun teng huquq va imkoniyatlar kafolatlarini ta’minlash bo‘yicha maslahat kengashlari rahbarlari va a’zolarining bilim va malakalarini oshirishga qaratilgan o‘quv dasturi yakunlandi.
Batafsil
——
😎 Завершилась учебная программа по обеспечению гендерного равенства в системе АО «Узбекнефтегаз»

24 апреля 2026 года в Высшей школе бизнеса и предпринимательства при Кабинете Министров Республики Узбекистан завершилась учебная программа, направленная на развитие профессиональных компетенций руководителей и членов консультативных советов по обеспечению равных прав и возможностей для женщин и мужчин, действующих на предприятиях и в организациях системы АО «Узбекнефтегаз».
Подробнее

#GSBE #Uzbekneftegaz #GenderEquality #EqualOpportunities

🔝 Web-site |🔝Facebook | 🔝 Instagram | 🔝 Youtube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍7🔥65🤩1
Toshkent davlat texnika universitetida “G‘oyadan biznesgacha” mavzusida seminar bo‘lib o‘tdi

🇺🇿 Joriy yilning 30-aprel kuni Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Biznes va tadbirkorlik oliy maktabi vakillari Toshkent davlat texnika universitetida tashkil etilgan “G‘oyadan biznesgacha: yoshlar uchun imkoniyatlar va davlat qo‘llovi” mavzusidagi seminarda ishtirok etishdi.
Tadbirning asosiy maqsadi yoshlarni tadbirkorlik faoliyatiga keng jalb etish, ularning innovatsion g‘oyalarini qo‘llab-quvvatlash hamda davlat tomonidan yaratilayotgan imkoniyatlar bilan yaqindan tanishtirishdan iborat bo‘ldi.
Batafsil
——
В Ташкентском государственном техническом университете прошёл семинар на тему «От идеи к бизнесу»

🇺🇿 30 апреля текущего года представители Высшей школы бизнеса и предпринимательства при Кабинете Министров Республики Узбекистан приняли участие в семинаре «От идеи к бизнесу: возможности для молодежи и государственная поддержка», организованном в Ташкентском государственном техническом университете.
Основная цель мероприятия - расширение вовлечения молодежи в предпринимательскую деятельность, поддержка их инновационных идей, а также знакомство с государственными мерами поддержки.
Подробнее

#GSBE #GraduateSchool #TSTU #IdeaToBusiness #Startup

🔝 Web-site |🔝Facebook | 🔝 Instagram | 🔝 Youtube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍7
🇰🇷 Janubiy Koreyadagi SolBridge International School of Business bilan hamkorlikda “Global Leadership and Management Excellence” mavzusida 14 kunlik qisqa muddatli o‘quv seminari tashkil etilmoqda.

Ushbu dastur zamonaviy biznes muhitida muvaffaqiyat qozonish uchun zarur bo‘lgan eng muhim kompetensiyalarni rivojlantirishga qaratilgan. Ishtirokchilar quyidagi yo‘nalishlarda chuqurlashtirilgan bilim va amaliy ko‘nikmalarga ega bo‘ladilar:

- Inson resurslarini boshqarish (HRM): tanlash, rivojlantirish va samaradorlikni oshirish
- Mahsulot ishlab chiqish: g‘oya yaratishdan tortib bozorga chiqarishgacha bo‘lgan jarayonlar
- Risk-menejment: xavflarni aniqlash, tahlil qilish va boshqarish strategiyalari
- Yetakchilik va tashkilot boshqaruvi: jamoa bilan ishlash, motivatsiya va o‘zgarishlarni boshqarish
- Strategik menejment: raqobat muhiti va strategik qarorlar qabul qilish
- Kiberxavfsizlik asoslari va zamonaviy tahdidlar


Dastur nafaqat nazariy bilim, balki haqiqiy xalqaro tajribani ham taqdim etadi ishtirokchilar Koreyaning yetakchi kompaniyalariga tashrif buyuradi, Janubiy Koreyaning eng mashhur maskanlarida madaniy sayohatlarda qatnashadi hamda koreys an’analari va biznes madaniyatini bevosita o‘rganadi.

📜 Dastur yakunida ishtirokchilarga SolBridge International School of Business tomonidan sertifikat topshiriladi.

Ushbu seminar sizga xalqaro muhitda o‘qish, global networking va amaliy bilimlarni oshirish uchun ajoyib imkoniyat yaratadi.

Dastur haqida batafsil ma'lumot uchun:
📞 71 239 03 03, ♨️ @gsbeuz_bot

#GSBE #GraduateSchool #SouthKorea #SolBridge #Training

🔝 Web-site |🔝Facebook | 🔝 Instagram | 🔝 Youtube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔥95👍4👏3🆒1
🇺🇿🇰🇷 MBA IT Business - Janubiy Koreyada o‘qish imkoniyati!

✔️ 2 mamlakat,
✔️ 2 dastur,
✔️ 2 diplom.

🇺🇿 Biznes va tadbirkorlik oliy maktabi hamda Janubiy Koreyaning AJOU Universiteti hamkorligida 2026–2027-o‘quv yili uchun “MBA IT Business” Dual Degree xalqaro dasturiga qabul boshlandi!

Zamonaviy iqtisodiyot sharoitida kompaniyalar nafaqat boshqaruvni, balki raqamli texnologiyalarni ham chuqur tushunadigan mutaxassislarga ehtiyoj sezmoqda.

Chunki IT biznes boshqaruvida tezkor va samarali strategiyalarni qo‘llash imkonini berib, jarayonlarni optimallashtiradi hamda barqaror o‘sishni ta’minlaydi.

Bugungi kunda muvaffaqiyatga erishayotgan mutaxassislar va liderlar nafaqat texnologiyani chuqur tushunadi, balki ma’lumotlarga asoslangan holda to‘g‘ri va samarali qarorlar qabul qiladi hamda bozorni global darajada tahlil qila oladi. Eng muhimi esa, ular IT va biznesni uyg‘unlashtirib, zamonaviy muhitda raqobatbardosh ustunlikka erishmoqda.


🎯 Darslar tajribali o‘zbek va koreyalik professorlar tomonidan olib boriladi.

Ta’lim shakli: Kunduzgi (darslar moslashuvchan)

Murojaat uchun telefonlar:
+998 71 239 0315, 55 503 3360
Batafsil ma'lumot

🇷🇺 Подробнее
🇬🇧 More

#GSBE #GraduateSchool #SouthKorea #AJOU #MBA #IT

🔝 Web-site |🔝Facebook | 🔝 Instagram | 🔝 Youtube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👏75👍4🔥2
🇺🇿 Biznes va tadbirkorlik oliy maktabi 9-may – Xotira va qadrlash kuni munosabati bilan barchangizni chin dildan muborakbod etadi.

Bu kun – jasorat, fidoyilik va xotira kunidir.

🇺🇿O‘tmishni unutmaymiz, qahramonlarni qadrlaymiz. Tinchlik uchun minnatdormiz.
________
🇺🇿 Высшая школа бизнеса и предпринимательства искренне поздравляет всех с 9 мая – Днём памяти и почестей.

Этот день – день мужества, самоотверженности и памяти.

🇺🇿 Мы не забываем прошлое и чтим героев. Мы благодарны за мирное небо над головой.
________
🇺🇿 The Graduate School of Business and Entrepreneurship sincerely congratulates everyone on May 9 – the Day of Remembrance and Honor.

This day is a symbol of courage, sacrifice and remembrance.

🇺🇿 We do not forget the past and we honor the heroes. We are grateful for the peaceful sky above us.

#GSBE #GraduateSchool #May9 #Memory #Honor #Day

🔝 Web-site |🔝Facebook | 🔝 Instagram | 🔝 Youtube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍94🔥2👏1
🌍 Xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya

⚡️ Hurmatli olimlar, professor-o'qituvchilar, doktorantlar, ekspertlar va mustaqil izlanuvchilar!

🇺🇿 Biznes va tadbirkorlik oliy maktabi sizlarni 2026-yil 18-may kuni bo‘lib o‘tadigan “Innovatsion iqtisodiyotni shakllantirish va boshqarishda barqaror o‘sishga erishish yo‘llari: tadbirkorlik, innovatsiyalar, kichik va o‘rta biznes istiqbollari” mavusidagi xalqaro ilmiy-amaliy konferensiyasiga taklif etadi.
👉 Batafsil
________
🌍 Международная научно-практическая конференция

⚡️ Уважаемые учёные, профессора, преподаватели, докторанты, эксперты и независимые исследователи!

🇺🇿 Высшая школа бизнеса и предпринимательства приглашает вас на Международную научно-практическую конференцию «Пути достижения устойчивого роста в формировании и управлении инновационной экономикой: предпринимательство, инновации, перспективы малого и среднего бизнеса», которая состоится 18 мая 2026 года.
👉 Подробнее
________
🌍 International scientific-practical conference

⚡️ Dear scholars, faculty members, experts and researchers!

🇺🇿 The Graduate School of Business and Entrepreneurship invites you to the International Scientific-Practical Conference on “Pathways to Shaping and Governing the Innovation-Driven Economy for Sustainable Growth: Entrepreneurship, Innovation and SMEs”, to be held on May 18, 2026.
👉 More

#GSBE #GraduateSchool #International #Scientificpractical #Conference

🔝 Web-site |🔝Facebook | 🔝 Instagram | 🔝 Youtube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔥5👏4👍2🤩2🆒1