Grantlar.uz
83.2K subscribers
7.67K photos
48 videos
14 files
6.37K links
Grantlar.uz – butun dunyoda va barcha sohalarda ta'lim olish imkoniyatlari haqida ishonchli xabarlar.

👉 Shikoyat va takliflar: @grantlarsupportbot
👉 Reklama va hamkorlik: @hamidziyo

👉 Hamkor kanal: @grantlar_namuna

Facebook: fb.com/grantlar.uz
Download Telegram
Lester B. Pearson International Scholarship Program: Bakalavriatni Kanadada oʻqish uchun toʻliq grant; joy – 37 ta!

Kanadadagi Toronto universiteti tomonidan taklif etiladigan bu grant ushbu universitetda mavjud istalgan bakalavrlik dasturida 2023-yil kuzgi semestrdan boshlab oʻqish uchun taqdim etiladi.

Grant imkoniyatlari:
– Kontrakt toʻlovidan toʻliq ozod qiladi
– Kitoblar olish uchun ketadigan xarajatlar qoplanadi
– Tasodifiy xarajatlar qoplanadi
– 4 yil davomida turar joy xarajati qoplanadi

Arizalar qabuli 2022-yil oktabrda boshlanadi va 2022-yil 30-noyabrgacha davom etadi.

Batafsil👇
https://grantlar.uz/kanada-bakalavr-toliq-grant-stipendiya/

P.S. Hozirdan tayyorgarlik koʻrib borishingiz uchun bu dastur haqida ancha erta maʼlumot ulashmoqdamiz.

@grantlar
Universiti Brunei Darussalam: Bruneyda bepuldoktorantura, bepul turar joy, stipendiya va aviachipta!

Dunyoning eng nufuzli oliygohlaridan biri (TOP 256) Brunei Darussalam universiteti doktorantura uchun 20 ta toʻliq grant taklif etadi. Darslar toʻliq ingliz tilida boʻladi (IELTS 6.0. kerak).

Dastur imkoniyatlari:
– Kontrakt summasi va oʻqishga oid boshqa badallar qoplanadi
– 359 dollar oylik stipendiya
– Bepul turar joy
– Bruneyga borish va kelish uchun aviachipta
– Tadqiqot xarajatlari uchun 1440 dollargacha mablagʻ

Arizalar 2022-yil 31-iyulgacha qabul qilinadi.

Batafsil👇
https://grantlar.uz/universiti-brunei-darussalam-bruneyda-bepul-doktorantura-bepul-turar-joy-stipendiya-va-aviachipta/

@grantlar
Writers Of The Future: Fantastik va ilmiy fantastik hikoyalar (asarlar) tanlovi; bosh mukofot – 5000 AQSH dollari!

Tanlovga 17 000 soʻzgacha boʻlgan, ingliz tilidagi hikoyalar (asarlar) qabul qilinadi.

Tanlov har chorakda (3 oyda) bir marta oʻtkaziladi.

Mukofotlar

Har bir chorak gʻoliblari quyidagicha mukofotlanadi:
– 1-oʻrin: 1000 dollari va kubok.
– 2-oʻrin: 750 dollar va kubok.
– 3-oʻrin: 500 dollar va kubok.

Yil yakunida yilning bosh sovrini gʻolibi aniqlanadi va u 5000 dollar bilan mukofotlanadi.

Hozirgi qabul 2022-yil 30-sentabrgacha davom etadi.

Batafsil👇
https://grantlar.uz/writers-of-the-future-fantastik-va-ilmiy-fantastik-hikoyalar-asarlar-tanlovi/

@grantlar
The Illustrators Of The Future: Fantastika va ilmiy fantastika janridagi illustratsiyalar tanlovi; bosh sovrin – 5000 dollar!

Tanlov yiliga 4 marta (har chorakda bir marta) oʻtkaziladi. Tanlovda havaskor ijodkorlar qatnashishi mumkin.

Mukofotlar:
– Har chorakda 3 nafar gʻolib aniqlanadi va ularning har biri 500 dollar mukofot bilan taqdirlanadi.
– Yil gʻolibi 5000 dollar bilan mukofotlanadi.

Hozir ochiq boʻlgan tanlovga ishlar 2022-yil 30-sentabrgacha qabul qilinadi.

Batafsil👇
https://grantlar.uz/the-illustrators-of-the-future-fantastika-va-ilmiy-fantastika-janridagi-illustratsiyalar-tanlovi/

@grantlar
I.Karimov nomidagi Toshkent davlat texnika universitetida o‘qish uchun ayol-qiz talabalarga 1 yillik grant

Grant Texnologik mashinalar va jihozlar (sovutish mashinasozligi) yo‘nalishi boʻyicha bakalavriatda oʻqish uchun beriladi.

2022-2023-oʻquv yilida shu yoʻnalishda 1, 2, 3 va 4-kurs boʻladigan va toʻlov-kontrakt asosida oʻqiydigan ayol-qizlar ariza topshirishi mumkin.

Grant miqdori: 2 nafar gʻolibaga 1 yillik kontrakt summasi toʻlab beriladi.

Arizalar 2022-yil 30-avgustgacha qabul qilinadi.

Batafsil👇
https://grantlar.uz/toshkent-davlat-texnika-universitetida-oqish-uchun-ayol-qiz-talabalarga-1-yillik-grant/

@grantlar
Tom Howard/Margaret Reid Poetry Contest she'rlar tanlovi: mukofot – 3000 AQSh dollarigacha!

Tanlovga istalgan yoshdagi havaskor yoki professional shoirlar 250 qatorda oshmagan sheʼrini topshirishi mumkin. Sheʼrlar ingliz tilida boʻlishi kerak.

Mukofotlar:
– Tom Howard Prize mukofoti gʻolibiga 3000 AQSh dollari.
– Margaret Reid Prize mukofoti gʻolibiga ham 3000 AQSh dollari.
– Ikkala gʻolibga Duotrope platformasiga 2 yillik obuna sertifikati.
– 10 ta eʼtiborga sazovor she’rlar mualliflarining har biriga 200 AQSh dollaridan pul mukofoti.
– Eng yaxshi 12 ta sheʼr Winning Writers saytiga joylanadi.

Sheʼrlar 2022-yil 15-apreldan 30-sentabrgacha qabul qilinadi.

Batafsil👇
https://grantlar.uz/tom-howard-margaret-reid-poetry-contest-tanlovi/

@grantlar
Honjo International Scholarship Foundation: Yaponiyada magistratura va PhD bosqichida oʻqish uchun 1600 dollargacha oylik stipendiya!

Nomzodlar ingliz yoki yapon tilida oʻqishi mumkin, biroq bu grantga ariza topshira olish uchun yapon tilini suhbatlasha oladigan darajada bilishi kerak.

Grant imkoniyati:
– 10 nafar gʻolibning har biriga oʻqishini tugatguncha 1200 dollardan 1600 dollargacha oylik stipendiya beriladi.

Arizalar 2022-yil 1-sentabrdan 31-oktabrgacha qabul qilinadi.

Batafsil👇
https://grantlar.uz/honjo-international-scholarship-foundation-yaponiyada-bakalavriatdan-keyingi-bosqichlarda-oqish-uchun-stipendiya/

P.S. Hozirdan tayyorgarlik koʻra olishingiz uchun grant haqidagi maʼlumot ertaroq berilmoqda.

@grantlar
Immerse Education Essay Competition: Oksford, Kembrij va Sidney universitetida 2 haftalik oflayn yoki onlayn yozgi maktabga 100% gacha grant yutib oling!

Tanlovda 13-18 yoshli o'quvchilar qatnashishi mumkin.

Mukofotlar:
- 10 nafar g'olib mashhur Oksford yoki Kembridj universitetlarining 2 haftalik yozgi maktabiga qatnashish to'lovi uchun 100% chegirmani qo'lga kiritadi.
- 2-o'rinni olganlar yozgi maktab to'lovi uchun 70% chegirmani qo'lga kiritadi.

Yozgi maktabda quyidagilar ta'minlanadi:
- 13 kunlik turar joy
- nonushta va tushlik
- 40 soatlik akademik mashg'ulotlar
- o'quv materiallari
- mentorlik dasturi
- ekskursiyalar
- bitiruv marosimi va sertifikat

Arizalar 2022-yil 31-avgustgacha qabul qilinadi.

Batafsil👇
https://grantlar.uz/immerse-education-essay-competition-oksford-va-kembrij-universitetida-yozgi-maktab-uchun-100-gacha-grant/

@grantlar
AQSH: ayol-qizlarga bakalavriatda o'qish uchun to'liq grant, bepul turar joy va oziq-ovqat!

AQSHdagi Simmons universiteti bakalavriatda o'qishni xohlovchi nomzodlarga Kotzen Scholarship grantini taklif qiladi.

Bu universitetning bakalavriat kurslariga faqat ayol-qizlar qabul qilinadi.

Grant imkoniyatlari:
– Kontrakt to'lovidan to'liq ozod qilinadi
– Bepul turar joy va oziq-ovqat ta'minlanadi
– O'qish, tadqiqot xarajatlari uchun 3000 dollar mablag'ajratiladi

2023-yil kuzgi semestrda o'qishni boshlash uchun arizalar qabul 2022-yil iyul-avgust oylarida boshlanib, 2022-yil 1-dekabrgacha davom etadi.

Batafsil👇
https://grantlar.uz/simmons-university-aqsh-bakalavr-kursida-bepul-oqish-turar-joy-taminoti-oqish-xarajatlari-uchun-qoshimcha-3000-aqsh-dollari-miqdorida-yordam-puli/

@grantlar
Stamps Scholarship: AQSHda bakalavriat uchun toʻliq grant, bepul turar joy va 12 000 dollar mablagʻ!

Mayami universiteti bakalavriatda oʻqishni xohlovchilar uchun Stamps Scholarship dasturini taklif etadi.

Maktab, kollej yoki litseyda oxirgi sinf/kurs vaqti ariza topshiradiganlar bu grantga talabgorlik qilishi mumkin.

Grant imkoniyatlari:
– Kontrakt summasi va boshqa badallar qoplanadi
– Bepul turar joy
– Bepul oziq-ovqat
– Noutbuk va darsliklar olish uchun mablagʻ
– Bepul tibbiy sugʻurta
– Tadqiqotlar uchun 12 ming dollar mablagʻ

Arizalar 2022-yil 1-noyabrgacha qabul qilinadi (2023-yilning bahorgi yoki kuzgi semestri uchun).

Batafsil👇
https://grantlar.uz/stamps-scholarship-aqshda-bakalavr-kursi-uchun-toliq-grant/

@grantlar
Yale Drama Series: Pyesa yozib, uni jahonga taniqli nashriyotda chop ettirish va 10 000 dollar yutib olish imkoniyati

Bu tanlov hali professional faoliyatga kirishmagan dramaturglar uchun moʻljallangan. Unda istalgan davlat fuqarolari ingliz tilida yozgan pyesasi bilan qatnashishi mumkin.

Mukofotlar:
– Gʻolib pyesa Yale University Press tomonidan nashr etiladi
– Gʻolib 10 ming dollar bilan taqdirlanadi

Arizalar 2022-yilning 15-avgustigacha qabul qilinadi.

Batafsil👇
https://grantlar.uz/yale-drama-series-pyesalar-tanlovi/

@grantlar
Dunyoning 7 raqamli universitetida bakalavriatni oʻqish uchun toʻliq grant!

AQSHda joylashgan Princeton universiteti bakalavrlik kurslariga topshiruvchi barcha nomzodlarga ularning moliyaviy holatiga qarab, moliyaviy yordam dasturini taklif qiladi.

Oilaviy daromadi 65 ming dollardan kam boʻlgan talabalar oʻqish pulidan ozod qilinadi, bepul turar joy va oziq-ovqat bilan taʼminlanadi.

Navbatdagi qabul 2022-yil avgust oyi oʻrtalarida boshlanadi (2023-yildan boshlab oʻqish uchun) va quyidagi sanalargacha davom etadi:
– 2022-yil 1-noyabr (erta qabul).
– 2023-yil 1-yanvar (odatiy qabul)

Batafsil👇
https://grantlar.uz/princeton-university-dunyoning-eng-nufuzli-universitetlaridan-birida-bakalavriat-uchun-toliq-grant/

P.S. Hozirdan tayyorgarlik koʻrib borishingiz uchun bu dastur haqida ancha erta maʼlumot ulashmoqdamiz.

@grantlar
MEXT University Recommendation: APU (Yaponiya) universitetida magistraturani PhD bosqichini oʻqish uchun toʻliq grant va oylik stipendiya!

Grant APUda mavjud istalgan magistrlik va PhD dasturi uchun beriladi. Oʻqish – ingliz tilida.

Grant imkoniyatlari:
– Qabul badallari qoplanadi
– Kontrakt summasi toʻlab beriladi
– Oyiga 1072 dollar stipendiya
– Borish-kelish uchun aviachipta taʼminlanadi

Arizalar 2022-yil 16-noyabrgacha qabul qilinadi.

Batafsil👇
https://grantlar.uz/mext-university-recommendation-apu-yaponiya-universitetida-magistraturani-phd-bosqichini-oqish-uchun-toliq-grant/

@grantlar
AQSHda huquq boʻyicha magistratura PhD bosqichida o'qish uchun grantlar

AQSHdagi Widener University Delaware Law School oliygohi magistratura va PhD bosqichida oʻqishni xohlovchi nomzodlarga grantlar taklif etadi.

Grant oliygohda oʻqish uchun kontrakt toʻlovidan toʻliq ozod qiladi.

Arizalar har yili 3 marta qabul qilinadi. 2022-yildagi qabulning oxirgi muddati – 2022-yil 1-noyabr.

👉 BATAFSIL MAʼLUMOT 👈

@grantlar
Volontyorlar uchun Antaliyada 5 kunlik kuzgi lager: Turar joy, oziq-ovqat va ichki transport xarajatlari qoplanadi!

Dasturda volontyorlik tajribasiga ega 18-35 yoshlilar qatnashishi mumkin. Dastur tadbirlari ingliz tilida boʻliadi.

Dastur imkoniyatlari:
– Ichki transport xarajatlari qoplanadi.
– Turar joy, oziq-ovqat, va ichki turizm xarajatlari qoplanadi.
– Bepul tibbiy sug‘urta.
– Viza olish uchun taklifnoma yuboriladi (agar viza kerak boʻlsa).
– Maxsus sertifikat.

Arizalar 2022-yil 1-avgust 02:00 gacha qabul qilinadi.

Batafsil👇
https://grantlar.uz/4th-icyf-international-young-volunteers-camp/

@grantlar
Wake Forest University: Bakalavriatni AQSHda oʻqish uchun toʻliq grant, bepul yotoqxona va oziq-ovqat!

AQShda joylashgan Wake Forest universiteti bakalavriat bosqichiga topshiruvchi nomzodlarga Stamps Scholarship grantlarini taklif etadi.

Grant imkoniyatlari:
– Oʻqish toʻlovi va boshqa badallardan toʻliq ozod etiladi.
– Bepul yotoqxona va oziq-ovqat taʼminlanadi.
– Shaxsiy xarajatlar uchun 3400 dollar mablagʻ ajratiladi.
– Tadqiqotlar uchun qoʻshimcha 15 000 dollarlik yordam puli olish mumkin.

Bu grant yiliga 15 nafargacha talabaga ajratiladi.

Arizalar 2022-yil 15-noyabrgacha qabul qilinadi.

Batafsil👇
https://grantlar.uz/wake-forest-university-bepul-oqish-yotoqxona-3-400-dollar-stipendiya-va-15-000-dollar-moliyaviy-yordam/

P.S. Hozirdan tayyorgarlik koʻrib borishingiz uchun bu dastur haqida ancha erta maʼlumot ulashmoqdamiz.

@grantlar
Weinstein JAMS International Fellowship: AQSHda 4 oygacha amaliyot oʻtash uchun 20 ming dollar stipendiya!

Bu dastur nizolarni muqobil ravishda hal qilish sohasida tajribaga ega va shu sohaga oʻzini bagʻishlagan kishilarga moʻljallangan.

Yiliga oʻrtacha 12 nafar nomzod qabul qilinadi va ularning har biriga AQSHda 1-4 oy amaliyot oʻtashi uchun 20 ming dollargacha mablagʻ ajratiladi.

Arizalar 2022-yil 18-noyabrgacha qabul qilinadi.

Batafsil👇
https://grantlar.uz/weinstein-jams-international-fellowship/

@grantlar
Harvard Kennedy School: AQSHda 4 oylik amaliyot dasturi; 30 000 dollar stipendiya beriladi!

Dasturga jurnalist, siyosatchi, olim va professor-oʻqituvchilar ariza topshirishi mumkin.

Ishtirokchilar media va siyosatga oid masalalar yuzasidan tadqiqot olib boradi (ingliz tilida).

Dastur imtiyozlari:
– 30 ming dollar stipendiya
– Ish joyi, telefon, kompyuter, Garvard email manzili va Garvard ID hujjati beriladi
– Assistent boʻlib ishlash ham mumkin (alohida haq toʻlanadi)

Arizalar 2022-yil 7-sentabrgacha qabul qilinadi.

Batafsil👇
https://grantlar.uz/harvard-kennedy-school-jurnalist-siyosatchi-va-professor-oqituvchilar-uchun-4-oylik-amaliyot-dasturi/

@grantlar
Vienna BioCenter Summer School: bakalavr va magistrlar uchun Avstriyada toʻliq moliyalashtiriladigan 2 oylik yozgi maktab!

Bu maktabda 2022-yil 30-iyungacha bakalavriatning kamida 2-kursini yoki magistraturaning kamida 1-kursini tamomlaydigan nomzodlar qatnashishi mumkin.

Maktab 2023-yil 1-iyuldan 31-avgustgacha Venada boʻlib oʻtadi.

Dastur quyidagilar bilan taʼminlaydi:
– Bepul turar joy
– Tibbiy sugʻurta
– 1400 yevro stipendiya
– Jamoat transportidan bepul foydalanish
– Venaga borish-kelish xarajatlari qoplanadi
– Bepul ijtimoiy tadbirlar, ekskursiyalar va boshqa mashgʻulotlar
– Yakuniy nutq gʻoliblariga mukofotlar

Dasturga 30 nafargacha talaba qabul qilinadi. Qatnashish uchun til sertifikati (IELTS, TOEFL va h.k.) talab etilmaydi.

Arizalar 2022-yil 1-dekabrdan 2023-yil 31-yanvargacha qabul qilinadi.

Batafsil👇
https://grantlar.uz/austria-fully-funded-summer-school-in-vienna/

P.S. Bu dasturga oldindan tayyorgarlik koʻrib borishingiz uchun hozirdan xabardor qilmoqdamiz.

@grantlar
Grantlar.uz loyihasidan maxsus dastur:

Path to the US High Schools: Maktab va kollej/litsey oʻquvchilari uchun oʻqishni AQSH maktablarida davom ettirish imkoniyati!

Kim qatnasha oladi?
– 2022-yil sentabr holatiga koʻra, maktabning 9 va 10-sinf oʻquvchilari va kollej/litseyning 1-kurs oʻquvchilar

Dasturda quyidagilar boʻyicha maʼlumot va amaliy yordam beriladi:
– AQSH maktablariga hujjat topshirish va oʻqish uchun grant olish
– Hujjatlarni tayyorlash
– Intervyudan oʻtish
– Ariza topshirishdan boshlab, qabul qilinguncha istalgan savollarga javob berish

Kim oʻtadi?
Dastur mashgʻulotlari AQSH maktablariga hujjat topshirish tajribasiga ega oʻquvchilar, AQSH maktablarida toʻliq yoki qisman grant asosida oʻqish imkonini beruvchi dasturlar (FLEX, UWC va h.k.) gʻoliblari tomonidan oʻtiladi.

Arizalar 2022-yil 20-iyulgacha qabul qilinadi.

Batafsil👇
https://grantlar.uz/blog/path-to-the-us-high-schools

@grantlar