Grantlar.uz
79.9K subscribers
8.13K photos
50 videos
14 files
6.84K links
Grantlar.uz – butun dunyoda va barcha sohalarda ta'lim olish imkoniyatlari haqida ishonchli xabarlar.

👉 Shikoyat va takliflar: @grantlarsupportbot
👉 Reklama va hamkorlik: @hamidziyo

👉 Hamkor kanal: @grantlar_namuna

Facebook: fb.com/grantlar.uz
Download Telegram
Fuqarolik jamiyati tashkilotlari orasida korrupsiyaga qarshi tashabbuslarni amalga oshirish uchun kichik grantlar tanlovi

Bu tanlov BMT Taraqqiyot dasturi va O‘zbekiston Respublikasi Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi loyihasi asosida oʻtkazilmoqda.

Tanlovda Oʻzbekiston Respublikasidagi NNTlar va ilmiy muassasalar tegishli mavzularga oid tashabbuslari bilan qatnashishi mumkin.

Mukofot: Tanlov doirasida munosib topilgan tashabbuslar uchun 6000 dollargacha grant ajratiladi.

Arizalar 2026-yil 4-may, 00:00 gacha qabul qilinadi.

Batafsil👇
https://grantlar.uz/blog/kichik-grantlar-tanlovi/

@grantlar
23👍6🔥6
Einstein Fellowship: Albert Eynshteynning uyida 6 oylik tadqiqot; 10 000 yevro stipendiya, yo’l xarajatlari qoplanadi!

Bu dasturda ijtimoiy, gumanitar va tabiiy fanlar sohasida kamida bakalavrlik darajasiga ega va 35 yoshdan oshmagan nomzodlar oʻz tadqiqot loyihasi bilan qatnashishi mumkin (ingliz tilida).

Qabul qilingan qatnashchilar 5-6 oy Eynshteynning yozgi uyida (Germaniya) yashab, loyihasi ustida ishlaydi.

Dastur imkoniyatlari:
– 10 000 yevro stipendiya
– Safar xarajatlari qoplanadi

Arizalar 2026-yil 15-maygacha qabul qilinadi.

Batafsil👇
https://grantlar.uz/einstein-fellowship-albert-eynshteynning-uyida-6-oylik-tadqiqot-10-000-yevro-stipendiya-beriladi-va-yol-xarajatlari-qoplanadi/

@grantlar
32👍10🔥7
Bilkent Universiteti: Turkiyada bakalavr kurslari uchun 100% gacha grantlar

Universitetdagi darslar ingliz tilida olib boriladi. Grantlarni istalgan bakalavrlik kursi uchun qoʻlga kiritish mumkin.

Grant imkoniyatlari:
– Kontrakt summasini toʻlashdan 20%, 40%, 60%, 80% yoki 100% ozod qiladi.
– Eng munosib nomzodlar uchun yotoqxona toʻlovi ham qoplanishi mumkin.

Arizalar 2026-yil 12-iyulgacha qabul qilinadi.

Batafsil👇
https://grantlar.uz/bilkent-universiteti-turkiyada-ingliz-tilida-bakalavr-kurslari-uchun-100-gacha-grantlar/

@grantlar
10🔥9👍3
Matsumae International Foundation: Yaponiyada istalgan soha boʻyicha tadqiqot olib borish uchun grant; barcha xarajatlar qoplanadi!

Dasturda PhD (doktorlik) darajasiga ega, ingliz tilini yetarli darajada biladigan nomzodlar qatnashishi mumkin.

Dastur Yaponiyada 3-6 oy davomida tadqiqot olib borish imkonini beradi.

Dastur imkoniyatlari:
– Oyiga 1381 dollar stipendiya
– Borish-kelish uchun aviachipta
– Joylashib olish uchun 753 dollar mablagʻ
– Sugʻurta xarajatlari qoplanadi

Arizalar 2026-yil 1-iyundan 30-iyungacha qabul qilinadi.

Batafsil👇
https://grantlar.uz/japan-research-fellowship/

@grantlar
17👍4🔥3
Korean Language Speaking Contest: Koreys tilida nutq soʻzlash tanlovida 1730 dollargacha yutib oling!

Tanlovda koreys tilini biluvchi koreyalik boʻlmagan barcha xorijlik nomzodlar va xorijda yashayotgan koreyslar qatnashishi mumkin.

Nomzodlardan berilgan mavzulardan biri boʻyicha koreys tilida nutq soʻzlab yoki tez aytish aytib, uni videoga olish va shu videoni tegishli platformalardan biriga joylash talab etiladi.

Mukofotlar:
Jami sovrinli oʻrinlar soni 20 ta. Gʻoliblar 200 AQSH dollaridan 1730 AQSH dollarigacha pul mukofotlari bilan taqdirlanadi.

Arizalar Oʻzbekiston vaqti bilan 2026-yil 7-may, 19:59 gacha qabul qilinadi.

Batafsil👇
https://grantlar.uz/korean-language-speaking-contest/

@grantlar
17👍6🔥4
Global Leadership Scholarship: Britaniyada magistraturani o’qish uchun 10 000 funt sterling grant; joylar soni – 281 ta

Ushbu grant Glasgow universiteti tomonidan shu universitetdagi 200 ga yaqin magistrlik yoʻnalishlarida tahsil olish uchun taqdim etiladi. Bu yil jami 281 nafar talabaga ushbu grantni taqdim qilish rejalashtirilgan.

Grant miqdori: grantni qoʻlga kiritgan 300 nafar talabaning har biriga 10 000 funt sterling miqdorida mablagʻ taqdim etiladi

Arizalar 2026-yil iyul oyi oʻrtalarigacha qabul qilinadi (magistrlik dasturiga qarab biroz farq qiladi).

Batafsil👇
https://grantlar.uz/global-leadership-scholarship-glasgow/

@grantlar
22🔥8👍4
Saudiya Arabistonida VSRP amaliyot dasturi – barcha xarajatlar qoplanadi; oylik stipendiya – 1000 AQSH dollari; joy – 100 ta!

Ushbu dasturga bakalavriatning kamida 3-bosqichida yoki magistraturada oʻqiyotgan talalablar va magistrlik darajasiga ega nomzodlar ariza topshira oladi.

Amaliyot ingliz tilida, 3-6 oy davomida olib boriladi.

Dastur imtiyozlari:
– Viza safar xarajatlari qoplanadi.
– Oyiga 1000 AQSH dollari stipendiya.
– Bepul turar joy bilan taʼminlanadi.
– Ijtimoiy va madaniy tadbirlarda qatnashish imkoniyati.
– Laboratoriyalar va yirik tadqiqot hamda hamjamiyat muassasalaridan foydalanish imkoniyati.

Arizalar yil davomida qabul qilinadi.

Batafsil👇
https://grantlar.uz/vsrp-amaliyot-dasturi-barcha-xarajatlar-qoplanadi-oylik-stipendiya-1000-aqsh-dollari/

@grantlar
14👍8🔥4
Germaniya: Kompyuter fanlari boʻyicha barcha sohalarda toʻliq moliyalashtiriladigan amaliyot dasturi!

Kimlar qatnasha oladi?
– Barcha kompyuter fanlari sohalari boʻyicha tahsil olayotgan bakalavrlar, magistrlar, doktorantlar, shuningdek, taʼlim va/yoki tajribaga ega soha vakillari.

Iqtisodiy imkoniyatlar:
– Oylik stipendiya.
– Bepul turar joy.
– Germaniyaga borish-kelish xarajati qoplanadi.

Amaliyot ingliz tilida oʻtaladi. Odatda 12-14 hafta davom etadi.

Arizalar qabuli uchun 2 xil muddat bor:
– Har yili 1-noyabrgacha.
– Yil davomida.

Batafsil👇
https://grantlar.uz/germaniya-kompyuter-fanlari-boyicha-barcha-sohalarda-toliq-moliyalashtiriladigan-amaliyot/

@grantlar
14🔥9👍6
Scientific Internships: Avstriyada haq toʻlanadigan amaliyot!

Avstriya fan va texnologiya instituti qiziquvchilar uchun ilmiy amaliyot dasturlarini taklif qiladi.

Kimlar qatnasha oladi?
Tabiiy fanlar, kompyuter fanlari, matematika yoki shu sohalarga aloqador yoʻnalishda tahsil olayotgan bakalavriat, magistratura talabalari hamda shu yoʻnalishlardan birida bakalavrlik yoki magistrlik diplomiga ega nomzodlar.

Amaliyotchilarga oyiga kamida 1583 yevro haq toʻlanadi.

Arizalar yil boʻyi qabul qilinadi.

Batafsil👇
https://grantlar.uz/scientific-internships-bakalavriat-va-magistratura-talabalari-hamda-bitiruvchilari-uchun-avstriyada-amaliyot/

@grantlar
11👍10🔥4
Qabul boshlandi

Schwarzman Scholars: Dunyoning 12-raqamli universitetida magistraturani toʻliq grant asosida oʻqing; joy 150 tagacha!

Mazkur grantni qoʻlga kiritganlar Xitoyning Tsinghua universitetida magistratura bosqichida oʻqiydi.

Grant imkoniyatlari:
– Kontrakt puli va boshqa universitet badallari qoplanadi.
– Turar joy va oziq-ovqat.
– Pekinga borish-kelish xarajatlari qoplanadi.
– Xitoydagi tadqiqot turi va uning xarajatlari qoplanadi.
– Kerakli kitoblar va boshqa materiallar ta’minlanadi.
– Sog’liq sug’urtasi to’lab beriladi.
– Yashash xarajatlari uchun stipendiya ajratiladi.
– Har bir talabaga Lenovo noutbuki beriladi.

Bu yilgi qabulda ushbu dasturga butun dunyodan 150 tagacha talaba qabul qilinadi. Qabul qilinganlarning barchasiga avtomatik tarzda grant beriladi.

Bu yilgi qabul 2026-yil 9-sentabrgacha davom etadi.

Batafsil👇
https://grantlar.uz/schwarzman-scholars/

@grantlar
14🔥5👍4
Slovakiya: 1 oydan 10 oygacha almashinuv hamda tadqiqot olib borish uchun grantlar!

Kimlar qatnasha oladi?

Bakalavriat, magistratura, PhD bosqichi talabalari, universitet oʻqituvchilari, tadqiqotchilar va sanʼatkorlar qatnashishi mumkin.

Qanday imkoniyat beradi?

– 1-2 semestr (1-10 oy) Slovakiyada oʻqish, tadqiqot olib borish yoki oʻqitish.
– Oyiga 620-1470 yevro stipendiya.
– Safar xarajatlari uchun mablagʻ.

Qabul

Navbatdagi qabulning soʻnggi sanasi: 2026-yil 30-aprel, soat 19:00.

Batafsil👇
https://grantlar.uz/the-national-scholarship-programme-of-the-slovak-republic/

Foydali:

👉 Shu grant gʻolibining dasturga topshirgan hujjatlari (bakalavriat almashinuv dasturi uchun)

@grantlar
10👍9🔥4
Weinstein JAMS International Fellowship: AQSHda 4 oygacha amaliyot oʻtash uchun 20 ming dollar stipendiya!

Bu dastur nizolarni muqobil ravishda hal qilish sohasida tajribaga ega va shu sohaga oʻzini bagʻishlagan nomzodlarga moʻljallangan.

Yiliga oʻrtacha 12 nafar nomzod qabul qilinadi va ularning har biriga AQSHda 1-4 oy amaliyot oʻtashi uchun 20 ming dollargacha mablagʻ ajratiladi.

Arizalar 2026-yil yoz boshidan 6-noyabrgacha qabul qilinadi.

Batafsil👇
https://grantlar.uz/weinstein-jams-international-fellowship/

@grantlar
22👍8🔥3
ServiceScape Scholarship: atigi 300 soʻzli insho yozib, 1000 AQSH dollari yutib oling!

Tanlovda hozirda OTMda oʻqiyotgan yoki 2026-yili OTM talabasi boʻladigan hamda kamida 18 yosh boʻlgan nomzod qatnashishi mumkin.

Insho mavzusi: How does writing impact today's world?

Insholar ingliz tilida, 300 soʻzdan oshmaydigan qilib yoziladi.

Gʻolibga 1000 AQSH dollari taqdim etiladi.

Insholar 2026-yil 30-noyabrgacha qabul qilinadi.

Batafsil👇
https://grantlar.uz/servicescape-scholarship-insho-yozib-1000-dollar-yutib-oling/

@grantlar
25👍8🔥3
🎓 Research Academy 1-mavsumga qabul boshlandi
(
Joylar soni atigi 10 nafar!)

Bu ilmiy tadqiqotning barcha bosqichlarini o’rgatadigan 2 oylik dastur.

Kimlar uchun:
→ Universitetga topshirayotgan maktab o‘quvchilari
→ Xalqaro almashinuv dasturlari va magistraturaga topshirayotgan talabalar

Nimalarni o‘rganasiz:
1️⃣ Tadqiqot asoslari
2️⃣ Mavzu tanlash va adabiyotlar tahlili
3️⃣ Metodologiya
4️⃣ Natijalar va tahlil
5️⃣ Manbalar va formatlash
6️⃣ Peer review jarayoni
7️⃣ Jurnalga yuborish
8️⃣ Chop etilish jarayoni

Dastur formati:
• Yoshlar ishlari agentligi Youth Research Office mentorlari bilan interaktiv sessiyalar
• Yo‘nalishlar: Ta’lim, IT, Iqtisodiyot va boshqalar
• 2 oy davomida to‘liq qo‘llab-quvvatlash

👉 Ariza topshirish va ma’lumot: https://youth-research-office.vercel.app/academy
17🔥6👍5
AQSHda magistraturani o'qish Fulbright Foreign Student Program granti!

Dastur magistraturani AQSHda deyarli barcha sohalar boʻyicha toʻliq grant asosida oʻqish imkonini beradi.

Kimlar ariza topshira oladi?

Ingliz tilini yetarli darajada biluvchi, kamida bakalavrlik diplomi va 2 yillik ish tajribasiga ega nomzodlar ariza topshirishi mumkin.

Dastur imkoniyatlari:
– O’qish to’lovi va boshqa barcha to’lovlar to’liq qoplanadi.
– Oylik stipendiya beriladi.
– Talabalar tibbiy sug’urtalanadi.
– J-1 vizasini olishda yordam koʻrsatiladi.
– Kitob va boshqa o’quv qurollari uchun mablag’ ajratiladi.
– AQSHga borish va qaytish uchun aviachipta taʼminlanadi.

Arizalar 2026-yil 31-maygacha qabul qilinadi.

Batafsil👇
https://grantlar.uz/fulbright-aqshda-magistaturada-oqish-uchun-toliq-grant-oylik-stipendiya-va-borib-kelish-uchun-aviachipta/

Foydali:

👉 Fulbright dasturining suhbat bosqichiga oʻtgan hamyurtimiz hujjatlari

👉 Shu dasturni qoʻlga kiritgan hamyurtimiz bilan suhbat

@grantlar
10🔥5👍4
🎓🔥 SUPER AKSIYA — FAQAT 27-APRELGACHA ITALIYADA TO’LIQ GRANT VA STIPENDIYA🔥🎓

Biz yangi shartnoma tuzayotgan talabalar uchun ajoyib imkoniyatni e’lon qilamiz!

💥 “AVVAL NATIJA — KEYIN TO‘LOV”
👉 Endi siz hech qanday risklarsiz shartnoma imzolashingiz mumkin!


Ushbu aksiya:
Premium ta’rif uchun amal qiladi
🎓 Bakalavr, Magistratura va Foundation bosqichlariga tegishli


📌 Talablar juda oddiy:
✔️ Kamida 5.5 IELTS
👉 Qolgan barcha jarayonlarni biz hal qilamiz!


🚀 Nega bu imkoniyatni qo‘ldan boy bermaslik kerak?

Avval qabul — keyin to‘lov
Top universitetlarda o‘qish imkoniyati
Professional yordam va to‘liq qo‘llab-quvvatlash
Magistratura til sertifikatisiz ham iloji bor.


Aksiya muddati cheklangan! Deadline juda yaqin!

📩 Hoziroq @Italiyaqabul1 yozing va imkoniyatdan foydalaning.

🌍 TOP universitet talabasi bo‘lish sari birinchi qadamni tashlang!

BuuItaliya
8👍7🔥2
Peace Pals International Art Exhibition: 5-16 yoshlilar uchun xalqaro rasmlar tanlovi

Tanlovga 5-16 yoshli nomzodlar qoʻlda qalamlar yoki boʻyoq orqali chizgan ishlari bilan qatnashishi mumkin.

Ishlarni onlayn yoki oflayn (pochta orqali yuborish orqali) topshirish mumkin.

Mukofotlar:
– Sovrinli oʻrinlarni qoʻlga kiritganlar maxsus statuetka, sertifikat va tasdiq xatlari bilan taqdirlanadi
– Tanlovda ishtirok etgan barchaga ishtirok sertifikati taqdim etiladi

Ishlar 2026-yil 31-avgustgacha qabul qilinadi.

Batafsil👇
https://grantlar.uz/peace-pals-international-art-exhibition-5-16-yoshlilar-uchun-xalqaro-rasmlar-tanlovi/

@grantlar
👍74🔥3
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
🇰🇷 Koreyada 100% gacha GRANT bilan Bakalavrda o‘qish imkoniyati!

🔥 Agar sizda IELTS 7.0+ bo‘lsa, Koreyaning TOP universitetlariga to‘liq grant asosida o‘qishga kirishingiz mumkin!

🎓 INHA University:
✔️ 100% gacha GRANT
✔️ Koreyaning TOP 1% universiteti
✔️ 1 oylik KDB kerak emas
✔️ Ota-ona daromad hujjati so‘ralmaydi

🎓 Dong-A University :
✔️ 100% gacha GRANT
✔️ Regional visa orqali ketish
✔️ 1 oylik KDB kerak emas
✔️ Ota-ona daromad hujjati so‘ralmaydi

📥 To'liq ma'lumot olish uchun:
📞 +998 99 638 7444 | Online

📍 MAX Education – 2017-yildan beri Koreyaga eng ishonchli yo‘l!
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔥118👍7
AQSH: J-1 viza

AQSHda oʻqish imkonini beruvchi bir qancha dasturlarni, jumladan, almashinuv dasturlarini (masalan, UGRAD, FLEX, TechGirls va h.k.) yutganlar AQSHga J-1 viza orqali ketadi.

Ba'zi oʻquvchilar “J-1 viza orqali AQSHda oʻqib qaytgandan keyin 2 yil davomida xorijga (yoki AQSHga) chiqish mumkin emas ekan, shundaymi?” deb soʻramoqda.

Yoʻq, unday emas (ayrim hollar bundan mustasno).

Grantlar.uz jamoasi AQSHning J-1 vizasi haqida maqola tayyorlagan.

Maqolada tanishasiz:
– AQSH tomonidan beriladigan J-1 vizasi qanday viza?
– J-1 viza bilan AQSHga borib, qaytganlar 2 yil davomida AQSH yoki boshqa davlatlarga bora olmaydimi?
– Oʻzbekiston fuqarolariga qanday dasturlarda qatnashish uchun J-1 viza beriladi?

Batafsil👇
https://grantlar.uz/blog/aqshning-j-1-vizasi-haqida-bilasizmi/

@grantlar
10👍2🔥2
🇹🇷 TURK TILINI o‘rganishning eng qulay yo‘li — uyingizdan chiqmasdan, kechki salqinda onlayn darslarda qatnashish!
📈 1 oylik intensiv kursimizga qabul boshlandi!

📚 Kurs haqida oʻquvchilarning fikrlari: https://t.me/kurslar_haqida55

⁉️ Ushbu kursimizda siz qanday foyda olasiz?

Turk tilida erkin suhbatlasha olasiz
Kinolarni bemalol tushunib tomosha qilasiz
Kursdan so‘ng Milliy sertifikat yoki TYS imtihonlariga tayyor bo‘lasiz
Magistratura va doktoranturaga kirish imkoniyatingiz oshadi 🧑‍🎓

📌 Kurs shakli:
🔰 Darslar haftasiga 6 kun olib boriladi
🔰 Barcha darajadagi (boshlang‘ichdan yuqorigacha) guruhlar mavjud
🔰 Darslar Zoom platformasida o‘tiladi
🔰 Har yakshanba nazorat (imtihon) bo‘lib o‘tadi


🔥 Shoshiling! Kursimizni ayni paytdagi SKIDKA narxida qo‘lga kiriting va biz bilan turk tilini oson o‘rganing!

📩 Murojaat uchun: @teacher_Lazzatovna
12🔥4👍3