Grantlar.uz
83.2K subscribers
7.67K photos
48 videos
14 files
6.37K links
Grantlar.uz – butun dunyoda va barcha sohalarda ta'lim olish imkoniyatlari haqida ishonchli xabarlar.

👉 Shikoyat va takliflar: @grantlarsupportbot
👉 Reklama va hamkorlik: @hamidziyo

👉 Hamkor kanal: @grantlar_namuna

Facebook: fb.com/grantlar.uz
Download Telegram
IvyPanda: Maktab, kollej/litsey oʻquvchilari va talabalar uchun insholar tanlovi; mukofot jamgʻarmasi 1500 dollar

Tanlovda maktabning yuqori sinf oʻquvchilari, kollej/litsey oʻquvchilari va OTM talabalari qatnashishi mumkin.

Insholar berilgan mavzulardan biri boʻyicha ingliz tilida yozilishi kerak.

Mukofotlar:
– 1-oʻrin: 1000 dollar
– 2-oʻrin: 500 dollar
– Eng yaxshi insholar IvyPanda blogida chop etiladi

Insholar 2022-yil 30-iyungacha qabul qilinadi.

Batafsil👇
https://grantlar.uz/annual-essay-writing-contest-scholarship-oquvchilar-va-talabalar-insholar-tanlovida-ishtirok-eting-va-1000-aqsh-dollari-yutib-oling/

@grantlar
#bilasizmi

Qaysi davlatlarda oliy taʼlim olish uchun kontrakt summasi toʻlanasligini bilasizmi?

Dunyoning bir necha davlatlarida OTMda oʻqish uchun baʼzida faqat mahalliy talabalardan, baʼzida xorijlik talabalardan ham kontrakt summasi undirilmaydi.

Bugun shu davlatlar roʻyxatini keltirib oʻtamiz.

Batafsil👇
https://grantlar.uz/blog/qaysi-davlatda-oliy-talim-olish-uchun-kontrakt-summasi-tolanmaydi/

@grantlar
#Eslatma

Chexiyada oʻqishga qiziquvchilar uchun eslatma:

Hozirda dunyoning eng nufuzli universitetlaridan biri hisoblangan Charlz universiteti (TOP 266) bakalavriat va magistratura uchun bir qancha grantlar taklif etmoqda.

Bu grantlarning barchasiga qabul 2022-yil 30-aprelda tugaydi.

Quyida ularni keltirib oʻtamiz:

👉 Kompyuter fanlariga oid bakalavriat va magistratura dasturlari uchun grantlar

👉 Fizika sohasidagi magistratura dasturlari uchun grantlar

👉 Matematika sohasidagi magistratura dasturlari uchun grantlar

👉 Til texnologiyalari va hisoblash lingvistikasi boʻyicha magistratura uchun grantlar

Qabul muddatini oʻtkazib yubormang.

@grantlar
Kanada: magistratura va doktorantura uchun 45 ming Kanada dollarigacha grantlar

Kalgari universiteti magistratura va PhD bosqichida oʻqishni xohlovchi talabalarga bir necha turdagi grantlarni taklif etadi.

Grantlar talabalarni yiliga 700 Kanada dollaridan 45 ming Kanada dollarigacha stipendiya bilan taʼminlaydi.

Arizalar qabul har yili 1-noyabrdan boshlanadi va qabul tugashi tanlangan dasturga qarab farq qiladi.

Batafsil👇
https://grantlar.uz/kanada-magistratura-va-doktorantura-uchun-36-ming-kanada-dollarigacha-grantlar/

@grantlar
Matsumae International Foundation: Yaponiyada istalgan soha boʻyciha tadqiqot olib borish uchun grant; barcha xarajatlar qoplanadi!

Dasturda PhD (doktorlik) darajasiga ega, ingliz tilini yetarli darajada biladigan nomzodlar qatnashishi mumkin.

Dastur Yaponiyada 3-6 oy davomida tadqiqot olib borish imkonini beradi.

Dastur imkoniyatlari:
– Oyiga 1914 dollar stipendiya
– Borish-kelish uchun aviachipta
– Joylashib olish uchun 1043 dollar mablagʻ
– Sugʻurta xarajatlari qoplanadi

Arizalar 2022-yil 20-iyungacha qabul qilinadi.

Batafsil👇
https://grantlar.uz/japan-research-fellowship/

@grantlar
TÖMER imtihoni nima va qanday imkoniyatlar beradi?

Turkiyada turk tilida oʻqimoqchi boʻlganlar uchun TÖMER til kurslari, imtihoni, narxlari va TÖMER sertifikati ahamiyati haqida.

Batafsil👇
https://grantlar.uz/blog/tomer-imtihoni-nima-va-qanday-imkoniyatlar-beradi/

@grantlar
YHSA(Asia): maktab va kollej/litsey oʻquvchilari uchun tanlov; bosh mukofot – 5 ming AQSH dollari!

Tanlovda bitta maktab yoki kollej/litseydan boʻlgan oʻquvchilar 1-3 nafardan iborat jamoa boʻlib qatnashadi.

Jamoalar oʻzlari tanlagan fan boʻyicha tadqiqot ishi yozib topshirishi va uni ogʻzaki himoya qilishi kerak (ingliz tilida).

Mukofotlar:
– Gold Prize (oliy oʻrin) – 5000 dollar (har bir fan boʻyicha 1 tadan jamoaga).
– Silver Prize (2-oʻrin) – 500 dollar (har bir fan boʻyicha 1 tadan jamoaga; faqat matematika boʻyicha 2500 dollar).
– Har bir fan boʻyicha 3 tadan jamoa uchun Honourable Mention eʼtirofi.
– Ogʻzaki himoya bosqichida qatnashganlarning barchasiga sertifikat beriladi.

Qatnashish uchun 2022-yil 31-maygacha roʻyxatdan oʻtish lozim.

Batafsil👇
https://grantlar.uz/yhsaasia-maktab-va-kollej-litsey-oquvchilari-uchun-tanlov/

@grantlar
Harvard Kennedy School: AQSHda 4 oylik amaliyot dasturi; 30 000 dollar stipendiya beriladi!

Dasturga jurnalist, siyosatchi, olim va professor-oʻqituvchilar ariza topshirishi mumkin.

Ishtirokchilar media va siyosatga oid masalalar yuzasidan tadqiqot olib boradi (ingliz tilida).

Dastur imtiyozlari:
– 30 ming dollar stipendiya
– Ish joyi, telefon, kompyuter, Garvard email manzili va Garvard ID hujjati beriladi
– Assistent boʻlib ishlash ham mumkin (alohida haq toʻlanadi)

Arizalar 2022-yil 7-sentabrgacha qabul qilinadi.

Batafsil👇
https://grantlar.uz/harvard-kennedy-school-jurnalist-siyosatchi-va-professor-oqituvchilar-uchun-4-oylik-amaliyot-dasturi/

@grantlar
Princeton Arts Fellowships – Princeton universitetida (AQSH) 2 yil davomida dars berish imkoniyati; yillik stipendiya – 86 000 dollar!

Dasturga istalgan sohadagi ijodkor va sanʼatkorlar taklif etiladi. Ishtirokchilar universitetda oʻz sohasi boʻyicha dars beradi (ingliz tilida).

Dastur imkoniyatlari:
– Yiliga 86 000 dollar stipendiya
– Tadqiqot xarajatlari uchun yiliga 5000 dollar mablagʻ
– Taʼlim qurollari uchun yiliga 2000 dollar mablagʻ

Arizalar 2022-yilning 1-iyulidan 13-sentabrigacha qabul qilinadi.

Batafsil👇
https://grantlar.uz/princeton-arts-fellowships-aqshning-eng-nufuzli-universitetlaridan-birida-dars-berish-imkoniyati/

@grantlar
JACAFA: Bakalavriat talabalari uchun 2 yil davomida 100 yevro oylik stipendiya olish imkoniyati!

Dasturga ijtimoiy fanlar, iqtisodiyot, moliya, menejment, kompyuter muhandisligi va kompyuter fanlari sohalarida oʻqiyotgan, hozirda 2-kurs boʻlgan talabalar ariza bera oladi.

Dastur imkoniyatlari:
– 2 yilgacha 100 yevro oylik stipendiya
– Markaziy Osiyoda tashkil etiladigan tadbirlarda qatnashish imkoni
– Yaponiyaga bepul sayohat qilish imkoni
– Kichik loyihalar uchun 10 000 dollargacha gran yutish imkoni

Arizalar 2022-yil 29-aprel, 17:00 gacha qabul qilinadi.

Batafsil👇
https://grantlar.uz/ozbekistonlik-talabalar-uchun-2-yil-davomida-100-yevro-oylik-stipendiya-olish-imkoniyati/

@grantlar
Bilkent Universiteti: Turkiyada bakalavr kurslari uchun 100% gacha grantlar!

Universitetdagi darslar ingliz tilida olib boriladi. Grantlarni istalgan bakalavrlik kursi uchun qoʻlga kiritish mumkin.

Grant imkoniyatlari:
– Kontrakt summasini toʻlashdan 20%, 40%, 60%, 80% yoki 100% ozod qiladi.
– Eng munosib nomzodlar uchun yotoqxona toʻlovi ham qoplanishi mumkin.

Arizalar 2022-yil 4-iyulgacha qabul qilinadi.

Batafsil👇
https://grantlar.uz/bilkent-universiteti-turkiyada-ingliz-tilida-bakalavr-kurslari-uchun-100-gacha-grantlar/

@grantlar
ICYF International Media Training Camp: 18-30 yoshli jurnalistlar uchun Turkiyada 6 kunlik media oromgoh!

Dasturda 18-30 yoshli jurnalistlar qatnashishi mumkin. Mashgʻulotlar ingliz tilida olib boriladi.

Dastur imkoniyatlari:
– Qatnashish bepul.
– Turar joy, oziq-ovqat va shaharga ekskursiyalar xarajati qoplanadi.
– Mahalliy transport xarajatlari qoplanadi.
– Tibbiy va sayohat sugʻrutasi xarajatlari qoplanadi.
– Sertifikat beriladi.

Arizalar 2022-yil 25-aprel soat tungi 01:59 gacha qabul qilinadi.

Batafsil👇
https://grantlar.uz/icyf-international-media-training-camp/

@grantlar
Oyiga 100 yevro stipendiya bilan taʼminlaydigan JACAFA stipendiyasi haqida xabar qilgandik.

Grantlar.uz jamoasi bu stipendiyani yutgan oʻzbek talabalar bilan bogʻliq manbalar tayyorlagan.

Ular bilan quyida tanishishingiz mumkin:

👉 2021-yilgi gʻolib talabaning shu dasturga topshirgan hujjatlari

👉 2020-yilgi gʻoliba talabaning shu dasturga topshirgan hujjatlari

👉 Shu dasturni yutgan talaba bilan suhbat

@grantlar
Chet elda grant yutishning 11 siri

Chet elda grant asosida o'qish uchun qanday yo'l tutish kerak? Buning sirlari nimada?

Grantlar.uz jamoasi xorijda o'qish uchun grant yutish borasida real va amaliy tavsiyalardan iborat material tayyorlagan.

👉 MATN SHAKLIDA O'QISH 👈

👉 VIDEO SHAKLIDA KO'RISH 👈

@grantlar
ClimateScience Olympiad 2022: 25 yoshgacha boʻlganlar uchun mukofot jamgʻarmasi 15 000 AQSh dollar boʻlgan onlayn olimpiada!

Olimpiada onlayn shaklda, ingliz tilida boʻlib oʻtadi.

Ishtirokchilar quyidagi 3 kategoriya boʻyicha baholanadi:
– 16 yoshgach boʻlganlar.
– 17-19 yoshlilar.
– 20-25 yoshlilar.

Mukofotlar:
– 1-oʻrin: 5000 dollar
– 2-oʻrin: 3000 dollar
– 3-oʻrin: 2000 dollar
– 4-7-oʻrinlarning har biri: 1000 dollar
– 8-10-oʻrinlarning har biri: 500 dollar
– Final bosqichi ishtirokchilari mos ravishda oltin, kumush va bronza medali bilan taqdirlanadi.
– 1-3-oʻrinlar Misrda boʻlib oʻtadigan BMTning Iqlim sammitida qatnashadi.
– Olimpiadaning barcha ishtirokchilariga sertifikatlar beriladi.

Qatnashish uchun roʻyxatdan oʻtishning oxirgi muddati – 2022-yil 10-avgust.

Batafsil👇
https://grantlar.uz/climatescience-olympiad/

@grantlar
The Global Undergraduate Awards: bakalavrlar va bakalavriat bitiruvchilari uchun kurs/diplom ishlari tanlovi; bosh mukofot – Irlandiyaga bepul sayohat!

Tanlovda bakalavriatni 2022- yoki 2023-yil bitiradiganlar yoki 2021-yil bitirganlar qatnashishi mumkin.

Istalgan yoʻnalish boʻyicha va istalgan bosqichda yozilgan kurs, tadqiqot yoki diplom ishi qabul qilinadi (ingliz tilida yoki ingliz tiliga tarjima qilingan holda).

Bosh mukofot (25 ta):
– Oltin medal;
– Sertifikat;
– UA Global sammitiga bepul chipta (Irlandiya, Dublin);
– Sammitga qatnashish (safar xarajatlari ham) toʻliq moliyalashtiriladi.

Ishlar 2022-yil 27-maygacha qabul qilinadi.

Batafsil👇
https://grantlar.uz/the-global-undergraduate-awards-bakalavrlar-va-bakalavriat-bitiruvchilari-uchun-kurs-diplom-ishlari-tanlovi/

@grantlar
Bucharest Summer University: Barcha bosqich talabalari uchun Ruminiyada 2 haftalik yozgi maktab; 100% gacha grantlar mavjud!

Bu yilgi yozgi maktab mavzusi – Fintech: Challenges For Financial Services. Yozgi maktab 2022-yil 14-28-avgust kunlari boʻlib oʻtadi (ingliz tilida).

Yozgi maktab toʻlovi uchun toʻliq yoki qisman grantlar takif etiladi. Oʻz hisobidan qatnashish ham mumkin.

Imkoniyatlari

Qabul qilingan 40 dan ortiq ishtirokchi quyidagi sharoitlar bilan taʼminlanadi:
– Turar joy
– Kuniga 3 mahal ovqat
– Aerorportdan maktab manziliga borish va qaytish uchun transport
– Dam olish kunlarida barcha xarajatlari qoplanadigan ekskursiya
– Kurslar va qoʻshimcha mashgʻulotlar

Arizalar 2022-yil 2-iyungacha qabul qilinadi.

Batafsil👇
https://grantlar.uz/bucharest-summer-university-ruminiya/

@grantlar
Oʻzbekiston Respublikasi Ichki Ishlar Vazirligidan 12-17 yoshlilar uchun shiorlar tanlovi!

Tanlovda Oʻzbekiston hududida istiqomat qiluvchi barcha 12-17 yoshlilar oʻzbek, rus yoki qoraqalpoq tilida qatnashishi mumkin.

Mukofotlar:
– 1-o‘rin: Planshet
– 2-o‘rin: Elektron kitob o‘quvchi
– 3-o‘rin: Fitness bilaguzuk
– Barcha sovrindorlarga sertifikat beriladi

Ishlar 2022-yil 11-may, 24:00 gacha qabul qilinadi.

Batafsil👇
https://grantlar.uz/12-17-yoshlilar-uchun-kiberxavfsizlik-boyicha-shiorlar-tanlovi/

@grantlar
Sustainability Scholarship: istalgan davlatda magistratura kursida o’qish uchun 5000 yevrogacha grant

Batafsil👇
https://grantlar.uz/sustainability-scholarship-istalgan-davlatda-magistratura-kursida-oqish-uchun-5000-yevrogacha-grant/

@grantlar
International Local Authorities Internship: Bakalavrlar va bakalavriatni yaqinda bitirganlar uchun Turkiyada barcha xarajatlari qoplanadigan 7 kunlik amaliyot!

Amaliyot 2022-yil 21-27-avgust kunlari Turkiyada boʻlib oʻtadi. Nomzodlar ingliz tilini bilishi kerak (til sertifikati talab etilmaydi).

Ishtirokchilar dastur davomida mahalliy boshqaruv bo'yicha nazariy bilimlar va amaliy ko'nikmalarga ega bo'ladi.

Dastur imtiyozi: dasturga qatnashish bilan bogʻliq barcha xarajatlar (borish va kelish, turar joy, oziq-ovqat va h.k.) tashkilotchilar tomonidan toʻliq qoplanadi.

Arizalar 2022-yil 10-iyungacha qabul qilinadi.

Batafsil👇
https://grantlar.uz/international-local-authorities-internship/

@grantlar